Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Exeter universiteti O'zbekistonni universitetlaridan orqada ekan hali
👍5🔥4
O'zbek tilidagi video va audiolarni tekstga aylantirib beradigan yaxshi dastur kerak. Kimdir bilsa chatga yoki o'zimga @KhayitovTeacher yozvoringlar, please.
Britaniyada magistratura paytida tadqiqotingiz bo‘yicha yo‘nalish berib borish uchun sizga bitta supervisor (nazoratchi) tayinlanadi. Sizga biriktirilgan supervisor har doim ham siz tanlagan tadqiqot yo‘nalishida mutaxassis bo‘lmaydi.Britaniya tizimida “magistraturada talabalar mustaqil bo‘lishlari kerak. Tadqiqotni asosan mustaqil olib borishlari kerak, supervisorlar faqat yo‘nalish berib turadi” degan tushunchani talabalarga singdirishadi. Supervisorni soddaroq qilib aytganda, siz “o‘likmisiz yo tirikmi?” ishi yo‘q. Ishingizni bersangiz qarab berishadi, bo‘lmasa orqangizdan hech kim yugurmaydi. Bu bir tomondan to‘g‘ri, tadqiqotchilar mustaqil ishlashga o‘rganishlari kerak.

Agarda supervisor siz tanlagan tadqiqot mavzusida o‘zi mutaxassis bo‘lsa, uning tadqiqot yo‘nalishlari sizniki bilan to‘g‘ri kelsa, ya’ni ikki tomondan ham qiziqish tabiiy bo‘lsa, tadqiqot jarayoni boshqacha kechishi mumkin. Shuning uchun magistraturaga kirayotganda (ayniqsa xorijiy universitetlarga) oldindan o‘rganib ko‘rsangiz, sizga foydali bo‘ladigan ba’zi tavsiyalarni bermoqchiman:

1️⃣ Magistratura yo‘nalishlari bilan tanishing. O‘zingiz qiziqadigan yo‘nalishni tanlang.
Faqat hozirgi davr uchun ommabop bo‘lib turgan yoki ko‘proq daromad keltirayotgan yo‘nalishlarga kirishga qiziqmang!
2️⃣ Shu sohadagi ustozlar va professorlar profili bilan tanishing.
Universitetlar saytlarida ular haqidagi ma’lumotlarni topasiz. Ularning o'zlari o‘tkazgan tadqiqotlari va yozgan maqolalariga qarang. Ularga email yozib, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

3️⃣ Oldingi talabalar bilan bog‘laning.
Topshirayotgan universitetingizda sizdan oldin o‘qigan talabalarni topishingiz mumkin. Xorijiy universitetlar saytida yangi talabalarni oldingi talabalar bilan gaplashish imkonini beradigan maxsus chat platformalar bor. Shu orqali oldingi talabalar bilan bog‘lanib, kurs qanchalik foydali bo‘lgani, supervisorlar qanchalik yo‘nalish berib turgani va boshqa masalalarda ularning taassurot va tajribalarini o‘rganing.

Shu orqali dastlabki taassurotlarni shakllantirasiz va shunga qarab kerakli qarorlarni qabul qilasiz.
👍4🔥3
Britaniyada menga juda ma’qul bo’lgan bir narsa bu o’qishda bo’lsin yoki ishingizda, sizning o’z ishingizdan qanchalik mamnunligingiz, yaratib berilayotgan sharoitlar qanchalik sizni qoniqtirayotgani borasida fikringiz bilan hisoblashishadi.

Hozirda o’qish bilan birga part-time ish ham boshladim. Ishim o’qiyotgan sohamga yaqin desa ham bo’ladi. Bu yerda ham kitoblar bilan ishlaymiz, faqat ularni o’qishga vaqt yo’q. Har hil nashriyotlardan keladigan kitoblarni ro’yxatdan o’tkazib, kerakli manzillarga, haridorlarga jo’natamiz. Ish yuzasidan vazifalar o’zgarib turadi. Ba’zan kompyuterda registratsiya bilan shug’ullansak, ba’zida packing, yoki haridorlarning talabiga ko’ra kitoblarni laminat qilamiz va hokazo. Qanday ish qilishingizdan qat’iy nazar, rahbar yoki ish o’rgatuvchilar e’tiborga oladigan jihat avvalambor shu ish o’zingizga qanchalik yoqayotgani?

Ishni boshlaganingizdan keyin dastlab ular beradigan savollar “Are you OK?”, “Are you happy?” yoki “Are you enjoying?” bo’ladi. Bu savollar orqali avvalambor xodim o’zini shu ishda, shu vazifada qanchalik qulay his qilayapti, shu ish qanchalik uning o’ziga yoqayapti - shu tomonlarini o’rganishadi. Vazifani tushuntirishganidan keyin, sizga shu ish ma’qul bo’lgani va davom ettirishingizni tasdiqlaganingizdan keyin “Enjoy” deb qo’yishadi. Ichingizdan “E qanaqa enjoy?! Bu ish-ku, plyajda oftobda toblanib mohito ichib yotganim yo’qku” degan fikr o’tadi 😁

Keyin ishingizning samaradorligi va natijasi so’raladi.Bu juda ham yaxshi tajriba chunki insonning kechinmalari, o’zini qanday his qilayotgani ishiga ta’sir qiladi. Inson o’zini biror joyda yoki ishda qulay his eta olsagina, ishiga mehr berib ishlaydi va ishida samara bo’ladi.
👍11🔥3💯1
Even rubbish dumping can be an educational experience
7
What is the next destination?
13👍1
Bir yil muddat ham ko’z ochib yumguncha o’tib, Angliyadagi magistratura bo’yicha o’qishim ham o’z nihoyasiga yetib bormoqda. Shu vaqt ichida olgan tajribamni endi kelajakda Angliyaga o’qishga keladigan talabalar bilan bo’lishmoqchiman. Men keyingi postda aytib o’tadigan maslahatlar o’zimni tajribam va kuzatganlarim asosida shakllantirildi. Tavsiyalarning ba’zilari universitet va shaharlarga qarab biroz o’zgarishi mumkin, lekin katta qismi Angliyaning qaysi shahriga borsangiz ham foydali bo’ladi deb o’ylayman.
Postni o’qish 👇
👍8🔥82
Angliyaga o‘qishga keladigan talabalar uchun tavsiyalar

1.Universitet yotoqxonasidan oldindan joy band qiling.
Shaxsiy uy yoki kvartirada yashash uchun kamida bir oylik uy to‘lovi va garov (deposit)ni oldindan to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Universitet yotoqxonasida esa joylashgandan keyin 1–2 oydan keyin ham to‘lovni amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, yotoqxona hayoti (residence life) ijtimoiy hayot uchun ancha qiziqarli: faqat yotoqxona talabalari uchun arzon sayohat turlari tashkil etiladi. Masalan, cho‘ntagingizdan 50–60 funt sarflab boriladigan joylarga yotoqxona orqali 15–20 funt evaziga borib kelishingiz mumkin. Shaxsiy kvartirada yashaydigan talabalar esa bu imkoniyatdan foydalana olmaydi.


2. Xarajatlarni tejash uchun second hand do‘konlaridan foydalaning.
O‘zbekistondan barcha kerakli narsalarni olib kelishning imkoni yo‘q. Angliyadagi second hand do‘konlaridan kiyim-kechak, oshxona buyumlari, texnik jihozlar (fen, tefal, ventilyator va h.k.), o‘quv qurollari va boshqa ko‘plab narsalarni arzon narxlarda topishingiz mumkin. “Ishlatilgan” degani yaroqsiz degani emas. O‘qishini tugatib ketayotgan talabalar ko‘pincha yaxshi holatdagi buyumlarini arzonga sotib yuborishadi yoki tashlab ketishadi. Bu orqali ancha mablag‘ tejashingiz mumkin.


3. Ko'proq insonlar bilan tezroq tanishing.

Kelgan kuningizdan boshlab kursdoshlaringiz, yotoqxonadagi yoki kvartiradagi talabalar bilan do‘stona munosabat o‘rnatishga harakat qiling. Barcha xalqaro talabalar bir xil savollar bilan keladi: “Qaysi joyga kelayapman?”, “O‘qishim qanday bo‘ladi?”, “Kimlar bilan yashayman va do‘stlashaman?”, “Kerakli narsalarni qayerdan topaman?” Ko‘proq suhbatlashish orqali siz yolg‘iz emasligingizni, bu jarayon hammada sodir bo‘layotganini his qilasiz. Bu sizga ruhiy dalda bo‘ladi. Shuningdek, shunday tanishuvlar orqali foydali ma’lumotlar ham olasiz.

4.Sayohat qilishni ertaroq boshlang.
Men Angliyaga kelganimda “oldinda bir yil bor, vaqt topib ko‘p joylarga boraman” deb o‘ylagandim. Bu fikr ham to‘g‘ri, lekin sayohat qilishni ertaroq boshlash ma’qul. Angliyada borib ko‘rishga arziydigan joylar juda ko‘p. Faqat ta’tilni kutmasdan, o‘qish paytida ham dam olish kunlarini rejalashtirib sayohat qilishingiz mumkin. Bugun 50–60 funt evaziga aylanib kelishingiz mumkin bo‘lgan joylarga keyinchalik minglab funt sarflab ham bora olmasligingiz ehtimoli bor. O‘z davlatingizga qaytgach, bu imkoniyatni topish qiyin bo‘lishi mumkin.


5. O‘qish va xordiq orasida balans saqlang.
Bir narsani unutmaslik kerak: ayniqsa, magistratura darajasida tavsiya etilgan barcha kitoblar, jurnallar, videodarslar va materiallarni bir yilda to‘liq o‘qib chiqishning imkoni yo‘q. 365 kun, 24 soatdan dars qilsangiz ham buni tugata olmaysiz. Shuning uchun o‘qish va dam olish o‘rtasida balansni topish muhim. Ko‘plab materiallarni o‘qish tugagandan keyin ham internet orqali topish va ulardan foydalanish mumkin.

Xulosa
Angliyaga magistraturaga kelgan talaba uchun bu bir yil nafaqat o‘qish, balki hayotiy tajribalarni to‘plash davri hamdir. Shu vaqt ichida ko‘proq sayohat qilish, turli millat vakillari bilan tanishib, do‘stlar orttirish, o‘qish va xordiqni uyg‘unlashtirish talabaning vaqtini yanada mazmunli qiladi.

To’gri reja va qarorlar qilishingiz bu bir yil hayotingizdagi unutilmas yil bo’lishi uchun xizmat qiladi!

Yana qandaydir foydali tavsiyalar qolib ketgan bo’lsa, kommentlarda qoldirsangiz, kelajakda Angliyaga o’qishga keladigan talabalar uchun foydali bo’ladi.
👍10🔥75🤩3🏆1
10 Oktyabr Xalqaro Ustozlar kuniga British Council bir qancha eventlarni rejalashtiribdi. Event Information:
https://www.teachingenglish.org.uk/news-events/world-teachers-day-2025/world-teachers-day-2025-friday-10-october

Livestreams
YouTube: https://youtube.com/live/glugi3xo-ac?feature=share

Facebook Event:
https://fb.me/e/3xclZVWV4
👍84😍1
The Guardian nashri o’tkazgan so’rovnomalarda ma’lum bo’lishicha ko’pchilik insonlar bugun videolarni subtitrlar bilan ko’rishmoqda ekan. Bu jarayon oldinlari chet tilini yaxshi tushunmaydigan yoki eshitishda nuqsonlari bor insonlar orasida zaruriyat tufayli qilingan.Endi esa ko’pchilik uchun odatiy holga aylanib bormoqda. Buning o’ziga yarasha sabablari bor. Ko’plab kontentlar ijtimoiy tarmoqlarda (e.g., Tik tok) subtitrlar bilan taqdim etilmoqda. Insonlar hattoki o’z ona tilisidagi kontentlarni ham subtitr bilan ko’rishmoqda. Bu jarayon yaxshi yoki yomon degan aniq xulosalar keltirilmagan, lekin video kontentlarda subtitrlarning bo’lishi diqqatni chalg’itayotgani va insonlarda kontentdan zavqlanish hissini kamaytirishi mumkinligi haqida fikrlar bildirilgan.

https://www.theguardian.com/commentisfree/2025/sep/27/gen-z-watch-tv-subtitles-i-understand-why
👍42
O'zbek og'aynilarimiz zeriktirib qo'yishmaydi. Abdulla Qodiriyning "O'tkan Kunlar" asarini ingliz tiliga tarjima qilgan Mark Reese kitobni bitta nusxasini Jahon Tillari Universitetiga sovg'a qilgan ekan.

Kimdur skaner qilib kitobni tarqatib yuboribdi).Mark amaki bu ishdan darg'azab bo'lib post qoldiribdilar. Kitobni 10000 nusxasini Amazondan sotib olishga O'zbekiston hukumati vada bergan ekan.
🤣7👎1🕊1
Men Exeterdan ketgan bo'lsam ham, Exeter mendan ketolmayapti)  Agata Kristining "Десять Негритят" kitobini boshlagandim. O'zim  kutganimdan ancha tez tugatdim.  Rus tili darajam juda zo'r emas, lekin ajoyib tarjima sababmi, juda mazza qilib o'qidim.

Asardagi voqealar Angliyaning Devon provinsiyasidagi orolda sodir bo'ladi. Exeter shahri ham shu yerda joylashgan. Asar davomida Exeter, Plymouth, Torquay va Dartmoor kabi joylar keladi. Bir vaqtlar shu yerlarda mazza qilib yurganinga ishonging kelmaydi odam.

Asarni albatta o'qishingizni tavsiya qilaman. Xohlasangiz o'zbek, ingliz yoki rus tilida o'qing. Faqat shoshma shosharlik qilib qotil kimligini bilishga qiziqib darrov oxirini o'qib qo'ymanglarda (menga sal qoldi). Asar davomida jinoyatlarni qanday sodir bo'lganini turlicha taxminlar qilib bordim. Ammo Agata xonim hamma narsani oyog'ini osmondan qilib tashlabdilar.

Balki siz aslida voqealar qanday  bo'lganini oldindan tahmin qila olarsiz?! Nima bo'lganda ham albatta o'qing!
👍112🔥1
Ingliz tili ustozlari uchun Buyuk Britaniyada magistraturada o’qish imkoniyatini beradigan A.S. Hornby Educational Trust grantiga 2026/2027 yillar uchun hujjat topshirish jarayoni boshlandi. Bu grantni qo’lga kiritgan ingliz tili ustozlarining Buyuk Britaniyaning Exeter Universitetida (QS ranking - top 200) MA TESOL yo’nalishi bo’yicha magistraturani o’qishlari uchun barcha harajatlari to’lab beriladi.

Bir nechta hamkasblarimiz (ingliz tili ustozlari) bu grantni qanday olish mumkinligi haqida tavsiyalar berishimni so’rab murojaat qilishdi. Ayrim tavsiyalarni grantga qiziqayotgan ustozlarimizga berib o’tmoqchiman.

1 Birinchi o’rinda Hornby Scholarship rasmiy websitega kirib grant talablari va maqsadlari bilan tanishish kerak. https://www.hornby-trust.org.uk/ma-tesol-scholarships/

2 Youtubeda maxsus Hornby tashkiloti a’zolari va shu grantni yutgan talabalar tomonidan tashkil etilgan webinarlar bor. Shu webinarlarni tomosha qilish foydali bo'ladi. https://www.youtube.com/watch?v=UTtHKdtCZBc

3 Yuqoridagi ikkita ishni amalga oshirsangiz, grant haqida ancha bilimingiz oshib qoladi. Grantni talablari va maqsadlari menga to’g’ri keladi degan qarorga kelsangiz, harakatni boshlasangiz bo’ladi.

Nima uchun talablar va maqsadlar bilan tanishish muhim?
Masalan, agar siz Britaniyada o’qish pulini o’zingiz to’lab o’qishni bitirsangiz, visangizni yangilab, o’sha yerda qolib ishlash imkoniyatlari bo’ladi. Hornby esa davlatingizga qaytib, Britaniya universitetida olgan bilimlaringiz bilan o’z davlatingizda til o’rgatish sohasida o’z hissangizni qo’shishingizni xohlashadi. Shuning uchun bu grant UKga borib o’qib, o’sha yerda qolishni niyat qilganlar uchun to’g’ri kelmaydi.

Shuning uchun, grant talablari bilan yaxshilab tanishib va tushunib hujjat topshirish juda muhim. Shunday qilsangiz yutish imkoniyatlaringiz ham oshadi.
👍71🕊1
Tashkent is experiencing devastating environmental conditions. Despite the urgent calls for the preventive initiatives by local influential figures in social media, the actions are taking place too slowly. Looking back at world history, we can learn that the elite have rarely granted anything to ordinary people because they cared about them. All the minor and major social and economic benefits we have today – reasonable working hours, days off, access to medical care and education, getting pensions and more, are here because once they were demanded from the power.

The same is true of the actions for the environmental changes. Ideally, the perfect and I believe the most adequate scenario for the people in Tashkent could be to take to the streets and organize protests calling for immediate and practical measures, but unfortunately, we all know that this remains only imaginary situation impossible to realize in the current political context of Uzbekistan. Peaceful protests would give the government the sense that the raised issue is urgent and requires immediate practical action. It would also help raise the image of the country in a global context. However, the elite is so fearful of giving this basic democratic privilege to people.

Meanwhile, it is also so sad to see many people in the endless “rat race,” striving to afford expensive cars, spend on extravagant wedding parties and luxury homes when they cannot even breathe properly and the severe environmental catastrophe is in the air.

These reflections, while may seem as basic and traditional, one thing is true and obvious that an economic growth must not deprive us of life’s essentials such as healthy ecological life, clean air and safe drinking water.
25👍5🔥2
- Молодой человек скажите почему вы решили стать педагогом?
-У меня мат учительница. Историю в техникум препадает. Она говорит "иди в педагогической, там мальчиков дефицит, может примут." Не хотел с нее спорить.

Из кинофильма 'Курьер' (1986).
👍8😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔻🔻🔻🔻🔻

🌐🤖SUN’IY INTELLEKT DAVRIDA TIL TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya


Quyidagi sho‘balar bo‘yicha ilmiy maqolalar va tezislar qabul qilinadi:
🤖 Til o‘rgatishda sun’iy intellekt
💡 Til o‘qitishda innovatsion metodlar
♿️ Inklyuziv til ta’limi
📝 Til o‘rgatishda baholash va fidbek mexanizmlari
🧩 Gibrid va aralash til ta’limi
🗓 Maqolalar qabul qilish muddati: 2025-yil 30-noyabr

MAQOLALAR OAK TASARRUFIDAGI “THE LINGUA SPECTRUM” ILMIY JURNALINING MAXSUS SONIDA CHIQARILADI

🇺🇿 Axborot xati
🇷🇺 Информационное письмо
🇺🇸 Call for Papers

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi

📞 Aloqa uchun telefon raqami:
+998 90 977-49-07
+998 93 430-11-35

🌐Konferensiya sayti

Konferensiya tashkilotchilari:
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi
🇲🇾 Universiti Tun Hussein Onn Malaysia
🇮🇩 Gunadarma University, Indonesia

Konferensiya sun’iy intellekt davrida til ta’limining zamonaviy tendensiyalari, global taj ribalar va ilmiy fikr almashinuvi uchun keng imkoniyat yaratadi.
The Lingua Spectrum Journal
🔻🔻🔻🔻🔻 🌐🤖SUN’IY INTELLEKT DAVRIDA TIL TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Quyidagi sho‘balar bo‘yicha ilmiy maqolalar va tezislar qabul qilinadi: – 🤖 Til o‘rgatishda sun’iy intellekt – 💡 Til o‘qitishda…
Jahon Tillari universitetida "SUN'IY INTELLEKT DAVRIDA TIL TA'LIMINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI" mavzusida konferensiya tashkil qilinmoqda. Men maruzachi sifatida ro'yhatdan o'tdim. Magistraturada qilgan tadqiqotim natijalaridan kelib chiqib, extensive reading (kengaytirilgan o'qish ) bo'yicha ingliz tili ustozlarining malakasini oshirish va ularning bu yo'nalishda sun'iy intellektdan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirish borasida prezentatsiya qilaman.

Konferensiyada qatnashishni istagan ingliz tili ustozlari hali ham ro’yhatdan o’tishlari mumkin. Bugun ohirgi kun.Konferensiya websitega kirib formani to’ldirasiz va 3 ta variantdan (abstract, ma’ruzachi yoki tinglovchi) bittasini tanlaysiz. Konferensiyada qatnashish uchun ozgina to’lov ham bor.

Agar shu safargi konferensiyaga ulgurmasangiz, unda telegram kanaliga obuna bo’lib qo’ying, keyingi eventlardan xabardor bo’lib borasiz.
👍3
2025/12/07 21:21:24
Back to Top
HTML Embed Code: