#bilib_oling

Antarktida yarim oroli

🌍 Umumiy ma’lumot

Joylashuvi: Antarktida materigining g‘arbiy qismida, Janubiy Amerikaning Tierra del Fuego (Olovli Yer) orolidan taxminan 1000 km janubda joylashgan.
Uzunligi: taxminan 1200–1500 km.
Kengligi: o‘rtacha 200–500 km.
Koordinatalari: 63°–75° janubiy kengliklar orasida.

🏔️ Tabiiy sharoitlari

Relyefi: Yarim orol tog‘li va muz bilan qoplangan. Eng baland cho‘qqilari — Ellsworth va Sentinell tizmalari.
Muz qoplamasi: Yarim orol deyarli to‘liq muz bilan qoplangan, ayrim joylarda muzliklar dengizga oqib, aysberglar hosil qiladi.
Iqlimi: Antarktida sharoitiga nisbatan yumshoqroq iqlimga ega, yozda havo harorati 0°C ga yaqinlashadi, qishda esa −20°C dan −30°C gacha tushadi.

🌊 Atrofidagi suv havzalari

G‘arbda: Bellingshauzen dengizi
Sharqda: Ueddell dengizi
Shimolda: Drake bo‘g‘ozi orqali Janubiy Amerika bilan ajralib turadi.

🧭 Tadqiqot va ahamiyati

Tarixiy tadqiqotlar: Yarim orolni XIX asrda britaniyalik va shved ekspeditsiyalari o‘rgangan.
Ilmiy stansiyalar: Hozirda bu hududda Britaniya (Rothera), Argentina (Esperanza), Chili (O’Higgins), AQSh (Palmer) va boshqa mamlakatlarning doimiy ilmiy stansiyalari faoliyat yuritadi.
Ahamiyati: Antarktida yarim oroli — global iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish uchun eng muhim hududlardan biri, chunki bu yerda havo harorati so‘nggi o‘n yilliklarda juda tez isib bormoqda.

🌿 Tabiat va hayvonot dunyosi

Yarim orolda pingvinlar (Adeli, chinstrap, gentoo turlari), dengiz mushuklari, kitlar, dengiz qushlari yashaydi.
Ba’zi joylarda yoz oylarida mox va liken (qayroqtosh o‘tlari) o‘sadi — bu Antarktidadagi eng janubiy o‘simlik hayoti hisoblanadi.

📍 Qiziqarli fakt

Antarktida yarim oroli — Antarktida qit’asining inson yashaydigan bazalari eng ko‘p to‘plangan joyi.
Iqlim o‘zgarishi tufayli bu yerda muzliklar tez erib bormoqda, bu esa butun sayyoraning dengiz sathi o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.

💬 Fikringizni qoldiring va bizga qoʻshiling:
📡 @Uzb_Geografiya_Kanal
6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot

Ushbu videoda Powerpointda qanday qilib taqdimot tayyorlash oʻrgayilingan.

P.s.: Shogirtlarimga videodars qilib tashlab berganman. Shuning uchun “ideal” boʻlmagan.
1-qism.

💬 Fikringizni qoldiring va bizga qoʻshiling:
📡 @Uzb_Geografiya_Kanal
🥰3👍21🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot

Ushbu videoda Powerpointda qanday qilib taqdimot tayyorlash oʻrgayilingan.

P.s.: Shogirtlarimga videodars qilib tashlab berganman. Shuning uchun “ideal” boʻlmagan.
2-qism.

💬 Fikringizni qoldiring va bizga qoʻshiling:
📡 @Uzb_Geografiya_Kanal
3👍3🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Putin 2027 yilni RFda Geografiya yili deb e'lon qilishni taklif qildi

💬 Fikringizni qoldiring va bizga qoʻshiling:
📡 @Uzb_Geografiya_Kanal
👍152🏆2👎1😁1
#bilib_oling | #fakt

1. Yevropada faqat bitta boshqa davlat bilan chegaradosh beshta mamlakat mavju: Portugaliya, Daniya, San-Marino, Vatikan va Monako.
2. Rossiya, Kanada, AQSh, Xitoy, Avstraliya, Braziliya va Argentinani o'z ichiga olgan yetti yirik davlat, dunyo yuzasining yarmini egallagan.
3. AQShda Tailand, Tailand va Tailand nomli uchta shahar bor, shuningdek, Parij nomli to'qqizta shahar ham mavjud.


💬 Fikringizni qoldiring va bizga qoʻshiling:
📡
@Uzb_Geografiya_Kanal
👍2221😍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐22.10. 2025-yil.
Geografiyadan tushgan atestatsiya savollaridan
:
1) Shimoliy Amerika materigining kashtan va qora tuproqlar tarqalgan hududida joylashgan, shimoliy va sharqiy qismlarida qalin o'tlarning bo'yi 1,5 metrga yetadigan tabiat zonasi yuqoridagi rasmda qaysi raqamda ko'rsatilgan?
🔺Javob: 2 raqamida
2) I.Italiya II.JAR, III.Indoneziya.
Eyler-Venn diagrammasi moslashtirish.
🔺Javob: Italiya yarimorol, parlamentar respublika, Katta yettilik davlati;
JAR dengizbo'yi kontinental, parlamentar respublika, ko'chirilgan kapitalizm davlati, industrial-agrar davlat;
Indoneziya orol davlat, prezidentlik respublikasi, yirik industrial-agrar davlat;
3) Jahon xo'jaligining ikkilamchi sektoriga kiruvchi sohalarga misol keltirilgan javobni aniqlang.
🔺Javob: Qayta ishlovchi sanoat va qurilish ikkilamchi sektorga kiradi;
4) Torres bo'g'izi qaysi raqamda?
🔺Javob: Keyp-York yarimoroli va Yangi Gvineya oralig'ida joylashgan bo'g'iz;

©️ Geografiyadan_fikr_mulohazalar

💬 Fikringizni qoldiring va bizga qoʻshiling:
📡 @Uzb_Geografiya_Kanal
4👍3
25.10.2025-yil.
Davomi:
5) Charm poyabzal sanoatida jahonning yetakchi davlatlari deb raqamlarda davlatlar berilgan?
🔺Javob: Hindiston, Ispaniya, Fransiya
6) 30° shimoliy kenglikda 22-iyun sanasida Quyosh nuri tushish burchagini aniqlang?
🔺Javob: 90°--30°+23,27=83,27°
7) Havoning mutlaq namligini, qancha suv bug'i zarur bo'lishini, nisbiy namligini aniqlashga doir jadvalli masala. Bahorgi atestatsiyadagi kabi uchalasi bitta savolda.
8) Gorizontallar 200 metrdan o'tgan, E nuqtaning balandligi 1200 metr bo'lsa, A nuqtaning balandligini toping deb botiq berilgan.
🔺Javob: 400 metr.
9) Kimyo sanoatiga tegishli korxonalar va shaharlarni moslashtirish.
🔺Javob: Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi; Yangiyo'l biokimyo zavodi; Qo'qon superfosfat zavodi;
10) Farg'ona tabiiy geografik okrugiga xos mulohazalarni toping.
🔺Javob: Okrugning tog' oldi qismida daryolar tog'lardan keltirgan yotqiziqlardan paydo bo'lgan konussimon yoyilmalar keng tarqalgan.
11) Nurota tizmasining shimoliy yonbag'ridan ko'tarilib, tog'ning suvayrg'ichidan oshib o'tib, tog'ning janubiy yonbag'ri bo'ylab tekislikka tushgan sayyoh qaysi hududda bo'ladi?
🔺Javob: O'rta Zarafshon.
12) Ta'rif berilgan bu Atlantika okeani. Shu okeanda joylashgan sovuq oqimlarni toping deb raqamlarda 8 ta oqim yozilgan.
🔺Javob: Kanar, Bengela, G'arbiy Shamollar
13) Yerning Quyosh atrofida aylanishi natijasida quyidagi qaysilar sodir bo'ladi deb raqamlarda 6 ta mulohaza berilgan.
🔺Javob: Musson shamollari paydo bo'ladi
Yorug'lik mintaqalari hosil bo'ladi
Quyosh Shimoliy yarimsharda 1 hafta ko'proq nur sochadi
14) Chirchiq-Ohangaron va Farg'ona tabiiy geografik okruglari va mulohazalarni moslashtiring Eyler-Venn diagrammasida.
🔺Javob: Chegaralari Chatqol tizmasiga tutashgan degan variant ikkalasiga ham to'g'ri keladi;
Tog'lari gersin burmalanishida ko'tarilgan, ular paleozoy erasining slanes ohaktoshlaridan iborat degan variant Farg'onaga tegishili;
Hududi shimoli-sharqdan janubi-g'arbga tomon pasayib boradi, relyefi shakllanishida neotektonik jarayonlarning ahamiyati katta degan variant Chirchiq-Ohangaronga tegishli;
15) Jizzax viloyatiyozuvsiz xaritasi berilgan va raqamlarda Jizzax, Baxmal, G'allaorol, Forish tumanlari ko'rsatilgan.
Qaysi hududda transport yaxshi rivojlangan?
🔺Javob: Jizzax shahri joylashgan hududdagi raqam
16) Janubiy Amerika materigining tabiiy geografik o'lkalari xaritasi berilgan.
Raqamlarda Amazoniya, Patagoniya, Braziliya yassitog'ligi o'lkalari berilgan.
Mulohazalar bilan o'lkalarni moslashtirish kerak.
🔺Javob: J.Amerikadagi eng katta botqoqlashgan hudud Amazoniyaga to'g'ri keladi;
Yog'in kam yog'adi, chalacho'llar zonasida joylashgan degani Patagoniyaga tegishli;
La-Plata pasttekisligi, Amazonka pasttekisligi va Atlantika okeani oralig'ida joylashgan degani Braziliya yassitog'ligi o'lkasiga tegishli;
17) Zarafshon iqtisodiy rayoni xo'jaligiga ta'sir ko'rsatuvchi eng muhim xususiyat nima?
🔺Javob: Hududining asosiy qismi cho'ldan iborat degan variant to'g'ri keladi, qolganlari xato.
18) Koreya va Yaponiyani Eyler-Venn diagrammasida moslashtirish.
🔺Javob: Daryolari sersuv, energetika resurslariga boy degan variant ikkalasiga ham to'g'ri keladi.
Ko'mir, rux, volfram oltin konlari bor degan javob Koreyaga tegishli;
Dehqonchiligining eng yetakchi tarmog'i sholikorlik degan javob Yaponiyaga tegishli;
19) Insonlar turmush-tarziga eng ko'p ta'sir ko'rsatuvchi ritmiklik?
🔺Javob: D javob
A)Yerning ichki kuchi.
B)Koriolis kuchi
S) Yerning Quyosh atrofida aylanishi
D)Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi
20) O'zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini baholashda e'tiborga olinadigan eng muhim omil?
🔺Javob: Geografik o'rin.
21) Kongo va Amazonka daryolarining sersuvligiga ta'sir ko'rsatuvchi eng asosiy omil?
🔺Javob: Yillik yog'innning bir tekis taqsimlanganligi.
22) Exoloydan yuborilgan tovush to'lqini 10,3 sekundda qaytib keldi.
Qaysi okeanning chuqur botig'iga to'g'ri keladi deb, variantlarda 4 ta okean berilgan?
10,3÷2=5,15
5,15×1500=7725 m.
🔺Javob: Zond botig'i.

Ⓜ️ Geografiyadan_fikr_mulohazalar

💬 Bizga qoʻshiling:
📡 @Uzb_Geografiya_Kanal
5👍3
❗️❗️❗️

🔘 Qadrli doʻstlar koʻpchilik ustozlar masala oʻrgatasizmi, kurs oching, masala oʻrgatadigan guruhingiz bormi deb koʻp soʻrashadi.
📺Lekin hozircha bunday onlayn kurslarim yoʻq.

🆔 Ustozlarning takliflarini inobatga olgan holda geografiyadan mashq masalalarni oʻrgatish boʻyicha onlayn kurs ochmoqchiman.

➡️Ushbu qaror doirasida fikrlaringizni kommentariyaga yozib qoldiring. Sizning fikringiz asosida yangi guruh ochamiz.
Qiziquvchan ustozlarimizga tezlashtirilgan komputer savodxonligi darslarini ham tashkillashtirishimiz mumkin!
🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩

💬 Fikringizni qoldiring va bizga qoʻshiling:
📡
@Uzb_Geografiya_Kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍722🕊1
Oʻzbekiston geograflari | Husenov Jahongir pinned «❗️❗️❗️ 🔘 Qadrli doʻstlar koʻpchilik ustozlar masala oʻrgatasizmi, kurs oching, masala oʻrgatadigan guruhingiz bormi deb koʻp soʻrashadi. 📺Lekin hozircha bunday onlayn kurslarim yoʻq. 🆔 Ustozlarning takliflarini inobatga olgan holda geografiyadan mashq…»
#masala

🔹 66-MASALA 🔹

Yuqoridagi chizma asosida berilgan nuqtaning aniq geografik koordinatasini toping.

Tuzuvchi: @Husenov_Jahongir

💬 Javobini bilish uchun kanalga qo'shiling:
📡 @Geografik_masalalar
👍32👏2🔥1
2025/11/12 03:39:06
Back to Top
HTML Embed Code: