Telegram Web Link
E'LON

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Pedagogika fakultetida 17-noyabr — “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan talaba qizlar o‘rtasida “Dekan kubogi” uchun voleybol musobaqasi
o‘tkaziladi!

Barcha ishtirok etish istagidagi talaba qizlarni guruhlar kesimida jamoa tuzib, musobaqada faol qatnashishga taklif etamiz.

Musobaqa sanasi: 2025-yil 13–14-noyabr
Joy: Pedagogika fakulteti voleybol maydonchasi
Boshlanish vaqti: 13:30

Musobaqaga umumiy rahbarlik qiladi:
E. Quvvatov — 91 459 10 31
D. Hakimov — 91 962 79 49


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
🔥41👍1
Viktorina

O‘zbekistonda Kasaba uyushmalari kuni qachon nishonlanadi?
Anonymous Quiz
13%
3-noyabr
22%
5-noyabr
17%
10-noyabr
48%
11-noyabr
👍3👌2👏1🎉1
“FAKULTETLARARO ZAKOVAT INTELLEKTUAL O‘YINI”

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti faollar zalida fakultetlararo “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Bellashuvda quyidagi jamoalar o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazishdi:
Pedagogika fakulteti – “Intelekt” jamoasi
Xorijiy tillar fakulteti – “Antivirus” jamoasi
Raqamli texnologiyalar fakulteti – “Yosh liderlar” jamoasi

Qizg‘in bahs va murosasiz intellektual bellashuv yakunida “Yosh liderlar” jamoasi g‘alaba qozondi!

Tadbir yakunida universitet “Zakovat” terma jamoasi shakllantirildi. U endilikda viloyat bosqichlarida universitet sharafini munosib himoya qiladi.

Mazkur o‘yin talabalarda mantiqiy fikrlash, jamoaviy ishlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
👍42🔥1
“Korrupsiya — davlatni yemiruvchi illat” va “Kiber jinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Raqamli texnologiyalar fakultetida yoshlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, halollik tamoyillarini mustahkamlash hamda axborot xavfsizligi masalalariga e’tibor qaratish maqsadida ikki muhim mavzuda davra suhbatlari tashkil etildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi mas’ul xodimi, podpolkovnik Tursunov Zafar Jo‘murodovich hamda Kiber jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi mas’ul xodimi podpolkovnik Ubaydullayev Akrom ishtirok etdilar.

Ular o‘z chiqishlarida korrupsiya va kiber jinoyatchilikning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, ularning oldini olishda har bir fuqaroning, ayniqsa yoshlarning faolligi va mas’uliyati muhim ekanligini ta’kidladilar.

Suhbat davomida talabalar mavzuga oid qiziqarli savollar bilan murojaat qilib, amaliy misollar orqali muhim huquqiy tushunchalar bilan tanishdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga korrupsiya va kiber jinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlari, halollik va axborot madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuvlar Raqamli texnologiyalar fakulteti talabalari orasida huquqiy ong va mas’uliyatni oshirish, shuningdek, halollik tamoyillariga sodiqlikni mustahkamlashga xizmat qildi.


Aloqa markazi:
+998752306060 - (Qashqadaryo)
Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
Yozish

Litsenziya Nº 194419 25.12.2023

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Web-sahifa
2025/11/12 04:20:16
Back to Top
HTML Embed Code: