⛈QDUda "Biz bir oila farzandlarimiz" mavzusida millatlararo totuvlik va do‘stlik festivali bo‘lib o‘tdi🔵Bugun, 31-oktyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida San’atshunoslik fakulteti tomonidan "Biz bir oila farzandlarimiz" mavzusida millatlararo totuvlik va do‘stlik festivali bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri A.Ayapov, fakultet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Dastlab mehmonlar talabalar tomonidan yaratilgan milliy liboslar, hunarmandchilik namunalari, rasmlar ko‘rgazmalarini tomosha qildi. Shundan so‘ng, "Biz bir oila farzandlarimiz" mavzusida tadbir boshlandi.
🔵Tadbirni universitet rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi O.Duysenbayev ochib berdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar, bugungi kunda, O‘zbekiston o‘zining mustahkam tarixiy merosi, boy madaniyati va xalqaro aloqalari bilan nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun dunyodagi muhim madaniy va siyosiy markazlardan biriga aylanib borayotgani, "Yangi O‘zbekiston" degan tushuncha nafaqat mamlakatimizning yangi siyosiy tizimini, balki xalqimizning yangi do‘stlik va madaniyatga bo‘lgan munosabatini ham ifoda etishini ta’kidladi. Shuningdek, Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida millatlararo totuvlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni ta’minlash, bag‘rikenglik va mehr-oqibat muhitini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilayotganligini aytib, barcha tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi.
🔵Ushbu festival yurtimizda yashayotgan har bir millat vakilining ona yurti - O‘zbekiston bag‘rida naqadar erkin, teng va osuda hayot kechirayotganini yana bir bor namoyish etdi. Festival doirasida milliy liboslar ko‘rgazmasi, sahna chiqishlari va konsert dasturlari yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. Har bir chiqish, har bir qo‘shiq, xalq raqslari yig‘ilganlarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✅Telegram | 🌐Instagram | 📹YouTube | ✅Facebook