Telegram Web Link
⚡️⚡️Namanganda Davlat universitetida Tibbiyot yo'nalishlari ochiladi.

Endilikda Namanganlik o'quvchilar ham o'z viloyatlarida tibbiyot bo'yicha o'qishlari mumkin

Namangan viloyat hokimligi bergan xabarga ko'ra Namangan davlat universitetida bakalavr yo'nalishida davolash ishi va Pediatriya yo'nalishlari ochiladi.

Ulardan 12 tasi grant bo'lsa, 13 nafari esa kontrakt bo'lishi kuntilmoqda.

👉 @Abituriyentinfo 👈
Nima sababdan chet elda o'qish yaxshiroq?

Javobi juda oson, so'nggi yillardagi o'zgarishlarga qaramay O'zbekiston ta'lim tizimi hali ham, hatto qo'shni davlatlarnikiga ham yeta olgani yo'q. Biz paypoq galstuk formani muhokama qilib yurgan paytimizda xorij universitetlari ta'lim usullarini takomillashtirish va infratuzilmani yangilashni davom ettirmoqdalar.

❗️Lekin chet elda o'qish u.n asosiy sabab bu emas!

Bir nechta sabablarni sanab o'tamiz:
Tadqiqotlarga ko'ra Rossiya Qozogʻiston, O'zbekistondagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalarning top-mejerlarining asosiy qismi chet elda ta'lim olgan.

chet elda siz yangi mustaqil hayot boshlaysiz, muammolarni o'zingiz yechishni o'rganasiz va bu katta hayotda judayam asqotadigan "skill" hisoblanadi.

yangi madaniyat bilan to'qnashasiz, hech bo'lmaganda boshqa viloyatga borib ko'ring, siz darrov atrof muhit odamlar o'zgarganini sezasiz. Qanchalik ko'p hissiyot bo'lsa, shunchalik ko'p narsalar esda qoladi.

O'qish va ishlash, chet elda o'qiyotgan o'zbekistonlik talablar aksariyati o'z xarajatlarini o'zlari ishlab qoplashadi, hatto ortirib uyiga pul yuborayotganlar ham ko'p, ishonmasangiz o'g'li Koreyada o'qiyotgan tanishingizdan so'rab ko'ring.

O'quv narxlari.
Ko'plar chet elda o'qish juda qimmat deb o'ylaydi. Lekin bu unchalik to'g'ri emas, Hisoblab ko'ring, tekshirib ko'ring, aslida narxlar O'zbekistonnikidan qimmat emas aksincha ancha arzonlari ham juda ko'p.

Siz qayerda o'qimoqchisiz?

👉 @abituriyentinfo 👈
⚡️⚡️Oliygohlarga kirish imtihonlarida quyidagi abituriyentlarga imtiyozlar beriladi:

1. "Nihol" mukofoti sovrindorilari

2. "Mard og'lon" davlat mukofoti sohiblari

3. Olis cho'l hududlari aholisi(Navoiy, Nukus)

4. Zulfiya mukofoti sovrindorlari

5. Badiiy akademiyaning tasviriy san'at bo'yicha respublika tanlovi g'oliblari

6. O'zbekiston yoshlar ittifoqining faol azolari

7. Harbiy imtiyoz egalari

8. Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilari

9. Nogironligi bo'lgan shaxslar

10. Harbiy xizmatchilar farzandlari

11. Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari

12. "Tarbiya" ko'rik-tanlovi g'oliblari

13. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari

14. Fan olimpiada g'oliblari

15. Chet tilidan milliy hamda xalqaro sertifikatlar(IELTS, cefr)

16. Temurbeklar maktabi bitiruvchilari.

17. Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega ayol-qizlar

Siz bular orasida yo'qmisiz? unda yaxshiroq o'qing.

👉 @abituriyentinfo
⚡️⚡️Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali tashkil etildi.

-Filialga qabul 2021-2022 o'quv yilidan boshlanadi.
-Universitet filiali Kattaqo'rg'on shahridagi 2-son litsey binosida tashkil etildi
-Keyingi yillarda filial uchun yana qo'shimcha binolar qurish rejalashtirilyapti.

@abituriyentinfo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu yil kirish imtihonlarida 5ta fandan test olinadimi?

DTM bosh boshqarma boshligʻi Farhod Mirzayev batafsil maʼlumot berdi.

👉 @Abituriyentinfo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️Endi Xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkaziladigan imtihon Davlat test markazi tomonidan o'tkaziladi

Xorijdan o‘qishi ko‘chirilayotganlarga yo‘nalishiga qarab o‘tish bali qo‘yiladi

Oddiy kontrakt uchun 4 ballik shkala ham bo‘ladi, super-kontraktlar ham ularga amal qiladi.

Ilgari xorijdan ko‘chirishda deyarli barcha yo‘nalishlarda 56 ball talabi qo‘yilardi. Sanoqli yo‘nalishlardagina 100 yoki boshqa ballar belgilanardi.

Bu esa ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘lardi. Kimlardir qiynalib, 140-150 ball bilan o‘qishga kirardiyu, kimlardir qo‘shni davlatga yoki borib, yoki bormay, 56 ball bilan ikkinchi kursdan talaba bo‘lardi.

Ya’ni maqsad xorijda ilm va ta’lim olish emas, shunchaki keyingi yili o‘qishni ko‘chirish edi. Ko‘plab firmalarning va’dalariga ishonib, aldanib qolganlar ham juda ko‘p.

👉 @Abituriyentinfo
📈 «Joriy yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi
28 foizga yetkaziladi», — Prezident

«Qalbingizdagi ezgu orzu-intilishlarni ro‘yobga chiqarishda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 137 ta oliy o‘quv yurti, 339 ta kasb-hunar maktabi, 193 ta kollej va 196 ta texnikum sizlarga muntazirdir.

Sizlar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati ham yaratilgan. Shu maqsadda 71 ta oliy ta’lim muassasasida sirtqi, 18 ta oliygohda kechki bo‘limlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlaridagi ehtiyojdan kelib chiqib, so‘nggi 5 yilda bakalavriat bosqichida 134 ta ta’lim yo‘nalishi, magistraturada 147 ta mutaxassislik yangidan tashkil etildi.

Oliy ta’lim muassasalarida 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida ham kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Hozirgi kunda yoshlarimiz uchun bir vaqtning o‘zida 5 tagacha oliy ta’lim muassasasida tanlovlarda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

Bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2016 yildagi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga yetdi. Mazkur ko‘rsatkichni joriy yilda 28 foizga, 2030 yilda 50 foizga yetkazish – asosiy vazifamizdir.

Azim poytaxtimiz Toshkent shahrida dunyoning eng ilg‘or oliygohlari bilan hamkorlikda xalqaro talablar asosida tashkil etilayotgan Yangi O‘zbekiston universiteti ham siz, aziz yoshlarimizni joriy yildan o‘z bag‘riga chorlaydi».

——————
Prezident Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigidan.

@abituriyentinfo
⚡️Bu yil 5ta fandan imtihon bo‘lishi aniq

Faqat!, kasallik ko‘payib ketsagina buni qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Bu haqda DTM Bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev ma’lum qildi.

Uning aytishicha, normativ hujjatlar bo‘yicha, 3ta majburiy fan va 2ta mutaxassislik fanidan imtihon olinishi aniq. Maksimal ball – 280,5 ball qilib belgilangan.

"Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevning 5ta fandan imtihon olinishi aniqmas, degan gapi turlicha talqin qilindi. Musayev pandemiya sharotidan kelib chiqib, degan ma’noda gapirgandi. O‘tgan yili ham 5ta fan bo‘lsa-da, pandemiya sabab fanlar 2taga tushirilgandi. Lekin hozir pandemiya holati barqaror.

Agar kasallik ko‘payib ketsagina, unda Qabul komissiyasi holatni ko‘rib chiqadi. Hozircha 5ta fandan imtihon olinishi aniq", dedi Farhod Mirzayev.

@abituriyentinfo
Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyati faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish yuzasidan ko‘rsatma berilgan.

2021/2022 o‘quv yilidan faoliyatini boshlaydigan yangi institutda qurilish va geologiya sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, mazkur institut qoshida Boysun tumanida konchilik, pillachilik va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalari uchun o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga ixtisosslashgan ko‘p tarmoqli texnikum tashkil etiladi.

@abituriyentinfo
Ingliz tili.pdf
333.3 KB
⚡️⚡️Dtm.uz tomonidan 2021 yilgi imtihon uchun ingliz tilidan namunaviy test savollari e'lon qilindi.

Bu yilgi imtihonlarda ingliz tilidagi savollar shunga o'xshash bo'ladi. Tayyorlanish jarayonida buni ham hisobga olsangiz albatta yutasiz!.


@abituriyentinfo - talaba bo'lishingizni xohlaymiz!
Biologiya.pdf
126.7 KB
⚡️⚡️Dtm.uz tomonidan 2021 yilgi imtihon uchun Biologiyadan namunaviy test savollari e'lon qilindi.

Bu yilgi imtihonlarda Biologiyadgi savollar shunga o'xshash bo'ladi. Tayyorlanish jarayonida buni ham hisobga olsangiz albatta yutasiz.


@abituriyentinfo - talaba bo'lishingizni xohlaymiz!
Kimyo.pdf
469.5 KB
⚡️⚡️Dtm.uz tomonidan 2021 yilgi imtihon uchun Kimyodan namunaviy test savollari e'lon qilindi.

Bu yilgi imtihonlarda kimyo fanidagi savollar shunga o'xshash bo'ladi. Tayyorlanish jarayonida buni ham hisobga olsangiz albatta yutasiz.


@abituriyentinfo - talaba bo'lishingizni xohlaymiz!
Matematika.pdf
135.6 KB
⚡️⚡️Dtm.uz tomonidan 2021 yilgi imtihon uchun Matematikadan namunaviy test savollari e'lon qilindi.

Bu yilgi imtihonlarda Matematikadagi savollar shunga o'xshash bo'ladi. Tayyorlanish jarayonida buni ham hisobga olsangiz albatta yutasiz.


@abituriyentinfo - talaba bo'lishingizni xohlaymiz!
Tarix.pdf
341.7 KB
⚡️⚡️Dtm.uz tomonidan 2021 yilgi imtihon uchun Tarixdan namunaviy test savollari e'lon qilindi.

Bu yilgi imtihonlarda Tarixdagi savollar shunga o'xshash bo'ladi. Tayyorlanish jarayonida buni ham hisobga olsangiz albatta yutasiz.


@abituriyentinfo - talaba bo'lishingizni xohlaymiz!
⚡️Qabul 2021: Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan bo‘ladi?

Joriy 2021–2022 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkazish reja qilinmoqda:

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga:
👉 Fiqh va aqoid (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;
👉 Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 2,1 – 63 ball;
👉 O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.
Hadis ilmi maktabiga:
👉 Hadis va Mustalahul hadis (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 3,1 – 93 ball;
👉 Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 2,1 – 63 ball;
👉 O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

O‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga:
👉 Xorijiy til (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;
👉 Tarix (test sinovi) 30 X 2,1 – 63 ball;
👉 Ma’naviyat va ma’rifat (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili yurtimizda pandemiya sabab O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida qabul imtihonlari 3 ta fandan ikkitaga qisqartirilgan edi. Unga ko‘ra Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga kirish uchun “O‘zbekiston tarixi” va “Fiqh va aqoid” fanlari, Hadis ilmi maktabida “O‘zbekiston tarixi” va “Hadis va Mustalahul hadis” fanlaridan, shuningdek, o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga “Tarix” va “Xorijiy til”bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilgan edi.
 
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi

Kanalga ulanish👇👇
@abituriyentinfo
Ona tili.pdf
169.6 KB
⚡️⚡️Dtm.uz tomonidan 2021 yilgi imtihon uchun Ona-tili va adabiyotdan namunaviy test savollari e'lon qilindi.

Bu yilgi imtihonlarda Ona-tili va adabiyotdagi savollar shunga o'xshash bo'ladi. Tayyorlanish jarayonida buni ham hisobga olsangiz albatta yutasiz.


@abituriyentinfo - talaba bo'lishingizni xohlaymiz!
Rus tili.pdf
115.5 KB
⚡️⚡️Dtm.uz tomonidan 2021 yilgi imtihon uchun Rus tilidan namunaviy test savollari e'lon qilindi.

Bu yilgi imtihonlarda Rus tilidagi savollar shunga o'xshash bo'ladi. Tayyorlanish jarayonida buni ham hisobga olsangiz albatta yutasiz.


@abituriyentinfo - talaba bo'lishingizni xohlaymiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DTM bu yilgi kirish test sinovlaridagi asosiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi

Joriy yilgi kirish test sinovlarida abituriyentlarning 5ta (3ta majburiy va 2ta mutaxassislik) fandan imtihon topshirishi tasdiqlandi.

@abituriyentinfo
⚡️⚡️
Davlat granti 25 foizga oshiriladi

▪️Kuni kecha Deputatlar 2021-yilgi davlat budjeti qonuniga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi.

▪️2021-2022-o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalariga davlat grantida qabul ko‘rsatkichlari 25 foizga oshiriladi, ehtiyojmand oilalar qizlariga ajratiladigan grantlar 2 barobarga ko‘paytirilib, ular 2 mingtaga yetkaziladi.

Batafsil maʼlumot👇
@abituriyentinfo
2025/07/08 22:04:18
Back to Top
HTML Embed Code: