Telegram Web Link
❗️❗️DIQQAT
Abituriyentlar muhim eslatma!

Davlat test markazi haligacha oliygohlar kesimida qabul kvotasini ma'lum qilmagan.


Eslatib o'tamiz o'tgan yili umum hisobda 1,6 million abituriyent hujjat topshirgan bo'lsa, 150mingga yaqin abituriyentlar talaba sifatida qabul qililngan.


Hujjatlar http://my.dtm.uz orqali topshiriladi

@abituriyentinfo
Dtm.uz tomonidan Kirish imtihonlari tartibi belgilandi

Bu yilgi abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi.

Davlat komissiyasi tomonidan bu yilgi kirish imtihonlarida savollar tushadigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi.

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun 3 ta fan majburiy hisoblanadi. Maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball – 94,5 ball

1. Ona tili (oʻzbek, rus,qoraqalpoq va boshqa tillar) – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball Maksimal ball – 31,5
2. Matematika – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5
3. Oʻzbekiston tarixi – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball Maksimal ball – 31,5

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos 2 ta fandan savollar. Maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball – 186 ball.

👉 1-fan – 30 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 3,1 ball. Maksimal ball – 93.
👉 2-fan – 30 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 3,1 ball. Maksimal ball – 93.

Abituriyentlar bu yilgi kirish imtihonlarida 5 ta fandan jami 105 ta savol ishlashadi. Maksimal ball – 280, 5

@Abituriyentinfo
IELTS va boshqa xalqaro sertifikat olganlarga davlat tomonidan 523,5 mln soʻm toʻlab berildi

1-maydan ushbu tizim yoʻlga qoʻyildi va bugunga qadar IELTS, SAT, TOEFL, GMAT, GRE kabi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan 290 nafar yoshlarning xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan toʻlab berildi. Bu qariyb 523,5 mln soʻmni tashkil etadi.

Yoshlardan bugungacha kelib tushgan arizalarning 142 tasi Davlat xizmatlari markazi orqali, 319 tasi esa my.gov.uz portali orqali kelib tushgan. 171 nafar arizachining talabi rad etildi. Buning sababi ushbu arizachilar mazur qaror kuchga kirishidan avval sertifikatni qoʻlga kiritishgan.

Bu imkoniyatdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar birdek foydalanishlari mumkin. Buning uchun yoshlar 1-maydan keyin IELTS, SAT, TOEFL, GMAT, GRE kabi imtihonlarda yuqori natija qayd etgan boʻlsalar, Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali murojaat qilishlari mumkin.

Abituriyentlar sizlar uchun ajoyib imkoniyat foydalanib qoling!

@abituriyentinfo - abituriyentlar yordamchisi!
OTMlarga Davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlanishi mumkin:

👉 Bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
kunduzgi ta’lim shakliga — 115 343 ta;
sirtqi ta’lim shakliga — 36 211 ta;
kechki ta’lim shakliga — 6 325 ta;

👉 Magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 12 914 ta;

👉 Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga — 56 ta.

Xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 2000 nafar qo‘shimcha davlat granti ajratiladi.

Eslatma: bu hali tasdiqlanmagan kvota miqdori biz aytgandan ko'p ham kam ham bo'lishi mumkin


@abituriyentinfo
⚡️⚡️Rasman Qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezidentning tegishli qaroriga binoan, 2021/2022 o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:

a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga – 113 530 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 37 675 nafar;
kechki ta’lim shakliga – 6 550 nafar;

b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 12 900 nafar;

v) xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha – 500 nafar.

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 22-iyulga (shu kuni ham) qadar uzaytirildi.


@abituriyentinfo
Abituriyent INFO | Rasmiy yangiliklar
⚡️⚡️Rasman Qabul kvotalari tasdiqlandi Prezidentning tegishli qaroriga binoan, 2021/2022 o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari: a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha: kunduzgi ta’lim shakliga – 113 530 nafar; sirtqi ta’lim shakliga – 37 675 nafar;…
⚡️⚡️⚡️ Bu yil ham Abituriyentlar 5 tagacha yo'nalish tanlashlari mumkin.


Joriy yilda abituriyentlarga xuddi o‘tgan yildagidek test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

@Abituriyentinfo
⚡️⚡️Abituriyentlarga dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etishi bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

📌 2021-2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat beriladi.

Buning uchun abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlov uchun ustuvorlik sifatida “davlat granti” yoki “davlat granti va to‘lov-kontrakt”dan birini tanlash imkoniyati yaratiladi.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa - dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

@Abituriyentinfo
⚡️Rasman: Perevod imtihonlari DTM tomonidan olinadi

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, xalqaro reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishda:

talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.

👉 Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi;

👉 Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari joriy yil 25 iyulga qadar, keyinchalik har yili 15 iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Demak, perevod imtihonlarini DTM o‘tkazadi va unda har yili minimal o‘tish balli belgilanadi.

Kanalga ulanish:
👉 @abituriyentinfo
Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin kuningiz xayirli barokatli o‘tsin
​​⚡️Rasman: Xorijdan oʻqishini koʻchirayotganlar ham imtihon uchun abituriyentlar kabi pul toʻlaydi

Bu haqida Davlat test markazi direktori Majid Karimov xabar berdi. Ushbu toʻlov 122 500 soʻm etib belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, xorijdan oʻqishini koʻchirayotganlar davlat test markaziga imtihon topshirishadi.

Batafsil ma'lumot
https://www.tg-me.com/ABITURIYENTINFO
O‘zbekiston OTMlariga qabul kvotalari tasdiqlandi.

2021/2022-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:
a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga — 113 530 nafar (o‘tgan yili — 103 575);/li>

sirtqi ta’lim shakliga — 37 675 nafar (31 350);

kechki ta’lim shakliga — 6 550 nafar (5 025);

b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 12 900 nafar (10 425);
v) filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha — 500 nafar etib tasdiqlandi.
https://www.tg-me.com/ABITURIYENTINFO/1978
ABITURIYENTINFO.pdf
498.4 KB
⚡️2021-2022-o‘quv yili uchun sirtqi qabul kvotalari taqsimoti tasdiqlandi

Batafsil ma'lumot
https://www.tg-me.com/ABITURIYENTINFO/1978
👨‍🎓Бу йилги имтиҳонда абитуриентларни қандай янгиликлар кутяпти?

Қабул квоталари тасдиқланди. Хорижий ва хусусий ОТМларда ҳам давлат гранти ўринлари пайдо бўлади.

Энди абитуриентлар ўзлари танлаган 5та йўналиш орасидан грантга кирганида ўқиш имкониятига эга.

Ўқишни кўчириш бўйича янги қоидалар ўрнатилмоқда. Ўқишни кўчиришда ҳам супер-контракт тўловлари пайдо бўлади.

Магистратурага қабул 2 босқичли бўлди. 1-босқичда мутахассислик фанларидан имтиҳон, иккинчи босқичда чет тилидан тест олинади.

“Фарзандингиз келажагини пора билан кўрманг” — олий таълим вазири ота-оналарга мурожаат қилди.

Мактаб битирувчилари ОТМга ҳужжат топшириш учун аттестатини олиши шартмас, ҳаммаси онлайн базада бор.

👉@Abituriyentinfo
Tanlov usutvorligini belgilash

Yuqoridagi postda tanlov ustuvorligini belgilash bo‘yicha ma’lumot va uning ishlash sxemasi berilgan edi. Mazkur jarayonni misol asosida ko‘rib chiqsak, quyidagi holat yuzaga keladi.

Misol uchun, abituriyent test sinovida 163,5 ball to‘plasa, quyidagi ikki holatdan biri bo‘lishi mumkin:

🔹 Ustuvorlik sifatida “Davlat granti” tanlansa, abituriyent Toshkent davlat agrar universitetining “5630102 - Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (qishloq xo‘jaligida)” ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etiladi.

🔹 Ustuvorlik sifatida “Davlat granti va to‘lov-kontrakt” tanlansa, abituriyent Toshkent farmatsevtika institutining “5510500 - Farmatsiya (turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Batafsil ma'lumot
👉@Abituriyentinfo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qabul 2021
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.

@Abituriyentinfo
​​⚡️Rasman! Oʻqishni koʻchirish uchun hujjatlar 15-iyuldan qabul qilinadi.

Talabalar oʻqishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, xalqaro reytinglarda birinchi 1000 ta oʻrindan birini egallagan) oliy taʼlim tashkilotlaridan Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirishda:

👉 Talabadan alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy taʼlim muassasasi tomonidan, test sinovlari Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi;

👉 Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻyicha oʻtish ballari joriy yil 25-iyulga qadar, keyinchalik har yili 15-iyulga qadar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.

👉 Oʻtish balidan past ball toʻplagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

👉 Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markazi hamda oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

Batafsil malumot

@Abituriyentinfo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Диққат
⚡️ОТМга қабул квоталари тасдиқланди. Бу йил ҳам ОТМга тест очиқ майдонларда ўтказилиши кутилмоқда
👇👇👇

@Abituriyentinfo
▪️Xorijiy OTM va ularning filiallarida ham davlat granti asosida o‘qish imkoniyati yaratiladi

2021/2022 o‘quv yili qabulida O‘zbekistondagi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 500 o‘rin ajratiladi.

Batafsil👇
@Abituriyentinfo
2025/07/03 11:19:34
Back to Top
HTML Embed Code: