Telegram Web Link
Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari

📌 2021-yil 16-iyul kuni (soat 18:04 da) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilishining to‘xtatilishi munosabati bilan akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni o‘tkazish vaqti ma’lum bir muddatga surilganligi va epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlarining o‘tkazilishi joriy yil sentabr oyining birinchi yarmida rejalashtirilayotganligi e’lon qilindi.

Lekin ayrim telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda mazkur xabar “Kirish imtihonlari karantin sabab sentabr oyiga qoldiriladigan bo‘ldi” sarlavhasi ostida berilishi natijasida ko‘plab fuqarolar xabarni to‘liq o‘qimasdan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari sentabr oyiga qoldirildi degan xulosaga kelishmoqda.

☎️ Shu sababli ko‘pchilik tomonidan Davlat test markaziga “Imtihonlar haqiqatdan ham sentabr oyiga qoldirildimi?”, “Nima uchun sentabr oyiga qoldirildi?” kabi mazmundagi murojaatlar kelib tushmoqda.

Bu bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari sentabr oyiga surilgani yo‘q va imtihonlarni amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra avgust oyida o‘tkazish


🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
📌 Nogironlik bo‘yicha imtiyoz ma’lumotlarini kiritish

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar haqida qo‘shimcha ma’lumot:

👉 I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar test sinovi uchun to‘lovdan ozod etiladi.

👉 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

👉 Qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari har bir ta’lim shakli bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari kesimida ajratiladi va abituriyentlar tomonidan tanlangan 5 ta OTM uchun ham o‘rinli hisoblanadi.

👉 Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi.

👉 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan ko‘zi ojiz abituriyentlar Davlat komissiyasi qarori asosida tanlovsiz, alohida ajratilgan o‘rinlarga davlat granti asosida qabul qilinadi.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
18.07.21.pdf
1.2 MB
Статистика

⚡️Бу йил 1 млн абитуриент топширса ҳам катта гап: Қабул тугашига 4 кун қолди!

📈 18-июл 18:00 ҳолатига кўра, жами рўйхатдан ўтган абитуриентлар сони 686 842 нафар.

Aбитуриентлар томонидан энг кўп танланаётган ОТМлар:

👉 Ўзбекистон миллий университети – 24 124 нафар;
👉 Тошкент давлат педагогика университети – 22 568 нафар;
👉 Жиззах давлат педагогика институти – 21 951 нафар;
👉 Наманган давлат университети – 21 939 нафар;
👉 Урганч давлат университети – 21 852 нафар.


🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Тамом бўлган асаблар: ДТМ сайти ишламаяпти!

Айни пайтда жуда кўплаб абитуриентларда рўйхатдан ўтишда муаммолар кузатилмоқда. Сайтга киришнинг имкони бўлмаяпти.

Қабул тугашига 3 кун қолди.

Кўплаб абитуриентлар қабулнинг охирида рўйхатдан ўтишни кутиб туришган кўринади. Қабулнинг охирини кутиш бир қатор муаммоларни келтириб чиқаради:

👉 Биринчидан, сайт катта ҳажмдаги фойдаланувчиларни кўтара олмай қотиб қолиши мумкин

👉 Иккинчидан, тўловни амалга оширишда банк кассалари 20-21-22 июл кунлари ишламаслиги сабабли абитуриентлар қабулдан қолиб кетишлари мумкин.

Сиз рўйхатдан ўтдингизми?

👉 Тест саволлари сони карантин сабаб қисқариши мумкин

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Qabul 2021 Statistika
2021-2022-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2021-yil 19-iyul 18:00 holatiga)


Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 741 963 nafar.

Ta’lim shakllari bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 403 812 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 313 323 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 24 828 nafar.

Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 631 122 nafar;
👉 Rus tili – 85 223 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 23 135 nafar;
👉 Boshqa tillar – 2 483 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

👉 O‘zbekiston milliy universiteti – 25 947 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti – 24 190 nafar;
👉 Jizzax davlat pedagogika instituti – 23 696 nafar;
👉 Namangan davlat universiteti – 23 591 nafar;
👉 Urganch davlat universiteti – 23 539 nafar.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum. Barchangizga Qurbon hayiti muborak bo'lsin.
Qabul tugashiga atigi 2 kun qoldi. Mudofaa vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi

▪️19-iyul holatiga onlayn ro‘yxatdan o‘tganlar 985 ming nafardan oshdi. Prognoz qilingan raqam bilan farq esa hali ham yuqoriligicha qolyapti.

▫️Mudofaa vazirligi harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlarni ogohlantirdi. Agar DTM saytida tavsiyanoma olgani haqida ma’lumot chiqmasa, zudlik bilan 71- 269-88-67 raqamiga bog‘lanish zarur.

▫️my.dtm.uz saytida texnik ishlar olib borilishi sabab hujjat topshirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin.

▫️Davlat test markazi abituriyentlarni to‘lov qilishni unutmaslik haqida ogohlantiradi

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
20.07.21.pdf
1.2 MB
Статистика

😧 Ҳамма охирини кутаётган экан. Бир кунда абитуриентлар +113 мингга кўпайди. Қабул тугашига 2 кун қолди!

📈 20-июл 18:00 ҳолатига кўра, жами рўйхатдан ўтган абитуриентлар сони 855 348 нафар.

Aбитуриентлар томонидан энг кўп танланаётган ОТМлар:

👉 Ўзбекистон миллий университети – 29 671 нафар;
👉 Жиззах давлат педагогика институти – 27 411 нафар;
👉 Тошкент давлат педагогика университети – 27 304 нафар;
👉 Урганч давлат университети – 27 239 нафар;
👉 Наманган давлат университети – 26 394 нафар.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
​​⚡️ Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga!

👨🏻‍💻 Ma’lumki, chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritadi.

📌 Hozirda mazkur ma’lumotlar asosida Davlat test markazi tomonidan sertifikatlarning haqiqiyligi tekshirilmoqda va ularga 3 xil status berilmoqda:

ℹ️ Sertifikat dasturga kiritilganda – “Tekshirilmoqda”.

Sertifikatning haqiqiyligi va imtiyoz berish uchun talabga javob berishi aniqlanganda – “Tasdiqlandi”.

Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmasa yoki imtiyoz berish uchun talabga javob bermasa – “Tasdiqlanmadi”.

📆 Sertifikatlarni tekshirish ma’lum vaqt talab etishini inobatga olgan holda, chet tili sertifikatiga ega abituriyentlardan sertifikatlarini 21-iyulga qadar kiritishlarini so’raymiz.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
📌 Oliy ta'lim muassasalariga oid elektron platformalar:

My.dtm.uz - bakalavriatga onlayn hujjat topshirish uchun platforma. Hujjat qabul qilishning oxirgi kuni 22-iyul.

Transfer.dtm.uz - xorijdan o'qishini O'zbekistonga ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun onlayn platforma. Hujjat qabul qilishning oxirgi kuni 5-avgust.

Transfer.edu.uz - O'zbekistondagi davlat OTMlari aro o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun onlayn platforma. Hujjat qabul qilishning oxirgi muddati 5-avgust.

Diplom.edu.uz - Diplomlarni elektron shaklini yuklab olish uchun onlayn platforma.

Magistr.edu.uz - Magistraturaga onlayn hujjat topshirish uchun platforma. Hujjat qabul qilishning oxirgi muddati 30-iyul.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
21.07.21.pdf
1.2 MB
Статистика

⚡️Қабул тугашига 29 соат қолди, абитуриентлар сони 1 млн га яқинлашди!

📈 21-июл 18:00 ҳолатига кўра, жами рўйхатдан ўтган абитуриентлар сони 924 788 нафар.

Aбитуриентлар томонидан энг кўп танланаётган ОТМлар:

👉 Ўзбекистон миллий университети – 31 979 нафар;
👉 Жиззах давлат педагогика институти – 29 543 нафар;
👉 Урганч давлат университети – 29 476 нафар;
👉 Тошкент давлат педагогика университети – 29 132 нафар;
👉 Наманган давлат университети – 28 434 нафар.


Davlat Test markazi

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Yangi OTM: Zangiotada Farmasevtika texnik universiteti ochiladi

▪️Tegishli qaror loyihasiga ko'ra, qabul keyingi o‘quv yilidan boshlanadi. Universitetda ta’lim pullik-kontrakt asosida kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shaklida ingliz va boshqa tillarda olib boriladi.

OTMda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, farmasevtika, biotexnologiya, tibbiyot, kosmetologiya, menejment, biznes boshqarish va boshqa tarmoqlar bo‘yicha kadrlar

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Тезкор! Рўйхатдан ўтганлар йўналиш танламаганлар билан бирга 1.2 млн нафардан ошди!

Давлат тест маркази веб сайтида маълум қилинишича, 22.07.2021 10:00 вақт ҳолатига кўра, рўйхатдан ўтган, лекин таълим йўналишларини танламаган абитуриентлар сони 1.237.904 нафарни ташкил этмоқда.

📈 Қабул параметрлари бўйича бакалавриат таълим йўналишлари учун 157.755 та квота ажратилган.


Davlat Test markazi

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Oliy diniy taʼlim muassasalarida qabul imtihonlarini o‘tkazish sanalari belgilandi. Bugundan , ya'ni 23 iyuldan imtihonlar boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy diniy taʼlim muassasalarida 2021-2022 o‘quv yili bo‘yicha qabul imtihonlari ijodiy imtihon va test sinovi shaklida o‘tkazilishi belgilangan.

Hadis ilmi maktabi

1. 2021 yil 23 iyul - Hadis va mustalah al-hadis (ijodiy imtihon);
- Arab tili (ijodiy imtihon);
Imtihon joyi: Hadis ilmi maktabi binosi orqa hovli qismida o‘tkaziladi.
2. 2021 yil 24 iyul - O‘zbekiston tarixi (test sinovi);

Imtihon joyi: Hadis ilmi maktabi binosi orqa hovli qismi.
3. 2021 yil 25 iyul Mandat hayʼati.

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti

1. 2021 yil 28 iyul - Arab tili (ijodiy imtihon);
Imtihon joyi: Toshkent islom instituti binosi ayvon qismi.
2. 2021 yil 29 iyul - Fiqh va aqoid (test sinovi);
- O‘zbekiston tarixi (test sinovi);
Imtihon joyi: Hazrati imom majmuasi ochiq maydon qismi.
2021 yil 30 iyul Mandat hayʼati.

Mir Arab oliy madrasasi

1. 2021 yil 2 avgust - Arab tili (ijodiy imtihon);
Imtihon joyi: Mir Arab oliy madrasasi binosi ayvon qismi;
2. 2021 yil 3 avgust - Fiqh va aqoid (test sinovi);
- O‘zbekiston tarixi (test sinovi);
Imtihon joyi: Mir Arab oliy madrasasi binosi ayvon qismi.
3. 2021 yil 4 avgust Mandat hayʼati.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Qabul tugadi

▪️Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi. Endi bakalavriatga hujjat topshirganlar avgust oyida o‘tadigan imtihonga tayyorgarlikka bor diqqatlarini qaratishi mumkin.

Hozir:
▫️Magistratura va "perevod" imtihonlari uchun qabul davom etyapti.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
​​Magistraturaga quyidagi hujjatlar topshiriladi:

• oliy ma’lumotni tasdiqlovchi diplom va unga ilova (byudjetda o‘qiganlar uchun diplomdan ko‘chirma);
• qonun hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi;

- hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi;

- hujjatlar topshirish bepul, avvalgi yilda bitirganlardan ham pul olinmaydi, bu tizim faqat bakalavrga taalluqli;

- Hozircha hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi;

- magistraturada faqat bitta yo‘nalishga hujjat topshirish mumkin;

- oldingi yillardan boshlab magistraturaga xuddi bakalavr kabi super-kontrakt tizimi ham joriy etilgan;

- imtihon faqat 2 ta fandan bo‘ladi: mutaxassislik fani (100 ballgacha) va chet tili (50 ballgacha);

- shuningdek, bitiruvchining diplom ilovasida qayd etilgan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ham qo‘shiladi (100 ballgacha);

- magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi;

- xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2) yoki DTM tomonidan beriladigan V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi;

Bundan buyon magistratura uchun quyidagi fanlardan imtihon bo‘lmaydi:

- ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida suhbat;
- «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha;
- O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha;

- kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) 3 — 15 avgust kunlari o‘tkaziladi;

- kirish sinovlari (maxsus test sinovlari)ni qayta topshirish man etiladi;

- mutaxassislik bo‘yicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganlar, shuningdek, belgilangan muddatlarda kirish sinovlariga kelmaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi;

- abituriyent sinov natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, sinov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida sinov ishini apellyasiyaga berishi mumkin. Apellyasiya haqidagi arizani ko‘rib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.

MAGISTRATURAGA QABUL NIZOMI

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
2025/07/04 20:33:35
Back to Top
HTML Embed Code: