Telegram Web Link
Harbiy OTMlarga topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

📆 Joriy yilda ham oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda nomzodlar o‘zlari tanlagan hududlarda o‘tkaziladi.

🔰 Ularga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda test topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi beriladi.

Bunda abituriyent hujjat topshirgan harbiy OTMdagi ta’lim yo‘nalishiga fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lgan davlat OTMlari va ta’lim yo‘nalishlari dasturda avtomatik tarzda chiqariladi.

Fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlari esa chiqarilmaydi. Shu sababli ular my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularga barcha OTM va ta’lim yo‘nalishlari ko‘rinmaydi.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting
@ABITURIYENTINFO
#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 9-iyul 18:00 holatiga)

👨‍💻 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 454 561 nafar. Shundan:

🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 305 554 nafar (67 %);
🔹 Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 149 007 nafar (33 %).

🏫 Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 287 994 nafar. Shundan:

🔸 156 360 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 131 634 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Samarqand viloyati — 37 653 nafar.
2️⃣ Toshkent viloyati — 34 691 nafar.
3️⃣ Qashqadaryo viloyati — 31 522 nafar.
4️⃣ Farg‘ona viloyati — 29 740 nafar.
5️⃣ Andijon viloyati — 25 173 nafar.
6️⃣ Toshkent shahri — 23 951 nafar.
7️⃣ Surxondaryo viloyati — 23 951 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 19 191 nafar.
9️⃣ Buxoro viloyati — 17 893 nafar.
🔟 Jizzax viloyati — 15 794 nafar.
1️⃣1️⃣ Xorazm viloyati — 15 048 nafar.
1️⃣2️⃣ Navoiy viloyati — 13 736 nafar.
1️⃣3️⃣ Sirdaryo viloyati — 12 152 nafar.
1️⃣4️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 5 577 nafar.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
#Perevod_2022

⚡️PEREVOD ARIZASINI YANGI(BOSHQA) PLATFORMADA TOPSHIRASIZ!

Avvalgi yili transfer.dtm.uz sayti orqali hujjatlarni topshirish mumkin edi. Bu yili my.dtm.uz saytiga "xorijdan o‘qishni ko‘chirish" bo‘limi qo‘shildi.

Demak, o'qishini xorijiy va nodavlat oliygohlardan ko'chirmoqchi bo‘lgan talabalar ushbu manzil orqali ariza yozishlari mumkin:my.dtm.uz

Kerakli hujjatlar:
• Ariza
• Pasport (jpg yoki pdf shakli)
• Transkript yoki reyting daftarchasi (jpg yoki pdf shakli)
• Akademik ma'lumotnoma (o'qishni tiklovchilar uchun)

❗️Qabul jarayonlari 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi. Imtihon jarayonlari abituriyentlar uchun test sinovlari yakunlangach bo'lib o'tadi.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
Кимлар абитуриент сифатида ўқишга топшира олишади?
#abituriyent

Жуда кўп марта тушунтириш берганимизга қарамасдан, кўпчилик "мен яна қайта ўқишга топшира оламанми" деб сўрашмоқда. Ҳатто айримлар "жорий йилдан техникумни тугатганлар ўқишга топширолмайдиган бўлганмиш" деган миш-мишларни ҳам кўтариб юришибди.

Шу каби саволларга биттада жавоб беришга ҳаракат қиламан. Демак, ОТМларнинг бакалавриат босқичига қуйидагилар ҳужжат топшира олишади:

1️⃣ Умумий ўрта таълимнинг 11-синфини тугатганлар.

Бунда барча мактаблар, шу жумладан Президент ва ижод мактаблари, ихтисослашган ва ҳарбий мактаблар, лицейлар, гимназиялар, хуллас барчаси кириб кетади. Муҳим жиҳати албатта 11-синф негизида шаҳодатнома бўлиши керак, 10-синфни тугатиб топшириб, талаба бўлиб ўқиш имкони йўқ;

2️⃣ Ўрта махсус ва касб-ҳунар таълими муассасасини тугатганлар.

Бунда академик лицейлар, касб-ҳунар коллежлари, касб мактаблари ва техникумлар киради. Бунда ҳам тўлиқ тугаган ва диплом берилган бўлиши керак. Кимлардир 3 йиллик, кимлардир 2 йиллик ўқиган бўлиши мумкин;

3️⃣ Олий таълимда ўқиётган талабалар.

Бунда ҳозирда Ўзбекистондаги давлат ёки нодавлат, шунингдек хориждаги ОТМларда талаба бўлиб ўқиётганлар мактаб, лицей, коллеж ва ҳ.к. дипломлари билан ўқишга ҳужжат топширишлари мумкин. Ўқишга кирган тақдирда қаерда ўқишини ўзи танлайди, хоҳласа ҳозирги талабалигини давом эттиради, хоҳласа янги кирган жойида ўқийди.

Талабаларнинг ўқишга топшириши ҳеч қандай муаммо (масалан, ўқишдан четлатиш) олиб келмайди. Аммо Сизлардан илтимосим, шунчаки ўйин учун топшириб ўтирманг, мабодо ўқишга кирсангизу, кейин ташлаб кетсангиз, битта абитуриент жойини беҳудага банд қилган бўласиз, кейинчалик бўшаб қолган ўринга ҳеч кимни олишмайди;

4️⃣ ОТМларни тугатган дипломли олий маълумотлилар.

Аллақачон бир марта олий маълумот олиб бўлган шахслар ҳам бемалол яна қайта бакалавриат босқичига ҳужжат топшириб кўришлари мумкин. Улар ҳам худди ҳозирги талабалар сингари мактаб, лицей, коллеж ва ҳ.к. дипломлари билан ўқишга ҳужжат топширишади, университет дипломи билан эмас. Бу ерда яна бир жиҳат, амалдаги қонунчиликка кўра, бир марта олий маълумот олиб бўлганларнинг (грант ёки контрактда ўқиганлигидан қатъи назар) иккинчи марта талаба бўлиши фақат тўлов-контракт асосида бўлади. Яъни улар грантга даъвогарлик қила олмайди, кирса ҳам фақат контрактда ўқишади.

Хуллас, мана шу юқоридаги 4 та тоифадаги шахслар бемалол my.dtm.uz сайти орқали абитуриент сифатида ҳужжат топшириб кўришлари мумкин. Барчага омад!

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
💰 Qaysi abituriyentlar test sinovi uchun 150.000 so'm to‘lovni amalga oshirmaydi?

Ma’lumki, Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bunda quyidagi toifadagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;
Imtihonlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozga ega abituriyentlar
.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
Qoraqalpog‘istondagi abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

📆 Ma’lumki, 2022-yil 20-iyundan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

🖥 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘istondagi abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqqan holda quyidagilarni ma’lum qilamiz:

📋 Hozirda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda va Qoraqalpog‘istondagi abituriyentlar uchun ro‘yxatga olish muddatlarini uzaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlangan hamda uning ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda.

📌 Qoraqalpog‘istondagi abituriyentlarning huquqlari aslo cheklanmaydi va ular onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari uchun tegishli sharoitlar yaratib beriladi.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
⚡️ Qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti my.dtm.uz saytiga joylashtirildi

👨🏻‍💻 2022-2023-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat test markazining my.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

📆 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 20-iyuliga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

❇️ Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
Абитуриентлар тестга кириши учун вакцина олган бўлиши керакми?
#abituriyent

ЖАВОБ: йўқ, бундай талаб белгиланмаган.

Юқоридаги саволга жавоб олиш мақсадида ДТМ расмийлари билан боғландик. Уларнинг маълум қилишича, ҳеч бир ҳужжатда бундай талаб йўқ. Демак, бугунги кун ҳолатида айтиш мумкинки, абитуриентларнинг кириш имтиҳонларида иштирок этиши учун вакцина олганлик ёки коронавирус-тестини топширганлик талаби қўйилмаган. Агар июль ойида юртимизда эпидемиологик ҳолат ёмонлашмаса, бундай талаб қўйилмаса ҳам керак.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
❗️Бешта йўналишни танлаш жараёнига оид айрим маълумотлар
#abituriyent

5️⃣ Жорий йилги тест синовларида ҳам бештагача таълим йўналишини танлаш имконияти мавжуд;

5та йўналиш дегани, 5та ОТМ дегани эмас. Яъни абитуриент албатта 5та университет ёки институтни танлаши шарт эмас. Битта ОТМнинг 5та йўналишини танлаш ҳам мумкин;

❗️5та йўналиш танлаётганда энг асосий 1 та шарт бор: мутахассислик блокидаги фанлар кетма-кетлиги мос келиши керак.

фанлар кетма-кетлиги мос бўлсин деганда, 3,1 ва 2,1 балл бериладиган 2 та фан тўғри кетма-кетликда жойлашиши керак.

‼️ Жорий йилдан таълим шакли бир хил бўлиши шарт эмас. Яъни энди бир пайтнинг ўзида ҳам сиртқи, ҳам кундузги, ҳам кечки, ҳам масофавий таълимни танлаш мумкин.

⛔️ Ижодий (касбий) имтиҳон топшириладиган йўналишларда фақат битта йўналиш танлаш мумкин, 5тагача йўналиш танлаб бўлмайди. Бу чеклов ҳам ижодий, ҳам тест топшириладиган йўналишларга ҳам тааллуқли;

🎓 Магистратурада ҳам фақат 1 та мутахассислик танлаш мумкин;

5та йўналишларни танлаётганингизда аҳамиятлироқ бўлинг. Чунки танланган биринчи йўналиш устунликка эга. Яъни сиз жавоблар чиққандан кейин балим етган исталган йўналишни ўзим танлайман, деб хато ўйламанг. Мандатдан кейин қаерда ўқишни танлай олмайсиз, буни ҳужжат топшираётганда яхшилаб ўйланг. Сиз танлаган кетма-кетлик бўйича тизимнинг ўзи қаерга кирганингизни автомат чиқариб беради. Жавоблар чиққач, “мен иккинчи йўналишда эмас, тўртинчисида ўқимоқчиман” дея олмайсиз.

‼️‼️‼️
Илтимос, 5 та йўналиш танлаётганда ўз имкониятларингизни яхшилаб ҳисобга олинг, ўқишга шароитингиз бор жойни танланг. “Кейинги йил перевод қиволаман” деган мақсадда, гарчи шароитингиз бўлмаса ҳам, узоқ вилоятларни танламанг. Чунки деярли перевод қилолмайсиз, бу аниқ. Фарғоналик бўлсангизу, лекин Сурхондарёда ўқишга имкониятингиз бўлмаса, унда таваккал қилманг. Кейин қийналиб, ўзгалардан норози бўлиб юргандан фойда йўқ.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
2022/2023 yil uchun qaysi toifadagi abituriyentlar test sinovlari uchun undiriladigan toʻlovlardan ozod etilgan?

Prezident farmoniga (PF–113-son, 20.04.2022 y.) koʻra, quyidagi abituriyentlar toʻlovlardan ozod etilgan:

👉 test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;
👉 nogironligi boʻlgan (I, II va III guruh) yoki toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslar (Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasi bitiruvchilari)
👉Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
👉Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

☝️Ushbu toifaga kirmaydigan abituriyentlar test sinovlarida ishtrok etish uchin BHMning 50 foizi (150 ming so‘m) miqdorida to‘lov qiladi.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
⚡️Иккинчи мутахассисликка ҳужжатлар қабули бошланди

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги хабар беришича, Республикадаги давлат олий таълим муассасаларига иккинчи ва ундан кейинги олий маълумот бўйича ўқитишга номзодлардан аризалар Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг ikkinchitalim.edu.uz платформаси орқали онлайн қабул қилинади.

Бунда номзодлар платформада:
ўзининг паспорт маълумотлари, ЖШШИР маълумоти ҳақида ахборотларни киритади;
диплом ва унинг иловасининг электрон нусхасини юклайди;
ҳамда ўқиш истагини билдирган олий таълим муассасаси ва таълим йўналишини танлайдилар.

❗️Бунда, хорижий давлатлар таълим муассасаларининг 1992 йил 1 январдан кейин берилган дипломлари белгиланган тартибда нострификациядан ўтказилган бўлиши лозим.

Иккинчи ва ундан кейинги олий маълумот бўйича ўқитиш тўлов-контракт асосида амалга оширилади.

Аризалар 10 августга қадар қабул қилинади.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
⚡️Qoraqalpogʻistonlik abituriyentlar uchun qabul muddati uzaytiriladi

🔰Xabar berganimizdek, bugun OTMning chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari hamda akademik litseylarga qabulning soʻnggi kuni.

➡️2022/2023 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalari hamda kasb-hunar maktablariga onlayn hujjat topshirish jarayonlari 20-iyul kuniga qadar davom etadi.

🔖Hozirda Qoraqalpogʻiston hududida internet tizimida ayrim texnik nosozliklar tufayli hujjatlarni onlayn topshirishda uzilishlar kuzatilmoqda.

❗️Ammo xavotirga oʻrin yoʻq.

✔️Bu jarayon hukumat tomonidan toʻliq nazoratga olingan boʻlib, hozirda hujjat topshirishga ulgura olmagan qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish muddati uzaytirilishi kutilmoqda.

Ushbu masala tez orada ijobiy yechimini topadi. Bu haqidagi maʼlumot qoraqalpogʻistonlik abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga SMS xabar tarzida, shuningdek, hududiy telekanallar orqali yetkaziladi.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
⚡️ Qabul jarayonida “Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan” desa, nima qilish kerak?

My.dtm.uz saytiga kirish uchun parolimni eslay olmayapman. Nima qilsam bo‘ladi?

Savollarga javob: Har ikki holatda ham quidagicha yo‘l tutish lozim.

🌐 My.dtm.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi mavjud bo‘lib, saytga kirish uchun parolni unutgan abituriyentlar va "Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan” deb yozilgan ogohlantirishga uchragan abituriyentlar mazkur imkoniyatdan foydalangan holda o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

👨‍💻 Buning uchun “Parolni tiklash” bo‘limiga telefon raqami va arifmetik ifoda qiymati kiritilib, “Parolni tiklash” tugmasi bosilganda, abituriyentning telefon raqamiga maxsus kod yuboriladi. Maxsus kodni tizimga kiritgandan so‘ng, abituriyent o‘zi uchun yangi parol yaratadi.

🖥 Shundan so‘ng, yangi parol bilan my.dtm.uz saytiga kirib, undan foydalanish mumkin bo‘ladi.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
Ish qidirish endi muammo emas!

🇺🇿 O'zbekistondagi yangi ish qidirish xizmati, endi instagramda!

- Tez
- Yuqori maosh
- Faqat sinalgan hamlorlar

⚡️ Ish ko'p bilan - kelajagingizni yangitdan yarating!
#Soʻragan_edingiz

Bu yil akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish qay tartibda o‘tmoqda?

✔️10-iyul kuniga qadar litsey.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish amalga oshirilmoqda;

✔️ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentga 3 tagacha litseyni tanlash imkoniyati berilgan (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalish belgilanadi);

✔️imtihonlar ikki bosqichda – dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari o‘tkaziladi;

✔️imtihon savollari umumta’lim fanlarining 5—9-sinf dasturlari asosida tuziladi;

✔️abituriyent o‘zi tanlagan hududda tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega;

✔️dastlabki yozma imtihonlar akademik litsey tomonidan 2022-yil 11—16-iyul kunlari;

✔️ kirish test sinovlari esa DTM tomonidan 2022-yil iyul oyida o‘tkaziladi. Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq kunlar dastlabki imtihonlar yakunlangandan soʻng qoʻshimcha ravishda e’lon qilinadi.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
Uzoq kutilgan qabul boshlandi: 3D olamiga Diziproning maxsus kursi bilan kiring

🚀 Bugundan Diziproda yangi exclusive "Modeling va rendering" kursi uchun qabul boshlandi! Nimasi "eksklyuziv"ligiga hayronmisiz? Unda diqqat qiling.

🔰 Ushbu yangilangan kursimiz davomiyligi 3+1+1 shaklida, yaʼni 3 oy modeling, 1 oy rendering va bonusiga 1 oy amaliyot jarayonini oʻz ichiga oladi. Yana bir super yangilik – endi siz darslar davomida portfoliongizni 10 emas, 20 emas, naqd 60 ta model bilan toʻldirasiz.

👨‍🏫 Barcha video-darslar Dizipro ustozlar jamoasi tomonidan yangilangan shaklda tayyorlangan boʻlib, maxsus tashkil etilgan platforma orqali oʻquvchilarga taqdim etiladi.

Kursga ro‘yxatdan o‘tish 👉https://bit.ly/3IwaLVG

Kurs narxi: 3 mln soʻm (bir martalik toʻlov)

Oʻz joyingizni band qilishga ulgurib qoling!

Kursga yozilish uchun:
📞
Telefon: +998994008800
👨‍💻 Aloqa: @dizipro_edu

@Dizipro
📌Abituriyentlarga

❗️Testga nimalar olib kirish mumkin?

shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
abituriyent ruxsatnomasi;
kepka yoki panama;
oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas);
optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas);
pul;
dastroʻmol;
kalit
.

🚫 Quyidagilar mumkin emas:

telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;
shpargalka, kalkulyator; va h.k.
ruchka (ichkarida beriladi);
suv (ichkarida beriladi);
qoralama qogʻoz (ichkarida beriladi);
Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (ichkarida beriladi);
mashina pulti (kirish postida
)

❗️Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
Qabul 2022-2023: ochiq, shaffof va korrupsiyadan xoli

📌 Bugun, 13-iyul kuni soat 11:15 da Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

📣 Press-klubning mazkur sessiyasi “Qabul 2022-2023: ochiq, shaffof va korrupsiyadan xoli” mavzusida o‘tkaziladi va 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoniga bag‘ishlanadi.

Ishtiroklar:

🎙 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazir o‘rinbosari Rahimjon Hakimov;
🎙 Davlat test markazi direktori Majid Karimov;
🎙 Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova va boshqa mutasaddilar.

🎥 Jonli efirni “O‘zbekiston 24”, “UzReport TV” va “Renessans” telekanallari orqali 11:15 dan boshlab tomosha qilish mumkin.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
#Professional_taʼlim

B1 sertifikatini qoʻlga kiritgan oʻquvchilar Germaniyada oʻqib ishlashi mumkin

🔰Ushbu taklif professional ta’limni rivojlantirish masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari Sadoqat Siddiqovaning “GfM-Gruppe” mehnat migratsiyasi ijrochi direktori Matias Frayling bilan boʻlgan uchrashuvida bildirildi.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
#Диққат

❗️Эртадан бошлаб ўқишни "перевод" қилиш учун аризалар қабул қилиш бошланади.

Жорий ўқув йили учун талабалар ўқишини кўчириш, қайта тиклаш бўйича аризалар қуйидаги электрон тизимлар орқали рўйхатдан ўтказилади:

👉 transfer.edu.uz ҳамда my.dtm.uz — республика ОТМлараро ёки бир ОТМ доирасида кўчириш, қайта тиклаш бўйича аризалар;

👉 transfer.dtm.uz — хорижий мамлакатлардаги ҳамда Ўзбекистондаги хорижий ва нодавлат ОТМдан республика ОТМга кўчириш бўйича аризалар.

Рўйхатдан ўтиш 2022 йил 15 июлдан 5 августгача (шу куни ҳам) давом этади.

Керакли ҳужжатлар:
• Ариза
• Паспорт (жпг ёки пдф шакли)
• Транскрипт ёки рейтинг дафтарчаси (жпг ёки пдф шакли)
• Академик маълумотнома (ўқишни тикловчилар учун)

Эслатма: Жорий йилдан бошлаб фақатгина 2 тоифа талабаларгагина ички перевод учун ўқишини кўчиришга рухсат берилади.

⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
2025/07/07 05:41:17
Back to Top
HTML Embed Code: