Telegram Web Link
2021 йил 1 сентябрга қадар ҳар бир ҳудудда камида биттадан нодавлат олий таълим ташкилоти ташкил қилинади

Бу ҳақда Олий ва ўрта махсус таълим вазири ўринбосари Узоқбой Бегимқулов маълум қилди.

Таъкидланишича, Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши ва вилоятлар ҳокимликлари билан ҳамкорликда амалга ошириладиган мазкур янгилик олий таълим соҳасида соғлом рақобат муҳитини шакллантириш, олий таълим билан қамраб олиш даражасини ошириш мақсадида амалга оширилмоқда.

Batafsil ma'lumot👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYAtVOIKjDMzgw
Forwarded from Oliygoh.uz | rasmiy
❗️Tojikiston OTMlarida o‘qiyotgan yurtdoshlarimiz diqqatiga:

🟢 Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Tojikistonning koronavirusga qarshi kurashish Respublika shtabi tomonidan o‘qishini davom ettirish maqsadida chet el fuqarolariga mazkur davlatga kirishga ruxsat berilgan.

Shu bilan birga, xorijiy fuqarolar sanitar-epidemiologik qoidalarga amal qilishlari va ularda koronavirus mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (Tojikistonga kirib kelishdan oldin 96 soat oldin (4 sutka) PSR metodi bilan olingan test natijalari) bo‘lishi talab etilmoqda.

🎓 Oliygoh.uz rasmiy telegram kanali👇

https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFNaVcOWMgSiBmYw9w
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi

Test
sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan 10 kun davomida 11 772 nafar abituriyent tomonidan apellatsiya shikoyatlari kelib tushdi.

- Apellatsiya jarayonida 11 772 nafar abituriyentdan 2 390 nafari (20,3 %) ishtirok etdi, 9 382 nafari (79,7 %) esa ishtirok etmadi.
Qonunchilikka ko‘ra, apellatsiya komissiyasining qarori shikoyatlarni ko‘rib chiqish to‘liq yakunlanganidan so‘ng, besh ish kuni ichida taqdim etiladi.

Batafsil ma'lumot👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYAtVOIKjDMzgw
Keyingi kirish imtihonlarida o‘zbek tili bo‘yicha testda grammatika emas, to‘rtta ko‘nikma test qilinadi – Shermatov

“O‘zbek tilini o‘qitishda bizda asosan grammatikaga e'tibor berilgan. Biz hozirda buni umuman yangicha yo‘nalishda amalga oshiryapmiz. Aslida, til o‘rganish to‘rtta ko‘nikmaga bog‘liq. Ingliz tiliga agar TOEFL topshirsangiz, to‘rtta ko‘nikma o‘rganiladi. Ular grammatikani ko‘rmaydi. Shuning uchun Respublika ta'lim markaziga ham bu vazifa qo‘yilgan."

Batafsil ma'lumot👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYAtVOIKjDMzgw
​​Harbiy tavsiyanomasi tasdiqlangan abituriyentlar tanlovi qanday o‘tkazildi?!

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan tavsiyanomasi tasdiqlangan 606 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Mazkur abituriyentlarning tanlov natijalarini hisoblashda abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan 1-oliy ta’lim muassasasidagi imtiyoz doirasida o‘tish bali asos qilib olindi.

Misol uchun, Samarqand davlat universitetining kunduzgi ta’lim shaklida harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar uchun:

👉 davlat granti asosida o‘tish bali – 86,1 ballni;

👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘tish bali – 56,7 ballni tashkil etgan.

Agar abituriyent 86,1 yoki undan yuqori ball to‘plagan bo‘lsa, davlat granti asosida, 56,7 yoki undan yuqori ball to‘plagan bo‘lsa, to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi. 56,7 balldan kam ball to‘plaganlar esa talabalikka tavsiya etilmadi (quyida keltirilgan rasmga qarang).

Huddi shunday barcha abituriyentlarning tanlov natijalari o‘zlari tanlagan ta’lim shakli bo‘yicha birinchi oliy ta’lim muassasasi kesimida ko‘rib chiqilgan.

Buning natijasida Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan 128 nafar abituriyent davlat granti asosida, 478 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.

Bunda oldin talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ham huquqlari saqlanib qolingan bo‘lib, Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul parametrlari ajratildi.

Batafsil ma'lumot👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYAtVOIKjDMzgw
Биласизми?

Қўшма таълим дастурларидан ўқишни кўчириш мумкинм
и?

Олий таълим муассасалари талабалари ўқишини кўчириш, қайта тиклаш ва ўқишдан четлаштириш тартиби тўғрисида Низомга мувофиқ:

Қуйидаги ҳолат фуқаронинг ўқишини кўчириш ва қайта тиклаш ҳақидаги аризасига рад жавоби берилишига асос бўлади:

талаба Ўзбекистон ва хорижий олий таълим муассасаларининг ўзаро келишуви асосида қабул қилиниб қўшма таълим дастурлари асосида таҳсил олган ёки таҳсил олаётган бўлса (мазкур қўшма дастурнинг ўзига тиклаш мустасно).

Batafsil ma'lumot👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYAtVOIKjDMzgw
​​5ta OTM bakalavriatga kirish imtihonlarini mustaqil o‘tkazadi

Xorijiy OTMlar bilan transformatsiya qilish uchun 5ta OTM ochiq tanlov asosida saralab olinmoqda. Ular qabul parametrlarini mustaqil belgilaydi, bakalavriat imtihonlarini mustaqil o‘tkazadi.

27-oktyabrda imzolangan hukumat qarori bilan 2021-yil 1-martga qadar xorijiy OTMlar bilan transformatsiya qilish uchun 5ta OTM ochiq tanlov asosida saralab olinadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

2021-2022-o‘quv yilidan tajriba-sinov tariqasida transformatsiya qilinadigan oliy ta'lim muassasalarida:

- bakalavriat va magistratura uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari ularning o‘zlari tomonidan belgilanadi;

- bakalavriatga kirish imtihonlari mustaqil o‘tkaziladi;

- ta'lim jarayoniga hamkor sifatida biriktirilgan nufuzli xorijiy OTM professor-o‘qituvchilari jalb qilinadi.

Batafsil ma'lumot👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYAtVOIKjDMzgw
​​Toshkent davlat yuridik universiteti Tojikistonda o‘z fakultetini ochdi

Toshkent davlat yuridik universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti o‘rtasida qo‘shma fakultetni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda ikki oliy ta'lim muassasasi rahbariyati, mas'ul xodimlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tgan tadbirda oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilanganidek, O‘zbekiston oliy ta'lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi «xab»ga aylantirish, mamlakatga xorijiy talabalar va investitsiyalarni jalb etish, TDYuUning xalqaro reytinglarga kirishini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur fakultet universitetning xorijdagi ilk fakulteti ekani qayd etildi.

Qo‘shma fakultetda nafaqat Tojikiston, balki boshqa xorijiy mamlakatlarning fuqarolari ham o‘qishi mumkin. O‘qish xalqaro standartlarga muvofiq ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Fakultetda kadrlar tayyorlash «bakalavriat» bosqichida «3+1» va «magistratura» mutaxassisliklarida «1+1» ikki tomonlama diplom dastur doirasida amalga oshiriladi va bitiruvchi talabalar Toshkent davlat yuridik universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti diplomlarini qo‘lga kiritadi.

Ma'lumot uchun, Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti Xo‘jand shahrida joylashgan bo‘lib, 6 ta fakultet, 3 ta o‘quv korpusi va 11 ta o‘quv laboratoriyalarini o‘z ichiga oladi. Universitetda 388 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 148 nafar fan nomzodi va doktori faoliyat yuritadi.

Batafsil ma'lumot👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYAtVOIKjDMzgw
⚡️ Олий таълим муассасалари тўлиқ рейтинги

🔝 ТОП 10 талик:

- Ўзбекистон миллий университети

- Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш мухандислари институти

- Самарқанд давлат университети

- Тошкент ахборот технологиялар университети

- Тошкент давлат аграр университети

- Тошкент темир йўл транспорти муҳандислари институти

- Тошкент тиббиёт академияси

- Тошкент молия институти

- Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети

- Тошкент давлат стоматология институти

Batafsil ma'lumot👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYAtVOIKjDMzgw
​​Test sinovlari yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani

Ertaga, 30-oktabr, soat 11:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Mavzu : Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari yakunlari va tahlili

Ishtirokchilar:

🎙 Sardor Rajabov – Davlat test markazi direktori o‘rinbosari;
🎙 Bekzod Toshpo‘latov – Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i;
🎙 Umidjon Dusnazarov – Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i;
🎙 Guljahon Madraximova – Davlat test markazi bosh yuriskonsulti.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

📹 Matbuot anjumani «UzReport TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari orqali onlayn yoritiladi.

Batafsil ma'lumot👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYAtVOIKjDMzgw
Супер-контракт суммасини қачонгача тўлаш керак?

Давлат қабул комиссияси қарорига биноан, 2020/2021 ўқув йили учун супер-контракт миқдорларини иккига бўлиб тўлаш мумкин.

Бунда:

ўқув йилининг биринчи ярми учун камида 50%и 2020 йилнинг 1 декабридан;

иккинчи ярми учун эса қолган қисми 2021 йилнинг 1 мартидан кечиктирмай тўланиши керак.


Batafsil ma'lumot👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYAtVOIKjDMzgw
❗️Jami abituriyentlardan 80 milliarddan ko‘proq pul tushgan

Bu haqda AOKA zalida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov maʼlum qildi.

〰️〰️〰️〰️

Test o‘tkazilgan stadionlar ijarasi uchun qancha pul ketdi?

Sardor Rajabov:

— Stadionlarning faqat 2 yoki 3 tasi bilan shartnoma tuzib, o‘tkazib berganmiz. Qolgan holatlarda stadionlar hokimliklar tomonidan taqdim etilgan.

Batafsil ma'lumot👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYAtVOIKjDMzgw
Matbuot anjumani: Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari yakunlari va tahlili

2020-yil 30-oktabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari yakunlari va tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani:

👉 https://youtu.be/slS8yjAxUco

Batafsil ma'lumot👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYAtVOIKjDMzgw
Forwarded from Oliygoh.uz | rasmiy
#Eslatma

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining bayoni qaroriga muvofiq:


1️⃣-noyabr

OTMlarning bakalavriatiga to‘lov- kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati.

1️⃣-dekabr

oshirilgan (o‘tish chizig‘iga 4 ballgacha yetmagan) hamda tabaqalashtirilgan (56, 7 balldan kam “superkontrakt”) to‘lov-kontrakt mikdorlarining kamida 50 foizini to‘lashning oxirgi kuni.

🎓 Oliygoh.uz rasmiy telegram kanali👇

https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFNaVcOWMgSiBmYw9w
#Savol_javob

Superkontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?

So‘nggi kunlarda ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollardan biri aynan shu bo‘lmoqda. Chunki shu tartibda talabalikka qabul qilinayotgan abituriyentlarga 2020/2021 o‘quv yili uchun oshirilgan (o‘tish chizig‘iga 4 ballgacha yetmagan) hamda tabaqalashtirilgan (56,7 balldan kam «superkontrakt») to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50 foizi 2020 yilning 1 dekabridan, ikkinchi yarmi uchun 2021 yilning 1 martidan kechiktirmay to‘lashi lozimligi belgilandi.

Ta’lim krediti berishga oid qonun hujjatlari qabul qilingan paytda hali qo‘shimcha kontrakt, ya’ni superkontrakt degan gap yo‘q edi. Shu sababli bu masala normativ hujjatlarda aniq ko‘rsatilmagan.

Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-son qaroriga ko‘ra, ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o‘qishi uchun berilishi mumkin.

Shunga ko‘ra, superkontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan.

Batafsil ma'lumot👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYAtVOIKjDMzgw
2020-yil 22-23-oktabr kunlari o‘tkazilgan Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalarini dtm.uz saytida (https://dtm.uz/page/cefr) “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali aniqlash mumkin.

📝 Apellatsiya uchun arizalar, natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni davomida qabul qilinadi.

Barchangizga omad tilaymiz!!!

- - -

Объявлены результаты тестовых испытаний по определению уровня знаний иностранного языка, проведенных в 22-23 октября 2020 года.

👨🏻‍💻 Результаты тестовых испытаний можно узнать через «Персональный кабинет» на сайте dtm.uz (https://dtm.uz/page/cefr)

📝 Заявления на апелляцию принимаются в течение пяти рабочих дней со дня объявления результатов.

Желаем всем удачи!

Batafsil ma'lumot👇

https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYAtVOIKjDMzgw
Юридик техникумларга кириш учун тест синовлари натижалари эълон қилинди

Давлат тест маркази томонидан Адлия вазирлиги юридик техникумларига ўқишга кириш учун ўтказилган тест синловлари натижалари эълон қилинди. Натижалар билан қуйида ҳар бир юридик техникум кесимида танишишингиз мумкин:

1. Қорақалпоғистон Республикаси юридик техникуми - Юклаб олиш

2. Андижон вилояти юридик техникуми - Юклаб олиш

3. Бухоро вилояти юридик техникуми - Юклаб олиш

4. Жиззах вилояти юридик техникуми - Юклаб олиш

5. Қашқадарё вилояти юридик техникуми - Юклаб олиш

6. Навои вилояти юридик техникуми - Юклаб олиш

7. Наманган вилояти юридик техникуми - Юклаб олиш

8. Самарқанд вилояти юридик техникуми - Юклаб олиш

9. Сирдарё вилояти юридик техникуми - Юклаб олиш

10. Сурхондарё вилояти юридик техникуми - Юклаб олиш

11. Фарғона вилояти юридик техникуми - Юклаб олиш

12. Хоразм вилояти юридик техникуми - Юклаб олиш

13. Тошкент вилояти юридик техникуми - Юклаб олиш

14. Тошкент шаҳар юридик техникуми - Юклаб олиш

15. Имтиёзга эга бўлган абитуриентлар - Юклаб олиш

© @xushnudbek

Batafsil ma'lumot👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYAtVOIKjDMzgw
Forwarded from Oliygoh.uz | rasmiy
Toshkent viloyatida TATU filiali tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son qarori qabul qilindi (2020 yil 6 oktyabr) .

Qarorga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus, Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona filiallari faoliyat ko‘rsatadi.

🎓 Oliygoh.uz rasmiy telegram kanali👇

https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFNaVcOWMgSiBmYw9w
⚡️⚡️⚡️Qaytish: anʼanaviy taʼlim shaklida tahsil olayotgan Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-kurs talabalari 3-noyabrdan boshlab masofaviy (onlayn) shaklda oʻqishni davom ettiradilar.

Toshkent tibbiyot akademiyasi maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, tibbiyot akademiyasining 1-kurs talabalari uchun oʻqish 3-noyabrdan boshlab, anʼanaviy taʼlim shaklidan masofaviy taʼlim shakliga oʻtkazilmoqda.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasining 6-kurs talabalari anʼanaviy (offlayn) mashgʻulotlarini davom ettirishadi. 2-5-kurs talabalarlar uchun anʼanaviy taʼlim shaklining aniq boshlanish sanasi nomaʼlum ekani xabar qilindi.

© @masofatalim

Batafsil ma'lumot👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEkBiYAtVOIKjDMzgw
Юридик техникумларга ўқишга қабул қилиш тартиби эълон қилинди

ОТМга «юриспруденция» йўналиши бўйича топшириб, тестда максимал баллнинг камида 60 фоизини тўплаган абитуриентлар юридик техникумларда контракт асосида ўқиши мумкин бўлади: https://kun.uz/14586815
2025/07/12 04:03:35
Back to Top
HTML Embed Code: