Telegram Web Link
​​Turli fanlardan olingan sertifikatlar abituriyentga qanday imtiyoz beradi?

👉 Batafsil:
https://oliygoh.uz/abituriyent/qabul2021

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
⚡️ Prezident: Xususiy oliygohlarga davlat buyurtmasi bo‘yicha qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

🔹 Davlat grantlari 25 foizga oshiraldi. Ehtiyojmand oilalarning qizlari uchun OTMlarda grantlar soni 2 baravarga ko‘paytiriladi 2000 mingtaga yetkaziladi.

A’lo bahoga o‘qiyotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qizlari uchun stipendiyalar tashkil etiladi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
2021-yil 1-sentyabrga qadar har bir hududda kamida bittadan nodavlat oliy ta’lim tashkiloti tashkil qilinadi.

▪️Ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan mazkur yangilik oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingida so‘nggi 5 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o‘rindan birini egallagan OTMlarga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
Toshkentda amaliy fanlar universiteti tashkil etiladi

▪️Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, bu OTM xususiy bo‘ladi va u nufuzli xalqaro universitetlar bilan hamkorlik qiladi. Ta’lim faoliyati shu o‘quv yilidan boshlanadi, dastlab, biznes va axborot xavfsizligi yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi.

Universitetga har yili 10 nafardan kam bo‘lmagan yuqori ko‘rsatkichga ega abituriyentni grant asosida o‘qitish talabi qo‘yiladi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
❗️2021-yilda bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga kirishda qaysi fanlardan imtihon olinishi tez orada e'lon qilinadi — Davlat test markazi

Sardor
Rajabov, Davlat test markazi direktori o'ronbosari:

«Hozirda Davlat test markazi va tegishli vazirliklar bilan birgalikda fanlar majmuasi ishlab chiqilgan. Markazning asosiy vazifasi umumlashtirish hisoblanadi. Ya'ni vazirliklar beradigan takliflarga binoan ish tutadi. Bu mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda va tez kunda e'lon qilinadi. Avvalgi yil bilan solishtiradigan bo‘lsak, juda katta farq bo‘lmaydi».

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
​​Litsey o‘quvchilari uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash testi bepul tashkil etiladi - DTM

Prezidentning “Iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida 2021-yil mart-aprel oylarida DTM tomonidan akademik litseylarning ikkinchi bosqich o‘quvchilari uchun to‘rtinchi semestr davomida chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish bo‘yicha test sinovlari bepul tarzda tashkil etiladi.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan akademik litsey bitiruvchilariga davlat oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida fanlar majmuasiga kiritilgan mos chet tili fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi sertifikat taqdim etiladi», deya ta'kidladi DTM boshqarma boshlig‘i.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
​​Toshkentda Prezident universiteti qurilish ishlari boshlandi

Avvalroq, Toshkentdagi prezident universiteti 8000 talabaga mo‘ljallanishi va universitetda Oksford ta’limi joriy etilishi aytib o'tilgandi.

«Biz prezident universitetini quramiz. Oksford ta’limini birinchi marta O‘zbekistonda joriy qilmoqchimiz. Britaniyaning ta’lim sohasi dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Biz yangi prezident maktablarini ochdik, endi 8000 talabaga mo‘ljallangan yangi prezident universitetini ochamiz. Barcha domlalari chet eldan bo‘ladi», — degandi davlat rahbari.

Ma'lumotlarga ko'ra, Prezident universiteti qurilish ishlari boshlangan. Prezident universiteti Toshkentning Mirzo Ulug'bek tumani, Prezident maktabi joylashgan hudud atrofida bo'lishi aytilmoqda.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
⚡️ Xalqaro imtihon tizimida yuqori ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab beriladi

▪️Hukumat qarori bilan yuqori ball olgan yoshlar 2022-yil 1-yanvardan imtihon xarajatlarini olishi mumkin.

Bunda ular pdf formatda imtihon uchun qilingan to‘lov kvitansiyasi va sertifikatini topshirishlari kerak. 15 kun ichida sertifikat tekshiriladi va sertifikat haqqoniyligi tasdiqlanganda arizachiga pul to‘lab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident IELTS, TOEFL, GMAT va SAT imtihonlarida maksimal ballning kamida 75 foizini to'plagan yoshlarning imtihon xarajatlari to'liq qoplab berilishini ma'lum qilgandi.

Eng ommabop imtihon – IELTSda maksimal ball – 9. Buning 75 foizi 6,75ga teng. Ya'ni IELTSda 7 ball olganlarga imtihon uchun to'lagan puli to'liq qoplab berilishi mumkin.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
Toshkent viloyatida Farmatsevtika texnik universiteti ochiladi

Ushbu universitet Toshkent viloyati Qibray tumanida «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri doirasida tashkil etiladi.

Universitet dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlaydi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
Қибрай туманида 2 та университет кампуси қурилади

Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятида амалга ошириладиган бунёдкорлик лойиҳалари тақдимоти билан танишди.

Қибрай туманида “Тошкент-Шарқий” аэродроми яқинида 155 гектарлик боғ барпо этилади. Боғнинг ёнида 160 гектарга Олимпия шаҳарчаси қурилиши ҳам режалаштирилган.

Ҳудудда шифохона, экспо, савдо ва кўнгилочар марказ биноларидан ташқари 2 та университет ҳам жойлаштирилиши режалаштирилган.

"Ўзбекистон24" телеканали лавҳасидаги кадрда олийгоҳларнинг бири Юридик университет (лойиҳада институт деб хато ёзишганга ўхшайди) бўлиши акс этган. Яъни ТДЮУни шаҳар марказидан кўчириш режа қилиняпти шекилли.

Ҳозирча иккинчи университет айнан қайси бўлиши ҳақида аниқ маълумот йўқ.


👉 @ABITURIYENTINFO 👈
Viloyat hokimliklari 100 nafardan xotin-qizlarning kontraktini to‘lab beradi Prezident

Har bir viloyat hokimi mahalliy budjet hisobidan 100 nafar, har bir oliygoh esa 30-50 nafardan xotin-qizlarning kontrakt́ini to‘lab berishga mas'ul bo‘ladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ayollar va qizlarning muammolarini hal qilish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasiga bag‘ishlangan videoselektorda ma'lum qildi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
Бахор валси
Bahor valsi
Bahor keldi seni so'roqlab 😇

Barchangizni yangilanish va yasharish fasli bo'lmish bahor fasli bilan
@ABITURIYENTINFO jamoasi nomidan muborakbod etamiz!

Bahor barchamizga qut-baraka, to'kin-sochinlik, oilalarimizga totuvlik va sihat salomatlik olib kelsin🤲🏻
Mart oyi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

2021-yil 1-mart kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida mart oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlandi.

📆 Hujjatlarni qabul qilish 5-mart kuniga qadar (5-mart kuni ham) davom etadi.

Qabul uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

👉 pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va uning nusxasi;
👉 onlayn arizaning chop etilgan nusxasi;
👉 to‘lov amalga oshirilganlik to‘g‘risida hujjat nusxasi (kvitansiya).

Hujjatlarni topshirishdan oldin talabgorlar test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatga olish biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar uchun my.dtm.uz sayti orqali, biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lmaganlar uchun esa Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida amalga oshirilmoqda.

📍 Bunda talabgorlar test topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
⚡️ Mart-aprel oylarida Davlat test markazi tomonidan akademik litseylarning ikkinchi bosqich o‘quvchilari uchun to‘rtinchi semestr davomida chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish bo‘yicha test sinovlari BEPUL tarzda tashkil etiladi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
Bugun Milliy test tizimi bo‘yicha matbuot anjumani

Bugun, 2-mart kuni soat 16:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida milliy test tizimi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Mavzu: Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish.

Ishtirokchilar:

🎙 Xalq ta’limi vazirligi;
🎙 Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;
🎙 Davlat test markazi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

📹 Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali orqali onlayn yoritiladi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
⚡️ Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy test tizimi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 2021-yil 3-mart kuni boshlanadi.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tish Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portali (my.dtm.uz sayti) orqali onlayn amalga oshiriladi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
⚡️ Ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi uchun test sinovlari aprel oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

📆 Mazkur fanlardan test namunalari 3-mart kuni Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

👨🏻‍💻 2021-yil 3-mart
kuni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.

🖥 Mazkur xizmat “Milliy sertifikatlar” bo‘limida joylashgan bo‘lib, shu yerdan tegishli fan (kimyo yoki biologiya) ni tanlagan holda test sinoviga ariza berish mumkin.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi.

Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasiga kirish test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
ona_tili.pdf
444 KB
⚡️ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

▪️Davlat test markazi tomonidan ona tili va adabiyot fanining milliy test tizimi uchun shakllantirilgan testlari namunasi e'lon qilindi

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
matem.pdf
1.1 MB
⚡️ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

▪️Davlat test markazi tomonidan matematika fanining milliy test tizimi uchun shakllantirilgan testlari namunasi e'lon qilindi

👉 @ABITURIYENTINFO 👈
2025/07/06 20:28:13
Back to Top
HTML Embed Code: