Telegram Web Link
20.07.21.pdf
1.2 MB
Статистика

😧 Ҳамма охирини кутаётган экан. Бир кунда абитуриентлар +113 мингга кўпайди. Қабул тугашига 2 кун қолди!

📈 20-июл 18:00 ҳолатига кўра, жами рўйхатдан ўтган абитуриентлар сони 855 348 нафар.

Aбитуриентлар томонидан энг кўп танланаётган ОТМлар:

👉 Ўзбекистон миллий университети – 29 671 нафар;
👉 Жиззах давлат педагогика институти – 27 411 нафар;
👉 Тошкент давлат педагогика университети – 27 304 нафар;
👉 Урганч давлат университети – 27 239 нафар;
👉 Наманган давлат университети – 26 394 нафар.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
​​⚡️ Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga!

👨🏻‍💻 Ma’lumki, chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritadi.

📌 Hozirda mazkur ma’lumotlar asosida Davlat test markazi tomonidan sertifikatlarning haqiqiyligi tekshirilmoqda va ularga 3 xil status berilmoqda:

ℹ️ Sertifikat dasturga kiritilganda – “Tekshirilmoqda”.

Sertifikatning haqiqiyligi va imtiyoz berish uchun talabga javob berishi aniqlanganda – “Tasdiqlandi”.

Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmasa yoki imtiyoz berish uchun talabga javob bermasa – “Tasdiqlanmadi”.

📆 Sertifikatlarni tekshirish ma’lum vaqt talab etishini inobatga olgan holda, chet tili sertifikatiga ega abituriyentlardan sertifikatlarini 21-iyulga qadar kiritishlarini so’raymiz.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
📌 Oliy ta'lim muassasalariga oid elektron platformalar:

My.dtm.uz - bakalavriatga onlayn hujjat topshirish uchun platforma. Hujjat qabul qilishning oxirgi kuni 22-iyul.

Transfer.dtm.uz - xorijdan o'qishini O'zbekistonga ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun onlayn platforma. Hujjat qabul qilishning oxirgi kuni 5-avgust.

Transfer.edu.uz - O'zbekistondagi davlat OTMlari aro o'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun onlayn platforma. Hujjat qabul qilishning oxirgi muddati 5-avgust.

Diplom.edu.uz - Diplomlarni elektron shaklini yuklab olish uchun onlayn platforma.

Magistr.edu.uz - Magistraturaga onlayn hujjat topshirish uchun platforma. Hujjat qabul qilishning oxirgi muddati 30-iyul.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
21.07.21.pdf
1.2 MB
Статистика

⚡️Қабул тугашига 29 соат қолди, абитуриентлар сони 1 млн га яқинлашди!

📈 21-июл 18:00 ҳолатига кўра, жами рўйхатдан ўтган абитуриентлар сони 924 788 нафар.

Aбитуриентлар томонидан энг кўп танланаётган ОТМлар:

👉 Ўзбекистон миллий университети – 31 979 нафар;
👉 Жиззах давлат педагогика институти – 29 543 нафар;
👉 Урганч давлат университети – 29 476 нафар;
👉 Тошкент давлат педагогика университети – 29 132 нафар;
👉 Наманган давлат университети – 28 434 нафар.


Davlat Test markazi

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Yangi OTM: Zangiotada Farmasevtika texnik universiteti ochiladi

▪️Tegishli qaror loyihasiga ko'ra, qabul keyingi o‘quv yilidan boshlanadi. Universitetda ta’lim pullik-kontrakt asosida kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shaklida ingliz va boshqa tillarda olib boriladi.

OTMda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, farmasevtika, biotexnologiya, tibbiyot, kosmetologiya, menejment, biznes boshqarish va boshqa tarmoqlar bo‘yicha kadrlar

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Тезкор! Рўйхатдан ўтганлар йўналиш танламаганлар билан бирга 1.2 млн нафардан ошди!

Давлат тест маркази веб сайтида маълум қилинишича, 22.07.2021 10:00 вақт ҳолатига кўра, рўйхатдан ўтган, лекин таълим йўналишларини танламаган абитуриентлар сони 1.237.904 нафарни ташкил этмоқда.

📈 Қабул параметрлари бўйича бакалавриат таълим йўналишлари учун 157.755 та квота ажратилган.


Davlat Test markazi

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Oliy diniy taʼlim muassasalarida qabul imtihonlarini o‘tkazish sanalari belgilandi. Bugundan , ya'ni 23 iyuldan imtihonlar boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy diniy taʼlim muassasalarida 2021-2022 o‘quv yili bo‘yicha qabul imtihonlari ijodiy imtihon va test sinovi shaklida o‘tkazilishi belgilangan.

Hadis ilmi maktabi

1. 2021 yil 23 iyul - Hadis va mustalah al-hadis (ijodiy imtihon);
- Arab tili (ijodiy imtihon);
Imtihon joyi: Hadis ilmi maktabi binosi orqa hovli qismida o‘tkaziladi.
2. 2021 yil 24 iyul - O‘zbekiston tarixi (test sinovi);

Imtihon joyi: Hadis ilmi maktabi binosi orqa hovli qismi.
3. 2021 yil 25 iyul Mandat hayʼati.

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti

1. 2021 yil 28 iyul - Arab tili (ijodiy imtihon);
Imtihon joyi: Toshkent islom instituti binosi ayvon qismi.
2. 2021 yil 29 iyul - Fiqh va aqoid (test sinovi);
- O‘zbekiston tarixi (test sinovi);
Imtihon joyi: Hazrati imom majmuasi ochiq maydon qismi.
2021 yil 30 iyul Mandat hayʼati.

Mir Arab oliy madrasasi

1. 2021 yil 2 avgust - Arab tili (ijodiy imtihon);
Imtihon joyi: Mir Arab oliy madrasasi binosi ayvon qismi;
2. 2021 yil 3 avgust - Fiqh va aqoid (test sinovi);
- O‘zbekiston tarixi (test sinovi);
Imtihon joyi: Mir Arab oliy madrasasi binosi ayvon qismi.
3. 2021 yil 4 avgust Mandat hayʼati.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Qabul tugadi

▪️Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi. Endi bakalavriatga hujjat topshirganlar avgust oyida o‘tadigan imtihonga tayyorgarlikka bor diqqatlarini qaratishi mumkin.

Hozir:
▫️Magistratura va "perevod" imtihonlari uchun qabul davom etyapti.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
​​Magistraturaga quyidagi hujjatlar topshiriladi:

• oliy ma’lumotni tasdiqlovchi diplom va unga ilova (byudjetda o‘qiganlar uchun diplomdan ko‘chirma);
• qonun hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi;

- hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi;

- hujjatlar topshirish bepul, avvalgi yilda bitirganlardan ham pul olinmaydi, bu tizim faqat bakalavrga taalluqli;

- Hozircha hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi;

- magistraturada faqat bitta yo‘nalishga hujjat topshirish mumkin;

- oldingi yillardan boshlab magistraturaga xuddi bakalavr kabi super-kontrakt tizimi ham joriy etilgan;

- imtihon faqat 2 ta fandan bo‘ladi: mutaxassislik fani (100 ballgacha) va chet tili (50 ballgacha);

- shuningdek, bitiruvchining diplom ilovasida qayd etilgan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ham qo‘shiladi (100 ballgacha);

- magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 ni tashkil etadi;

- xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida V2) yoki DTM tomonidan beriladigan V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi;

Bundan buyon magistratura uchun quyidagi fanlardan imtihon bo‘lmaydi:

- ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida suhbat;
- «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha;
- O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha;

- kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) 3 — 15 avgust kunlari o‘tkaziladi;

- kirish sinovlari (maxsus test sinovlari)ni qayta topshirish man etiladi;

- mutaxassislik bo‘yicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganlar, shuningdek, belgilangan muddatlarda kirish sinovlariga kelmaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi;

- abituriyent sinov natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, sinov natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida sinov ishini apellyasiyaga berishi mumkin. Apellyasiya haqidagi arizani ko‘rib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.

MAGISTRATURAGA QABUL NIZOMI

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
​​⚡️Расман! Юридик техникумларга қабул 1 августдан бошланади

Жорий йилда республикадаги 14 та юридик техникумларга жами 3180 та ўқувчи қабул қилинади. Шундан кундузги таълим шаклига 1950 та ва сиртқига 1230 та ўрин ажратилган.

Эслатиб ўтамиз, Адлия вазирлиги юридик техникумлари ва ТДЮУ ҳузуридаги академик лицейни битириб, якка тартибдаги суҳбат натижаларига кўра Тошкент давлат юридик университетига ўқишга кирган битирувчилар ҳам грант асосида ўқиш имкониятига эга бўлди.


Davlat Test Markazi

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
⚡️Rasman! Yangi Oʻzbekiston universiteti kontrakt summasi hozircha tasdiqlanmagan. Undan ham qimmat boʻlishi mumkin!

Yaqinda Yangi Oʻzbekiston universiteti kontrakt summasi eʼlon qilingandi. Universitet kontrakt narxi 1 yilda mahalliy talabalarga 49 mln 700 ming soʻm, xorijiy talabalarga 10 ming dollar etib belgilangan.

Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova bu raqamlar tasdiqlanmaganini aytdi. Unga koʻra, saytda berilgan maʼlumot toʻgʻri emas.

“Hisob-kitob boʻyicha toʻlov-kontrakt miqdori balki undan ham qimmat boʻlishi mumkin. Chunki Yangi Oʻzbekiston universitetiga top darajadagi oliygohlar ishlatadigan dastur kelyapti. Kontrakt miqdori aytilgan summadan ham balandroq boʻlishi mumkin, balki pastroq boʻlar, aniq emas”, dedi Hilola Umarova 23 iyul kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida


🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
⚡️Кириш имтиҳонларига ҳам оз қолди. Президент мактабларидан кейин ДТМ имтиҳонлари бошланиши кутилмоқда!

Айни вақтда очиқ майдонларда Президент мактабларига кириш имтиҳонлари олди таништирув-маслаҳат куни давом этмоқда. Ушбу таништирув куни тўлиқ карантин қоидаларига амал қилган ҳолда ўтказилмоқда.

Мазкур ҳудудларга камералар, электрон табло соатлар ўрнатилган, ўқувчилар махсус Face ID текшируви асосида киритилиб, уларнинг ҳам карантин қоидаларига амал қилган ҳолда ҳаракатланиши таъминланмоқда.

❗️Айни вақтда ДТМ Қабул-2021 якуний статистик маълумотларни ошкор этишни истамаяпти. Биология миллий сертификат натижалари ҳам қулоғини ушлаб кетган.


Davlat Test Markazi

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
​​Prezident maktablariga qabul imtihonlari

Ertaga, 26-iyul kuni barcha hududlarda Prezident maktablariga qabul imtihonlari boshlanadi.

📆 Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2 smenada tashkil etiladi hamda 28-iyulga qadar davom etadi.

Imtihonlar 1-smenada 8:00 dan 09:00 ga qadar, 2-smenada 19:00 dan 20:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Ota-onalardan farzandlarini imtihon bo‘lib o‘tadigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1,5 soat oldin (1-smenada 06:30 ga qadar, 2-smenada 17:30 ga qadar) olib kelishlari so‘raladi.

🔖 Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan hududga faqat “tug‘ilganlik haqida guvohnoma” va “ruxsatnoma” bilan kiritiladi.

📌 Kech kelgan yoki “tug‘ilganlik haqida guvohnoma” va “ruxsatnoma”si mavjud bo‘lmagan talabgorlar test sinovlariga kiritilmaydi.

🧢 Imtihonlar ochiq maydonlarda bo‘lib o‘tishini inobatga olgan holda talabgorlarga bosh kiyim (kepka, panama) kiyib kelishlari tavsiya qilinadi.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
"Yangi O‘zbekiston" universitetining kontrakt summasi tasdiqlanmagani aytildi

▪️Yaqinda universitetning rasmiy saytida kontrakt miqdori mahalliy talabalar uchun qariyb 50 mln so‘m, xorijliklar uchun $10 ming ekani e’lon qilinib, muhokamalardan so‘ng olib tashlangandi.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova matbuot anjumanida hali saytda e’lon qilingan raqamlar tasdiqlanmaganini aytdi. "Hisob-kitobdan so‘ng balki o‘sha narxdan qimmatroq, balki arzonroq bo‘lishi mumkin", dedi u.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Узб сог сақлаш210721 в печать.pdf
2.6 MB
Rasman! Klinik ordinatura qabul kvotalari tasdiqlandi!

Sogʻliqni saqlash vazirligi 2021-2022 oʻquv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura) qabul kvotalarini eʼlon qildi.

Izoh: Klinik ordinatura bosqichiga faqatgina tibbiyot oliygohining bakalavriat taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilarigina hujjat topshira oladi. Bu bosqichda tor mutaxassislar tayyorlanadi!

Bir yillik toʻlov-kontrakt narxi oʻtracha 27 mln soʻm atrofida.

2021-2022-oʻquv yili qabulida davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga oʻqishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda:

👉 birinchi bosqichda davlat oliy taʼlim muassasasi tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar boʻyicha kirish imtihonlari;

👉 ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
"Perevod" uchun hujjat topshiruvchilarning adashish holatlari ko‘p bo‘lyapti — vazirlik

▪️O‘qishni ko‘chirish imtihonlari uchun 2ta platforma orqali hujjat topshirish mumkin:

– respublikadagi 1 OTMdan boshqa OTMga o‘qishni ko‘chirmoqchi va o‘qishni tiklamoqchi bo‘lganlar uchun – transfer.edu.uz;

– xorijdagi OTMdan respublika OTMsiga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar uchun – – transfer.dtm.uz.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hujjat topshirayotganlar manzilda adashib ketayotganini, ehtiyotkor bo‘lish lozimligini eslatdi. Qabul 5-avgustgacha davom etadi.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Tezkor Tarqating

Testlar soni kamaytirildi

▪️Bu yil pandemiyani hisobga olib, OTMlarga kirishdagi test topshiriqlari soni kamaytiriladi va kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratiladi.

▫️Birinchi bo‘limdagi majburiy uchta fanning har biriga 10 tadan, jami 30 ta test va umumiy 60 daqiqa belgilanadi. Har bir to'g'ri javobga 2,1 balldan beriladi.

▫️Ikkinchi bo‘limdagi yo‘nalishga mos ikkita fanning har biriga 20 tadan, jami 40 ta test va umumiy 120 daqiqa belgilanadi. Har bir to'g'ri javobga 3,15 ball beriladi.

Maksimal ball – 189.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
OTMlarga kirish imtihonlari 5-avgustdan boshlanadi

▪️Davlat qabul komissiyasi qaroriga ko‘ra, imtihonlar ochiq stadion va xiyobonlarda, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. 1-smena 07:00dan, 2-smena 19:00dan boshlanadi.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
Qabul 2021
5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar qabuli

📌 Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2021-2022-o‘quv yilida respublika OTMning sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Bunda:

👉 vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2021-2022-o‘quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin;

👉 vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan beriladi;

👉 suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab beriladi.

👉 talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 2021-yil 5-avgustdan 25-avgustga qadar amalga oshiriladi.

🎓Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
​​To'lov qilishga ulgurmagan abituriyentlar diqqatiga!

Davlat komissiyasining 2-son bayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birga majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq), metamatika va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovi orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga bir ish kuni ichida tegishli to‘lovni amalga oshirishga ruxsat berildi.

Bunda mazkur toifadagi abituriyentlar 28-iyul kuni 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot👇

@Abituriyentinfo
2025/06/30 07:41:42
Back to Top
HTML Embed Code: