Telegram Web Link
Farg‘onada o‘qiyotgan toshkentlik talaba qiz (1).mp4
22.9 MB
Toshkent viloyatidan kelgan Gavhar Yertayeva o‘zi va oilasi, tug‘ilib o‘sgan uyidan olisda bo‘lishiga qaramay, Farg‘ona davlat universitetida tahsil olish sabablari haqida kun.uz saytiga so‘zlab berdi.


👉 Matn formatida oʻqish
👉 HD formatda koʻrish
____
@ABITURIYENTINFO
❗️Davlat imtihonidan yiqilgan talabaga 1 yilda 2 marta imtihon topshirish huquqi berildi

▪️Shu paytgacha yakuniy davlat attestatsiya sinovidan o‘ta olmagan talaba yana 1 yil kutishi kerak edi.

Yangi tartibga ko'ra, endi talaba imtihondan yiqilsa, 3 yil davomida yiliga 2 marta imtihon topshirishi mumkin. Davlat imtihoni talabalardan yig‘iladigan arizalar soniga qarab tashkillashtiriladi.

Safimizga qoʻshiling👇

@ABITURIYENTINFO
Yashil yurt barpo etish uchun hissa qo‘shaylik!

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimizda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda yoshu qari o‘lkamizni yanada go‘zallashtirish, kelajagini, sog‘lom hayotini ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Umummilliy loyiha doirasida Davlat test markazining markaziy apparati va hududiy bo‘limlari tomonidan bog‘cha, maktab, akademik litsey, kollej hovlilarida mevali va manzarali daraxtlar ekishga jiddiy e’tibor qaratib kelmoqda. Bugunga qadar muassasamiz xodimlari 1000 ga yaqin ko‘chat ekdilar. Ushbu savob va dolzarb harakat davom etmoqda.

Sahifamizga qo'shiling 👇

@ABITURIYENTINFO
▪️Kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarining oxirgi kun natijalari e’lon qilindi !

2021-yil 17-noyabr kuni kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

🌐 17-noyabr kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini
ruxsatnoma.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

@ABITURIYENTINFO
Халқ таълими вазири Жомбойдаги 28-мактаб ўқувчиларини вақтинча бошқа бинога кўчириш чорасини кўришни айтди

Халқ таълими вазири Бахтиёр Саидов бугун тунда Жомбой туманидаги 28-умумтаълим мактабига борди.

1975 йилда ҳашар йўли билан қурилган мазкур мактабнинг бугунги кундаги ўқувчилар сиғими 2 коэффицентдан ошиб кетган.

Халқ таълими вазири синфхоналарни кўздан кечирар экан қишки мавсумда ўқувчиларнинг муносиб шароитларда таълим олишини таъминлаш мақсадида яқин ҳудудда жойлашган касб-ҳунар коллежига қисқа муддатда кўчириш чорасини кўришни сўради.

Биринчи навбатда ўқувчиларнинг таълим олиши учун муносиб шароит яратишимиз зарур. Бино эски бўлганлиги сабабли имкон борича тезроқ болаларни бошқа бинога кўчириб, мактабни инвестиция дастурига киритиш чорасини кўришимиз лозим”, — дея қайд этди вазир.

Sahifamizga qo'shiling 👇

@ABITURIYENTINFO
28-noyabr talabgorlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni

Dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-noyabr kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 28-noyabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Shuningdek, talabgorlar 29-noyabrdan 1-dekabrga qadar Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishlari lozim.

Test sinovlari 15-dekabr kunidan boshlab, ingliz, nemis, fransuz va arab tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Tilni bilish darajasi B2 yoki undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilari

@ABITURIYENTINFO
Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

2021 yil 26-noyabr kuni Davlat test markazida Cambridge Assessment tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlikni yana kuchaytirish bo‘yicha navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Davlat test markazi direktori o‘rinbosarlari Sardor Radjabov va Sherzod Batirov, Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshlig‘i Javlonbek Nurmatov, Test sinovlari texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Zafarbek Olimbekov, Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi boshlig‘i Akmal Baratov, Xalqaro reytinglar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish bo‘limi bosh mutaxassisi Nasimbek Lutfiyev hamda Cambridge Assessment tashkiloti vakili Stephen King ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Davlat test markazi tomonidan baholash mezonlari, test topshiriqlari spetsifikatsiyasi, tashkiliy va xavfsizlik kabi yo‘nalishlar yangi bosqichga o‘tayotgani, bu borada Cambridge Assessment tashkiloti tajribasidan foydala

@ABITURIYENTINFO
⚡️ Professional ta’lım muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari

📌 2021-2022-o‘quv yili u
chun professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Professional ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shakliga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalari bilan ruxsatnoma.dtm.uz sayti orqali tanishishlari mumkin.

🖥 Buning uchun ruxsatnoma.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

@ABITURIYENTINFO
⚡️ Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi yo‘lga qo‘yildi.

📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 6-dekabrdan 10-dekabrga qadar davom etadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

👨‍🏫 Malaka oshirish kursi Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

👨🏻‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 5-dekabr kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

@ABITURIYENTINFO
Требуется менеджер по продажам в СММ АГЕНСТВО 🔥

- Желание хорошо зарабатывать,
- Грамотная, ясная речь,
- Умение убеждать, четко и быстро выражать свои мысли,
-Навыки ведения диалога по телефону на русском и узбекском языках
-Формирование базы данных о клиентах

Рабочая неделя: 6/1 ( 1 выходной день на выбор)
Работа с 9.00 до 18.00
З/п 2млн сум + 5% премиальные от продаж

Писать в тг @choymedia

—————————

Sotuv menedjeri (operator) 🔥

- Defektlarsiz og'zaki nutq,
- Fikrlaringizni ishonchli, aniq va tezkor ifoda etish qobiliyati,
- Rus va o'zbek tillarida telefon orqali muloqot qilish ko'nikmalari
- Mijozlar haqida ma'lumotlar bazasini shakllantirish

Ish haftasiga: 6/1 ( tanlash uchun 1 dam olish kuni)
9.00 dan 18.00 gacha ish
Oylik - 2mln so'm +5% sotuvdan bonus

Batafsil: @choymedia
1-dekabr – Qaraqalpaq tiline Mámleketlik til biyligi berilgen kún

Dúnyada tiller kóp. Túrkiy tiller arasında óziniń kóp ásirlik tariyxına iye bolǵan qaraqalpaq tiline Mámleketlik til biyliginiń berilgenine 32 jıl tolıwı múnásibeti menen Mámleketlik test orayı jámááti gúllán xalqımızdı shın júrekten qutlıqlaydı!

Sazǵa qossam, hawalaǵan alasar.
Ilme sultan sulıwlıǵın jarasar.
Qanday jaqsı aǵayınıń kópligi!
Jaqınbız dep saǵan kóp til talasar.
Ana tilim, sen – basqadan ayırmam,
Sen turǵanda men de ádewir shayırman.
Sonsha qatal súrginlerde joǵalmay,
Búl kúnlerge jetkenińe qayılman.

@ABITURIYENTINFO
Қаршида техникум талабаси ётоқхонанинг 4-қаватидан ўзини пастга ташлаб жонига қасд қилди

Қаршида Абу Али ибн Сино номидаги жамоат саломатлиги техникуми талабаси бўлган қиз ётоқхонанинг 4-қаватидан ўзини пастга ташлаб жонига қасд қилган.

@ABITURIYENTINFO
🇺🇿O'quv jarayonida qiyinchiliklarga duch kelyabsizmi?

Barcha hamyurtlarimizn uchun yengillik 🏃🏻‍♂️
O'qishingizni O'zbekistonga ko'chiring 🇺🇿

"Study Info" bularning barchasini kafolatlaydi 👇

Huquqshunoslik,
Turizm
Boshlang'ich ta'lim
Chet tili
Iqtisod
va 10 ortiq boshqa yo'nalishlar

💯Bizning barcha xizmatlar sertifikatlangan va sizning xavfsiz talaba bo'lishingiz kafolatlangan!
+998998024197
+998881704121
+998971984121
(oʻqish boʻyicha barcha savollarga batafsil ma'lumot beriladi)
⚡️ Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kursi 13-dekabrdan boshlanadi.

📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 13-14-16-17-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

👨‍🏫 Malaka oshirish kursi Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlariga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

👨🏻‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 13-dekabr kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

@ABITURIYENTINFO
Urganch shahrida “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkazildi

2021-yil 10-dekabr kuni Urganch shahrida navbatdagi "Oqituvchilar uchun aptis" test sinovi bo‘lib o‘tdi.

🖥 Test sinovi Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda kompyuterda o‘tkazildi.

📆 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning test natijalari 72 soat ichida shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Keyingi test sinovlari Namangan, Toshkent, Buxoro, Qarshi, Termiz va Nukus shaharlarida quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

👉 Namangan shahri – 2021-yil 20-dekabr;
👉 Toshkent shahri – 2021-yil 22-dekabr;
👉 Buxoro shahri – 2021-yil 24-dekabr;
👉 Qarshi shahri – 2021-yil 28-dekabr;
👉 Termiz shahri – 2022-yil 6-yanvar;
👉 Nukus shahri – 2022-yil 10-yanvar.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

@ABITURIYENTINFO
Forwarded from Khodjayev Umid 🌙
🇺🇿‼️2021 yil O'ZBEKISTONDA 2 KURSGA PEREVOD QILISH SO'NGI IMKONIYATI ‼️🇺🇿

🇺🇿XORAZMda joylashgan UNIVERSITETda 1 yoki 2 kurs talabasi bo'ling 🇺🇿🎓

🔻Yo'nalishlar:
🔹O'zbek tili Filologiyasi
🔹Ingliz tili Filologiyasi
🔹Tarix
🔹Boshlang'ich ta'lim
🔹Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil qilish
🔹Mashinasozlik texnologiyasi


🔻Ta'lim inspeksiyasidan litsenziyaga va akkreditatsiyaga ega
🔻Jaxon tillar va Pedagogika institutiga teng diplom 💯

👩🏻‍💻Murojaat uchun:
☎️Toshkent:
+998881704121
+998998024197
+998971174121
+998932546555
☎️Surxondaryo
:
+998990316555
+998990416555
☎️Samarqand
+998889354121
+998998829291
☎️Farg'ona
+998950010095
+998939810110
☎️Andijon
+998930000344
+998916133884

💯Bizning barcha xizmatlar sertifikatlangan va sizning xavfsiz talaba bo'lishingiz kafolatlangan!
“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi

🖥
Ma’lumki, Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan barcha hududlarda “O’qituvchilar uchun Aptis” test sinovlari tashkil etilib, o‘tkazib kelinmoqda.

Ulardan biri 22-dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, talabgorlarning soni ko‘payib ketganligi sababli mazkur sanada o‘tkaziladigan test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish yakunlandi.

📆 Toshkent shahrida test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun keyingi test sinovi 2022-yil 18-yanvar kuni tashkil etiladi.

Shuningdek, talabgorlar quyidagi muddatlarda o‘zlariga qulay bo‘lgan hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin:

👉 Namangan shahri – 2021-yil 20-dekabr;
👉 Buxoro shahri – 2021-yil 24-dekabr;
👉 Zarafshon shahri (Navoiy v.) – 2021-yil 27-dekabr;
👉 Qarshi shahri – 2021-yil 28-dekabr;
👉 Termiz shahri – 2022-yil 6-yanvar;
👉 Nukus shahri – 2022-yil 10-yanvar;
👉 Farg‘ona shahri – 2022-yil 14-yanvar.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

@ABITURIYENTINFO
2025/06/29 02:24:47
Back to Top
HTML Embed Code: