Telegram Web Link
#abituriyent

Bugundan magistraturaga qabul boshlanishi kerak, hozircha tizim ochilmadi

2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni my.edu.uz platformasi orqali 1-iyuldan 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Magistratura uchun quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:
1. Bakalavr diplomi
2. Chet tilini bilish sertifikati

‼️Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxati mana bu yerda:
📋
https://www.tg-me.com/xushnudbek/24242

Yuqoridagi havola orqali qaysi mutaxassislikka C1, B2 va B1 daraja kerakligini bilib olishingiz mumkin.

Tizim ochilsa qo‘shimcha xabar beramiz.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistratura va doktoranturaga chet tili sertifikatlari.pdf
15.9 MB
#abituriyent

Magistratura va doktoranturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxati tasdiqlandi


Bunda qaysi mutaxassislikka C1, B2 va B1 daraja talab etilishi belgilangan.

Masalan, ko‘pchilik so‘ragan tarix mutaxassisligi uchun B2 daraja, sog‘liqni saqlash uchun esa B1 daraja talab etiladi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Rektor qabulida faxr va e’tirof – ADU talabalari xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etdi

Toshkent shahrida o‘tkazilgan SIMO–2025 (Sadullayev International Mathematics Olympiada) xalqaro matematika olimpiadasida Andijon davlat universiteti Matematika va mexanika fakulteti katta o‘qituvchisi Xolmurod Qo‘shaqov rahbarligidagi 6 nafar talaba munosib ishtirok etib, jami 6 ta medal - 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bugun, 1-iyul kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev matematika olimpiadasida yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarni munosib kutib oldi va ularni yuksak e’tirof bilan tabrikladi. Uchrashuvda rektor talabalarning yutuqlarini universitet ilmiy salohiyatining amaliy ifodasi sifatida baholab, ularning ushbu muvaffaqiyati nafaqat oliygoh, balki butun Andijon viloyati faxriga aylanganini alohida ta’kidladi.

Ushbu yutuq — talabalarning chuqur bilimga intilishi, tirishqoqligi va mehnatsevarligining yorqin samarasidir. Oliygoh rahbari ularni ilm-fanga qiziqish, ilmiy izlanish va innovatsion yangiliklarga intilishga undash zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, universitetda yoshlar uchun yuqori marralarni zabt etishga xizmat qiluvchi ilmiy, texnik va ma’naviy sharoitlar yaratilayotgani qayd etildi. Olimpiada natijalari esa Andijon davlat universitetida ta’lim sifatining bosqichma-bosqich yuksalib borayotganidan dalolat beruvchi muhim ko‘rsatkich sifatida e’tirof etildi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ECAMPUZ #ERASMUS #CBHE

🔬 ECAMPUZ – European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology (ERASMUS-EDU-2022-CBHE) project, co-funded by the European Union, is pleased to announce The First Silk Road Conference on Food Science and Foodomics.

The First Silk Road Conference on Food Science and Foodomics marks the first international event in Uzbekistan dedicated to bringing together academia and the food industry. This conference will host more than five world-leading scientists who will deliver plenary lectures in key areas including food microbiology, food and health, food law and regulation, sensory science, foodomics, oxidation in food and food analytical technologies.

🗓Dates: November 3-5, 2025
Venue: Wyndham Hotel Bukhara
📍Address: Alisher Navoi 8, Bukhara city, Uzbekistan

🔗 Please visit the following link for more information and to register:
Conference link

or check our website 🌐 ecamp.uz

📧 For inquiries contact us at: [email protected]

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“Dolzarb 90 kunlik”: Andijon davlat universiteti professor-o’qituvchilari yoshlar bilan faol hamkorlikda


Andijon davlat universitetining Odam fiziologiyasi va hayot faoliyati xavfsizligi hamda Matematika kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til vaqtida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tuzilgan reja asosida bir qator hududlarda bo'lishdi.

Xususan, Xonobod shahri va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida tashkil etilgan uchrashuvlarda universitet o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi, kasb tanlash, ilm-fanga qiziqish va yoshlarning shaxsiy rivojlanishi bo‘yicha qimmatli fikr-mulohazalar bildirildi. Shu bilan birga, yoshlarni jismoniy faollikka undash maqsadida jismoniy mashg‘ulotlar ham tashkil etildi.

Mazkur tashabbus doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham amalga oshirildi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🛑 Korrupsiya – jamiyat dushmani!

↪️U rivojlanishni to‘xtatadi, tenglikni buzadi va adolatga putur yetkazadi.
✔️Har birimiz shaffoflik, halollik va vijdon bilan harakat qilsakgina, korrupsiyasiz kelajakka erishamiz.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

📆Bugun 2-iyul, chorshanba.

🇺🇳Xalqaro sport jurnalistlari kuni.
🇺🇿O'zbekiston - O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun.
🇦🇿Ozarbayjon - Politsiya xodimlari kuni.
🇰🇿Qozog'iston - Diplomatik xizmat xodimlari kuni.

Tarixiy voqealar:

1499-yil
- Amerigo Vespuchchi Amazonka deltasini kashf qildi.
1900-yil - Parijda 2-Olimpiya o'yinlari ochildi.
1924-yil - Xalqaro Sport Matbuot Assotsiatsiyasi tashkil etildi.
1992-yil - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi.

🎊Tavallud ayyomlar:

1862-yil 2-iyul
- ingliz fizigi, rentgen tahlili asoschisi, Nobel mukofoti sohibi Uilyam Genri Bragg.
1888-yil 2-iyul
- amerikalik mikrobiolog, Nobel mukofoti sohibi Zelman Vaksman.
1928-yil 2-iyul
- teatr va kino aktrisasi, Rossiya xalq artisti Tatyana Piletskaya.
1961-yil 2-iyul
- mashhur fransuz aktyori, «Taksi» filmida bosh rol ijrochisi Sami Naseri.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_gerbi #32_yoshda

🇺🇿 Bugun, 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

🎗1992-yil 2-iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.

🇺🇿 Bugun ushbu muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom ma’nodagi asl tasvirini ko‘radi. Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan.

✍️ Gerbimiz haqida batafsil:

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/02 07:34:22
Back to Top
HTML Embed Code: