Telegram Web Link
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“Dolzarb 90 kunlik”: Andijon davlat universiteti professor-o’qituvchilari yoshlar bilan faol hamkorlikda


Andijon davlat universitetining Odam fiziologiyasi va hayot faoliyati xavfsizligi hamda Matematika kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til vaqtida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tuzilgan reja asosida bir qator hududlarda bo'lishdi.

Xususan, Xonobod shahri va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida tashkil etilgan uchrashuvlarda universitet o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi, kasb tanlash, ilm-fanga qiziqish va yoshlarning shaxsiy rivojlanishi bo‘yicha qimmatli fikr-mulohazalar bildirildi. Shu bilan birga, yoshlarni jismoniy faollikka undash maqsadida jismoniy mashg‘ulotlar ham tashkil etildi.

Mazkur tashabbus doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham amalga oshirildi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🛑 Korrupsiya – jamiyat dushmani!

↪️U rivojlanishni to‘xtatadi, tenglikni buzadi va adolatga putur yetkazadi.
✔️Har birimiz shaffoflik, halollik va vijdon bilan harakat qilsakgina, korrupsiyasiz kelajakka erishamiz.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

📆Bugun 2-iyul, chorshanba.

🇺🇳Xalqaro sport jurnalistlari kuni.
🇺🇿O'zbekiston - O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun.
🇦🇿Ozarbayjon - Politsiya xodimlari kuni.
🇰🇿Qozog'iston - Diplomatik xizmat xodimlari kuni.

Tarixiy voqealar:

1499-yil
- Amerigo Vespuchchi Amazonka deltasini kashf qildi.
1900-yil - Parijda 2-Olimpiya o'yinlari ochildi.
1924-yil - Xalqaro Sport Matbuot Assotsiatsiyasi tashkil etildi.
1992-yil - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi.

🎊Tavallud ayyomlar:

1862-yil 2-iyul
- ingliz fizigi, rentgen tahlili asoschisi, Nobel mukofoti sohibi Uilyam Genri Bragg.
1888-yil 2-iyul
- amerikalik mikrobiolog, Nobel mukofoti sohibi Zelman Vaksman.
1928-yil 2-iyul
- teatr va kino aktrisasi, Rossiya xalq artisti Tatyana Piletskaya.
1961-yil 2-iyul
- mashhur fransuz aktyori, «Taksi» filmida bosh rol ijrochisi Sami Naseri.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_gerbi #32_yoshda

🇺🇿 Bugun, 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

🎗1992-yil 2-iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.

🇺🇿 Bugun ushbu muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom ma’nodagi asl tasvirini ko‘radi. Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan.

✍️ Gerbimiz haqida batafsil:

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥

🎗Bugun, 2-iyul Andijon davlat universiteti Xo'jalik bo‘limi boshlig‘i Mamajonov Ulugʻbek Ibragimovichning tavallud ayyomi.

Ushbu sana munosabati bilan Ulugʻbek Ibragimovichni barcha hamkasblari, shogirdlari hamda universitet jamoasi nomidan uzoq umr, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, doimo shogirdlari ardog'ida bo'lib yurishlarini tilab qolamiz!

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

"Dolzarb 90 kunlik": Yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilayotgan amaliy tashabbus

Andijon davlat universitetida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularning jismoniy salohiyatini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida turli sport yo‘nalishlaridagi to‘garak mashg‘ulotlari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Bugun, 2-iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sport mashg‘ulotlarida talaba-yoshlar futbol, voleybol, boks hamda yengil atletika sport turlari bo‘yicha faol qatnashib, jismoniy salohiyatini oshirish, sport texnikasini takomillashtirish va sog‘lom raqobat muhitida o‘z mahoratini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu sport tadbirlari nafaqat yoshlarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, balki ularni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish, sport orqali ijtimoiy faolliklarini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Shuningdek, bunday tashabbuslar jamiyatda sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️

🇺🇿 Gerblar ilk bor qadimgi davrlarda paydo bo'lgan. G'arbiy Yevropada salib yurishlari davrida, ya'ni 11-12-asrlarda urug', merosxo'rlik belgilari sifatida keng tarqalgan. Gerblarni o'rganuvchi tarixning yordamchi fani bo'lgan geraldika esa XIX asrning ikkinchi yarmidan shakllangan.

Qadimgi dunyoda gerblarga o'xshash belgilar turli madaniyatlarda uchragan. Masalan, Yunoniston va Rimda tangalar, muhrlar va boshqa buyumlarda ramziy belgilar qo'llanilgan. O'rta asrlarda esa, gerblar ritsar va zodagonlarning ramzi sifatida keng tarqalgan.

O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi esa 1992-yil 2-iyulda Oliy Kengashning 10-sessiyasida tasdiqlangan. Demak, gerblarning tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi va ularning shakllanishi turli davrlarda, turli xil madaniyatlarda sodir bo'lgan.

Ma’lumot o‘rinda, dastlabki gerblar antik davrda paydo bo‘lgan. Misol uchun, qadimgi Shumer davlati va Rim imperiyasi ramzida burgut tasvirlangan.

Amir Temir davlatining ham gerbi mavjud bo‘lib unda 3 halqa tasvirlangan. Bu Amir Temurning 3 iqlimda, ya’ni Shimol, Janub va G‘arbda hukmron ekaniga ishoradir.

O‘rta asrlarga kelib ko‘pgina shaharlar o‘z gerbiga ega bo‘lgan. Keyinchalik bayroqlarda, qog‘oz pullarda, muhrlarda, qog‘ozlarda gerblarning tasviri paydo bo‘ldi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/03 11:30:48
Back to Top
HTML Embed Code: