Telegram Web Link
🟦🟦🟦

Andijon davlat universitetida turli sport yo'nalishlari bo'yicha to'garak mashg'ulotlari o'tkazildi

Andijon davlat universitetida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy salohiyatini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.

Mashg‘ulotlarda talabalar hamda o‘quvchi-yoshlar futbol, voleybol, stol tennisi, yengil atletika, kurash va boshqa sport turlari bo‘yicha faol ishtirok etib, o‘z mahoratlarini oshirishmoqda. Bu kabi tadbirlar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, sog‘lom avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

"Dolzarb 90 kun": OTM talabalari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o'yni o'tkazildi


Bugun, 27-iyun kuni Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida viloyat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida "Zakovat" intellektual turniri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur turnirda oliy ta’lim muassasalaridan saralangan 5 ta jamoa ishtirok etdi. Tanlov davomida ishtirokchilar nafaqat o‘zlarining intellektual salohiyatlarini namoyon etishdi, balki do‘stona muhitda muloqot qilish orqali sog‘lom raqobat ruhini ham targ‘ib qildilar.

Bunday tadbirlar yoshlarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Bo‘sh vaqt – foydali faoliyat bilan: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida yoshlar bilan manzilli ishlar davom etmoqda


Andijon davlat universitetining O‘zbek adabiyotshunosligi hamda O‘zbek tilshunosligi kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tuzilgan reja-jadval asosida Xonobod shahrida bo‘lishdi.

Tashabbus doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o'quvchi va uyushmagan yoshlar bilan ochiq suhbatlar o‘tkazdilar, kasb tanlovi, oliy ta’lim imkoniyatlari, o‘zbek tilshunosligiga bo‘lgan qiziqish va yoshlarning shaxsiy rivoji bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirdilar.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/01 00:34:54
Back to Top
HTML Embed Code: