Telegram Web Link
#Yozgi_talabalar_festivali

Xonobodda yozgi talabalar festivali qizg‘in start oldi: yorqin lahzalar, yangi imkoniyatlar

Bugundan Andijon davlat chet tillari institutining Xonobod shahrida joylashgan "Turizm laboratoriyasi" hududida viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining faol va tashabbuskor talabalari ishtirokida “Yozgi talabalar festivali”ga start berildi.

Mazkur festival yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, turli sohalarda salohiyatini namoyon qilish, shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Festival doirasida turli tanlovlar, sport musobaqalari, ijodiy chiqishlar, intellektual o‘yinlar, mahorat darslari va madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Talabalar o‘zlarining bilim va iste’dodlarini namoyon qilish bilan birga, yangi do‘stlar orttirish, tajriba almashish hamda faol hayot tarzini targ‘ib qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“Dolzarb 90 kunlik”: talabalar o’rtasida kibersport chempionati o’tkazildi

Andijon viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan navbatdagi qiziqarli va dolzarb loyiha — “Talabalar Kibersport o‘yinlari” chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kibersport turniri zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli savodxonlik bo‘yicha yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, sog‘lom raqobat muhiti yaratish hamda kibersport madaniyatini ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Turnirda Andijon davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, o‘zlarining texnik salohiyati, tezkor fikrlashi va jamoaviy ruhda harakat qilish ko‘nikmalarini namoyon qilmoqda.

Musobaqada viloyatdagi turli oliy ta’lim muassasalaridan kelgan iqtidorli talabalar jamoalari qatnashib, mantiqiy tafakkur, strategik yondashuv va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

#Dolzarb90kunlik #Yoshlaroyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yozgi_talabalar_festivali

Xonobodda yozgi talabalar festivali qizg‘in start oldi: yorqin lahzalar, yangi imkoniyatlar

Bugundan Andijon davlat chet tillari institutining Xonobod shahrida joylashgan "Turizm laboratoriyasi" hududida viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining faol va tashabbuskor talabalari ishtirokida “Yozgi talabalar festivali”ga start berildi.

🎥Jarayondan videolavha

#Dolzarb90kunlik #Yoshlaroyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan “Yosh olimlar va tadqiqotchilar maktabi” nomli ilmiy-amaliy onlayn kursi tashkil etildi. Mazkur kurs doirasida respublikamizdagi mavjud fan yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar hamda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ilmiy faoliyatga oid metodik taysiyalar va ishlanmalar ishlab chiqilmoqda.

Shu munosabat bilan, Markaz tomonidan ishlab chiqilgan raqamlitalim.trm.uz platformasining quyidagi havolasi orqali ilmiy tadqiqotlarga oid turli ma’lumotlardan foydalanishingiz mumkin: https://raqamlitaliminmuz/yosholim

Platformadagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishingizni tavsiya etamiz.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/01 21:22:08
Back to Top
HTML Embed Code: