Telegram Web Link
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“Dolzarb 90 kunlik”: Andijon davlat universiteti professor-o’qituvchilari yoshlar bilan faol hamkorlikda


Andijon davlat universitetining Xorijiy tillar, Oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya, Umumiy psixologiya hamda Rus tili kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi asosida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida faol ish olib bormoqda. Tashabbus doirasida reja-jadvalga muvofiq viloyatning turli hududlarida uchrashuvlar tashkil etildi.

Xususan, joriy hafta davomida Xonobod shahri va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlarda o‘quvchilar bilan samarali suhbatlar o‘tkazildi. Professor-o‘qituvchilar yoshlarga kasb tanlash, oliy ta’lim imkoniyatlari, ilm-fanga qiziqishni oshirish va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha qimmatli maslahatlar berishdi.

Bundan tashqari, tashabbus doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari faol yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida yoshlar bilan birgalikda viloyatdagi turli bog‘lar va dam olish maskanlariga sayohatlar amalga oshirildi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Yozgi talabalar festivali: faol yoshlar Xonobodda jam bo‘ldi

Bugun, 28-iyun kuni Andijon viloyatining so‘lim go‘shalaridan biri — Xonobod shahridagi “Turizm laboratoriyasi”da viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining faol va tashabbuskor talabalari uchun “Yozgi talabalar festivali” tashkil etildi.

Festival doirasida oliy ta’lim muassasalari rektorlari boshchiligida talabalar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik va ijodiy muhitni mustahkamlash maqsadida elimiz suygan san’atkorlar hamda iqtidorli yoshlar ishtirokida kechki konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Kechki ovqat chog‘ida talabalar o‘z rektorlari bilan birga dasturxon atrofida suhbatlashib, samimiy va iliq muhitda hordiq chiqarishdi. Bunday uchrashuvlar rahbariyat va talaba-yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro ishonch va hurmat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Konsert dasturi davomida tantanavor kayfiyat, jo‘shqinlik va shukuh hukm surdi. Talabalar o‘zlarining ijodiy chiqishlari, raqs va kuylar orqali salohiyatini namoyon etishdi. Turli interaktiv o‘yinlar, viktorinalar va tanlovlar festivalga yanada fayz bag‘ishladi.

#Dolzarb90kunlik #Yoshlaroyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 23:41:35
Back to Top
HTML Embed Code: