“Dolzarb 90 kunlik”: Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil qilinmoqda
Andijon davlat universitetining O'zbekiston tarixi, Iqtisodiyot, O'zbek tilshunosligi hamda Geografiya kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi asosida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida faol ish olib bormoqda. Tashabbus doirasida reja-jadvalga muvofiq viloyatning turli hududlarida uchrashuvlar tashkil etildi.
Xususan, kun davomida Xonobod shahri, Qo‘rg‘ontepa va Jalaquduq tumanlarida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlarda o‘quvchilar bilan mazmunli suhbatlar o‘tkazildi. Professor-o‘qituvchilar yoshlarga kasb tanlash, oliy ta’lim imkoniyatlari, ilm-fanga qiziqishni oshirish va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha qimmatli maslahatlar berishdi.
Bundan tashqari, tashabbus doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari faol yo‘lga qo‘yildi. Sport to‘garaklari tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan bir qator musobaqalar o‘tkazildi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kengash_yigilishi
🇺🇿 Andijon davlat universitetida 2024/2025-o'quv yilidagi 12-sonli Kengash yig'ilishi o'tkazildi
➡️ Batafsil...
🇷🇺 В Андижанском государственном университете состоялось 12-е заседание Совета на 2024/2025 учебный год
➡️ Подробнее...
🇬🇧 Andijan State University held the 12th meeting of the Council for the 2024/2025 academic year
➡️ More...
✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM