Telegram Web Link
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“Dolzarb 90 kunlik”: Andijon davlat universitetida yoshlar uchun sport mashg‘ulotlari davom etmoqda


Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport mashg‘ulotlari tajribali murabbiylar rahbarligida muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun, 4-iyul kuni Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida o‘tkazilgan navbatdagi sport mashg‘ulotlarida 40 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Talabalar va mahalliy yoshlar birgalikda boks, futbol hamda yengil atletika yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar olib borib, nafaqat jismoniy tayyorgarliklarini mustahkamlashdi, balki do‘stona muhitda jamoaviylik va o‘zaro hamkorlik ruhini ham kuchaytirdilar.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

🧠 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida viloyat OTM talabalari o'rtasida “Zakovat” turniri o'tkazildi

Bugun, 4-iyul kuni Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turnirda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalaridan saralangan 5 ta jamoa ishtirok etdi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarining bilimlari va zukkoligini sinovdan o‘tkazib, do‘stona muhitda bir-birlari bilan bellashdi. Qizg'in bahs-munozaralarga boy kechgan intellektual bellashuv natijalariga ko'ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇 Andijon davlat universiteti
🥈 Andijon davlat texnika instituti
🥉 Andijon tibbiyot instituti

Turnir yakunida tashkilotchilar musobaqaning ahamiyatini ta'kidlab, bunday intellektual bellashuvlar talabalar orasida bilimga bo‘lgan ishtiyoqni oshirish va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishini alohida qayd etdilar.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

📕 Avlodlar izidan — ibratli hayot sari

Bugun, 4-iyul kuni Oltinko‘l tumanida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida tuman hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Andijon davlat universiteti hamkorligida “Avlodlar izidan — ibratli hayot sari” mavzusida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, tumandagi umumta’lim maktab o‘quvchilari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari faol ishtirok etib,ustozlar tomonidan yoshlarga ibratli hayot saboqlari, o‘zbekona tarbiya, yurtga sadoqat, ilmga muhabbat singari g‘oyalar, o‘rta avlod vakillari tomonidan esa mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar asosida ezgulik va fidoyilikka undovchi fikr-mulohazalar yetkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Andijon davlat universiteti professori Abdulhay Sobirov ta’kidlaganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarga nafaqat ibrat manbai, balki kelajakka ishonch bilan qarash, o‘zligini anglash, tarixiy xotiraga sadoqat va milliy-ma’naviy merosga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 23:01:58
Back to Top
HTML Embed Code: