Telegram Web Link
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“Dolzarb 90 kunlik”: yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport mashg‘ulotlari davom etmoqda


Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi tashabbuslarini hayotga tatbiq etish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, shuningdek, yosh avlod vakillarining bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida yoshlarga mo‘ljallangan navbatdagi sport mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Universitet sport inshootlari va maydonlarida o‘tkazilgan bugungi mashg‘ulotlarda qariyb 40 nafar abituriyentlar va uyushmagan yoshlar ishtirok etdi. Boks, futbol hamda yengil atletika yo‘nalishlarida tashkil etilgan mashg‘ulotlar tajribali murabbiylar rahbarligida olib borilib, ishtirokchilarga nafaqat jismoniy chiniqish, balki sport madaniyati, jamoaviylik va sog‘lom raqobat tamoyillari bo‘yicha ham ko‘nikmalar berildi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦

Oliy ta’limda grantlarni taqsimlash tartibi va grant.adu.uz platformasini samarali qo‘llash bo‘yicha davra suhbati o'tkazildi

Bugun, 5-iyul kuni Andijon davlat universitetida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida talabalarning O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni tadqim etish va qayta taqsimlash tartibi to'g'risida"gi 149-sonli qarori hamda Andijon davlat universiteti tomonidan ishlab chiqilgan grant.adu.uz patformasida ishlash bo'yicha ko'nikmalarini oshirish maqsadida mas'ullar boshchiligida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Filologiya hamda Matematika va mexanika fakultetlari talabalari ishtirok etib, tadbir davomida mas’ullar tomonidan platformaning funksional imkoniyatlari, ariza topshirish jarayoni, shuningdek, talabalar uchun mavjud bo‘lgan grant turlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Suhbat davomida o'qish jarayonidagi muvaffaqiyatlarni oshirish, grant olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda universitet tomonidan taqdim etilayotgan qo‘llab-quvvatlash tizimidan to‘liq foydalanish masalalariga alohida urg‘u berildi. Shu bilan birga, grantlar bo‘yicha tanlov jarayonida adolat va oshkoralikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlari haqida ham so‘z bordi.

Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniga ega bo‘lib, grantlar bilan bog‘liq amaliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📕📕📕📕📕

“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida bitiruvchilar uchun ta’lim maskaniga sayohat

Yoshlarning oliy ta'lim muassasalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga ongli va puxta tayyorgarlik bilan yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" munosabati bilan, "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida Oltinko'l tumani 38-umumta'lim maktabining bitiruvchilari Andijon davlat universitetida bo'lib, ta’lim maskanining ilmiy va ma’naviy muhitiga bevosita guvoh bo‘lishdi.

Universitetning mas'ul xodimlari o'quvchilarga universitetda yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonining zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilishi, fan va amaliyot uyg‘unligi hamda talabalar uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlar, universitet tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari" muzeyidagi eksponatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, o‘quvchilar universitetning ilmiy-tadqiqot faoliyati, madaniy va sport inshootlari bilan tanishtirildi.

Ushbu tashrif davomida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini so‘rash imkoniyatiga ega bo‘lib, oliy ta’limning dolzarb jihatlari, mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qish shartlari va kelajakdagi kasbiy istiqbollar haqida kengroq ma’lumot olishdi.

“Ochiq eshiklar kuni” yosh avlodni oliy ta’limga qiziqtirish, ularni faol ilmiy va ijodiy faoliyatga jalb qilish hamda o‘z kasbiy yo‘nalishini puxta tanlashiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida samarali muloqot va hamkorlik uchun qulay platforma yaratdi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 20:44:45
Back to Top
HTML Embed Code: