Telegram Web Link
Bugun Samarqand shahrida o‘z ishini boshlaydigan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi arafasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazdim.

Eng muhim ma’lumotlar:

- Bu tarixiy voqea so‘nggi 40-yil ichida ilk bor Parijdagi bosh qarorgohdan tashqarida va birinchi marta Markaziy Osiyoda o‘tkazilmoqda, YUNESKO tashkil etilganining 80-yilligi bilan bir vaqtda o‘tmoqda;

- 43-sessiya mintaqa tarixidagi eng yirik xalqaro forumlardan biri bo‘ladi. Unda 190 ta a’zo davlat va xalqaro tashkilotlardan 2 ming 800 dan ortiq vakil, shu jumladan 70 ga yaqin yuqori darajali shaxslar ishtirok etadi;

- tantanali ochilish marosimida faxriy mehmonlar sifatida tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini ham qatnashadi;

- Samarqand sessiyasi doirasida 150 dan ortiq turli tadbirlar, shu jumladan O‘zbekiston tashabbusi bilan 20 dan ziyod qo‘shimcha tadbirlar tashkil etiladi;

- tantanali ochilish marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zlaydi. Davlatimiz rahbarining nutqida bir qator muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda;

- tadbir doirasida Prezidentimiz Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini va YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi;

- YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi dunyo va mamlakatimizning yetakchi ommaviy axborot vositalari, jami 500 dan ziyod jurnalist tomonidan yoritiladi. Samarqandda ularning samarali faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Facebook|Instagram|X
Сегодня провел брифинг для представителей средств массовой информации в преддверии 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО, которая начинает свою работу в Самарканде.

Главное:

– это историческое событие впервые за последние 40 лет проходит за пределами штаб-квартиры ЮНЕСКО в Париже и впервые – в Центральной Азии. Сессия совпадает с 80-летием основания организации;

- 43-я сессия станет одним из крупнейших международных форумов в истории региона. В ней примут участие более 2 800 представителей из 190 государств-членов и международных организаций, включая около 70 высокопоставленных персон;

- в торжественной церемонии открытия в качестве почётных гостей примут участие Президент Республики Сербия Александр Вучич и Президент Словацкой Республики Петер Пеллегрини, находящиеся с визитом в нашей стране;

- в рамках самаркандской сессии состоится более 150 различных мероприятий, включая свыше 20 мероприятий, инициированных Узбекистаном;

- в церемонии открытия примет участие и выступит с речью Президент Шавкат Мирзиёев;

- на полях форума Президент проведет двусторонние встречи с Президентом Словакии Петером Пеллегрини и Генеральным директором ЮНЕСКО Одри Азуле;

- за работой 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО будут следить более 500 журналистов ведущих мировых и национальных СМИ. В Самарканде созданы все условия для их эффективной деятельности.

Today, I held a briefing for media representatives ahead of the 43rd session of the UNESCO General Conference, which will soon commence its work in Samarkand.

Main highlights:

– This historic event is being held outside UNESCO Headquarters in Paris for the first time in 40 years, and for the first time ever – in Central Asia. The session also coincides with the 80th anniversary of the Organization’s founding;

– the 43rd session will be one of the largest international forums ever held in the region, bringing together more than 2,800 participants from 190 member states and international organizations, including around 70 high-level dignitaries;

President of the Republic of Serbia Aleksandar Vučić and President of the Slovak Republic Peter Pellegrini, who are visiting Uzbekistan, will take part in the opening ceremony as honored guests;

– the Samarkand session will feature over 150 events, including more than 20 initiatives proposed by Uzbekistan;

President Shavkat Mirziyoyev will attend and deliver a keynote address at the opening ceremony;

– on the sidelines of the forum, the President will hold bilateral meetings with President Peter Pellegrini of Slovakia and UNESCO Director-General Audrey Azoulay;

– more than 500 journalists from leading international and national media outlets will cover the proceedings of the 43rd General Conference. Necessary facilities have been created in Samarkand to ensure their effective work.

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hurmatli iste’molchilar, tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni unutmang!

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 📱 X 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fargʻona tumanida 2,1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanish holati fosh etildi

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Mana shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Fargʻona” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi va Oʻzenergoinspeksiya xodimlari ishtirokida Fargʻona tumanida oʻtkazildi.

Tumanning “Mindon” MFY Chashma koʻchasida joylashgan “O.” nomli umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi gaz tarmogʻiga hech qanday hujjat va ruxsatlarsiz ulanib, “zangori olov”dan qonunga zid ravishda foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Holat boʻyicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzildi va tabiiy gaz hajmlari qayta hisoblandi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 2 milliard 108 million soʻm zarar keltirilgani maʼlum boʻldi. Vaziyatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?id=15412

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 📱 X 🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kuz_qish_mavsumi

“Avtomatlashtirilgan mahalla iste’mol nazorat-hisob balansini joriy etish” loyihasi doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda (foto)

Boʻstonliq tumanida “Avtomatlashtirilgan mahalla iste’mol nazorat-hisob balansini joriy etish” loyihasi asosida “Xoʻjakent” mahallasi tanlab olinib, “Parkent” tajribasi asosida yo‘lga qo‘yildi.

Hududdagi jami 21 kilometr gaz quvurlari tartibga keltirilib, boʻyoqlandi.

Mavjud 18 ta gaz taqsimlash punkti demontaj qilinib, aholining 360 ta eskirgan gaz uskunalari zamonaviy, energiya tejamkor gaz uskunalariga almashtirildi.

Shu bilan birga, 1 ming 720 ta xonadon ikki bosqichli tizimga o‘tkazildi.

Mazkur loyihani joriy etishdan asosiy maqsad — sohaga raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish orqali tabiiy gazdan foydalanish samaradorligini oshirish, yillik gaz yo‘qotishlarining oldini olish, resurslarni tejash va iste’molchilarga tabiiy gazni barqaror yetkazib berishdir.

“Hududgaz Toshkent” GTF

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#reportaj

"Yakkabog‘tumangaz" gaz taʼminoti bo‘limi Suyultirilgan gaz xizmati chilangarlari tuman markazidan salkam 120 km masofada joylashgan tog‘li "Zarmast" qishlog‘i aholisiga suyultirilgan gaz yetkazib bermoqda

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Samarqand shahridagi Kongress markazida UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimi boshlanadi. Umumsiyosiy munozaralarda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.

Tadbirni jonli tarzda Prezident Matbuot xizmatining YouTube, Telegram va Facebookdagi rasmiy sahifalari orqali tomosha qiling.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊

KUN MAVZUSI KO‘RSATUVI

"HUDUDGAZ SAMARQAND" GAZ TAʼMINOTI FILIALI TOMONIDAN SUYULTIRILGAN GAZ TAʼMINOTIDA YANGI MEXANIZMLARNING JORIY ETILISHI HAMDA KUZ-QISH MAVSUMIDA AHOLIGA UZLUKSIZ GAZ YETKAZIB BERISH XUSUSIDA

Bu haqda Samarqand viloyat telekanalida so‘z bordi

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😊😊😊😊😊

🎙 “Aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlashning bugungi holati va istiqbollari”

“O‘zbekiston 24” radiosining “Radio muloqot” dasturida “Hududgazta’minot” AJ boshqarma boshlig‘i A. Yo‘ldashev ishtirokida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi rejalar xususida so‘z bordi.


💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning YUNЕSKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на церемонии открытия 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the opening ceremony of the 43rd session of the UNESCO General Conference

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#eslatma

Isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga oshiriladi — 500 kub metr


Noyabr — fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart — oktyabrda esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” belgilangan.

Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli yuqori boʻlganligi sababli Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr — fevral oylarida bir oylik “bazaviy meʼyor” 500 kub metr qilib belgilangan.

Manba: VMQ-204-son, 16.04.2024-yil.

Bundan tashqari, Prezidentimizning qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.

Kompensatsiya miqdori:
💡Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;
👨‍👩‍👧‍👦 Tabiiy gaz uchunqish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

📆 Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda.

💵 Shuningdek, 2025/2026-yilgi isitish mavsumi uchun noyabr oyida har bir ehtiyojmand oilaga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi.

Eslatib o‘tamiz, havo haroratidan kelib chiqib, Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, mazkur bazaviy meʼyorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatlariga o‘zgartirish kiritishi mumkin.

Qayd etish kerak, xonadonlarni isitishda energiya tejamkor gaz jihozlaridan foydalanish, isitish tizimi quvurlarini izolyatsiyalash tabiiy gaz sarfini kamaytirishga yordam beradi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/31 02:00:33
Back to Top
HTML Embed Code: