Telegram Web Link
✔️Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi

📆 2023-yil 24-iyul kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinovlari respublikadagi 29 ta katta sig‘imli binoda 2 smenada tashkil etilib, unda 28 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

📚 Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkazildi.

🔺 Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 50 daqiqa vaqt berildi.

🫥 Test sinovi natijalari 5 kun ichida hisoblanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mandat imtihon kunidan keyin 1 haftada chiqadimi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

▶️ Abituriyentlar test sinovida ishtirok etgan kunining ertasigayoq o‘z natijasini bilib oladilar.

🖥 Bunda abituriyentning javoblar varaqasi rangli skaner qilinib, shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi va u yerda nechanchi savolga qaysi javob belgilangani, bu javob to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ko‘rsatiladi.

👨🏻‍🎓 Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta ichida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilinadi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️Rasman: Maktabda oʻqib turib, universitetda ham oʻqisa boʻladi

O'zbekistondagi Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiluvchi Xalqaro universitetda ta'lim olish imkoniyati endilikda maktab oʻquvchilarida ham mavjud.

📥Hujjatlar 29-iyulga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

IT sohasida professional mutaxassis bo'lishni istagan abituriyentlar va maktabning 11-sinf o'quvchilari uchun PDP University'da qabul davom etmoqda.

🗓 Imtihon Mantiq va Matematika fanidan 30-iyul kuni boʻlib oʻtadi.

Imtihondan yuqori ball olgan abituriyentlar 10 mln so'mlik vaucher bilan taqdirlanadi!

❗️Savollar tugʻilsa quyidagi raqamga bogʻlaning:
+998787777747

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasman: 2023-yilda testda qatnashadigan abituriyentlar 1 mln lik dovondan osholmadi

🆕2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish testida ishtirok etadigan abituriyentlar 948 486 nafarni tashkil etdi.

📌Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

📊 Kunduzgi ta’lim shakli — 545 616 nafar;
📊 Kechki ta’lim shakli — 22 867 nafar;
📊 Sirtqi ta’lim shakli — 373 169 nafar;
📊 Masofaviy ta’lim shakli — 6 834 nafar.

❗️Joriy yilda testga kiradigan abituriyentlar soni 1 mlnga ham yetmadi

🔺Avvalroq, 1 mlndan oshiq abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgani aytilgan edi. Demak, salkam 70 ming abituriyent testga kirish uchun to‘lovni amalga oshirmagan va ular ro‘yxatdan o‘tmagan deb topilgan.

💬Maʼlumot uchun, o‘tgan yili 1 mln 146 ming 744 nafar abituriyent testga kirishi belgilangan edi. Demak, joriy yilda testga kiradigan abituriyentlar soni o‘tgan yilgiga qaraganda deyarli 200 mingdan kamroq bo‘ladi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️Elektron platformalarda uzilishlar kuzatilmoqda

🔺Ayni paytda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining server qurilmalari joylashgan hududda elektr energiyasidagi uzilishlar natijasida magistr.edu.uz, transfer.edu.uz va my.edu.uz elektron platformalari orqali ariza topshirish imkoni vaqtinchalik cheklanmoqda.

❗️Hududga elektr energiyasi kelishi bilan server qurilmalari ishi tiklanib, elektron platformalar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️2023-2024 o‘quv yilida OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nega ruxsatnomalarda test vaqti soat 6:30 hamda 13:30 ko’rsatilgan?
#abituriyent

Joriy yilda 3 yillik tanaffusdan so’ng test sinovlari yana yopiq binolarda o’tkaziladi. Shu sababli test vaqtlari ham o’zgardi va 1-smena soat 8:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da BOSHLANADI.

Lekin ruxsatnomalarga qarasak, 1-smena vaqti soat 6:30 deb, 2-smena vaqti esa 13:30 deb yozilgan. Nega unaqa?

Sababi bu yerda test o’tkaziladigan joyga yetib kelish vaqti ko’rsatilgan. Har yili qayta-qayta ta’kidlashga qaramay, yuzlab abituriyentlar testga kechikib keladi. Kechikkanlar testga kiritilmaydi, boshqa kuni qayta topshirishga ham ruxsat berilmaydi. Ular 1 yilini ko’kka sovuradi.

Agar hozir ruxsatnomaga soat 8:00 yozilsa, minglab abituriyent aynan shu vaqtning o’ziga taqab keladi, natijada testdan qolib ketishadi. Chunki abituriyentlar bir necha bosqichli tekshiruvdan o’tishadi va bunga ham ancha vaqt ketadi.

Shunga ko’ra, ruxsatnomaga 1 yarim soat avvalgi vaqt ko’rsatilgan. Testga kamida 1 soat vaqtliroq keling hamda xotirjam o’z joyingizni egallang. Kechikib kelib, ulguramanmi deb xavotirlanib, shosha-posha yugurib, hali test boshlanmasidan o’zingizni asabiylashtirmang, bu natijaga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa ota-onalar buni nazorat qilishsa, yaxshi bo’lardi.

❗️ESLATMA: Test sinoviga kirish uchun pasport bilan birga albatta abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozda chop etib (printerda pechat qilib) olgan bo‘lishingiz kerak (rangli bo‘lishi shartmas, oq-qora ham bo‘laveradi).

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️ Test sinovi o‘tkaziladigan binolar

📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:
👉 https://uzbmb.uz/page/test_2023

👨🏻‍💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
☄️ Barcha abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, ertadan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlanadi.

📆 Test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustga qadar ikki smenada:

1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

✔️ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!

❗️Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul boshlandi

2023-yil 1-avgust kuni Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Talabgorlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Adliya vazirligining yuridik texnikumlari” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida tahsil olish istagini bildirgan talabgorlar 20-avgust kuniga qadar (20-avgust kuni ham) onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2023-yil 1-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

1-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️ Uchinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2023-yil 3-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

3-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
#Qabul2023   #RasmiyMunosabat

Ushbu test topshiriqlari kitobi diagnostik test sinovlariga oid bo‘lib, OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
#Qabul2023   #RasmiyMunosabat

🟢Turli telegram kanallarda Sardor ismli abituriyentga tegishli javoblar varaqasi tarqatilib, unda 90 ta test topshirig‘ini ishlagan abituriyent 0 ball olgani muhokama qilinmoqda.

1️⃣ E’lon qilinayotgan rasmdan ham ko‘rish mumkinki, ushbu javoblar varaqasi joriy yilga emas, balki 2022-yilda o‘tkazilgan test sinovlariga tegishli.

2️⃣ Internetda tarqalayotgan ushbu rasm soxta bo‘lib, aslida abituriyent test sinovi natijasiga ko‘ra 45 ball to‘plagan.

👉Izoh: chap tomondagi (telegram kanallarda tarqatilayotgan) rasm - soxta, o‘ng tomondagi rasm - haqiqiy.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://www.tg-me.com/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://www.tg-me.com/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport bilan keling!

✔️ Ma’lumki, 2023-yil 1-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi.

💬 Test sinovlari ikki smenada o‘tkazilayotgan bo‘lib, abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

🔺 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023
#ProfTa’lim

DIQQAT!

⚡️2023/2024-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlandi.

➡️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili)10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

‼️ Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

1️⃣-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2️⃣-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

👉Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

📊 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari

🔺Belgilangan tartibga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi OTMlari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) OTMlaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan talabgorlar tanlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballarini to‘plagan taqdirda, ko‘chirishga ruxsat etilishi mumkin.

❗️Ma’lumot uchun, ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan.

💬Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari ilovada (rasm)

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/02 00:38:30
Back to Top
HTML Embed Code: