Telegram Web Link
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi ta’sis etiladi

2023-yil 1-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi ta’sis etiladi.

Bunda, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning bir yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarida, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talablarga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarida Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyalar tayinlanadi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️2023-2024-yil o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalar o‘z vaqtida yetib borishlari uchun quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi:

Urganch - Toshkent
Xiva - Toshkent
Buxoro - Toshkent
Toshkent - Gʻijduvon
Toshkent - Qorako‘l
Toshkent - Shofirkon

Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 2023-yilning 3-sentabr kuniga qadar qo‘shimcha avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Avtobuslar chiptalarini avtoticket.uz saytidan elektron tarzda xarid qilish mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
🤔 1-kurs talabalari o‘qish uchun nimalar sotib olishi kerak?

👕 O‘qishga kiyish uchun forma yoki klassik uslubdagi kiyim.

✍️ Kanselyariya buyumlaridan:

✔️ Qalam (rangli ixtiyoriy)
✔️ Daftar (5-6 dona)
✔️ Matnni belgilash uchun markerlar
✔️ Mavzularni yozib olish uchun kundalik
✔️ Fayllar
✔️ Qog'oz qisqichlari
✔️ Stapler
✔️ Oddiy qalam
✔️ Lineyka (foydali)

💻 Yana har bir talabaga turli taqdimotlar qilish va uyga vazifalarni bajarish uchun kompyuter kerak bo‘ladi. Boshlanishiga bu ishlarni planshet yoki qotmaydigan telefonda qilib tursa ham bo‘ladi.

📌 Yana nimalar kerak bo‘lishi hamma talabaning qayerda o‘qishiga qarab farqlanadi.

💬 Sizga o'quv yilining birinchi kunida nimalar kerak bo'lyapti?

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘qishni_ko‘chirish_statistikasi_2023_2024_o‘quv_yili_uchun.pdf
455.2 KB
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning natijalari (oliy ta’lim tashkilotlari va davlatlar kesimida)

👨🏻‍🎓 Joriy yilda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etgan 41 122 nafar talabgorning 4 433 nafari (10,8 %) o‘qishni ko‘chirish uchun talabni bajargan bo‘lsa, 36 689 nafari (89,2 %) talabni bajara olmagan.

📈 Ularning 18 543 nafari O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan bo‘lib, 3 ta OTM talabalari 100 foizlik natija ko‘rsatgan bo‘lsa, 29 ta OTM talabalarining birortasi minimal talabni bajara olmagan.

Yuqori natija qayd etgan OTMlar:

PDP University100 % (2 nafardan 2 nafari);
Toshkent shahridagi INHA universiteti100 % (2 nafardan 2 nafari);
MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali — 100 % (1 nafardan 1 nafari);
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti51,2 % (41 nafardan 21 nafari);
O‘zbekistondagi Sharda universiteti43,9 % (57 nafardan 25 nafari).

Talabgorlarning 22 579 nafari xorijiy mamlakatlardagi OTMlardan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan bo‘lib, Janubiy Koreya (42,9%), Latviya (42,9%) va Polsha (42,9%) davlatlaridan o‘qishni ko‘chirayotgan talabalar yuqoriroq natija qayd etgan.

▶️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha eng ko‘p arizalar Qirg‘iziston (12 472 nafar), Tojikiston (4 836 nafar), Qozog‘iston (2 968 nafar) va Rossiyada (2 135 nafar) tahsil olayotgan talabalardan kelib tushgan.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ "Superkontrakt" uchun banklar davlat imtiyozli taʼlim krediti bermaydi.

Tijorat banklari oʻz imkoniyatlariga koʻra tijoriy taʼlim kreditlari berishi mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️Rasman: Kontraktdagi talabalar uchun to‘lov-shartnoma berilishi boshlandi

Bugundan boshlab kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-kursga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2 va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

🗒 Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak. Ariza OTM tomonidan ko‘rib chiqib, tadsiqlangach, talaba shaxsiy profili orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Demak, endi talabalar bemalol to‘lov-shartnomani olgach, banklardan taʼlim krediti olish uchun ariza berishlari mumkin.

ESLATMA: quyidagilar uchun hozircha shartnoma berish boshlanmadi:

🗄 magistraturaga kirganlar;
🗄 super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar;
🗄 “perevod”da o‘tish balini olib, o‘qishini ko‘chirganlar;
🗄 “perevod”da o‘tish balini to‘play olmasdan, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar.

Ushbu toifa vakillari uchun ham tez orada shartnoma olish imkoniyati paydo bo‘ladi, hozirda tegishli texnik ishlar ketmoqda.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Markaziy bank bakalavriat va magistratura talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini e’lon qiladi

🔸Mazkur tanlovda bank ishi, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, moliya va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ta’lim muassasalarida bakalavriat (kunduzgi o‘qish shakli) so‘nggi bosqichida hamda magistratura yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar tanlov asosida ishtirok etadi.

🔘Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti;
🔘Toshkent shahridagi Vebster universiteti;
🔘Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
🔘Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
🔘Toshkent moliya instituti;
🔘Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
🔘Toshkent shahridagi INXA universiteti;
🔘Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.

Stipendiatlarga qo‘yiladigan talablar:👇

🔘o‘quv jarayonida (so‘nggi o‘quv yili natijalariga ko‘ra) yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi (86% dan yuqori);
🔘davlat tilini mukammal bilishi;
🔘xorijiy tillarni (rus va ingliz) bilishi, eng kamida B2 darajasida.

Qo‘shimcha ustunlik beriladi:👇

🔘ASSA va boshqa xalqaro sertifikatlar;
🔘Python (numpy, pandas, matplotlib) dasturlash tilida ishlay olishi;
🔘Data parsing (beautiful soup, selenium) dasturida ishlay olishi;
🔘Power BI, Qlik platformalarida ishlay olishi;
🔘IELTS 7.0 darajasi;
🔘sohaga oid xalqaro yoki respublika olimpiadasi g‘olibi yoki sovrindorlari.

❗️Hujjatlar joriy yil 13 sentyabrga qadar qabul qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni OTMning rektorati orqali olishingiz mumkin.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️2023/2024 o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori belgilandi

🔰 Unga koʻra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
247-maktab malaka tavsiflari.pdf
3.8 MB
⚡️Malaka tavsiflari yangilandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi 247-sonli buyrug'i bilan:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (2-ilova);

tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlari (3-ilova);

hamda vazirlik tizimidagi respublika tashkilotlari va muassasalar hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlarining (4-ilova) malaka tavsiflari tasdiqlandi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
10-sentyabr — professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni.

Ro‘yxatdan o'tish my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali ertaga soat 23:59 ga qadar davom etadi.


@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Toʻxtasinov Ilhomjon Madaminovich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
#litsenziya

Namangan xalqaro nodavlat universitetining litsenziyasi bekor qilindi

Uchqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan “NAMXU OTM” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2023-yil 10-fevralda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 062797-sonli litsenziyasi bekor qilindi. Boʻlib oʻtgan sud majlisi muhokamalarida oliy taʼlim tashkiloti faoliyatida aniqlangan qoʻpol qoidabuzarliklar asosli hujjatlar bilan sudga taqdim etilib, oʻz isbotini topdi.

Ma’lumot o‘rnida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 10-maydagi buyrug‘iga muvofiq tekshiruv o‘tkazilib, unga ko‘ra universitet tomonidan ta’lim tashkiloti, ta’lim oluvchilar va pedagog xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar vazirlikning “HEMIS” axborot tizimiga kiritilmagani, tashkilotda rektor maslahatchisi shtati birligi joriy etilmagani, talabalarning o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi ishlab chiqilmagani, barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha adabiyotlar, shu jumladan 95 foiz adabiyotlarning elektron variantlari yetishmasligi, universitet o‘qituvchilarining 23 nafari ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar hisoblansa-da, ulardan 15 nafarining asosiy ish joyi Namangan davlat universitetida ekanligi, litsenziya talabi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 35 foiz ilmiy salohiyat belgilangan bo‘lsa-da, ta’lim tashkilotida 17 foizni tashkil etishi, ichimlik suvi va kanalizatsiya bilan ta’minlanmagani, tahsil olayotgan 858 nafar talabaga nisbatan ta’lim tashkilotining hududi yetishmasligi kabi holatlar aniqlangan edi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️Rektorlar tashkilot kengashi (jamoasi) tomonidan saylanishi mumkin

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra 2023-yil oktyabriga qadar oliy ta’lim tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini takomillashtirish va rektorlarni saylash tizimini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

Oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarini tashkilot kengashi (jamoasi) tomonidan saylash tizimini joriy qilishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Ingliz tilidan milliy sertifikat Turkiyaning Kipr Fanlar Universitetida tan olinadi

🇬🇧 Bilimni baholash agentligi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari doimiy ravishda rivojlantirib borilmoqda.

🤝 Buning uchun test formatini yanada takomillashtirish va xalqaro talablar doirasida shakllantirish yuzasidan bir qancha xorijiy tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelinmoqda.

Shuningdek, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikatni xorijiy universitetlar tomonidan tan olinishi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Natijada Turkiyaning Kipr Fanlar Universiteti (Kibris Ilim Üniversitesi –Cyprus Science University) tomonidan agentlikning ingliz tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikati rasman tan olindi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

❗️ Oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida har bir bo‘lim uchun alohida vaqt belgilanadi va test materiallari alohida tarqatiladi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15-oktyabr kimlar uchun kontrakt to‘lashning oxirgi muddati?

✔️Bakalavriat 1-kurslar;
✔️ Magistratura 1-kurslar;
✔️ Super-kontrakt bilan kirganlar uchun kontrakt to‘lashning oxirgi muddati 15-oktyabrgacha uzaydi.

Bunda kontraktning 50 foiz miqdorini to‘lash kerak. Shundan keyin 1-kurslar talabalar safiga rasman qabul qilinadi.

Eslatma: katta kurslar kontraktni qachon to‘lashini OTMning o‘zi belgilaydi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yilning_eng_yaxshi_oqituvchisi.pdf
4.4 MB
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamkorligida "Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi" tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlov shu yilning 22-sentyabr – 20-oktyabr kunlari oralig‘ida o‘tkazilib, 3 bosqichda tashkil etiladi.

Tanlov g‘oliblari 25 million so‘mlik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, 2-o‘rin sohiblariga (2 nafar) monoblok, 3-o‘rin sohiblariga (2 nafar) noutbuk hamda nominatsiyalar g‘oliblariga turli xil esdalik sovg‘alari tadqim etiladi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️Oʻqishdan yiqilgan barcha abituriyentlar va "перевод" chilar xususiy universitetga imtihonsiz qabul qilinadi

Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar:
1. Pasport nusxasi;
2. Diplom yoki attestat;
3. 3x4 foto 6 ta;
4. "перевод" uchun transcrip yoki akademik maʼlumotnoma.

Hujjatlar shu yilning 30-sentyabr qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali va unversitetning hududiy bo'limlarida qabul qilinadi.

🇺🇿 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori bilan foizsiz kredit orqali kontrakt summasi to'lanishi mumkin va o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

👉 mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlari joylashtirilgan barcha talabgorlar oʻqishni IMTIHONSIZ "перевод" qilishlari mumkin.

Bundan tashqari kontrakt summasini 4 ga bo'lib to'lash mumkin.

Murojaatlar uchun maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 24/7 rejimida ishlamoqda va istalgan masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga +998555000043 va onlayn shaklda murojaat qilishingiz mumkin!

© Manba

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talaba qanday holatlarda akademik taʼtil olishi mumkin?

JAVOB:

harbiy xizmatni oʻtash uchun;
salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik va tugʻish uchun;
bolalarni parvarish qilish uchun;
oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun akademik taʼtil beriladi.
〰️〰️〰️

SAVOL:
Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati qay tartibda ko‘rib chiqiladi?

JAVOB:
Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.

Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.

Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

@Abituriyent | Axborot portali👇
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://www.tg-me.com/+ZH5DcTY67FBlOGYy
⚡️ O'zbekistonni kuchli o'zgarishlar kutmoqda. Bu avvalgidek bo'lmaydi.

Qorabog‘dagi vaziyat O‘zbekiston fuqarolari hayotiga ham ta’sir ko‘rsatadi: Turkiya va Ozarbayjonning mintaqadagi roli ancha oshadi, yangi infratuzilma loyihalari tufayli aholi uchun yuzlab imkoniyatlar yaratiladi.

Mintaqamizdagi muhim voqealar va yangi imkoniyatlar haqida ertaroq tanishish uchun AZfront kanalini kuzatib boring.

Bu yerda bir guruh ekspertlar Qorabog‘dagi mojaro O‘zbekistonga qanday ta’sir qilishi va bundan keyin xalq hayoti qanday o‘zgarishi mumkinligi tushuntiradi.

Mazkur kanal orqali siz haqiqatni yolg'ondan osongina ajrata olasiz va bo'lajak o'zgarishlarga tezda moslasha olasiz. Obuna bo'ling: https://www.tg-me.com/+5oFO0aQ67wRlYjYy
2025/07/01 02:11:42
Back to Top
HTML Embed Code: