Telegram Web Link
✔️ Birinchi ish joyini tanlash

Birinchi ish uchun qanday ishlarni tanlagan yaxshi?

▶️Qoida oddiy. Birinchi ishimiz puldan tashqari ko’chiriladigan ko’nikmalarni ham berishi kerak.

Boshqa ishlarda ham ishlatsa bo’ladigan ko’nikmalar - ko’chiriladigan ko’nikmalar. (Misol uchun, Google docs da ishlash)

1️⃣ O’qituvchilik. Soddalashtirish. Auditoriya e’tiborini ushlab turish. Bilimini o’tkaza olish ko’nikmalarini beradi. Menejerlik, tadbirkorlik, sotuvchilik, blogerlikda kerak bo’ladi.

2️⃣ Sotuvchilik. Birinchi ishim oziq ovqat do’konida sotuvchilik bo’lgan. Begonalar bilan gaplasha olish, ko’ndirish, tinglash. Hamma kasblarda kerak bo’ladi.

3️⃣ Fast food tarmog’i. Intizom bilan ishlash. Yo’riqnomalarga amal qilish. O’z ishini yangilarga o’rgatish. Intizom hamma ishda kerak. Kollejlarimiz o’rgata olmayotgan intizomni Makdonalds o’rgatyapti degandi W.Buffet.

4️⃣ Kopirayting. Matn orqali ta’sir o’tkazish. Fikrni tiniqlashtirish. O’quvchilar holatiga tusha olish. Menejerlik, tadbirkorlik, ilm, marketing, blogerlik, sotuvchilikda kerak bo’ladi.

5️⃣ Tadbirkor/Olim yordamchisi. Parda ortida qolib ketadigan ko’p jarayonlarga perspektiva ochiladi. Turli instrumentlar ishlatish o’rganiladi. Ko’p ishlarni qilishda ishonch paydo bo’ladi. Shaxsiyat o’zgaradi. O’zi yordamchi bo’lgan inson yo’lidan ketishda yordam beradi.

6️⃣ Video montaj. Kontentning asosiy qismi hozir video. Trendlar, diqqatni qarata olish, ushlash. Tadbirkorlik, marketing, sotuvda kerak bo’ladi.

🖊️ Aziz Rahimov

Safimizga qoʻshiling 👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#motivatsiya

Biron ishni boshlashingiz yoki muvafaqqiyatga erishishingiz uchun yoshning ahamiyati muhim emas!

Videoni albatta ko'ring!

Safimizga qoʻshiling 👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
#foydali

Javoblar varaqasini qanday bo'yash kerak

Javob: Tanlangan javobga tegishli bo‘lgan doiracha to‘liq bo‘yalmasa, och rangli pasta yoki boshqa rangda bo‘yalgan bo‘lsa, javoblar varaqasini o‘qish qurilmasi bo‘yalgan doirachani tahlil qila olmaydi. Bunday holat bo‘yicha abituriyent e’tirozi qabul qilinmaydi.

Shuning uchun, titulni to'g'ri bo'yashni yaxshilab o'rganib oling, hurmatli abituriyentlar!

Safimizga qoʻshiling 👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
#motivatsiya

​​​Vaqtingizni zoye ketkazmang!

“Uxlayapsan – vaqt ketmoqda. Ovqatlanyapsan – vaqt ketmoqda. Transportda ketayapsan – vaqt ketmoqda. Qanday qilib pul topish haqida o‘ylayapsan – vaqt ketmoqda. Telefonda gaplashyapsan – vaqt ketmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tiribsan – vaqt ketmoqda!

Yil oydek, oy haftadek, hafta soatdek, soat daqiqadek, daqiqa esa soniyadek. Bu degani sening vaqting ketmoqda va hech qachon qaytib kelmaydi.

Hayotimizning asosiy valyutasi – bu vaqtdir. Tavakkallik haqida o‘ylaguncha kimdir tavakkal qiladi va muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Qaror qabul qilish haqida o‘ylaguncha, kimdir o‘z qarorini qabul qiladi va muvaffaqiyatga erishadi. Sen bemani narsani yaratgancha, kimdir bir umr uchun yaratadi.

Foydasiz ishlar bilan shug‘ullansang, kimdir foydali ish qiladi. Senda har kuni muammo bo‘lishi mumkin – kuchli bo‘l! Har kuni katta muvaffaqiyatlar haqida hayollar kelishi mumkin, lekin buni hayol qilib qoldirma.

Har kuni turli xil insonlar bilan muloqot qilishing mumkin. Barcha bilan muloqot qil, shunda insonlarni ko‘ra olasan.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
⚡️Rasman: IELTS endilikda BEPUL oʻqitiladi

3.4 milliard soʻmlik Grant eʼlon qilindi.

❗️Kvota miqdori: 1200 ta

🇺🇿 Respublika miqyosida Registon taʼlim loyihasi hamda Xalqaro "British Council" tashkiloti hamkorligida yoshlarga "Registon IELTS Granti" tanlovining III mavsumini start berildi.

Ushbu Grant orqali 1200 nafar yoshlarni mutlaqo BEPUL o‘qitish rejalashtirilgan.

📥Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

👉 Batafsil maʼlumot

© Manba

👨🏻‍💻 Ro'yxatdan o'tish:
👉 @IELTS_Registan_bot

Safimizga qoʻshiling 👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ Dars qoldirayotgan o‘quvchilarning xonadoniga «Ogohlantirish xati» yuboriladi

Respublikadagi barcha maktablarga ota-onalarga yuboriladigan “Ogohlantirish xati” namunalari yetkazilgan bo‘lib, bu orqali darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilar oila a’zolarining mas’uliyati va javobgarligi ham oshiriladi.

Endilikda maktab mas’ullari tomonidan shu namunadagi “Ogohlantirish xati” tezkor ravishda o‘quvchilarning yashash manzillariga yetkaziladi.

“Ogohlantirish xati”da ota-onalar o‘z farzandlarining maktabga borishini ta’minlash mas’uliyatini oshirish maqsadida MJtK 47-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun har bir maktabga Milliy gvardiya ofitserlari biriktirilgan.

📌 MJtK 47-moddasiga asosan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi —

BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilish —

BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

Kun.uz” tomonidan e’lon qilingan “Xususiy OTMning litsenziyasi to‘xtatilsa, undagi talabalar nima qiladi?” sarlavhali maqola bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini tashkil etish va litsenziya talablari buzilganlik holatlari bo‘yicha vazirlikka kelib tushgan norozilik murojaatlari asosida tekshirish natijalariga ko‘ra hozirga qadar lisenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun 6 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining tegishli litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga davo arizalari kiritildi. Shundan 5 tasining tegishli litsenziyalari sud qaroriga ko‘ra bekor qilingan bo‘lsa, 1 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son Qarorga ko‘ra litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga belgilangan tartibda ko‘chirish huquqi vazirlikka berilgan.

Shundan kelib chiqib, bugungi kunga qadar sud jarayonlari to‘liq yakunlangan va litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlari – “Valley Innovative University”, Urganch shahridagi Binari universitetining barcha talabalari tegishli tartibda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirildi. Hozirda litsenziyasi bekor qilingan boshqa oliy ta’lim tashkilotlarining talabalarini o‘qishini ko‘chirish ishlari tashkil etilmoqda.

Vazirlik litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlarining biron-bir talabasi ko‘chada qolmasligini ma’lum qiladi. Barcha talabalarning arizasiga asosan o‘qishi belgilangan tartibda boshqa oliygohlarga ko‘chirilishi ta’minlanadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Safimizga qoʻshiling 👇

https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Salom, yangi talabalar! Bugun biroz shumlikni siz bilan baham ko'rmoqchimiz😉

Talabalikda sizga zerikarli tuyiladigan eng ko'p uchraydigan holatlardan biri qo'lyozma referatlar, mustaqil ishlar yozish, konspektlardir.

Quyida matnlarni qoʻlda yozilganga "aylantirib" beruvchi saytlar ro'yxati👇🏽

🖊️ writerer.online;
🖋
️ Evilcoder.ru;
🖋️
handwrittner.com;
🖋️
coo.by/writer.

Postni saqlab qo'ying va do'stlaringizga ulashing. Ular hademay sizga asqatadi!😉

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇

https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazishmoqda va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqda.

🔗 Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/service/10

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Keling, biroz kulishamiz! 🎭

Bir student kundalik xarajatlarga pul topish uchun mardikor bozorga chiqibdi. O‘zi kichkina ozg‘in ekan, hech kim ishga yonlamabdi. Bir payt qora Mers kelib to‘xtabdi. Ichidan uchta krutoy odamlar tushib to‘g‘ri uning oldiga kelib: — Sen to‘g‘ri kelasan, yur ish bor, - deb uni olib ketibdi.

🐒 Studentni hayvonot bog‘iga olib borishibdi. Hayvonot bog‘i direktori: — Uka senga 200 ming so‘m beraman, hayvonot bog‘iga komissiya kelayapti, maymunimiz o‘lib qolgandi. Tuppa tuzuk maymunga o‘xshaydigan bola ekansan, komissiya ketguncha maymunning niqobini kiyib, maymun bo‘p tur, - debdi.

Student rozi bo‘libdi.
Komissiya kelibdi. Student "bu zo‘r maymun ekan", - o‘ylasin deb karatega tushib tomosha ko‘rsatayotganmish. Komissiya a’zolaridan biri:
— Bu karatist maymun ekan, kelinglar sher bilan urishtiramiz, - debdi.

🦁 Sherni maymunning qafasiga qo‘yvorishibdi. Sher studentga o‘kirib yaqinlasha boshlabdi.
Student burchakda. Sher yaqinlashgan sari, studentning ishtoni og‘irlasharmish. Nihoyat sher studentning yoniga kelib:
— o‘o‘o‘, qo‘rqma bratishka, menam TOShMIda o‘qiyman, - dermish

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imtihon arafasidagi stress nima?

Har bir kishi o'z hayotida eng kamida bir marta jiddiy imtihon topshiradi va imtihon yaqinlashgan sari o'zida paydo bo'layotgan noodatiy hislarni sezadi. Bu albatta tabiiy holatdir.

⬇️ Agar bu jarayonni faqat o'zingizni individual xususiyatlaringiz bilan bog'liq deb o'ylasangiz, yanglishasiz. Imtihondan oldingi stressning yuzaga kelish sabablari turlicha bo'lishi mumkin. Quyida shulardan ba'zilarini keltirib o'tamiz.

1️⃣ Eng asosiy sabab – imtihonga jiddiy yondashmay, yuzaki tayyorlangan bo'lsangiz, uning mohiyatini bor bo'yicha tushunganingizdan keyin stressga tushishingiz tabiiy hol.

2️⃣ Bu holat ayniqsa maktablarda , o'qituvchilarning uslubiy xatosi tufayli sodir bo'ladi: o'quvchiga yordam va motivatsiya berish o'rniga unga tazyiq o'tkazish – albatta salbiy stressni yuzaga chiqaradi.

3️⃣ Yaxshi dam olmaslik. Ko'pchilik shu omil tufayli aziyat chekadi. Yaxshi xordiq chiqarmaslik oqibatida kishi o'z fikrini jamlab olishi qiyin bo'ladi va hayajonlanib, stressga tushadi.

4️⃣ Eng oddiy sabab – tajribasizlik. Umrida birinchi marta jiddiy imtihonga kirayotgan inson kuchli hayajonga berilishi tabiiy hol.

Siz o'zingizni stressingiz sababini qaysi deb bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring▶️

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BILASIZMI

Vazirlar Mahkamasining 666-sonli qarori bilan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasi joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 7-bandida o‘g‘il bolalarning sochi 2-3 santimetrdan uzun bo‘lmasligi nazarda tutilgan.

Hatto unda kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi, qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan kamida 5-15 santimetrdan pastda bo‘lishi, oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo‘lmasligi, ko‘ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan bo‘lishi ham belgilab berilgan.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

7️⃣ Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir kuni bu sodir bo'ladi! 🌟

📥 Telefoningizni qo'lingizga olasiz va siz talabalikka tavsiya etildingiz degan so'zlarni o'qiysiz.

Keyin-chi, undan keyin nima qilishingiz haqida o'ylab ko'rganmisiz?

Talabalikka erishganingizdan keyin qanday orzularingiz bor? Keling, shu to'g'risida biroz suhbat quraylik :)

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yilda qanday savollar tushadi deb o'ylaysiz ? 🤣

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
🌟 Uzum IT-akademiyaga qabulni boshladi!

O'z mahoratini oshirishni va yangi bilimlarni olishni istagan yosh va tajribali mutaxassislar uchun milliy raqamli ekotizimning IT-akademiyasining yangi oqimida 4 ta yo'nalish mavjud. Eng yaxshi amaliyotchi-mutaxassislardan o'rganing!

Ro'yxatdan o'tish 29 martgacha ochiq!

👉 uzum.tech

Batafsil
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida yosh koʻrsatkichiga koʻra gʻolib “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi

27-fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Hukumat qarori bilan tasdiqlangan aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi haqida ma’lumot berildi.

G’oliblar va sinovlarini muvaffaqiyatli bajargan shaxslar bir yil mobaynida quyidagi imtiyozlar va ragʻbatlantirishlardan foydalanadi:

1-oʻrin: «Temurbeklar maktabi»ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi
1-oʻrin – davlat yoʻlovchi tashish shahar transportida bepul hamda hududlararo harakatlanishda 50 foiz chegirmali toʻlov bilan imtiyozli yurish imkoniyatini taqdim etadi (bundan taksi mustasno)
1, 2 va 3-oʻrin:
farzandlari maktab, bogʻcha, shuningdek, yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlariga navbatsiz joylashtiriladi
ish joyi hisobidan dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yoʻllanmalar taqdim etilad
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat toʻlovining 50 foizini chegirma bilan toʻlaydi va muddatli harbiy xizmatga birinchilar qatorida ustunlik bilan yuboriladi.

Har yili mart — noyabr oylarida beshta yoʻnalishda sport sinovi ishtirokchilaridan quyidagi tartibda sport sinovlari qabul qilinadi:

mart-aprel — 7 yoshdan 17 yoshgacha;
aprel-may — 18 yoshdan 29 yoshgacha;
avgust-sentyabr — 30 yoshdan 49 yoshgacha;
oktyabr-noyabr — 50 yosh va undan katta yoshdagi shaxslardan;
noyabr — davlat tashkilotlari xodimlari;

🏃‍♂️ Joriy yilning 1-mart kuni 208 ta tuman (shahar)da 1 tadan umumtaʼlim maktablarida sport sinovlari qabul qilishga start beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari amaliy sinovlardan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤲 RAMAZON TAVSIYALARI

☝🏻 «Ro‘zadorman, kuni bo‘yi harakat qilsam och qolaman, harakatdan qolib holsizlanaman», deb aslo o‘ylamang. Ro‘zada odam doim ohista harakatda bo‘lishi kerak, harakat va ochlik sog‘ligimizni tiklashimizga va mustahkamlashimizga ikki karra hissa qo‘shadi.

Harakat qilmasdan faqat yotib yashash esa sekin-asta yurakning kam urishi va organizmning shunga ko‘nikib qolishiga, holsizlanish holatlariga olib keladi, bu esa ibodatlarimizga ham o‘z ta'sirini o‘tkazishi mumkin. Saharlikdan so‘ng 4–5 kilometr piyoda sayr qilib olish, iftorlikdan keyin esa taroveh namozlarida qoyim bo‘lish tavsiya qilinadi.

💤 Sutkasiga kamida 7 soat uxlab olish kerak, lekin kunduzi och qorinda uxlashga sharoiti borlar bu uyquni kamida ikkiga ko‘paytirib, hisob-kitobini olib borishi kerak. Ya'ni kunduzgi 1,5–2 soatlik uyqu tungi 4–5 soatning o‘rnini bosadi. Bunga sabab — oshqozonimiz toza holatda bo‘lishidir. Ko‘proq peshindan keyin uxlab olish tavsiya qilinadi.

🌞 Quyosh nuri garchi o‘z issig‘i bilan qiynasa-da, lekin bizni chiniqtirib, hozirda organizmimiz uchun muhim bo‘lgan D vitaminiga to‘yintiradi, tana qurilishimizni mustahkamlaydi. Har kuni ertalabki 15–20 daqiqa sayr bilan, quyosh nurida chiniqib olish kerak.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤲 RAMAZON TAVSIYALARI

Iftorlikdan saharlikkacha ovqatlanishingizga qarab quyidagi mahsulotlardan birini qo‘shib iste'mol qilsangiz, immunitetingiz oshishiga juda yaxshi foyda qiladi:

✔️ Oshqovoq urug‘i bir osh qoshiq nonushta bilan birga. 
✔️ Zaytun yog‘i bir osh qoshiq kechqurun yotishdan oldin. 
✔️ Sedana (siyohdona) yog‘i bir osh qoshiq kechqurun ovqatdan so‘ng. 
✔️ Asal bir osh qoshiq ertalab suvga qo‘shib. 
✔️ Oq karrak urug‘i (rastoropsha) 10 dona iftorlikdan oldin yoki so‘ng.  
✔️Arab xurmosi 4 dona saharlik va iftorlikda. 
✔️ Jiyda 10 dona saharlikda. 
✔️ Braziliya yong‘og‘i 1 dona saharlikda. 
✔️ Imbirli choy saharlik va iftorlikda.
✔️ Dolchinli choy saharlik va iftorlikda.
✔️ Malinali choy saharlik va iftorlikda. 
✔️ Na'matak damlamasi iftorlikda.
✔️ Za'faron damlamasi haftada ikki marta.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔 #Mulohaza

Ilgarilari OTMga kirish qiyin, oliygohlar sanoqli, ballar yuqori, imkoniyat haminqadar edi. Kechalari uxlamay, tirishib o'qishga tayyorlanganlarimiz, faqat bitta universitetni tanlash majburiyati sabab tahlikada yashaganlarimiz, imtihonda necha ball olganimizni bilishni 15 kunlab kutganimizni eslayman. Va o'qishga kirganimiz biz uchun yirik g'alaba, juda qadrli yutuq edi...

Bugun o'zim OTMda o'qituvchi ekanman, talabaning ko'zida o't ko'rmayman. Bir nechta oliygoh tanlash imkoni, xususiy OTMlar sonining ko'payib ketganligi o'qishga kirishning jozibadorligini kamaytirgandek.

Nima qilish kerak? Ilgari o'qishga kirish uchun yo'nalish tanlash (kasb tanlash) abituriyentning eng muhim vazifasi bo'lgan bo'lsa, endigi maqsad oliygohni ongli tanlash bo'lishi kerak. Chunki xususiy OTMlar ochilishi va kvotalarning kengayishi bilan qandaydir ma'noda ta'limdagi monopoliya ham yo'qoldi. Endi ma'lum bir kasbga tayyorlaydigan bir emas, kamida to'rt-beshta oliygoh bor.

Abituriyentlar berilgan yengilliklarni suiiste'mol qilmay, ta'limga yana jiddiy qarashlari vaqti keldi. Bo'lmasa nimaga o'qishga kirgani-yu, nimaga bitirayotganini bilmay umri o'tib ketayotgan oliy ma'lumotlilar armiyasi safi kengayib boraveradi...

Albatta, bularning bari IMHO!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!👇
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tg-me.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/12 05:12:17
Back to Top
HTML Embed Code: