Telegram Web Link
✔️ Prezident xato qildi!

Biz dunyodaging eng katta bilim, iqtidor, tarixiy ahamiyat, pul va kuchga ega insonlarni ham bemalol tanqid qilamiz. Ammo o’zimizga kelganda … :)

EQ darajasini aniqlash uchun siz o'z xatti-harakatlaringizni tahlil qilishingiz kerak. Quyidagi hislar - odatlar sizda qancha ko’p bo’lsa EQ darajasi pas deb tahmin qilishga asos bor.

• Doimo xafa bo'lasiz va boshqalarni kechirishni bilmaysiz;
• Ko'pincha sizni noto'g'ri tushungan deb o'ylaysiz;
• Stressga dosh berolmaysiz — “portlab” ketasiz;
• Nimani his qilayotganingizni va nima uchun ekanligini tushunmaysiz;
• Boshqalarni ko’p tanqid qilasiz va samarasiz bahslashasiz;
• O'zgarishlardan qo'rqasiz va yangi narsaga moslashish uchun uzoq vaqt talab etiladi.

Bu umumiy belgilar va deyarli har bir kishi ularda o'zini taniy oladi.

#EQ 2/10
🔥6👍311👌1💯1🤝1
🔥51👍1👌1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍112💯2👏1👌1
✔️ Ahmoqlarning miyasi — juda kichik, lekin nihoyatda qudratli bo’ladi

U tana og‘irligining atigi 2 foizini tashkil etsa-da, kunlik energiyaning taxminan 20 foizini sarflaydi. Bu — juda katta raqam.

Shu sababli miya energiyani tejashga intiladi. Uning asosiy maqsadi — keraksiz yoki ma’nosiz ishlarga kuch sarflamaslik.

Agar siz biror ishga diqqat qaratishga qiynalayotgan bo‘lsangiz, miyangiz bu faoliyatni siz uchun yetarlicha muhim deb topmagan.

Shuning uchun dangasalik, ko‘pinncha mazmun yetishmasligidir. Ma’no, sabab va foyda — miyani harakatga keltiradigan asosiy kuchlar.

Darvoqe, faqat ahmoqlarda emas, boshqa barcha odamlarda ham shunday :)
👍3😁2
✔️🎙️ Yuqoridagi postga izoh
👍31🔥1
✔️ O’zini tanigan Robbini taniydi deb o’rgatishganku axir ustozlar

O'zimizni aniq taniganimizda ko'proq ishonchli va ijodiyroq qarorlar qabul qilamiz, kuchliroq munosabatlar o'rnatamiz hamda samaraliroq muloqot qilamiz.

Top 3 zamonaviy usul

1. Reflektiv yozuv/jurnal yuritish. Har kuni yoki haftada o‘z fikrlaringiz, his-tuyg‘ularingiz, xatti-harakatlaringiz haqida yozib boring.

2. Tashqi feedback (fikr-mulohaza olish). Oila, do‘stlar yoki hamkasblardan siz haqingizda fikr so‘rab, o‘zingiz haqingizda biling.

3. “Nima?” va “Qanday?” savollar. O‘zingizga “Nega bunday qildim?” deyish o‘rniga — “Nima sabab bo‘ldi?” yoki “Bu holatni qanday yaxshilashim mumkin?” kabi savollar bering.

#EQ 3/10 Emotsional Intelekt haqida o’nta maqola
👍3🔥21
✔️ Xato qilganingizni bilganingizda xursand bo’ling

Hissiy darajada bu qiyin. Chunki, Inson “noto’g’ri, “xatokor” bo’lib chiqishni xohlamaydi. Shuning uchun, o’sha on bizga yoqmaydi.

Ammo, shu on sababli biz kelajakda o’nlab, balki yuzlab shunday xatolarni qayta qilmaymiz.

Xato qilganingizni bilganingizda xursand bo’ling!
4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍52
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍3🤝1
✔️ Oddiy hayotiy vaziyat…

Har qanday tizim o’zining ichida o’ziga qarshi bo’lgan elementlarni aniqlaydi va zararsizlantiradi…
👍3🔥1🤯1
2025/07/13 16:55:39
Back to Top
HTML Embed Code: