☄️ Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Eko-innovation–2025” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
🤔 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 19-iyun kungi 228-sonli buyrug‘iga asosan oliy ta’lim tashkilotlarida “Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi” doirasida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Eko-innovation–2025” ko‘rgazmasi yuqori saviyada tashkil etildi.
🤔 Tadbirni institut rektori B. Jollibekov ochib berdi hamda barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
🤔 Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi innovatsion g‘oyalarni aniqlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish, yosh ixtirochilarni rag‘batlantirish va jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirishdan iboratdir.
🤔 Mazkur ko‘rgazma quyidagi uch yo‘nalishda tashkil etildi:
✅ Atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash, chiqindilarni qayta ishlash va kamaytirish;
✅ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
✅ Innovatsion ekologik texnologiyalar va qurilmalar.
🤔 Ko‘rgazmada institutning talabalar, magistrant va doktorant yosh olimlari ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan eng sara innovatsion ishlanmalari va loyihalarini taqdim etdilar.
🤔 Tadbir yakunida hakamlar hay’ati tomonidan loyihalar har bir yo‘nalishda doyrasida saralanib, g‘oliblar institut rahbariyati tomonidan 1-, 2-, 3-darajali diplomlar hamda mos ravishda 6, 4 va 2 million so‘mlik vaucherlar bilan taqdirlandilar.
✅QARAQALPAQSTAN AWÍL XOJALÍǴÍ HÁM AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTÍ málimleme xizmeti.
✅Telegram | 🌐 Instagram |📹 Youtube | ✅ Facebook |
🌐 Web-sayt