Telegram Web Link
Аyol erining familiyasiga oʼtish mumkinmi

Xotin erning familiyasiga oʼtishi mumkinmi Bu ishda xotinni majburlab boʼladimi?

🔤🔤🔤🔤🔤🔣 Sharʼiy jihatdan xotin erning familiyasiga oʼtishi joizdir. Аyol bu masalada ixtiyoriy boʼlib, uni bu ishga majburlab boʼlmaydi.

Shuni ham eslatib oʼtish joizki, bu urf bizga oʼzga xalqlardan kirib kelgan va ota-bobolarimiz ichida bu urf mavjud boʼlmagan. Islomdagi asl qoida hamma oʼz otasining nomi bilan chaqirilishi kerak. Hatto asrab olingan farzandlar ham. Qurʼoni karimda:
«U (asrandi bola)larni otalarining nomi bilan chaqiringlar...” deyilgan (Аhzob surasi, 5-oyat).
Oʼz otasi boʼlmagan odamni bu mening otam deb va buning ortidan kelib chiqadigan sharʼiy hukm (meros, mahramlik, nafaqa va boshqa)larni daʼvo qilish shariatda harom qilingan ishlardandir. Bu haqda hadisi shariflarda bayon qilingan. Hatto moʼminlarning onalari ham Paygʼambarimiz alayhissalomga nisbat berilmadilar (masalan, Oysha bintu Аbu Bakr deyilgan).

Lekin zarurat boʼlganda, masalan, yashab turgan davlatida talab shunday boʼlsa yoki urfda erining familiyasiga oʼtish mavjud boʼlsa, albatta, oʼsha odamning farzandi ekanini daʼvo qilmasdan, uning familiyasiga oʼtishi joizdir.
Qadimdan odamlar orasida oʼzaro bir-birlarini tanish turli yoʼllar bilan boʼlgan. Falonchining oʼgʼli, falonchining mavlosi (yaʼni ozod qilgan quli), falonchining xotini kabi nisbat berish holati joriy boʼlgan. Erining familiyasiga oʼtish ham goʼyo falon oilaga kelin boʼlgan degani kabidir. Vallohu aʼlam.

O'MI Fatvo markazi.
Kanalga a'zo bo‘ling: @VAQFUZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#vaqf #viloyatlar
NAMOZ VAQTLARI:
04.07.2025 - JUMA

📱 Do'stlaringizga ulashing!!!
Kanalga a'zo bo'ling: T.me/vaqfuz

“Eslating! Zero, eslatma mo‘minlarga manfaat yetkazur” (Zoriyot surasi, 55-oyat).
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Аshuro

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Аshuro kunining roʼzasi – Аllohdan umid qilamanki – bir yil oldingi gunohlarga kafforat boʼladi”, deganlar. (Imom Muslim rivoyati).

🗓 9-Muharram – 4 iyul - juma
⏱️ Saharlik (ogʼiz yopish) vaqti: 03:11
⏱️ Iftorlik (ogʼiz ochish) vaqti: 20:03

🗓 10-Muharram – 5 iyul - shanba
⏱️ Saharlik (ogʼiz yopish) vaqti: 03:12
⏱️ Iftorlik (ogʼiz ochish) vaqti: 20:02

📱 telegram: @VAQFUZ
Instagram | Facebook | Youtube | Telegram | Tiktok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 06:29:06
Back to Top
HTML Embed Code: