Telegram Web Link
#Yoshlar_oyligi
#Samarqandga_sayohat

Samarqand - ey ko'hna diyor..
.

Avval xabar berganimizdek, Andijon davlat universiteti talaba-yoshlari "Yoshlar oyligi" doirasida koʻhna Samarqand shahriga sayohat uyushtirgan edi.

Ayni damda Andijon davlat universiteti ustozlari va talabalari Registon maydoni majmuasini ziyorat qilib, mashhur me’moriy obidalar bilan tanishmoqda.

Bu kabi sayohatlar ichki turizmni rivojlantirish bilan bir qatorda madaniy hordiq olish va diyorimizda mavjud ko'zga ko'ringan joylarni kezib chiqish imkonini ham beradi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rektor_faoliyati

Universitet rektori Qo'rg'ontepa tumanidan biriktirilgan mahalla yoshlari bilan uchrashdi

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар
https://uza.uz/uz/posts/rektor-mahalla-yoshlari-muammolarini-organdi_493876
#Iqbol_gazetasi

📰Rektor mahalla Yoshlari muammolarini o'rgandi

🏛Andijon davlat universiteti rektori, biologiya fanlari doktori, professor Akramjon Yuldashev haqida "Iqbol" gazetasining №12 sonida e'lon qilingan maqola bilan tanishing.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Tabrik

Qadrli jurnalistlar, matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar!


Siz, azizlarni 27-iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari” kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Bugun dunyoda tahlikali vaziyat hukm surayotgan bir vaqtda kuchli huquqiy davlat va pirovardida fuqarolik jamiyatini qurish maqsadimiz ustuvor bo’lib qolaveradi. OAV, jurnalistlar va blogerlar huddi oyna kabi yuzimizga kamchiliklarimiz va muammolarimizni ko‘rsatib bermoqdaki, bu barchaga birdek foydali va manfaatli bo‘lmoqda. Bugun Andijon davlat universiteti barcha turdagi OAV hamda blogerlar bilan samarali hamkorlik olib bormoqda va bundan keyin ham doimo ochiq muloqotda bo‘lishini bildirib o‘tmoqchiman.

Sizlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

👉rektor sahifalari Telegram / facebook
Assalomu alaykum aziz vatandoshlar!
Qadrli universitet jamoasi!

Muqaddas bayramlarimizdan biri bo‘lgan Qurbon hayiti bilan barchani chin qalbimdan muborakbod etaman!

Ushbu saodatli, nurli kunlarda barcha mo‘min-musulmonlarning duo-iltijolarini, savobli amallarining ijobatini berib, el-yurtimizni, xonadonlarimizni fayz-u barakaga to‘ldirsin! Ko‘pmillatli xalqimizni mehrli-oqibatli qilsin!

Bugungi shukuhli kunlarda oilalar mustahkamligi, farzandlarimiz baxti, yoshlarimiz har tomonlama yetuk, odob-axloqli, Vatani, xalqi, din-u diyonatiga sodiq bo‘lib kamolga yetishlarini so‘rab duoi xayrlar qilish hammamizning burchimiz va vazifamizdir.

Ushbu kunlarga sog‘-salomat yetkazgani uchun Allohga beadad shukronalar aytib, jonajon O‘zbekistonimiz porloq istiqboli, tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi yanada ziyoda bo‘lishini Parvardigordan so‘rab qolamiz.

Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Andijon davlat universiteti rektori
Akramjon Yuldashev

Facebook | Telegram
#Munosabat
#Uza_uz

Yoshlarni yot gʻoyalardan asrash yurtimiz ziyolilarining qalb amridir

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi faollari hamda bir guruh maʼrifat targʻibotchilarining Oʻzbekiston xalqiga murojaatini oʻqib, ochigʻi, juda xursand boʻldim. Murojaatda maʼnaviyatimiz, yosh avlod tarbiyasi, qadriyatlarimizni asrab-avaylash bilan bogʻliq juda koʻp muhim masalalar xususida soʻz yuritilgan.

Batafsil

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#rektor_minbari

📰Oziq-ovqat xavfsizligi masalasida tanaffus bo‘lmaydi

Andijon davlat universiteti rektori, biologiya fanlari doktori, professor Akramjon Yuldashevning "Xalq so‘zi" gazetasining №174 sonida e'lon qilingan maqolasi bilan tanishing.

👉🏻Batafsil:Ushbu havola orqali o'qishingiz mumkin.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Tabrik

Aziz vatandoshlar!
Qadrli universitet jamoasi!

Oʻzbekistonimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan barchangizni, butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklayman. Ona yurtimizning tinchligi va farovonligiga koʻz tegmasin.

Aziz jamoa, siz va siz orqali oila aʼzolaringizni O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.

Osmonimiz musaffo, hayotimiz toʻkin va sochinlikda oʻtsin. Mustaqil yurtga hamisha bayramlar yarashadi, toʻylar yarashadi. Ana shunday shodiyonalar, toʻy-u tantanalar har bir xonadonning mehmoni boʻlsin.

Barchamizga, jonajon yurtimizning kamolini, unda yashovchi ko`p millatli bebaho xalqning mamnuniyatini, farzandlarimiz va yosh avlodning baxtu iqbolini, buguni va yorqin ertasini ko‘rish nasib etsin!

Yana bir bor Sizlarni Mustaqillik ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy mu­borakbod etaman!

Facebook | Telegram
Сўнгги йилларда ёшлар сиёсатини амалга ошириш соҳасида муҳим ислоҳотлар амалга оширилмоқда. Айниқса, ижтимоий ҳимояга муҳтож ёшларни қўллаб-қувватлаш, ижтимоий ҳаётга қўшилишларини таъминлаш борасида катта ишлар амалга оширилмоқда. Хусусан, инклюзив таълимни ривожлантириш, олий таълим муассасалариги ўқишга киришларига имтёзларни тақдим қилиш шулар жумласидан.

Мен ҳам ўз фаолиятимда ижтимоий ҳимояга муҳтож ёшлар билан ишлашни алоҳида йўналиш сифатида белгилаб олганман.

Куни кеча университетга бириктирилган "қизил" тоифага кирувчи ижтимоий ҳимояга муҳтож ёшлар ҳолидан хабар олиш мақсадида Қорасув шаҳрида бўлдим.

Мирзо Улуғбек МФЙдаги 15 нафар ана шундай тоифадаги ёшларнинг хонадонларига бирма-бир кириб, уларни мустақиллигимизнинг 32 йиллиги билан қутладим. Ёшлар билан суҳбатлашдим, фикрларини тингладим. Уларнинг ҳолидан хабар олиб туришимни, муаммолари юзасидан доимо мурожаат қилишларини айтдим. Байрам муносабати билан озиқ-овқат маҳсулотлари, қимматбаҳо совғалар тақдим қилдик.

Facebook | Telegram
#Rektor_tabrigi

Yangi o’quv yilida yangi muvaffaqiyatlar hamrohingiz bo’lsin!

Boshlanayotgan har bir kun, har bir daqiqa siz uchun yangi bir imkoniyatlar eshigini ochadi. Porloq erta uchun bugun mashaqqatli mehnat qilish talab etiladi. Mustaqil Oʻzbekistonimizning shonli kelajagi uchun siz-u biz bugun harakat qilmogʻimiz zarur.

Mana, safimiz ulkan marralarni koʻzlagan gʻayratli yigit-qizlar bilan boyidi. Yana bir guruh mutaxassislarni yurt kelajagini bunyod etishlari uchun jamiyat faoliyati tomon kuzatib qoʻydik.

Hurmatli yigit-qizlarim! Sizlar bilan 2023/2024 oʻquv yilida ham ulkan marralarni zabt etishdan umidvorman. Ilm yoʻlidagi harakatlaringizga faqat va faqat muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

🎗Yangi oʻquv yilingiz muborak boʻlsin!

Facebook | Telegram
2024/06/03 06:22:07
Back to Top
HTML Embed Code: