Telegram Web Link
Erkin ta'lim erkin jamiyatning asosi!

Suhbatda ta'limning siyosiy, ijtimoiy va madaniy tomonlari yoritildi.

Kamoliddin aka ta'limdagi asosiy muammolarni atroflicha tahlil qilib berdi. Ko'rish uchun pastda havola qoldiraman.

Iltimos, qo'llab-quvvatlang!

https://youtu.be/VFv2Mz4ZYGQ?si=WbgYufCxk89cyHA2
Amirxon Valijonov | Blog
#muhim "AI (sun'iy intellekt) sizning ish o'rningizni egallamaydi. AIni ishlata oladigan odam ishingizni tortib oladi. Zudlik bilan eng tez fursatda AI ishlatishni o'rganing va ishingizni yo'qotmaysiz". Jensen Huang - NVIDIA asoschisi
Kim aytdi sizlarga tarjima sun'iy intellekt bilan qilinsa, sifatsiz bo'ladi deb? Masala, sun'iy intellektdan qilinishida emas, ustidan tahrirlab chiqilmasligida bo'ladi.

Yaxshi muharrir intellektdan 10 marta sifatsiz tarjimaniyam yaxshi tahrirlab beradi. Keyin bugungi kun bilan hamnafas bo'lish kerak, yo'qsa, ortda qolgan oldingilarga yetib ololmaydi hech qachon.
"Dars berish bu o'quvchining miyasini bir haftadan keyin esdan chiqadigan ma'lumot bilan to'ldirish emas".

Kamoliddin Rabbimov "Erkin ta'lim himoyasida" kitobi haqidagi podcastdan
Tasavvur qiling.

Bir kun ertalab turdingiz va telefoningiz yonmayapti. Sababini televizordan yoki qo'shnilardan soʻrasangiz, hukumat chet el saytlariga VPN bilan kirganingiz uchun telefoningizni oʻchirgan. Yoqtirish uchun esa politsiyaga borishingiz kerak.

Undan ham qizigʻi, hukumat telefoningizga majburlab bir ilovani oʻrnatdi va bu ilova sizning har qanday xatti-harakatingizni toʻliq nazorat qiladi. Oʻrnatmasangiz yoki oʻchirib yuborsangiz, hibsga olinasiz. Shunday davlatda yashagan boʻlarmidingiz?

Bu holat 2015-2017-yillarda Xitoyda Shinjon (Sharqiy Turkiston)da joriy qilingan.

Manba: "Sinostan" kitobi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Karimov O'zbekistonni qanchalik kambag'al qilgani raqamlarda
2025/07/07 18:47:06
Back to Top
HTML Embed Code: