Telegram Web Link
Nima deb o'ylaysiz? AI - sun'iy intellekt qaysi sohalarga nisbatan talabni keskin pasaytirishi mumkin?
Anonymous Poll
31%
Copyrighter
50%
Dizayner
12%
Marketolog
7%
Izohda sizning variant
πŸ‘3
Do'stlar, bugun AIni sifatli content yozib berish, yozganingizni baholash qirralarini ham o'zim uchun kashf qildim.

Masalan, "Yumshoq kuch" uchun ishlagan kontentimning matnini AI ga yuborib, baholab ber, dedim. 4 ta mezon bo'yicha o'lchar ekan: muvofiqlik, aniqlik, ijodkorlik, ishonchli ma'lumot berish.

Yaramas, AQSHni "turli nostandart ozchilik madaniyatini targ'ib qilishda" noxolis ayblab qo'ygansiz deb o'ylayman, deydi. AI meni xolis bo'lishga chaqiryapti.πŸ˜… Lekin umuman olganda jozibali yozibsiz deb maqtab ham qo'ydi.
😁33πŸ‘10
2024-yil boshida eng muhim o'zimga o'zim qilgan tavsiya: Zudlik bilan AIni o'rganishni boshlash kerak.

O'qiganlar o'qimaganlarni boshqaradi. Bu qoida doim ishlab keladi. 2024-yildan boshlab esa AIdan foydalanadigan o'qimishlilar boshqalardan doim oldinda bo'ladi. O'zi shundoq ham biroz kech qolibmiz.
πŸ‘10❀1
AIni AIdan o'rganamiz.

Men eshitgan ma'lumotlarga ko'ra, dunyoning eng katta gigant kompaniya rahbarlaridan 25 kishi OpenAI jamoasiga ChatGPTning 4-avloddan keyingi avlodini tez chiqarmaslikni iltimos qilishibdi (πŸ˜…). Dunyo 4-avlod nimalarga qodir-u, uning foyda va zararlari qandayligini xulosa qilishiga vaqt so'rashibdi. Ilon Mask esa OpenAIga raqobatchi AI kompaniyaga asos solibdi.

AI hozircha nimalarga qodir?

U insonning ovozini xuddi o'zidek qilib o'xshata oladi. U 2024-yildan boshlab film oladi. U hozirning o'zida musiqa yozyapti. U kitob yoza oladi. U she'r yozadi. U tarjima qila oladi. U tibbiyot sohasiga ham kiryapti. Kasallikka diagnoz qo'yib beradi. U media sohasida inqilob qiladi. U har qanday mashinani sifatli boshqara oladi. U nisbatan adekvat maslahatchi bo'la oladi. U xavfsizlikni ta'minlaydi. U harbiy sanoatga ham kirib keldi. U ancha yaxshi dizayner. U tez montaj qilib beradi. Xullas, tugamaydi.
πŸ‘27😒5❀2πŸ€”2
πŸ”₯πŸ”₯πŸ”₯"Kitobxona" ilovasi App Storeda test rejimida ishga tushdi.

Shu o'rinda aytishim kerakki, ilovani yuklab olganlar soni deyarli 2 mingga yaqinlashdi. Sotuvlar soni esa 220 ta bo'ldi. Ilova App Storeda to'la faoliyat boshlab, chet eldagi kitobxonlar uchun Visa va Mastercard to'lov tizimlari orqali sotib olish imkoniyati yaratilganida boshqa nashriyotlarga hamkorlik taklif qilishni boshlaymiz.
πŸ”₯15❀4πŸ‘4⚑1
Toshkentning havosini ko'ryapsizlarmi? Bu dahshat. O'pkam undan ko'ra nafas olmaylik deb yolvorayotganga o'xshaydi.
😒32😁3πŸ‘2πŸ€”1
Qo'pol bo'lsa ham aytaman. Osmonni "bizniki musaffo, mussaffo..." deb bir joyga tiqishdi.

2030-yilga qadar O'zbekistonda qilinishi kerak bo'lgan eng muhim ish bu havoni 20-30 yil oldingi holatga keltirish uchun hamma ishni qilishdir. Havo iflos bo'lgan joyda mlrdlar ham, farovon hayot ham, sifatli ta'lim ham tatimaydi.
😒27πŸ’―22πŸ‘9❀1
Xayrli kech! Hech AIdan o'zingizni tanishini so'raganmisiz? Men bugun AIga (biri ChatGPT4, biri Microsoft Copilot) shunday savol berdim: "Menga Amirxon Valijonov haqida ma'lumot bera olasanmi?".

AIning javobini rasmda ko'rishingiz mumkin. Muhimi, ikkisi ham meni tanirkan)
πŸ‘25πŸ”₯5😁3πŸ₯°2😱1
Forwarded from Bir oyda bir kitob
"10 kunda bir kitob"ning yanvar oyi uchun 2-kitobi.

Kitob bir ma'noda siyosiy, bir ma'noda diniy hisoblanadi. Chunki unda adolatli rahbarlik diniy misollar bilan yoritilgan bo'lib, muallif har bir mavzu doirasida o'zidan ilgarigi xalifalar hayotidan yorqin dalillar keltiradi.

Bu asar yozilganiga deyarli 1000 yil bo'lyapti. Lekin butun sharq olamida hali ham mashhur. Sababi Nizomulmulk bir vaqtning o'zida siyosiy arbob ham edi va hokimiyatni ich-ichidan tushunardi. Yozgan har bir gapining asosi borligi asarning umrini boqiy qilgan.

Kitobni xarid qilish uchun @ibook_uzbekistan profiliga murojaat qilishingiz mumkin. Bu kitobdan har biringiz katta foyda olishingizga ishonaman!
πŸ‘9πŸ₯°1
Forwarded from iBooK.uz
🀩 14-yanvar uchun to'plamlar!

πŸ“š iBooK har yilgi paypoq va dastro'mollardan ko'ra foydali bo'ladigan sovg'alar to'plamini taqdim etadi! Ushbu to'plamlarda "siyosiy", "shaxsiy rivojlanish" va "diniy" kitoblar mavjud bo'lib, yigitlar uchun kerakli mavzulardagi asarlar tanlangan.

🎁 To'plamlarni xarid qilgan kitobxonlarimiz uchun sovg'a o'ramlari mutlaqo tekin bo'ladi!

πŸ˜‰ Shoshiling! 14-yanvarga ham oz qoldi!

Buyurtma uchun:
πŸ“₯ | @iBook_Uzbekistan
πŸ“ž | +998881181199
🌐 | ibook.com.uz
πŸ“ | Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

πŸ’¬ Telegram | πŸ“Ή Instagram | πŸ“± Facebook
πŸ‘3πŸ”₯2
iBooK.uz
🀩 14-yanvar uchun to'plamlar! πŸ“š iBooK har yilgi paypoq va dastro'mollardan ko'ra foydali bo'ladigan sovg'alar to'plamini taqdim etadi! Ushbu to'plamlarda "siyosiy", "shaxsiy rivojlanish" va "diniy" kitoblar mavjud bo'lib, yigitlar uchun kerakli mavzulardagi…
8-martda hamma sovg'a olishga tushib ketadi, lekin negadir bechora 14-yanvarning hurmati biroz pastroq. Shu vatan himoyachilari kunini ham bizda bo'lgan eng katta imperiyani qurgan Amir Temurning tug'ilgan kuniga - 9-aprelga moslab qo'ysak mantiqan to'g'riroq bo'lardi, menimcha.
πŸ‘42😁10πŸ”₯5❀3πŸ’―3⚑2😒1
Bizning 28-kitob va hozirgi ishxonam)
πŸ‘30πŸ”₯5❀3
Youtubeda o'zbek tilidan tashqari rus, ingliz tilida turli xil kanallarni faol kuzatib boraman. Shularning ichida eng yoqtirganlarimdan biri "Poslezavtra" nomli vlog. 15-20 daqiqa ichida katta mavzuning eng muhim qirralarini gapiradi va tinglovchiga foydali kontent beradi. Shu vlogdan ilhomlanib Youtubeda kitob sohasida video olishni boshladik.

Birinchi videoyimiz Jozef Nayning "Yumshoq kuch" kitobi haqida batafsil videotaqriz bo'ldi. Video ssenariysini 3 kun yozdim, montaj 1 haftaga yaqin vaqtni oldi. Youtubedagi ilk kontentimizga baho bering. Arzisa, qo'llab-quvvatlang. Yaxshi chiqqan bo'lsa, like va izohlarni ayamang.

Video linki: https://youtu.be/f3y8kdUA1Jg
πŸ‘19❀2πŸ’”1
Siz ham "budilnik"ni o'chirib, yana qayta uxlash uchun qo'yasizmi?)
πŸ‘34😁24😒6❀1
Bugun ibook va Tirilish uchun 2 ta o'ta muhim shartnomalar imzolanishi mumkin.
πŸ”₯25πŸ‘7πŸ€”2
2025/07/11 18:06:59
Back to Top
HTML Embed Code: