Forwarded from Amirxon Valijonov
11-MAKTUB
O‘ZBEKDAN MIRZAGA, ISFAHON
Shuurimga murojaat qilish uchun o‘zingnikini rad qilmoqdasan; mendan maslahat so‘rash darajasiga borib yetibsan; senga saboq bera oladi, deb o‘ylaysan. Qadrdonim Mirza! Men haqimda yaxshi fikrda ekanligingdan ko‘ra do‘stona munosabatingni ko‘proq qadrlayman.
Iltimosingni ado etish uchun o‘ta mavhum mushohadalarga murojaat qilib o‘tirmoqchi emasman; shunday haqiqatlar borki, ularga ishonish kamlik qiladi, ularni his qilish lozim. Axloq-odob ham shunday haqiqatlar qatoriga kiradilar. Moziydan olingan ushbu lavhaning maza-bemaza falsafadan ko‘ra ko‘proq senga nafi tegar.
Bir vaqtlar Arabistonda trogloditlar deb ataluvchi kichkina qabila bo‘lgan; bu qabilaning odamlari, muarrixlarga ishonadigan bo‘lsak, odamdan ko‘ra ko‘proq hayvonlarga o‘xshab ketganlar. Ular xunuk — badbashara bo‘lmaganlar: ayiq singari jun bilan ham qoplanmaganlar, irillamaganlar; ko‘zlari ikkita bo‘lgan, lekin shunchalar badjahl va vahshiy bo‘lganlarki, oralarida hech qanday adolat va haqiqat tamoyiliga joy qolmagan.
Trogloditlarni bir zamonlarda kelib chiqishi ajnabiy bo‘lgan qirol boshqargan; u qabila a’zolaridagi badfe’llikni yo‘qotish niyatida xiyla qattiqqo‘llik bilan siyosat yurgizgan; biroq fitna uyushtirib, qirolni o‘ldirdilar va butun oilasini qirib tashlaganlar.
Fitnadan so‘ng trogloditlar hukumat saylash uchun yig‘ildilar va ko‘p tortishuvlardan keyin qozilik lavozimini ta’sis etdilar. Biroq ko‘p o‘tmay, chiday olmasdan o‘zlari saylagan qozilarni ham mahv etdilar.
Yangi istibdoddan qutulgan xalq endi o‘zining yovvoyi tabiatiga quloq osdi; hammalari bundan buyon hech kimga itoat qilmaslikka, o‘zga bilan ishi bo‘lmay, faqat o‘z foydasini ko‘zlashga kelishdilar.
Yakdillik bilan qabul qilingan bu qaror barcha trogloditlarga ma’qul tushdi. Ularning har biri: menga daxli yo‘q odamlar uchun o‘lib-tirilib ishlash menga zarurmi? Faqat o‘zimni o‘ylayman, baxtli hayot kechiraman. Boshqalar baxtiyor bo‘ladilarmi-yo‘qmi, necha pullik ishim bor? oʻzimning barcha ehtiyojlarimni qondiraman; muhimi — barcha zaruriy narsalar o‘zimda bo‘lsin, boshqa trogloditlarning qashshoqligi mening ishim emas, — der edi.
Yerga urug‘ qadash oyi keldi. Har kim: yolg‘iz o‘zimni to‘yg‘azishga yetarli bo‘lgan g‘alla unadigan yerga ishlov bersam bas; boshqasi men uchun befoyda; bekorga mehnat qilib nima qilaman, — degan xayolda edi. Bu mitti podshohlikning yerlari bir xil emasdi: u yerda hosilsiz va tog‘li maydonlar, ko‘pgina irmoqlardan suv ichuvchi vodiylar bor edi. O‘sha yili qattiq qurg‘oqchilik bo‘ldi; shu sababli adirlarda joylashgan yerlar umuman g‘alla bermadi, sug‘oriladigan maydonlarda esa hosil mo‘l bo‘ldi. Shu boisdan tog‘li aholining deyarli hammasi, qabiladoshlari toshbag‘irlik qilib, hosilni ular bilan baham ko‘rmaganliklari uchun ochlikdan qirilib ketdi.
Kelasi yili juda seryomg‘ir keldi; baland joylardagi yerlar favqulodda mo‘l hosil berdi, pastlikdagi yerlar esa, suv ostida qolib ketdi. Xalqning yarmi yana ochlikdan ohu-fig‘on ko‘tardi, ammo sho‘ring qurg‘urlar o‘zlari namoyon qilgandek toshyuraklikka duch keldilar.
E’tiborli kishilardan birining juda go‘zal xotini bor edi; qo‘shnisi bu ayolga oshiq bo‘lib qoldi va uni o‘girladi. Katta janjal sodir bo‘ldi; anchagina so‘kishish va mushtlashishlardan so‘ng, nihoyat, mubohasani hal qilishni Respublika davrida obro‘-e’tibori bo‘lgan bir trogloditning ixtiyoriga topshirishga rozi bo‘ldilar. Ular trogloditning qoshiga borib da’volarini bayon qildilar. “Ayol senikimi, unikimi? — Menga aslo qizigi yo‘q. Men yerimni haydashim kerak. Vaqtimni o‘z tashvishlarimni qo‘yib, sizlarning ixtiloflaringizni bartaraf qilishga sarflamaymanku, axir! Meni tinch qo‘yinglar va g‘alvangiz bilan meni boshqa ovora qilmanglar”, — dedi troglodit. Ushbu so‘zlar bilan ularni tark etdi va o‘z yerini haydashga ketdi. Ancha kuchliroq bo‘lgan olibqochar o‘lsam o‘lamanki, bu ayolni qaytarib bermayman, deb ahd qildi; qo‘shnisining adolatsizligi va qozining shafqatsizligidan darg‘azab bo‘lgan ikkinchisi esa, noumid bo‘lib uyiga qaytdi; yo‘lda buloqdan qaytib kelayotgan yosh va go‘zal juvonni uchratib

qoldi. U endi xotinsiz edi; juvon unga yoqib qoldi, juvonning hozirgina qozilik da’vosini qilgan va iztiroblariga sherik bo‘lishni xohlamagan o‘sha odamning xotini ekanligini bilgach, uni ko‘proq yoqtirib qoldi. U ayolni o‘g‘irladi va uyiga keltirdi.
Bir odamning yaxshigina serhosil yeri bo‘lib, unga tirishqoqlik bilan ishlov berardi. Ikkita qo‘shnisi til biriktirib, uni uyidan haydadilar, yerini egallab oldilar; ular bu yerni bosib olmoqchi bo‘lganlarga qarshi ittifoq tuzdilar; haqiqatan ham, ushbu ittifoq tufayli ular bir necha oy davomida turli hamlalarga bardosh berdilar. Biroq ikkalovidan biriga, bittasiniki bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsani baham ko‘rish joniga tekkach, biri ikkinchisini o‘ldirdi va yerning yagona sohibi bo‘lib oldi. Uning hokimligi uzoqqa cho‘zilmadi: ikkita boshqa troglodit unga hujum qildi, troglodit ulardan o‘zini himoya qilishga ojizlik qildi va qurbon bo‘ldi.
Deyarli yalang‘och bir troglodit sotuvga qo‘yilgan junni ko‘rib qolib, narxini so‘radi. — To‘g‘ri, ikki me’yor g‘alla sotib olish uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha pulga sotishim mumkin; lekin sakkiz me’yor g‘alla sotib olish uchun to‘rt baravar qimmat sotaman, — deb xayol qildi sotuvchi. Xaridor rozi bo‘ldi va talab qilingan pulni to‘ladi. — Yaxshi, — dedi junni pullagan savdogar, — ana endi g‘allali bo‘laman. — Nima deding, — dedi xaridor. — Senga don kerakmi? Menda sotiladigan don bor. Lekin faqat narxi seni ajablantirishi mumkin: g‘alla hozir favqulodda qimmat va deyarli hamma yerda ochlik hukm surmoqda. Pullarimni qaytarib ber va men senga bir meʼyor g‘alla beraman: aks holda ochlikdan o‘lsang ham senga don sotmayman.
Bu paytda dahshatli bir kasallik mamlakatni xarob qilmoqda edi. U yerga qo‘shni mamlakatdan mohir bir tabib keldi va dori-darmonlarni shunchalar o‘z o‘rnida ishlatdiki, unga murojaat qilgan har bir bemor shifo topdi. Kasallik chekingach, u davolagan kishilarning oldiga borib, tabobat haqini so‘radi; hamma yerda rad javobini oldi; uzoq yo‘l azobidan horib-charchab vataniga qaytdi. Lekin ko‘p o‘tmay, kasallik yana tarqalganini va ko‘rnamak yurtni avvalgidan ziyodroq g‘orat qilayotganini eshitib qoldi. Bu safar tabibning kelishini kutib o‘tirmasdan, odamlarning o‘zlari uning huzuriga keldilar. — Jo‘nab qoling, g‘irromlar, — dedi u, — qalblaringizda siz davosini topmoqchi bo‘lgan kasallikdan ko‘ra halokatliroq zahri qotil bor; sizning ro‘yi zaminda yashashga haqqingiz yo‘q, illo, sizda insoniylik yo‘q va adolat qoidalari siz uchun begona. Haqli ravishda sizga yuborilayotgan qahru-g‘azabga monelik qiladigan bo‘lsam, Yaratgan Egamni haqorat qilgan bo‘laman.
Erzirum.
Jumodus-soniy oyining 3-kuni, 1711-y.

"Fors nomalari"ning 19-maktubida O'zbek do'sti Rustanga Usmoniylar imperiyasi hududidan o'tarkan, uning qoloqligi haqida gapirib: "Ikki asr o'tar-o'tmas biron-bir istilochi zafarlar quchadigan ushbu saltanat haqida bor gap shu", deydi. Kitob ilk marta 1721-yilda nashr qilinganini hisobga olsak, Usmoniylar shundan roppa-rosa 201 yil o'tib qulatiladi. Monteskyening qahramon O'zbek tilidan aytgan bashorati to'g'ri chiqqaniga qoyil qolmay iloj yo'q.
"Rika bilan niyatimiz Parijga - Yevropaning poytaxtiga borish. Sayyohlar hamma vaqt katta shaharlarga intiladilar, zero, ular barcha ajnabiylar uchun umumiy vatandir".
"Fors nomalari"dan
P.s: Shu paytgacha o'rta asrlarning eng katta imperiyasi bo'lgan Usmoniylar poytaxti Istanbulga ko'p marta bordim. Endi Yevropa poytaxti Parijga borishni qattiq xohlayapman. Nasib qilsin.

"Yevropa ayollari to'g'risida nima deyish mumkin? Ularning yuzlariga oro berishlari va ko'zlariga surma tortishlari, arzimagan zeb-taqinchoqlari, o'z shaxsiyatlari borasidagi doimiy tashvishlari, boshqalarga yoqish uchun bo'lgan kuchli tashnaliklari - bularning barchasi ularning fazilatlari uzra dog' va erlari uchun haqoratdir".
"Fors nomalari" kitobidan
Diqqat savol! 200 yildan so'ng (asar 1721-yilda nashr qilingan) yuqoridagi ta'riflar sharq ayollariga ham mos tushadimi?

"Fors nomalari"da yozilishicha, 18-asrning birinchi yarmida Rossiya imperiyasida o'ziga xos qoidalar amal qilgan. Masalan, qirol mamlakat bo'ylab aroq ichishni taqiqlab qo'ygan. Oilada bo'lsa erning ayolga muhabbati uni qanchalik muntazam do'pposlashi bilan o'lchangan. Uzoq vaqt kaltak yemagan xotin haqida "eri sevmas ekan" degan gaplar tarqagan. Imperiya hududida erkaklarning soqolni oldirib tashlashi or-nomus masalasi bo'lgan va hokazo.
Hozir Rossiyada hammasi boshqacha. Ayoli erini do'pposlaydigan va eng ko'p aroq ichadigan millat bo'lgan desak mubolag'a bo'lmaydi)

"Mendan Fransiyada yahudiylar bormi deb so'rabsan: shuni bilib qo'yki, qayerda pul bo'lsa, o'sha yerda yahudiy bor. U yerda ular nima ish qiladilar, deb so'rabsan: Eronda nima ish qilsalar, bu yerda ham shu ish bilan mashg'ullar; osiyolik yahudiy ovro'polik yahudiyga o'xshagani kabi hech narsa bir-biriga o'xshash bo'lolmaydi".
"Fors nomalari" kitobining 60-maktubidan
P.s: boykot bularga qarshi eng katta qurol ekanligining yana bir isboti. Bularning xudosi - pul. Pul keltiradigan narsalarini xarid qilmasak, shuning o'zi katta qarshilik bo'ladi.

"Fors nomalari"da yozilishicha, ajrashish huquqi er-xotinga berilgan eng muhim huquqlaridan biri bo'lib, aynan u sabab rishtalar yanada jipslashishi mumkin ekan. Nasorolar o'z vaqtida er-xotinni ajrashish huquqidan mahrum qilib, aholi soni kamayishiga va odamlar o'rtasida bo'ydoqlik haddan ziyod ko'payib ketishiga sabab bo'lishgan ekan.
Bu borada muallif bilan bahslashish mumkinmi? Ajrashish huquqining bo'lmasligiga qanday qaraysiz?

Bizda "Fors nomalari", "Kulayotgan odam"lardan oldin mana shu ikkala ajoyib kitoblar nashr qilinyapti. Ertadan bosma ishlari boshlanadi. Mavzulariga to'xtalmasdan muqova va mualliflarning o'zidan xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Siz qaysi asarni ko'proq kutyapsiz?
Hyugoning "Kulayotgan odam"ini boshladim. Asar bir ma'noda inqilobiy ruhda yozilgan ekan. Dastlabki "qichitma" iqtiboslardan biri:
"Lord davlatga xiyonat qilishda ayblanganida ham qiynoqqa solinishi mumkin emas. Lordga jallod tamg'a urolmaydi. O'qishni bilmasa ham lord olim odam hisoblanadi. U tug'ilishdan savodli".
P.s: U tug'ilishdan savodli degan joyiga maza qildim)

#iqtibos
"Musulmon odam foydali va yaxshi bayonotlarga ezgulik va haqqa yordam bergan holda layk bosadigan bo'lsa va bu xususda niyatini to'g'ri qilgan bo'lsa, shu ishi uchun ham savob oladi. Chunki biz yaxshilikka uning miqdori bilan javob berishga yoki undan ham yaxshiroq bo'lgan narsa bilan javob berishga buyurilganmiz".
"Ijtimoiy tarmoq odoblari" kitobidan

Yil boshida rejalashtirgan bir nechta kitoblarimiz chiqishi turli xil sabablarga ko'ra kechikyapti. Lekin oxirgi 2 kun ichida ketma-ket xushxabarlar olyapmiz. Masalan, bahorda Din ishlari bo'yicha qo'mitaga topshirganimiz "Alloh kimni yaxshi ko'radi?" kitobiga ruxsat chiqibdi. Yana Uinston Cherchillning "Ikkinchi jahon urushi" kitobi bo'yicha tarixchi Ixtiyor aka Esonov va Muso Karimbayev bilan hamkorlikka erishdik. Bu kitob ham tayyor.
Bundan tashqari, Monteskyening "Fors nomalari", Makiavellining "Hukmdor", "Mulohazalar (Respublikachilik haqida)" kitoblari tayyor bo'ldi. Oy oxirida Zakariyaning "Erkinlikning kelajagi", Millning "Erkinlik haqida" kitoblari tahriri tugaydi.
Yaqin 2 oyda shu kitoblarni birin-ketin nashr qilishga qodir qilsin ilohim.

Mashinamni sotmoqchiman. 38.000 yurgan. 2022-yil dekabr Kia avtosalonidan yangi olingan. 23.000$ga beraman. Olaman deganlar bilan savdolashamiz. Deyarli hamma narsasi elektron. Juda yumshoq va mazza qilib haydaydigan mashina. Sotishimning sababi haqida keyinroq post qilaman.
Murojaat uchun: @amirxon_olim
Murojaat uchun: @amirxon_olim
Sportdagi muvaffaqiyatlar meritokratiya kuchining yaqqol namunasi. Siyosatda esa meritokratiya ishlamaydi, nepotizm va korrupsiya asosiy o'ringa chiqadi. Shuning uchun siyosat va iqtisodda sportdagi muvaffaqiyatning takrorlanishi imkonsiz.