Telegram Web Link
#tarjima

"Dalaning yashil chegarasini ko'ryapsizmi, undan keyingi qumnichi? Bu ham bizning yer. Lekin ular buni buldozer bilan tekislagan, devorga yaqinlashish mumkin emas. Bu hamma fermerlar uchun qoida", deydi Safat. U isroilliklar unumdor tuproq qatlamini o'zlariga olib ketishganini tushuntirdi. U "isroilliklar" yoki "yahudiylar" so'zining o'rniga "ular" deb ishlatadi. Men har safar undan kim haqida gapirayotganini aniqlashtirib olaman va u devor tomonga ishora qiladi.

Yaqinroq borib, 500 metrlik hududda ekin ekishni boshlasa nima bo'lishini so'radim. Safat menga uni haqiqatda tushunyapmanmi, yo'qmi, bilish uchun qarab qo'ydi.

"O'ldirishadi", - dedi u va javobini yumshatishga uringandek jilmayib qo'ydi.

"Falastin. Agar o'lishim lozim bo'lsa". Nadejda Kevorkova
Hafta davomida ish bilan bo'lib ko'p kitob o'qiyolmagandim. Bugun birato'la 4 ta kitobdan 150 betga yaqin o'qidim.

1) Muqaddima 2-qism 30 bet;
2) Bo'stonul voizin 60 bet;
3) Kulayotgan odam 19 bet;
4) Палестина. Если мне надо будет умереть 33 bet.

Bir vaqtning o'zida bir nechta kitob o'qishning ko'p afzalliklari bor: zeriktirmaydi, birida diqqat pasaysa, keyingisiga o'tiladi, turli xil mavzularda ilm olasiz.

Boshqa foydalarini siz ayting 🧐
TEZ KUNDA

"Yahyo G'oziy 23 yoshda. 2008-yil dekabrda Bayt-Lahiya bombardimoni boshlanganida u qo'shnilari bilan birga xafvsiz joy deb o'ylab, BMTning "Al-Faxura" nomli maktabiga qochdi. Ammo maktabga zarba berildi, yuzidan jarohat olib, ikki ko'zi ham ko'r bo'lib qoldi. U bilan birga 82 kishi bo'lgan, hammasi halok bo'lgan, jumladan bir oiladan 11 kishi.

Oxirgi ko'rgan narsam ko'plab jasadlar edi. Keyin 16 kun reanimatsiyada xushsiz yotdim".

"Falastin. Agar o'lish lozim bo'lsa" Nadejda Kevorkova
O‘zgarishlar Ichkaridan Boshlanadi

1949-yilda Xitoy yangi davlat sifatida shakllanganida uning xalqaro ta’siri juda cheklangan edi. Biroq o‘tgan yillar davomida mamlakat ichkarisida ro‘y bergan iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar Xitoyni dunyo maydoniga olib chiqdi. Den Siaopinning islohotlari tufayli Xitoy iqtisodiyoti ulkan yuksalishlarni boshdan kechirdi va global ta’sir doirasini kengaytirdi.
Den iqtisodiy islohotlar boshlaganidan keyin Xitoy asta-sekin o‘zining qattiq ijtimoiy va iqtisodiy siyosatlaridan voz kecha boshladi. Tashqi dunyo bilan aloqalarni mustahkamlash, savdo-sotiq va sarmoyani jalb qilish maqsadida mamlakat iqtisodiy erkinlik tomon yo‘nalish oldi. 1980-yillarga kelib, Xitoyda bozor iqtisodiyoti elementlari paydo bo‘ldi va tadbirkorlik rivojlana boshladi.

"Jozibador hujum. Xitoyning yumshoq kuch siyosati dunyo tartibini qanday o'zgartirmoqda?" kitobidan
Joshua Kurlanzik
Bahor ichida Xitoy haqida 2 ta kitob chiqishi rejada. Biri rasmdagi, ikkinchisi xitoyshunos professor Ablad Xo'jayev yangi tayyorlayotgan kitob.
Nashriyotda ish ko'p va bizga qo'shimcha xodimlar kerak.
#iqtibos

"O‘zbekistonda
2005-yilda Andijon voqealaridan keyin Bush ma’muriyati Toshkentni keskin tanqid qilganida Xitoy darhol O‘zbekistonni “qat’iy qo‘llab-quvvatlashini” bildirdi va Islom Karimovni davlat tashrifi bilan Pekinga taklif qildi. Tashrif davomida Karimovga 21 marta to‘p otilishi bilan faxriy qabul tashkil etildi va ikki davlat o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi".

"Jozibador hujum" kitobidan (nomining tarjimasi yana o'ylanadi)
She'r o'qishga ilhom keldi, saralari tanlab qo'yilgan yaxshi kanallar yo'qmi?
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga davlat tashrifi chog'ida Prezident Emmanuel Makronga "Tirilish" nashriyotida chop etilgan fransuz adibi Viktor Gyugoning "Kulayotgan odam" asarini sovg'a qildi.
Inson to'rtta sabab bilan boshqa bir insonga yoki narsaga muhabbat qo'yar ekan.

1. Jamol. Tabiiyki barcha yaratiqlar go'zallikka intiladi.
2. Kamol. Komil inson yoki shu yo'ldagi kishi ko'ngilga yoqadi.
3. Navol. Bu ehson degani ekan, saxiy, qo'li ochiq odamga hamma muhabbatli bo'ladi.
4. Qarobat. Bu sizga qarindosh, qondosh bo'lgan yaqinlarga muhabbatli bo'lish ekan.
#iqtibos

"
Xalqaro ommaviy axborot vositalari Xitoy haqida yoritishsa ham, bu AQSH darajasida keng qamrovli emas. Natijada ba’zi jamoatchilik yetakchilari Xitoy boshqa yirik davlatlardan farqli o‘laroq boshqa mamlakatlarga hech qanday shart qo‘ymaydi yoki Pekinning istaklariga bo‘ysunishga majburlamaydi, deb ishonishlari mumkin. Ular Xitoyning yuksalishi chinakam sodda “g‘alaba-g‘alaba” strategiyasi ekaniga, ya’ni imkoniyat bo‘lishi mumkin, lekin tahdid emasligiga ishonishadi. Ammo har qanday asal oyi bir kun tugaydi. Xitoy yanada qudratli bo‘lgani sari xalqaro ommaviy axborot vositalari ham Xitoyga nisbatan tobora ko‘proq e’tibor qaratadi. Xitoyning ayrim muammolari, masalan, ortib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik yoki Pekinning Shinjon provinsiyasida musulmonlarga qarshi repressiyalari butun dunyo bo‘ylab yoritib boriladi".

"Jozibador hujum" kitobidan
#tez_kunda

"Ularni (bolalarni) kasalxonalarga, masjidlarga tashlab ketishadi. Biz esa ularni oilalarga topshiramiz. Bolalar qaramog'imizda turmushga chiqqunlaricha qolishadi va biz ularga ish topib beramiz.
Soqov va kar bolalar uchun maxsus sinflarimiz bor. Fizioterapiya markazimiz ham mavjud. Shaharning har burchagida fizioterapiya xonalari mavjud bo'lgan bo‘limlarimiz bor. Shuningdek, rivojlanishi sekin kechayotgan bolalar bilan ham ishlaymiz.
Psixologlar va pedagoglar ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun doimiy shug‘ullanib borishadi".

"Falastin. Agar o'lishim lozim bo'lsa" kitobidan
Xitoy haqidagi kitobning ham tarjimasi tugadi, tahriri boshlandi. Aprelda nasib qilsa bizni Falastin va Xitoy haqidagi kitoblar kutib turibdi. Muqaddimaning davomi ham.
#iqtibos

"2001-yil boshlariga kelib, men Bangkok mehmonxonalariga avtobuslarda oqib kelayotgan xitoylik sayyohlarni va yuzlab xitoylik tadbirkorlarning shartnomalar imzolayotganini kuzata boshladim. Xitoy diplomatlari to‘satdan hamma joyda paydo bo‘ldi – ular tailand tilini mukammal bilishar, mamlakat bo‘ylab yangi konsulliklar va xitoyshunoslik markazlarini ochishardi. Ko‘plab tailandlik do‘stlarim endi xitoy tilini o‘rganishni istar, o‘qituvchilar Bangkokning ishbilarmonlar markazida xitoy tili maktablarini ochishar, har bir nufuzli tailandlik tadbirkor esa xitoylik rasmiylar bilan televizorda ko‘rinishni xohlardi. Xitoy Tailandning eng muhim savdo hamkoriga aylanayotgan edi. Ammo men tailandlik rasmiylardan Xitoy qanday qilib bu qadar tez mashhurlikka erishganini, qanday strategiya va maqsadlar bilan harakat qilayotganini so‘rasam, ularning aksariyati aniq javob bera olmas edi. Xitoyning yangi diplomatik yurishi yoki oddiy tailandliklarning ulkan qo‘shnisiga bo‘lgan munosabatini tahlil qiluvchi statistik ma’lumotlar, jurnalistik tadqiqotlar yoki ilmiy maqolalarni deyarli topa olmasdim".

"Jozibador hujum" kitobidan

P.s: Tailand yoki tailandliklar so'zlari o'rniga O'zbekiston yoki o'zbekistonliklar deb joylasa ham ma'no o'zgarmaydi-a?
#falastin

"Ўнлаб йиллар давом этган мисли кўрилмаган зулм ва асосланмаган шафқатсизлик фаластинликларни дунёдаги энг маърифатли, жипслашган, аъло даражада уюшган, энг фантастик таҳдидлар олдида ҳам тушкунликка тушмайдиган ва қўрқмас халққа айлантирди. Бу ерда мард болалар туғилади, улар шер юракли эркак ва аёллар бўлиб вояга етади.
Дунёнинг пулси мана шу ерда - Фаластинда уряпти. Тарих шу ерда ёзилмоқда, унинг асаб толалари шу ерда ва фақат шу ерда у ғалаба қозониш мумкин".

"Falastin. Agar o'lishim lozim bo'lsa" kitobidan
#falastin

"Инқирозни бошдан кечираётган, тушкунликка тушган ёки кундалик ҳаётнинг арзимас азоб-уқубатларидан қайғураётган ҳар бир киши Фаластин қиёфасига назар солиши керак. Шунда қуролсиз ҳолда, ҳаёт жарлиги чегарасида туриб, Худога таваккал билан - тиш-тирноғигача қуролланган душманнинг кўзига кулиб қараш қандай бўлишини тушунасиз".

"Falastin. Agar o'lishim lozim bo'lsa" kitobidan
#falastin

"Малаклар оиласи катта, 80 киши бор. Муҳаммад набираларининг сонини ҳатто санашга ҳам уринмайди: “37 ёки 40 ми? Бир ой олдин 37 та эди шекилли. Оиламизнинг бир неча уйи бор, ҳаммасини кузатиб туришнинг иложи йўқ. Биз кўпайиш орқали уларга қарши турамиз, чунки улар бизни ўлдиришмоқда - бошқа қаршилик кўрсатиш имконимиз йўқ. Ҳамма фарзандларимиз ўқийди. Яқин атрофда мактаб бор. Уруш пайтида уни бомбардимон қилишди. Машинамни ҳам бомбардимон қилиб йўқ қилишди”.– дейди Муҳаммад".

"Falastin. Agar o'lishim lozim bo'lsa" kitobidan
#falastin

“Қатар фаластинлик болаларга 10 та қайиқ эҳсон қилган эди. Исроил уларни Ғазога етказишни тақиқлади, энди бу қайиқлар Кипрда бизни кутиб турибди”, - дея қўшимча қилади Кабаритий.
Биз тўғонда тик туриб суҳбатлашяпмиз. Ёнимиздан болачалар ўтирган тор эски қайиқ сузиб ўтди. Улардан бири гондолчига ўхшаб узун эшкакни ушлаб, мувозанатини йўқотмасликка уриниб, секин-аста эшкак эшарди. Болалар, денгиз ва қуёш... Уларга оптик нишон орқали қараб, ҳикояларига қулоқ солмасдан кузатсак, буларнинг барчасини - бахт деб аташ мумкин. Ёки терроризм".

"Falastin. Agar o'lishim lozim bo'lsa" kitobidan
#falastin

"Ғазода нима ейилиши билан қизиқувчилар учун қуйидагиларни айтишим мумкин: cаккиз кунлик сафарим давомида бирор марта ҳам гўшт кўрмадим. Гўшт фақат байрамларда ейилади. Балиқ ва денгиз жониворлари ноёб таом ҳисобланади. Ғазода фаолият юритаётган БМТ шифокорларининг таклифига биноан мен тушлик қилган балиқ ресторанида, биздан бошқа ҳеч бир мижоз йўқ эди. Умуман олганда, буларнинг барчасига фақат чет элликларнинг қурби етади ҳoлос. Фақат ўзига тўқ одамлар товуқ ейиши мумкин. Аксарият аҳоли эса ҳар куни фақат гуруч ва нон билан кифояланиб, топган ҳар қандай ишидан мамнун бўлади".

"Falastin. Agar o'lishim lozim bo'lsa" kitobidan
#falastin

"Фаластинликлар камдан-кам йиғлайди, фақат жуда ёш болаларнинг йиғлаганини кўришингиз мумкин. Кейин улар қўрқув нималигини билмайдиган ботир эркак ва аёл бўлиб улғайишади, улар шафқатсиз дунёнинг камералари ва объективларига қараб кулишади. Зеро, улар адолат ўзлари томонида, дунё эса алдаётганини билишади.
Фаластинликлар ўз тарихини синчковлик билан ёзадилар".

"Falastin. Agar o'lishim lozim bo'lsa" kitobidan
2025/07/07 03:34:43
Back to Top
HTML Embed Code: