Telegram Web Link
Kitobdagi juda muhim fikr:

"Xitoy modeli, ayniqsa, avtoritar yoki yarim avtoritar davlatlar yetakchilari uchun jozibali ko‘rinadi va bu tushunarli. Tarixan Vashington Konsensusi targ‘ib qilgan tezkor bozor islohotlari siyosiy liberallashuv uchun bosim yaratgan. Keskin iqtisodiy islohotlar sharoitida hukmron tuzum o‘zgarishlarga moslashish va iqtisodiy islohotlar natijasida paydo bo‘ladigan yangi biznes vakillari hamda boshqa iqtisodiy elitalarni o‘z tomoniga og‘dirish uchun kamroq vaqtga ega bo‘ladi. Xitoy modelida esa hukumat yangi biznes elitasi va boshqa muhim shaxslarni o‘z tomoniga og‘dirish uchun yetarlicha vaqtga ega bo‘ladi, shu orqali hokimiyatni saqlab qoladi. Vetnam Kommunistik partiyasi rahbari yoki O‘zbekiston prezidenti uchun (bu yerda Karimov nazarda tutilgan) bu modelning samaradorligi inkor etib bo‘lmaydigan haqiqatga o‘xshaydi: Xitoy iqtisodiyotini katta darajada liberallashtirgan, ammo Kommunistik partiya hali ham mamlakatni boshqarib kelmoqda".
#iqtibos

"G‘arbiy Xitoyda esa qozog‘istonlik, pokistonlik va o‘zbek savdogarlar gavjum Xitoy bozorlariga kelishadi va ko‘pincha o‘sha yerda qolib, Xitoyning etnik jihatdan xilma-xil jamiyatiga singib ketishga harakat qilishadi. Laosda laoslik ayollar xitoylik er izlashadi, chunki xitoylik erlar ularni Xitoyga olib ketishlariga umid qilishadi. Laosliklar uchun Xitoy modernizatsiyaning ramzi bo‘lib tuyuladi".

"Xitoyning yumshoq kuch siyosati" kitobidan

P.s: Hech bir sog'lom aql xitoylikka erga tegish normal holat ekanligiga ishonmaydi.
Hayitda va aprelning birinchi yarmida nashr qiladigan kitoblarimiz. Qaysi birini ko'proq kutyapsiz?
Yangi kitob - "Sinostan: Xitoyning beixtiyor vujudga kelgan imperiyasi"

“Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusining paydo bo'lishi bizning ishimiz davomida sodir bo‘ldi va bu Markaziy Osiyo bilan Xitoyning yanada kengroq tashqi siyosat yuritishi uchun yangi yoʻl ochdi. Si Szinpin boshchiligidagi Xitoy jahon sahnasida yanada tajovuzkor va bosqinchi kuchga aylangan. Dastlabki kitob Vashingtonga mintaqadagi Xitoyning o‘sishiga qanday munosabat bildirish kerakligi borasida siyosiy takliflar berish maqsadida ishlab chiqilgan edi. O‘shanda bu masalani yoritishda duch kelgan eng katta muammo Vashingtonda bu mintaqaga nisbatan umumiy qiziqishning yetishmasligi edi".

Kitob Xitoyning bizning mintaqa - Markaziy Osiyoga ta'siri haqida bir necha yillik izlanishlar va tajribalar natijasida yozilgan.
Qadr kechasida Jahon Chempionatiga chiqamiz shekilli
#iqtibos

"Тахминан милоддан аввалги V асрда айрим юнон шаҳар-давлатлари, уларнинг энг машҳури Афина янги шаклдаги ҳокимиятни синаб кўра бошлади. “Бизнинг тузумимиз демократия дейилади”, деганди афиналик давлат арбоби Перикл дафн маросимидаги нутқида, “Чунки ҳокимият озчилик эмас, бутун халқ қўлида бўлади”. Ҳокимиятдаги бу янгилик бир вақтнинг ўзида таълимда ҳам янгиликни талаб қиларди. Яшаш учун зарурий қобилиятлар энди етарли бўлмасди – фуқаролар ўз жамиятларини бошқара олиш учун ҳам керакли тайёргарликдан ўтишлари лозим эди. Умумий таълим ва эркинлик ўртасидаги боғлиқлик юнонлар учун муҳим аҳамият касб эта бошлади. Асрлардан сўнг таълимга бундай ёндашувни таърифлашаркан, римликлар бу иборани ўйлаб топишди: эркин (либерал) сўзини асл лотин тилидаги маъносида, яъни “эркин инсонларга тегишли” маъносидан фойдаланган ҳолда “эркин” таълим иборасини қўллашди".

"Erkin ta'lim himoyasida" kitobidan Farid Zakariya
#iqtibos

"Нега Европадаги таълим монастирлар билан чекланиб қолмади? Таъсирлардан бири Ислом бўлиши мумкин, у ўша асрлардаги энг тараққий қилган тамаддун эди – ҳозир буни тасаввур қилиш қийин. Ислом оламида ўнлаб мадрасалар – тарих, сиёсат, табиий фанлар, мусиқа ва бошқа кўплаб фанлар ўрганилган ва изланишлар ўтказилган мактаблар бор эди (гарчи барча Исломий таълим институтлари мадраса деб номланмаган бўлса ҳам). Исломий таълим соҳага янгиликлар олиб келди, айниқса, математика фанида".

"Erkin ta'lim himoyasida" kitobidan Farid Zakariya
Garvard Universitetida 40 yil prezident (1869-1909) bo'lgan Eliot bu lavozimga qanday kelgani haqida "Erkin ta'lim himoyasida" kitobidan:

“Элиот “Atlantic Monthly” журналида икки қисмдан иборат “Янги Таълим” номли эссе ёзади. У ҳозирги кунда ҳар қандай ота-она боласининг жинсига мослаштириб айтиши мумкин бўлган сўзлар билан бошланганди:
Ўғлим билан нима қилишим мумкин? Унга энг яхши таълимни беришга қурбим етади ва бундан мамнунман. У диний воиз ёки билимли инсон бўлиб етишса, бундан фахрланардим; аммо ўғлимда бунга етарли қобилиятлар бор деб ўйламайман. Мен унга амалий таълим бермоқчиман; мен олган таълимдан яхшироқ, менинг ишимни ёки бошқа ҳар қандай фаол чақирувни қабул қилишга тайёрлайдиган таълимни бермоқчиман”. Элиотнинг жавоби америкаликлар Европа илмий-тадқиқот университетларининг энг илғор тажрибаларини ҳамда Америка коллежларининг энг яхши анъаналарини уйғунлаштириш зарурлигини таъкидлашдан иборат эди.
Элиот Американинг йирик университетларига тадқиқот қилиш вазифасини ҳам жорий қилишини, аммо буни магистратура даражасида қолдириб, бакалаврда талабалар қизиқишларини кашф қилишига кенгроқ имкон беришини таклиф қилди. У табиий ва гуманитар фанлар ҳамда техник тайёргарликнинг ўсиб бориши ўртасидаги фарқлар каби таълим соҳасида шаклланаётган тенденцияларни чуқур англаб етишини намоён қилди. Элиот коллежларнинг кўникмаларга асосланган таълим ва эркин таълим орасидаги фарқни яхшироқ тушунишларини истаб, эркин таълимнинг аҳамиятини юқори санарди. Эсселари нашр қилинганидан бир қанча ой ўтиб, ўттиз беш ёшида Чарлз Элиотга Гарвард президентлиги таклиф қилинди, у мазкур лавозимда қирқ йил ишлаб, айнан шу лавозимда университетни ва мамлакатни қайтадан шакллантирди".

P.s: Ta'lim - bu siyosat. Eliot misolida aynan ta'lim sohasi faollari butun boshli millatni shakllantirishi mumkinligini bilsak bo'ladi.
#iqtibos

"Бугунги ўйинлар, сериаллар ва видеолардаги хилма-хиллик, ранг-баранглик ва жозиба кўзни қамаштирадиган даражада. Уларнинг аксарияти ниҳоятда ижодкорона, баъзилари эса интеллектуал жиҳатдан мураккаб – кўплаб ақлли видео ўйинлар ҳам мавжуд. Аммо буларнинг барчаси болаларни мафтун қилиб, охир-оқибат уларни қарам қилиш учун мўлжалланган. Замонавий ўйин-кулгининг ҳаддан ташқари кучи ўқиш ва ёзиш каби фаол ва диққат талаб қиладиган машғулотларни зерикарли юмушларга айлантириб қўйиши мумкин. Шундай бўлса ҳам, ўқиш, айтардимки, китоб ўқиш ҳали ҳануз ҳақиқий билимга етакловчи энг муҳим йўллардан бири бўлиб қолмоқда. Бирор масалани чуқур англаш учун у ҳақида китоб ўқишнинг ўрнини босадиган муқобил йўллар жуда кам. Асрлар давомида шундай бўлиб келган ва бу ўзгармаган".

"Erkin taʼlim himoyasida" kitobidan Farid Zakariya
Youtubeda "Kitobdan kitobga" loyihasini boshlayapmiz. Ilk 4 daqiqali videoda "Kulayotgan odam" kitobi haqida gapirdik. Video 21:00 da Youtubedagi iBook kanaliga joylanadi. Ko'ring va fikrlaringizni albatta bildiring.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siyosatshunos va tarjimon Hamid Sodiq tarjimasidagi "Falastin. Agar o'lishim lozim bo'lsa..." kitobi nasib qilsa ertaga 16:00 lar atrofida sotuvga chiqadi. Menimcha, ushbu kitob qisqa fursatda kitobxonlar tomonidan sevib o'qiladigan asarlardan biriga aylanadi.
Nega bizda odamlar senzurani o'zi so'rab oladi-a? Keyin ba'zida niyatlarimiz ham bir sovuq, eng yomonini o'ylab gapiramiz.
Yozishning ahamiyati haqida

"Zamonaviy falsafada fikr yoki tilning qaysi biri birinchi kelishi haqida katta bahs mavjud. Biz avval mavhum tarzda fikrlab, keyin oʻsha gʻoyalarni soʻzlarga koʻchiramizmi yoki soʻzlarda oʻylab, keyin tafakkur qilamizmi? Men faqat oʻz tajribamdan gapirishim mumkin. Yozishni boshlaganimda, “fikrlarim” odatda chala shakllangan gʻoyalar va turli chalkashlikdan iborat ekanligini sezganman. Ularni tartiblashga meni majburlagan harakat yozish edi. Maqola yoki inshoning birinchi qoʻlyozmasini yozish – oʻz fikrlarimni, mavzu haqida shunchaki nima deb oʻylashimni, fikrlarimda mantiqiy ketma-ketlik borligini, xulosa haqiqiy faktlardan kelib chiqishini oʻrganish ifodasidir. Kim boʻlishingizdan qatʼi nazar – siyosatchi, tadbirkor, advokat, tarixchi yoki yozuvchi – yozish sizni tanlovlar qilishga majbur qiladi, gʻoyalaringizga aniqlik va tartib olib keladi".
Qirgʻiziston iqtisodining Xitoyga qaramligi haqida

"Ko‘pchilik kuzatuvchilar harbiy bosqinchilik haqidagi qo‘rquvlar asossiz deb hisoblashadi. Ammo balki bunga sabab Xitoy allaqachon mintaqani va ayniqsa Qirg‘iziston iqtisodiyotini o‘z nazoratiga olgani bo‘lishi mumkin. Albatta, Bishkekdagi Amerika elchixonasi yonida joylashgan, qasrga o‘xshash ulkan Xitoy elchixonasi uzoq muddatli rejalarga ishora qilayotgandek ko‘rinadi. Biz u yerga ilk bor 2011-yilda borganimizda, bizga aytishlaricha, elchixona ichida ko‘plab bo‘sh idoralar mavjud edi. Keyinchalik Bishkekda, sobiq Qirg‘iziston hukumati a’zolaridan biri bizga mamlakat iqtisodiyoti Xitoysiz qulab tushishini aytdi. Xalqaro mehmonxonaning hashamatli divanida yastanib o‘tirib, u janubdagi bozorlar Rossiya xohlaganidek Belorussiya va Ukraina orqali Markaziy Osiyo bilan bog‘langan bojxona ittifoqi tashkil topadigan bo‘lsa, butunlay “yo‘q bo‘lishi”ni aytdi".

"Sinostan" kitobidan
Forwarded from iBooK.uz
"Diplomatik zabt etish: Xitoyning yumshoq kuch siyosati" – kitobi sotuviga 1 kun qoldi

So‘nggi paytlarda yurtimizda Xitoy va xitoyliklar bilan bog‘liq turli xil gap-so‘zlar ko‘tarilmoqda.

Bizningcha, masalaga ilmiy asosda yondashish lozim. Shu sababli “Tirilish” nashriyoti ushbu mavzuni chuqurroq tushunish muhim deb bilib, “Diplomatik zabt etish: Xitoyning yumshoq kuch siyosati” kitobini tarjima qildi.

Bu asar Xitoyning XXI asrda qanday qilib yumshoq kuch siyosati orqali global qudratga aylangani haqida bo'lib, yaqin oylarda Xitoy bilan bog'liq yana boshqa kitoblar ham nashr etilishi rejalashtirilgan.

iBook.uz
#iqtibos

"Rossiyaning mintaqadagi ta’siri susaygan, AQSH va Yevropa esa Markaziy Osiyoni ikkinchi darajali masala sifatida ko‘rishda davom etayotgani haqidagi doimiy tushuncha fonida, Xitoy mintaqada o‘z ta’sirini mustahkamlash uchun katta imkoniyatga ega bo‘ldi. Natijada Xitoy o‘ziga xos “beixtiyor imperiya” yaratdi, bu esa tobora Markaziy Osiyoni Xitoyga eng yaqin bog‘langan mintaqalardan biriga aylantirmoqda. Ichki siyosatga yo‘naltirilgan, aniq strategiyaga ega bo‘lmagan va aksariyat hollarda dunyo miqyosida ko‘zga tashlanmaslikka harakat qilayotgan boʻlishiga qaramay Xitoy Markaziy Osiyodagi eng ta’sirli o‘yinchiga aylandi".

"Sinostan" kitobidan
Bizning 50-kitob.

Aytish mumkinki, "Buyuk shaxmat taxtasi", "1984", "Katta o'yin" kabi kitoblar o'zbek tiliga juda kech tarjima qilindi. Joshua Kurlanzikning ushbu Xitoyning global ta'sirini sodda tilda ochib bergan kitobi ham vaqtida tilimizga o'girilmagan. Lekin "Hechdan ko'ra kech".

Markaziy Osiyoga (har birimizga) tashqaridan ta'siri eng kuchli bo'lgan davlat - Xitoy haqida har qanday bilim biz uchun, kelajagimiz uchun muhim.

Kitob sotuvga qo'yildi. Narxi 59000 so'm. @ibook_uz dan xarid qilishingiz mumkin.
#iqtibos

"Uzoq muddatda Xitoyning Markaziy Osiyodagi beixtiyor imperiyasi AQSH va G‘arb ta’siri uchun geosiyosiy oqibatlarga olib keladi. Makinder ta’kidlaganidek, bu hudud sayyoradagi eng muhim geostrategik mintaqa hisoblanadi. Agar Vashington o‘zining Xitoy siyosatini faqat Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga qaratib, faqat shu hududga e’tibor qaratadigan bo‘lsa, u nafaqat Xitoyning global ta’sirining chuqurroq namoyon bo‘lishini o‘tkazib yuboradi, balki uzoq muddatda Markaziy Osiyo va kengroq Yevrosiyo yuragidagi mamlakatlar bilan aloqalarni o‘rnatishda yanada qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Bu davlatlarning barchasi G‘arb yordamini istaydi, ammo ular G‘arbni beqaror va mintaqadan uzoqlashib ketayotgan hamkor sifatida ko‘rmoqda. Xitoy bu mintaqada imperiya qurishni istamayotgan bo‘lishi mumkin, ammo u yagona kuch bo‘lib, har tomonlama va uzoq muddatli strategiyani yuritmoqda. Agar boshqa tashqi kuchlar ham faoliyat yuritmasa, Xitoyning Markaziy Osiyo ustidan nazorat o‘rnatishi nafaqat beixtiyor, balki muqarrar bo‘ladi. Makinder ta’kidlaganidek, kim ushbu hududni nazorat qilsa, u Yevrosiyo “Dunyo oroli” ustidan nazorat o‘rnatadi".

"Sinostan" kitobidan
2025/07/05 20:04:36
Back to Top
HTML Embed Code: