Demokratiya va liberalizm o'rtasidagi farqni qanday tushunasiz? Erkinlik va erkin xalq bo'lish o'rtasida farq bormi?
"Rim qulashi bergan saboq shuki, qonun ustuvorligi davom etishi uchun yaxshi niyatli hukmdorlarning o'zi kifoya emas, chunki ham niyatlar, ham hukmdorlar o'zgarishi mumkin. Buning uchun davlatdan mustaqil ravishda kuchga ega bo'lgan institutlar zarur".
"Erkinlikning kelajagi" kitobidan
"Erkinlikning kelajagi" kitobidan
"Amerikalik siyosiy faylasuf Judit Shklar ta’kidlaganidek, Amerika Respublikasi asos solinayotgan davrda “Monteskye vahiy beruvchi manba edi”. Jeyms Madison, Tomas Jefferson, Jon Adams va boshqalar yangi siyosiy tizimni yaratishda uning tamoyillarini ongli ravishda qo‘llashga harakat qilganlar".
"Erkinlikning kelajagi" kitobidan
"Erkinlikning kelajagi" kitobidan
"Erkinlikning kelajagi" kitobida rivojlanishning Sharqiy Osiyo modeli ham tahlil qilinadi. Unga ko'ra, bugungi kunda liberal demokratiyaga eng yaqin ushbu hudud mamlakatlari - Janubiy Koreya, Malayziya, Tailand - dastlab iqtisodiyotni, huquqiy tizimni, din erkinligi va sayohat huquqlarini liberallashtirgan, faqat o'n yillar o'tibgina erkin saylovlar o'tkazgan.
Yangi O'zbekiston ham shu yo'ldan ketyapti. Faqat huquqiy tizim va din erkinligi masalasida yana ham ko'proq ishlar qilinishi kerak. Erkin saylovni esa Sharqiy Osiyo davlatlari kabi barcha sohalarda qonun ustuvorligini to'liq ta'minlab, keyin o'tkazish ham mumkin.

Sizningcha, YaIMning aholi jon boshiga nisbati va demokratiya o'rtasida qanday bog'liqlik mavjud?
1959-yilda olim Seymur Martin Lipset oddiy va kuchli bir fikrni ilgari surdi: “Mamlakat qanchalik farovon bo‘lsa, demokratiyani saqlab qolish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi”. Bu fikrlar hozir ham toʻgʻri.
Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, aholining jon boshiga YAIM $3000 dan $6000 gacha bo‘lganida mamlakat demokratiyaga o‘tishni muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkin degan xulosa qilindi. Bu faqat 500 dan 1 holatdagina amalga oshmaslik ehtimoli bor.
Oʻzbekistonning 2024-yilgi aholi jon boshiga YaIMi rasmiy statistikaga koʻra, 3093$ni tashkil etadi. Xulosa qilish mumkinki, Oʻzbekiston demokratiyaga tayyor.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ibook va Tirilish nashriyoti nafaqat siyosiy, tarixiy, falsafiy kitoblarni nashr qiladi, balki shu o'zi muhim deb bilgan yo'nalishlarda xalqning saviyasi oshishiga xizmat qilishni ham xohlaydi.
#muhim
"AI (sun'iy intellekt) sizning ish o'rningizni egallamaydi. AIni ishlata oladigan odam ishingizni tortib oladi. Zudlik bilan eng tez fursatda AI ishlatishni o'rganing va ishingizni yo'qotmaysiz".
Jensen Huang - NVIDIA asoschisi

Navbatdagi nashr qilinadigan besh kitobimiz. Birinchi "Muqaddima 2", ortidan Farid Zakarianing kitoblari, oxirida "Sinostan" va "Boshqaruv haqida ikki risola".
Hali bu hammasi emas.
Hali bu hammasi emas.
"Charity does not decrease wealth". (Sahih Muslim)
E'tiqodidan qat'i nazar barcha tadbirkorlar uchun muhim eslatma.

Demokratiya liberalizmsiz notoʻgʻri ishlashi mumkinligiga eng katta misol – bu Hindiston.
Hindistonda BJP (hind milltchilari partiyasi) rasman haqiqiy demokratik saylovlar evaziga hokimiyat teppasiga kelgan va hozirgacha hukumatni shakllantirib keladi. Lekin aynan shu legitim partiya davrida Hindistondagi nisbatan ozchilik boʻlgan musulmonlarga qarshi zulm avj olgan.
Eng qizigʻi bu zulmni qonuniy hukumat politsiyachilari doim qoʻllab keladi. 2002-yil Gujaratdagi musulmonlarning qatliomi va Hindiston shimolidagi Ayodhya shahrida joylashgan tarixiy masjiidni buzish kampaniyasi buning yaqqol isbotidir.
Demak, koʻpchilik bir boʻlib ozchilikka zulm qilishi va bu demokratiyaning zaif nuqtasi ekanligini xulosa qilish mumkin. Bu liberalizm qadriyatlarisiz (qonun ustuvorligi, shaxs erkinligi) demokratiya nuqsonli boʻladi deganidir.

O'rtoqlar, iltimos, amalniyam (ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud tizimini) yoshlarga beraylik. Hech bo'lmasa, 50%idan ko'p qismini mustaqillik yillarida katta bo'lgan avlodga topshiraylik.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ibn Xaldun o'sha 14-asrdayoq Adam Smitning kapital erkinligi g'oyasini tushuntirib bo'lgan ekan. Batafsil kitobning 2-qismidan bilib olishingiz mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chempionlarning ustoziga otasi sohasiga oid yangi kitoblarni sovg'a qilyapti.
O'zi deyarli hamma sohada shunday qoida bor: yoki nazariyasini o'rganmasdan faqat tajriba bilan o'rganaman deb yillarni yo'qotasiz yoki avval nazariyani o'rganib, keyin tezda muvaffaqiyat qozonasiz.