Telegram Web Link
Navbatdagi nashr qilinadigan besh kitobimiz. Birinchi "Muqaddima 2", ortidan Farid Zakarianing kitoblari, oxirida "Sinostan" va "Boshqaruv haqida ikki risola".

Hali bu hammasi emas.
"Charity does not decrease wealth". (Sahih Muslim)

E'tiqodidan qat'i nazar barcha tadbirkorlar uchun muhim eslatma.
Demokratiya liberalizmsiz notoʻgʻri ishlashi mumkinligiga eng katta misol – bu Hindiston.

Hindistonda BJP (hind milltchilari partiyasi) rasman haqiqiy demokratik saylovlar evaziga hokimiyat teppasiga kelgan va hozirgacha hukumatni shakllantirib keladi. Lekin aynan shu legitim partiya davrida Hindistondagi nisbatan ozchilik boʻlgan musulmonlarga qarshi zulm avj olgan.

Eng qizigʻi bu zulmni qonuniy hukumat politsiyachilari doim qoʻllab keladi. 2002-yil Gujaratdagi musulmonlarning qatliomi va Hindiston shimolidagi Ayodhya shahrida joylashgan tarixiy masjiidni buzish kampaniyasi buning yaqqol isbotidir.

Demak, koʻpchilik bir boʻlib ozchilikka zulm qilishi va bu demokratiyaning zaif nuqtasi ekanligini xulosa qilish mumkin. Bu liberalizm qadriyatlarisiz (qonun ustuvorligi, shaxs erkinligi) demokratiya nuqsonli boʻladi deganidir.
Arab xalqlari inqirozining yorqin namunasi - bu arab futboli.
O'rtoqlar, iltimos, amalniyam (ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud tizimini) yoshlarga beraylik. Hech bo'lmasa, 50%idan ko'p qismini mustaqillik yillarida katta bo'lgan avlodga topshiraylik.
Shu kitobimiz kun memiga mos kelarkan)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ibn Xaldun o'sha 14-asrdayoq Adam Smitning kapital erkinligi g'oyasini tushuntirib bo'lgan ekan. Batafsil kitobning 2-qismidan bilib olishingiz mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chempionlarning ustoziga otasi sohasiga oid yangi kitoblarni sovg'a qilyapti.

O'zi deyarli hamma sohada shunday qoida bor: yoki nazariyasini o'rganmasdan faqat tajriba bilan o'rganaman deb yillarni yo'qotasiz yoki avval nazariyani o'rganib, keyin tezda muvaffaqiyat qozonasiz.
"Muqaddima"ning 2-qismi chiqdi. Narxi 65000, muqovasi qattiq, o'lchami (60/90), beti 440 bet, qog'ozi oq. Nasib bo'lsa, yozga borib saytimiz ham ishga tushadi. Ungacha telegram yoki instagramdan buyurtma berishingiz mumkin.
Keyingi ikki kitobimiz. Ikkalasi ham ta'lim bilan bog'liq.

Suhbatlarda mutaxassislar rivojlanishning oqsashini akademik erkinlik, kadrlarning sifat darajasi, umuman ta'lim-tarbiya bilan ko'p bog'lashadi.

Ikki xil yo'nalishda bo'lsa ham, nashriyotimiz ushbu kitoblar orqali yurtimiz ta'limiga kichik bo'lsa-da xizmat qilishni xohlaydi.
Borgan sari odamlarni o'z mahsulotingizning afzalligiga ishontirish qiyinlashyapti. Stiv Jobs bugungi kunda bitta taqdimot bilan Iphoneni o'sha 2007-yildagidek ko'p ommabop qilolmas edi balki. Siz nima deb o'ylaysiz?
Bugun biz bir insonning (kim deb o'ylaysiz?) ofislarini o'zlari xohlagandek kitob bilan to'ldirdik. Juda chiroyli bo'ldi.

Kimga shunday xizmat kerak bo'lsa, telegramda @ibook_uzbekistan ga murojaat qiling yoki 95 677 99 11 ga qo'ng'iroq qiling.
2024-yilda eng ko'p kitob o'qigan davlatlar reytingi chiqdi. Qiziqarlisi, unda biz yo'qmiz. Ammo 4 ta qo'shni mamlakatlar bor. Tojikistonliklar boshqalardan ko'proq o'qirkan. Qozoqlar esa Markaziy Osiyoda eng oxirgi o'rinda.
Reytingdagi top 3 mamlakatlar kutilganidek AQSH, Hindiston va Buyuk Britaniya. Biz 200 yildirki anglo-sakslar hukmron bo'lgan dunyoda yashayapmiz.
2025/07/04 15:24:48
Back to Top
HTML Embed Code: