Telegram Web Link
Navbatdagi ko'pchilikka foydali bo'ladigan suhbat.

Imom Navaviyning "Ilm olish odoblari" kitobi asosida ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid va tarjimon Said Komil Muhammad Karim gurungini ibookning Youtube sahifasida ko'rishingiz mumkin.

Foydali deb bilsangiz, izoh yozing va like bosing)

https://youtu.be/fYKQcboHQow?si=pxgQ9cABlCmaqagl
Tasavvur qiling, Prezidentlikka nomzodsiz. Saylov shaffof bo'lishi aniq. Siz bojlarni kamaytirish da'vosi bilan chiqyapsiz.
Qanday o'ziga xos usuldan foydalanib, shu da'vo orqali xalqning ovozini qo'lga kiritgan bo'lardingiz?
Amirxon Valijonov | Blog
Ustozdan tavsiya
Suhbatning to'liq formatida ko'p kitob o'qish va qunt bilan ilm olish o'rtasidagi farq ham tushuntirilgan.
"G'arb hukumat modeli" ommaviy plebitsit (xalq ovozi) bilan emas, balki xolis sudi bilan eng yaxshi tarzda ifodalanadi.

Farid Zakariya, "Erkinlikning kelajagi"
"Agar biz "hayot, erkinlik va baxtni izlab topish" degan abadiy orzuni yangilamoqchi bo'lsak, uni birinchi bor yuzaga keltirgan kuchlarni esga olishimiz zarur. Faqatgina erkinlikning o'tmishini anglash orqali biz uning kelajagini ta'minlashga yordam bera olamiz".

"Erkinlikning kelajagi" Farid Zakariya
"Konstantin o'zidan buyuk meros qoldirishni orzu qilgan va agar urushda yutish imkoni bo'lmasa, yangi poytaxt qurishdan ko'ra yaxshiroq yo'l bormi?"

P.s: Haqiqatdan ham, poytaxtni ko'chirgan yoki yangi poytaxt qurgan har kimning nomi tarixda qolgan.
Gerodot kitobida yunonlarni "erkin xalq" deganida u mustaqillikni nazarda tutgan (bu maʼnoda shimoliy koreyaliklar ham erkin xalq), rimliklar esa erkinlik deganda barcha fuqarolar qonun oldida teng boʻlishini tushungan. Bugungi Gʼarb dunyosida ham erkinlik (libertas) aynan shu maʼnoda ishlatiladi.
PROPAGANDA

Eduard Bernays – nafaqat PR va propaganda tizimining asoschisi, balki marketing va iste'molchilar madaniyatini shakllantirgan shaxs ham.

Bu kitob siz o‘ylaganingizdan ham kuchliroq.
"Monteskye hukumat mexanizmlari va konstitutsiyalarga ko'r-ko'rona ishonmagan; axir uning asosiy asari "Qonunlar ruhi" deb nomlangan edi".

"Erkinlikning kelajagi" Farid Zakariya
Eron haqida so'nggi 40 yilda jahon OAVlari tinmay disinformatsiya berib keldi. Aslida Eron xalqi dindor emas, o'ta sekulyar. Eron ilm-fan, kitobxonlik va texnologiyada juda ilg'or. Vaziyat shundayki, hozirgi iqtidor tez orada albatta o'z o'rnini sekulyarlarga bo'shatib beradi.
Biz 30 yildan ortiq erkinlik deganda mustaqillikni tushunib keldik. Bundan keyin yosh avlod erkinlik deganda davlatni ichida erkin bo'lishni tushunishi kerak. Erkinlik - bu hammaning, kim bo'lishidan qat'i nazar, qonun oldida tengligi.
"Burjuaziya bo'lmasa, demokratiya ham bo'lmaydi" - Harvard olimi Barrington Mur.

"Erkinlikning kelajagi" Farid Zakariya
"Avtoritar tuzum qulagach va odamlar demokratiya o'rnatishga harakat qilgach, uni barqaror tutib turadigan narsa nima? Tarixan bu savolga eng ishonchli yagona javob boylik bo'lgan".

"Erkinlikning kelajagi" Farid Zakariya

Bu yerda boylik deganda o'rta sinfning boyligi nazarda tutilgan.
Biz mana shu qarg'ishga uchramaganmiz. Har holda buni endi tushunib yetdik. Asosiy boyligimiz - qorako'z vatandoshlarimiz.

Kitobda aytilishicha, liberal demokratiya uchun eng yaxshi iqtisodiy o'sish - bu kapitalistik o'sishdir.

Karl Marksning fikricha, kapitalizm burjuaziyani vujudga keltiradi, bu esa aristokratik tartibni barbod qilib, mulk, shartnomalar, qoidalar va boshqa erkinliklarni himoya qiluvchi tuzumni o'rnatadi.
"Amerikaliklar xususiy mulkdagi yer bilan erkinlik o'rtasidagi bog'liqlikni intuitiv tarzda tushunadilar".

"Erkinlikning kelajagi" Farid Zakariya

Erkinlik mulk daxlsizligi bo'lmagan joyda jon saqlolmaydi.
"Xitoy kommunistlari o‘zlarining Markslarini yana bir bor o‘qib chiqishlari kerak. Karl Marks shuni anglagan edi: bir mamlakat iqtisodiyotini zamonaviylashtirib, kapitalizmni qabul qilsa va burjuaziya yaratib olsa, siyosiy tizim ham bu o‘zgarishni aks ettirgan holda o‘zgaradi. Marksistik tilda aytganda, “bazis”dagi o‘zgarishlar doimo “ustqurma”dagi o‘zgarishlarga olib keladi".
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek jamiyati bu kitobni o‘qishi shart

Ushbu kitobni O‘zbekistondagi ta’lim sohasida ishlayotgan barcha insonlar, talabalar, boshqaruv sohasi xodimlari va mutaxassislar, mutafakkirlar va tadqiqotchilar o‘qishlari lozim! Chunki bu kitob ta’lim tizimlari haqida bo‘lib, yodlashni emas, fikrlashni o‘rgatuvchi ta’lim tizimi haqida so‘z yuritadi.

Kamoliddin Rabbimov

Tez kunda...
2025/06/29 10:39:58
Back to Top
HTML Embed Code: