Telegram Web Link
PROPAGANDA

Eduard Bernays – nafaqat PR va propaganda tizimining asoschisi, balki marketing va iste'molchilar madaniyatini shakllantirgan shaxs ham.

Bu kitob siz o‘ylaganingizdan ham kuchliroq.
"Monteskye hukumat mexanizmlari va konstitutsiyalarga ko'r-ko'rona ishonmagan; axir uning asosiy asari "Qonunlar ruhi" deb nomlangan edi".

"Erkinlikning kelajagi" Farid Zakariya
Eron haqida so'nggi 40 yilda jahon OAVlari tinmay disinformatsiya berib keldi. Aslida Eron xalqi dindor emas, o'ta sekulyar. Eron ilm-fan, kitobxonlik va texnologiyada juda ilg'or. Vaziyat shundayki, hozirgi iqtidor tez orada albatta o'z o'rnini sekulyarlarga bo'shatib beradi.
Biz 30 yildan ortiq erkinlik deganda mustaqillikni tushunib keldik. Bundan keyin yosh avlod erkinlik deganda davlatni ichida erkin bo'lishni tushunishi kerak. Erkinlik - bu hammaning, kim bo'lishidan qat'i nazar, qonun oldida tengligi.
"Burjuaziya bo'lmasa, demokratiya ham bo'lmaydi" - Harvard olimi Barrington Mur.

"Erkinlikning kelajagi" Farid Zakariya
"Avtoritar tuzum qulagach va odamlar demokratiya o'rnatishga harakat qilgach, uni barqaror tutib turadigan narsa nima? Tarixan bu savolga eng ishonchli yagona javob boylik bo'lgan".

"Erkinlikning kelajagi" Farid Zakariya

Bu yerda boylik deganda o'rta sinfning boyligi nazarda tutilgan.
Biz mana shu qarg'ishga uchramaganmiz. Har holda buni endi tushunib yetdik. Asosiy boyligimiz - qorako'z vatandoshlarimiz.

Kitobda aytilishicha, liberal demokratiya uchun eng yaxshi iqtisodiy o'sish - bu kapitalistik o'sishdir.

Karl Marksning fikricha, kapitalizm burjuaziyani vujudga keltiradi, bu esa aristokratik tartibni barbod qilib, mulk, shartnomalar, qoidalar va boshqa erkinliklarni himoya qiluvchi tuzumni o'rnatadi.
"Amerikaliklar xususiy mulkdagi yer bilan erkinlik o'rtasidagi bog'liqlikni intuitiv tarzda tushunadilar".

"Erkinlikning kelajagi" Farid Zakariya

Erkinlik mulk daxlsizligi bo'lmagan joyda jon saqlolmaydi.
"Xitoy kommunistlari o‘zlarining Markslarini yana bir bor o‘qib chiqishlari kerak. Karl Marks shuni anglagan edi: bir mamlakat iqtisodiyotini zamonaviylashtirib, kapitalizmni qabul qilsa va burjuaziya yaratib olsa, siyosiy tizim ham bu o‘zgarishni aks ettirgan holda o‘zgaradi. Marksistik tilda aytganda, “bazis”dagi o‘zgarishlar doimo “ustqurma”dagi o‘zgarishlarga olib keladi".
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek jamiyati bu kitobni o‘qishi shart

Ushbu kitobni O‘zbekistondagi ta’lim sohasida ishlayotgan barcha insonlar, talabalar, boshqaruv sohasi xodimlari va mutaxassislar, mutafakkirlar va tadqiqotchilar o‘qishlari lozim! Chunki bu kitob ta’lim tizimlari haqida bo‘lib, yodlashni emas, fikrlashni o‘rgatuvchi ta’lim tizimi haqida so‘z yuritadi.

Kamoliddin Rabbimov

Tez kunda...
Ta'limga maktab yoki universitet ochmasdan ham hissa qo'shish mumkin. Buni shu kitob nashri isbotlaydi degan umiddaman. Albatta, agar o'quvchilar va ta'lim mutasaddilari o'qib, nimanidir amaliyotda joriy qilishsa.
ibookni kuzatib borayotganlar bo'lsa, qaysi kitobni ko'proq kutyapsiz?

Edvard Bernays - Propaganda
Farid Zakariya - Erkin ta'lim himoyasida
Farid Zakariya - Erkinlikning kelajagi
Ancha vaqtdan buyon kutganimizni bosmaxonadagilar ham bilib, rasmini yuborishdi. Ertaga sotuvda bo'ladi, nassib.
Ikkisi ham bir vaqtda sotuvga chiqdi. Yoz bo'lgani uchun cheklangan adadda nashr qildik. Kitoblar nima haqida ekanligini bilsangiz kerak-a?

Bilmasangiz, asosiy mavzusini, kimlar o'qishi kerakligini tushuntirib beraman kechroq.
So'z boyligingizni qancha deb o'ylaysiz? 5 ming, 10 ming, 50 ming? O'zi oxirgi marta qachon so'z boyligingiz oshganini his qilgansiz?
Nega Stenford yoki Harvard butun dunyo uchun avtoritet?
AQSHning buyukligi undagi ta'limning erkinligida. Erkinlik shunday narsaki, sifat va sondagi muvaffaqiyatlar undan keyin o'z-o'zidan bo'ladi. Harvard va Stenford esa AQSh erkin ta'limining ikki ustunlari.

Brend, sifat, status - barcha yaxshiliklar erkin akademik ta'lim sabab vujudga kelgan. Bo'lib ham uzoq muddat (Harvard 1636-yil, Stenford 1885-yil) shu yo'lni bosib o'tishgan.

Bu biz uchun umidbaxsh misollar. Milliy universiteti Harvard bo'lishi uchun chetdan ingliz, nemis oltinboshlari kelishi yoki ularning menejmenti joriy qilinishi shart emas.

Sifat va brendni o'zimiz ham qura olamiz, qachonki ta'limning o'zi erkinlashsa va professor-o'qituvchilar to'la akademik mustaqil faoliyat yuritsa, bas. Qolgani faqat vaqt masalasi bo'ladi.
Shu kitob haqida ertaga suhbat qilamiz. Mehmonimiz sizningcha kim?
2025/07/06 05:30:15
Back to Top
HTML Embed Code: