AQSHning buyukligi undagi ta'limning erkinligida. Erkinlik shunday narsaki, sifat va sondagi muvaffaqiyatlar undan keyin o'z-o'zidan bo'ladi. Harvard va Stenford esa AQSh erkin ta'limining ikki ustunlari.
Brend, sifat, status - barcha yaxshiliklar erkin akademik ta'lim sabab vujudga kelgan. Bo'lib ham uzoq muddat (Harvard 1636-yil, Stenford 1885-yil) shu yo'lni bosib o'tishgan.
Bu biz uchun umidbaxsh misollar. Milliy universiteti Harvard bo'lishi uchun chetdan ingliz, nemis oltinboshlari kelishi yoki ularning menejmenti joriy qilinishi shart emas.
Sifat va brendni o'zimiz ham qura olamiz, qachonki ta'limning o'zi erkinlashsa va professor-o'qituvchilar to'la akademik mustaqil faoliyat yuritsa, bas. Qolgani faqat vaqt masalasi bo'ladi.

Darhaqiqat, agar Islomning qandaydir o‘ziga xos ichki jihati eslatilishi kerak bo‘lsa, bu uning hokimiyatga sodiqligi emas, balki aksincha: Islomda har bir musulmon yurtda seziladigan avtoritarlikka qarshi ruh bor.
Bu, ehtimol, Payg‘ambar Muhammad alayhissalom hadislarida keltirilgan ba’zi g‘oyalarga borib taqaladi; ularda musulmonning hokimga bo‘lgan itoati faqat hokimning amrlari Allohning qonunlariga mos kelgan taqdirdagina majburiy ekani bayon etilgan. Agar hokim dinni buzishga buyursa, itoat qilinmaydi. (Agar u gunoh ishga buyursa, musulmon unga quloq solmasligi, itoat qilmasligi kerak).

Islom va G‘arb o‘rtasida o‘n to‘rt asrdan beri birga yashab kelingan. Urush davrlari bo‘lgan, lekin tinchlik yillari bundan ham ko‘proq bo‘lgan.
Ko‘plab olimlar 1940-yillargacha musulmonlar boshqaruvida boshqa har qanday diniy ko‘pchilik boshqaruvidagiga nisbatan ozchiliklar, ayniqsa, yahudiylar kamroq tazyiqqa uchraganini qayd etishgan. Shuning uchun Yaqin Sharq asrlar davomida ko‘plab ozchiliklar uchun vatan bo‘lgan.
"Erkinlikning kelajagi" Farid Zakariya

Hozirgi holatingizdan ko'proq daromad topishning yagona yo'li - ko'proq mas'uliyat olish va ko'proq risk qilish.
P.s: aynan bu ma'nodagi "risk" so'zini "tavakkal"ga alishtirib bo'lmaydi, ma'no chiqmay qoladi.

So‘nggi o‘ttiz yil davomida saudiyaliklar asosan xususiy fondlar orqali dunyo bo‘ylab vahhobiylikni (islomning qattiqqo‘l, cho‘l varianti bo‘lib, aksar islomiy fundamentalistlar uchun andozadir) yoyuvchi diniy maktablar (madrasalar) va markazlarni moliyalashtirdilar.
So‘nggi o‘ttiz yil ichida Saudiya tomonidan moliyalashtirilgan madrasalar zamonaviy dunyo va musulmon bo‘lmaganlarga katta shubha bilan qaraydigan, yarmigacha savodli, mutaassib musulmonlardan o‘n minglabini tayyorlab chiqardi. Bu dunyoqarashda Amerika deyarli har doim alohida yovuz kuch sifatida tasvirlanadi.
"Erkinlikning kelajagi" kitobidan

Propaganda qanday ishlaydi? (1-qism)
Eshitgan bo'lsangiz, uy-joy qurilishida 1-iyuldan SKROU tizimi joriy qilinadi. Unga ko'ra, uy uchun to'lov qurilish firmasiga emas, bankdagi maxsus hisob raqamga o'tkaziladi. Bu mijoz uchun xavfsizlik degani. Uy qurilmasa, pulini qaytarib olishi mumkin.
Bu tizim joriy qilinishi juda yaxshi. Dubayda ham, umuman rivojlangan mamlakatlarda ham shunday.
Propagandani esa ijtimoiy tarmoqlarda qurilish firmalarining o'zi va ularga ishlaydigan blogerlar amalga oshiryapti. Ular xalqqa iyuldan uy-joy narxi 30%ga oshishi kutilmoqda deb tinmay xabar beryapti. Xalqning ishonchi baland insonlar orqali uyni hoziroq oling, iyuldan 30%ga qimmatlashadi, deyapti. Aslida ham shundaymi? Bu haqida iqtisodchilar gapirgani ma'qul. Lekin klassik talab-taklif qoidasiga propaganda aralashmasa, bir oyda 30% oshishi imkonsiz narsa.
Propaganda talabni sun'iy oshirishda yaqqol qo'llaniladigan eng katta instrument. Ham dollar tushib, ham xalqdan pul qochgan, ko'p yangi uylar sotilmay qolgan bir paytda tarmoqlarda yangi qonun bilan narxlar oshadi deyish orqali talabni oshirishyapti.
Keyingi qismida o'zim tushungan kitob sohasida propaganda orqali shartli narxlarni oshirish mumkinmi, yo'qmi, shuni yozaman.

Propaganda qanday ishlaydi? (2-qism)
Qanday qilib kitob narxini 20%ga oshiramiz?
1. Barcha nashriyotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali qog'oz yil boshidan buyon 40% ga qimmatlashganini afsus bilan aytadi. Chunki qog'ozning katta qismi rubl orqali Rossiyadan olinadi, rubl esa so'mga nisbatan yil boshidan hisoblasak, 40% mustahkamlangan.
2. Ushbu ma'lumotni booklogerlar va kitobga yaqin insonlar orqali bir oy davomida barcha tarmoqlarda qayta-qayta eslatamiz.
3. Barcha nashriyotlar ulgurji narxlarni 20% ga oshiradi va biz bunga majbur bo'ldik, deydi. Xalq ham ularni tushunadi, chunki qog'oz narxi 40%ga oshganini ular avvalroq eshitishgan.
Eslatib o'taman, Propaganda faqat yolg'on bo'lmaydi. U bor haqiqatni to'g'ri tarzda yetkazishga ham xizmat qiladi.
Bernays ko'proq haqiqatlarni PR qilish samara beradi, yolg'onlar baribir fosh bo'ladi, deydi. Isroil yolg'oni bunga yaqqol misol bo'ladi.

27-iyun noshirlarni ham tabriklash kerak o'zi aslida. Bir kitob orqali yuz minglab insonlarga axborot yetkazamiz axir.
2025-yil 27-iyun
1. Jurnalistika va OAV kunida Kamoliddin Rabbimov va Xayrulla Hamidov ham taqdirlandi.
2. Billzning 60% ulushini TBC bank 12 mln$ga sotib oldi. Billzchilar endi millioner!
3. Squid Game 3 Netflixda chiqdi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kichkina bir so'rovnomacha uyushtirsak, nima deysizlar?
Kofe, muzqaymoq, kokteyl. Shu uchtasining doimiy iste'molchisi bo'lsangiz, bu mahsulotlarni aynan nimasiga qarab sotib olasiz?
Men, masalan, lokatsiyaga qarab olarkanman.

"Bizni qiziqtirgan asosiy savol shuki, Markaziy Osiyo G‘arb davlatlari milliy manfaatlari va umuman Xitoyning o‘sishi uchun qanday ma’noga ega?
Bizning xulosamiz shunday bo‘ldi: Markaziy Osiyo – Xitoyning kelajakdagi tashqi siyosati qanday ko‘rinish olishini va u duch kelayotgan muammolarni qanday hal qilishini anglash mumkin bo‘lgan joy".
"Sinostan" kitobidan

O'zbekistonda yoshlar elitaga legitimlik beradigan eng katta kuch. Ularni rozi qilish yoki qilmaslik hokimiyat umriga proporsional bo'lishi mumkin.
Rossiyaning mintaqadagi ta’siri susaygan, AQSH va Yevropa esa Markaziy Osiyoni ikkinchi darajali masala sifatida ko‘rishda davom etayotgani haqidagi doimiy tushuncha fonida, Xitoy mintaqada o‘z ta’sirini mustahkamlash uchun katta imkoniyatga ega bo‘ldi.
Natijada Xitoy o‘ziga xos “beixtiyor imperiya”[ Xitoy rejali tarzda imperiya yaratmayapti, lekin uning iqtisodiy va siyosiy kengayishi oqibatida u imperiyaga o‘xshash kuchga aylanmoqda degan maʼnoda] yaratdi, bu esa tobora Markaziy Osiyoni Xitoyga eng yaqin bog‘langan mintaqalardan biriga aylantirmoqda.
Ichki siyosatga yo‘naltirilgan, aniq strategiyaga ega bo‘lmagan va aksariyat hollarda dunyo miqyosida ko‘zga tashlanmaslikka harakat qilayotgan boʻlishiga qaramay Xitoy Markaziy Osiyodagi eng ta’sirli o‘yinchiga aylandi.
Ushbu jarayon qanday sodir bo‘ldi, bu mintaqa boʻylab hududlarda qanday ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda hamda uning Markaziy Osiyo va butun dunyo uchun uzoq muddatli oqibatlari qanday bo‘lishi – bu kitobning asosiy mavzularidir.

Erkin ta'lim erkin jamiyatning asosi!
Suhbatda ta'limning siyosiy, ijtimoiy va madaniy tomonlari yoritildi.
Kamoliddin aka ta'limdagi asosiy muammolarni atroflicha tahlil qilib berdi. Ko'rish uchun pastda havola qoldiraman.
Iltimos, qo'llab-quvvatlang!
https://youtu.be/VFv2Mz4ZYGQ?si=WbgYufCxk89cyHA2

Amirxon Valijonov | Blog
#muhim "AI (sun'iy intellekt) sizning ish o'rningizni egallamaydi. AIni ishlata oladigan odam ishingizni tortib oladi. Zudlik bilan eng tez fursatda AI ishlatishni o'rganing va ishingizni yo'qotmaysiz". Jensen Huang - NVIDIA asoschisi
Kim aytdi sizlarga tarjima sun'iy intellekt bilan qilinsa, sifatsiz bo'ladi deb? Masala, sun'iy intellektdan qilinishida emas, ustidan tahrirlab chiqilmasligida bo'ladi.
Yaxshi muharrir intellektdan 10 marta sifatsiz tarjimaniyam yaxshi tahrirlab beradi. Keyin bugungi kun bilan hamnafas bo'lish kerak, yo'qsa, ortda qolgan oldingilarga yetib ololmaydi hech qachon.

"Dars berish bu o'quvchining miyasini bir haftadan keyin esdan chiqadigan ma'lumot bilan to'ldirish emas".
Kamoliddin Rabbimov "Erkin ta'lim himoyasida" kitobi haqidagi podcastdan