Telegram Web Link
Joriy yilning 10 iyun kuni Andijon viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Asaka, Buloqboshi,Baliqchi va Paxtaobod tumanlari xodimlari tomonidan muhofaza hududlarida noqonuniy qurilishlar aniqlanib, 10 nafar huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 82-moddasi 2-qismi bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Joriy yilning 11 iyun kuni Andijon shahar Ayrilish ko‘chasida joylashgan “UZ-DONGJU PEINT KOMPANI” MChJga qarashli “Avtomobil, qurilish va sanoat lok-bo‘yoq mahsulotlar ishlab chiqarish” zavodining ”Ifloslantiruvchi moddalarning atmosferaga chiqariladigan yo‘l qo‘yiladigan cheklangan tashlamalarining ekologik normativlari loyihasi” bo'yicha berilgan ekologik ekspertiza xulosasida qo‘yilgan talablarni bajarilishini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan monitoring
RAHBAR  VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Yoshlar yurt kelajagi, ertamiz egalari. Shu bois ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, maqsad va orzulariga yetishishida madadkor bo‘lish biz kattalarning  asosiy vazifasi sanaladi. Buning uchun doimo ularni tinglay olish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, turli sohalarda olib borayotgan faoliyati, o‘qishlarida tayanch bo‘lishimiz lozim. Andijonda bo‘lib o‘tgan rahbar va yoshlar uchrashuvida ana shu haqda so‘z bordi.

Mazkur uchrashuv “Yosh ekologlar” harakati va “Yosh turizm elchilari” Kengashlarining 2025-yillarga mo‘ljallangan ish rejalariga muvofiq tashkil etildi.

Tadbirda dastavval Ekologiya vazirligining bo‘lim boshlig‘i  Z.Abdullayeva so‘z oldi va bugun mamlakatimizda tabiat muhofazasi borasida olib borilayotgan islohotlar hamda ularning samarasi haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Tabiiyki, erishilayotgan natijalarda ekolog-mutaxassislar, jamoatchilik vakillari, ekofaollar bilan bir qatorda yoshlarimizning ham sezilarli hissasi bor.
1
2025/07/13 22:23:08
Back to Top
HTML Embed Code: