Telegram Web Link
Tungi sug‘orish ishlari Andijonda jadal....

Bo'ston tuman Ekologiya bo‘limi tomonidan tungi sug‘orish ishlarini nazorat qilmoqda.


Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
RASMIY MUNOSABAT

   Joriy yilning 24-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi Andijon viloyati boshqarmasining Baliqchi tuman bo'limi tomonidan tezkor o'rganish ishlari olib borildi.O'rganish natijada Paxtakor massivi "Ibroximjon orzu dalasi" fermer ho'jaligi hududida g'alladan bo'shagan yerda takroriy ekin ekish maqsadida somon qoldiqlarini dala chetiga opchiqib bir joyga to'plab o't yoqib yuborganligi aniqlanib qonunda belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarida “Baliqchi tuman 1 son politexnikumiga yangi raxbar kelgach katta o‘zgarishlar bo'lib ketdi” sarlavhasi bo‘yicha murojaat bo‘yicha viloyat Ekologiya, atrof-muhittni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan quyidagilarni ma’lum qiladi :
Joriy yil 4-iyun kuni "Baliqchi tuman 1-son Politexniku" davlat muassasasi (Chinobod MFY Oydin ko‘chasi 72-uy) tomonidan 3 dona qurigan chinor va 1 dona Archa (tuya archa) daraxtlarini kesilishi yuzasidan murojaati viloyat Ekologiya, atrof-muhittni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganilib,
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (21.09.2016y) qonunining 37-moddasi 3-qismida “Tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek insonning hayoti va sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan daraxtlar va butalarni kesish mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi” qaroriga muvofiq ijobiy xulosa berilganligini ma’lum qilamiz.
2025/07/04 18:17:07
Back to Top
HTML Embed Code: