Telegram Web Link
Shuningdek,  tadbirda ishtirok etgan Andijon viloyati prokurorining o‘rinbosari U.Utayev, viloyat hokimining o‘rinbosari D.Sattarov hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i S.Dadamirzayevlar mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, davlatimiz tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar xususida to‘xtalib yoshlarni tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunlarni puxta o‘rganishi zarurligi,  huquqiy hamda ekologik madaniyatning ahamiyati, yashlil hudud hamda yashil bog‘larni tashkil qilishda faol qatnashish, yurtimiz flora va faunasini asrab-avaylashda e’tiborli bo‘lishga chaqirdilar
Rahbar va yoshlar uchrashuvi ochiq muloqot tarzida o‘tdi. Unda  so‘z olgan qator yoshlar ham o‘zlarining orzu-intilishlari, takliflari va ekologiya sohasida ko‘pchilikni qiynayotgan qiynayotgan muammolar yechimi  hamda tabiatni muhofaza qilish borasida ishga solinishi zarur bo‘lgan qo‘shimcha imkoniyatlar haqida  so‘zladilar.
Uchrashuvda yoshlarga katta ishonch bildirildi. Ularning taklif-mulohazalari  tinglanib, kelgusida ularning yechimi borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan rejalari bo‘yicha kelishib olindi. Zero, yoshlar bizning  kelajagimiz sifatida bugungi islohotlarda faol bo‘lishlari lozim. Kattalar esa ayni yo‘nalishda ularning haqiqiy tayanchlari bo‘lishadi.
2
🌿Ekologik madaniyatni yuksaltirish — atrof-muhitni asrashda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi

15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 184-sonli qarori
qabul qilindi.

Mazkur qaror 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim tizimi tashkilotlari o‘quvchilari, talabalar hamda davlat tashkilotlari xodimlarining ekologik bilimi, madaniyati va mas'uliyatini yanada oshirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, bu borada bir qator targ‘ibot ishlari va samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon dalalarida "Gollandiya" manzarasi

Baliqchi tumanida "Chinobod nurli zamin agrofirmasi" tomonidan 10 gektar maydonda 570 xil atirgul navlari parvarishlanib, eksport qilinmoqda.

Agrofirma bazasida mahsulotlarni qadoqlash ham yo‘lga qo‘yilgan. O‘tgan yil davomida 550 ming AQSH dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilindi. Mavsumiy 100 nafardan ziyod ishchi ish bilan ta’minlandi. Joriy 2025 yilda agrofirma bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirmoqchi.
2025/07/12 16:04:52
Back to Top
HTML Embed Code: