Telegram Web Link
#Rasmiy_munosabat

Joriy yilning 19 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar eski uzum bozar o‘rnidagi ko‘p qavatli uylar oldida chiqindilari olib ketilmaganligi yuzasidan qilingan murojaat  yuzaasidan Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

📌Ushbu murojaatga asosan Andijon shahar Ekologiya bo‘limining davlat inspektorlari hamda “Bio tex eko” MCHJning maxsus texnika jalb qilgan holda hududdagi noqonuniy chiqindilar tozalandi.

Hurmatli fuqarolar turli xil maishiy chiqindilardan belgilangan maxsus joylarga tashlashga yoki sanitar tozalash maxsus texnikalari "Signal" usulida kelgan vaqtida  olib chiqishingiz, sohada xizmat qilayotgan  insonlarni mehnatiga befarq bo‘lmaslikka, atrof-muhit ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslikga chaqirib qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, chiqindini belgilanmagan joyga tashlaganlik uchun fuqarolarga 375 000 so‘mdan 1 125 000 so‘mgacha, mansabdor shaxslar uchun esa 3 750 000 so‘mdan 7 500 000 so‘mgacha jarima belgilangan.
Tezkor munosabat

Joriy yilning 19 iyun kuni  "Ekologlar Andijonda ham bormi?" sarlavhasi bilan chiqqan murojaat bo‘yicha Andijon viloyat prokuraturasi boshchiligida ishchi guruh tomonidan viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgartirish boshqarmasi, Suv xo‘jaligi vazirligi Andijon viloyat bo‘linmasi boshchiligida tezkor o‘rganish olib borida.

O‘rganish davomida tabiatga keltirilgan zarar hisoblanib qonuniy baho berilmoqda.

Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmat
#EcoExpo2025 #EcoExpoUzbekistan

💬Ayni damda Toshkentdagi CAEx ko‘rgazma majmuasida “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu yirik tadbirda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamqulov, Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisining o‘rinbosari Bakyt Asangul, Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, Turkmaniston Tabiatni muhofaza qilish vaziri o‘rinbosari Nury Jumashov, Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Doyon, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Mahl va boshqa nufuzli mehmonlar ishtirok etmoqda.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov quyidagilarni ta’kidladi:

«Bugungi ko‘rgazma — bu shunchaki texnologiyalar namoyishi emas, balki mintaqalar, tarmoqlar va davlatlar o‘rtasidagi chuqur hamkorlik uchun boshlang‘ich nuqtadir. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ekologik texnologiyalarni ilgari surish bo‘yicha mintaqaviy platformaga aylanishga tayyor».
https://gov.uz/oz/eco/news/view/62424

💬В настоящее время в столичном выставочном комплексе CAEx проходит церемония открытия Международной выставки экологических технологий Eco Expo Central Asia 2025.

В мероприятии принимают участие министр экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Азиз Абдухакимов, Чрезвычайный и Полномочный Посол Республики Казахстан в Республике Узбекистан Бейбут Атамкулов, Заместитель Чрезвычайного и Полномочного Посла Киргизской Республики в Узбекистане Бакыт Асангул, Чрезвычайный и Полномочный Посол Республики Таджикистан в Узбекистане Абдуджаббор Рахмонзода, Заместитель министра охраны окружающей среды Туркменистана Нуры Джумашев, Чрезвычайный и Полномочный Посол Республики Корея в Республике Узбекистан Вон Доён, Постоянный координатор ООН в Республике Узбекистан Сабина Махл и другие.

Выступая на церемонии, министр экологии Азиз Абдухакимов подчеркнул:
«Сегодняшняя выставка — это не просто демонстрация технологий, а отправная точка для глубокого взаимодействия между регионами, секторами и государствами. Узбекистан готов стать региональной платформой по продвижению экологических технологий в Центральной Азии».
https://gov.uz/ru/eco/news/view/62424

💬Currently, the opening ceremony of the International Exhibition of Environmental Technologies Eco Expo Central Asia 2025 is taking place in the capital's exhibition complex CAEx.

The event is attended by Deputy Prime Minister of the Republic of Uzbekistan Jamshid Khodjaev, Minister of Ecology, Environmental Protection and Climate Change Aziz Abdukhakimov, Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Republic of Kazakhstan to the Republic of Uzbekistan Beibut Atamkulov, Deputy Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Kyrgyz Republic to Uzbekistan Bakyt Asangul, Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Republic of Tajikistan to Uzbekistan Abdujabbor Rahmonzoda, Deputy Minister of Environmental Protection of Turkmenistan Nury Djumashev, Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Republic of Korea to the Republic of Uzbekistan Won Doyeon, UN Resident Coordinator in the Republic of Uzbekistan Sabina Makhl and others.

Speaking at the ceremony, Minister of Ecology Aziz Abdukhakimov emphasized:
"Today's exhibition is not just a demonstration of technologies, but a starting point for deep interaction between regions, sectors and states. Uzbekistan is ready to become a regional platform for the promotion of environmental technologies in Central Asia."
https://gov.uz/en/eco/news/view/62424

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
1
2025/07/13 17:01:19
Back to Top
HTML Embed Code: