Telegram Web Link
🌳 Andijonda plogging aksiyasi: ozoda tabiat va sog‘lom hayot uchun

🌿Aholi va yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish va atrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida Andijon shahridagi Bog’ishamol adirliklarida volontyorlar tomonidan plogging aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar aksiya davomida hududdagi chiqindilarni yig‘ib, atrof-muhitni tozalashga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

☘️Bu tashabbus nafaqat tabiatni ozoda saqlash, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham qaratilgan. Volontyorlarning bu kabi tashabbuslari tabiat qo’ynida dam olayotgan barcha uchun namuna bo’ldi.
Andijon viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Buloqboshi tumani nazoratchilari reyd tadbirlarida, tumandagi avtomobil yuvish shoxobchalarining 72-modda 1 qismi bilan jarimaga xos raqam olindi.
#Rasmiy_munosabat

Joriy yilning 20-iyun sanasida ijtimoiy tarmoqlarda Baliqchi tumani hududida bug‘doy o‘rimidan bo‘shagan yer maydonidagi somon poyalari qoldiqlarini yoqib yuborilganlik holati bo‘yicha video murojaat yo‘llangan.

Bu holat bo‘yicha Andijon viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Baliqchi tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tezkor o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganish natijasida Baliqchi tumani Sheralichek massividagi “BALIQCHI AGROMAKS” MCHJga qarashli bug‘doy o‘rimidan bo‘shagan yer maydoni ekanligi va ushbu yer maydonining 2.8 gektar somon cho‘plari qoldiqlariga o‘t qo‘yib yuborilganlik holati aniqlandi.

Surishtiruv ishlari natijasida Sortepa MFYda yashovchi fuqaro E.V dala maydoni chekkasidagi somon poyalarini yoqib ko‘rmoqchi bo‘lgani va ehtiyotsizligi natijasida olov shamol taʼsirida yer maydonidagi somon poyalari cho‘plari qoldiqlariga ilashib ketgani va buni o‘chirishga uringani hamda olovni o‘chirguncha jami 2.8 gektar yer maydoni yonib ketganligi maʼlum bo‘ldi.

Yuqoridagi holatda “Boshoqli don ekinlari poyasi somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlash hamda ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qo‘llash bo‘yicha nizomni tasdiqlash haqida”gi nizomga asosan tabiatga xususan, yerga yetkazilgan zarar summalari hisob kitob qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 88-moddasi 3-qismi bo‘yicha huquqbuzarlik holati sodir etilgan deb topilib, joyida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EcoExpo2025 #EcoExpoUzbekistan

📈Kelajak startaplari: "Eco Expo"da O‘zbekistonning barcha hududlaridan ekologik tashabbuslar namoyish etildi

"Eco Expo Central Asia 2025" xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi doirasida atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan innovatsion yechimlar va ekologik tashabbuslarni o‘z ichiga olgan startap loyihalar taqdim etildi. Ishtirokchilar barqaror qishloq xo‘jaligi, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik monitoringni raqamlashtirish va "yashil" texnologiyalarni rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda ilg‘or g‘oyalarini namoyish etdilar.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/63034

📈Стартапы будущего: на Eco Expo представлены экологические инициативы со всех регионов Узбекистана

В рамках Международной экологической выставки Eco Expo Central Asia 2025 были представлены стартап-проекты, направленные на разработку и внедрение экологически ориентированных решений. Участники представили инновационные инициативы в различных направлениях — от устойчивого сельского хозяйства и переработки отходов до цифровизации экологического мониторинга и развития зелёных технологий.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/63034

📈Startups of the Future: Ecological Initiatives from All Regions of Uzbekistan Presented at Eco Expo

As part of the International Environmental Exhibition Eco Expo Central Asia 2025, startup projects focused on developing and implementing environmentally oriented solutions were showcased. Participants presented innovative initiatives in various areas — from sustainable agriculture and waste recycling to digital environmental monitoring and the advancement of green technologies.
https://gov.uz/en/eco/news/view/63034

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Tungi sug‘orish ishlari Andijonda jadal....

Bo'ston tuman Ekologiya bo‘limi tomonidan tungi sug‘orish ishlarini nazorat qilmoqda.


Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Andijon shahar bo'limi tomonidan olib borilayotgan Ekologiya nazorat tadbirlari davomida aniqlangan noqonuniy chiqindi tashlab joyi “Bio tex eko” MCHJning maxsus texnika va hodimlari tomonidan bartaraf etildi.


Hurmatli fuqarolar turli xil maishiy chiqindilardan belgilangan maxsus joylarga tashlashga yoki sanitar tozalash maxsus texnikalari "Signal" usulida kelgan vaqtida  olib chiqishingiz, sohada xizmat qilayotgan  insonlarni mehnatiga befarq bo‘lmaslikka, atrof-muhit ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslikga chaqirib qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, chiqindini belgilanmagan joyga tashlaganlik uchun fuqarolarga 375 000 so‘mdan 1 125 000 so‘mgacha, mansabdor shaxslar uchun esa 3 750 000 so‘mdan 7 500 000 so‘mgacha jarima belgilangan.
2025/07/13 05:03:38
Back to Top
HTML Embed Code: