Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyatida  “Daraxtga nafas bering” tadbiriga start berildi.

Ayni damda respublika miqyosida “Daraxtga nafas bering” ommaviy tadbirlari davom etmoqda.  Maqsad daraxtlarning yashovchanligini ta’minlash, ularni asrab qolishdir.
Tadbir doirasida Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza   qilish   va iqlim o‘zgarishi  boshqarmasi Andijon shahar bo‘limi
hamda Obodonlashtirish bo'limi hamkorlikda daraxtlarning tag qismi betondan tozalanmoqda. Shuningdek, daraxtlardan turli yoritkich va reklama bannerlari ham olib tashlanmoqda.

Bunday holatlar qayta takrorlanmasligi uchun mahalla raisi va tadbirkorlar ogohlantirildi hamda daraxtlarga shikast yetkazmaslik yuzasidan aholi orasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Andijon viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Paxtaobod tuman bo‘limi davlat inspektorlari hamda obodonlashtirish bo'limi hodimlari tomonidan tumandagi madaniyat va istirohat bog'i hududida daraxtlarga tag qismi betondan tozalanib "Daraxtlarga nafas bering" nazorat tadbiri  o‘tkazildi.


Tadbir davom etmoqda...
TABIATNI ASRASH – KELAJAKNI ASRASH DEMAKDIR

Vaqt yugurik, bir-birini quvib o‘tayotgan lahzalar “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”ning yarmini ham tarixga muhrladi. Andijon viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tizimida yilning o‘tgan olti oyida bajarilgan tadbirlar atroflicha muhokama qilindi. Tabiiyki, ijobiy natijalar yetarli, shu bilan birga bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham talaygina.

Sanjarbek Dadamirzayev,
Andijon viloyati ekologiya, atrof-muhitni 
muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi 
boshqarmasi boshlig‘i.

Batafsil: ekopress.uz
Hamkorlikdagi qo‘shma tadbirlar

Joriy yilning 4-iyul kuni Andijon viloyat Prokuraturasi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamkorligidagi nazorat reyd tadbirlari olib borildi. Buning natijasida, Oltinko'l tumanidan oqib o'tgan Katta Andijon kanalidan 1 nafar fuqaro hech qanday hujjatlarsiz o‘z boshqaruvida bo‘lgan ekskovator yordamida noqonuniy qum-shag‘al aralashmasini qazib olib, yuk tashuvchi transportga yuklamoqchi bo'lgan vaqtida, tuman ekologiya nazoratchilari tomonidan transport vositasining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.
Ushbu huquqbuzarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-modda prim 1-qismiga asosan, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari, yani 11 million 250 ming so'm miqdorida jarima qo‘llanildi.

Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Andijon viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Shahrixon tuman bo‘limi davlat inspektorlari hamda obodonlashtirish bo'limi hodimlari tomonidan tumandagi madaniyat va istirohat bog'i hududida daraxtlarga tag qismi betondan tozalanib "Daraxtlarga nafas bering" nazorat tadbiri  o‘tkazildi.


Tadbir davom etmoqda...
2030-yilgacha o‘rmon resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan respublikaning yashillik darajasini yanada oshirish, o‘rmonlarni ko‘paytirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi samaradorlikni oshirish maqsadida vazirlik huzuridagi O‘rmon agentligi faoliyati yanada takomillashtirilmoqda.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/66208

Утверждены целевые показатели эффективного использования лесных ресурсов до 2030 года

Министерство экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Республики Узбекистан активно реализует масштабные меры по увеличению лесного покрова и повышению уровня озеленения в стране. В целях повышения эффективности проводимых мероприятий совершенствуется деятельность Агентства по лесному хозяйству при Министерстве.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/66208

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
2025/07/05 09:14:31
Back to Top
HTML Embed Code: