Telegram Web Link
🇺🇸🇺🇸🇺🇸

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2025-yil 18-19-oktabr kunlari chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Malaka imtihoni talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 26 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 18 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun malaka imtihonidan chetlatildi.

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20 oktabrdan 6-noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 2025-yil 13-noyabrda e’lon qilinadi. 

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21-oktabr!

📆 Bugun — ona tilimiz, milliy g‘ururimiz va ma’naviyatimiz timsoli bo‘lgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

👍 Bilim va malakalarni baholash agentligi jamoasi ushbu sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni “O‘zbek tili bayrami” bilan samimiy muborakbod etadi!

📚 Ona tilimizni sevish, uni asrab-avaylash va yosh avlodga to‘g‘ri yetkazish — har birimizning sharafli burchimizdir.

Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
✍️ “Ona tilim – qalbim g‘ururi” shiori ostida diktant tanlovi o‘tkazildi

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish doirasida, 21-oktabr — “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan bir qator tadbirlar tashkil etildi.

📅 2025-yil 16-oktabr kuni Agentlikda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida diktant tanlovi o‘tkazilgan edi. Tanlovda ishtirokchilarning o‘zbek tilidagi savodxonlik va yozma nutq madaniyati bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

🏅 21-oktabr kuni esa tanlov gʻoliblari hamda eng yosh faol xodim aniqlandi. Bu tanlov yoshlarning tashabbuskorligi, faolligi va mas’uliyatini rag‘batlantirishga qaratildi.

🇺🇿 O‘zbek tili — milliy g‘ururimiz va bebaho boyligimiz! Til bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar agentlikdagi yoshlar orasida ona tiliga bo‘lgan mehr va hurmatni yanada mustahkamladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislariga sertifikat berish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi

Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.

🖥 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimida 2025-yil 22-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨‍🏭Test sinovlarida jami 295 nafar talabgor ishtirok etdi. 2 nafar talabgor tartib-qoidalarni buzganligi uchun chetlatildi.

❇️ Talabgorlar imtihon natijalarini shu vaqtning o‘zida bilishadi hamda test sinovlari qaydnomasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga tabrik

Поздравление сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/10/28 02:35:01
Back to Top
HTML Embed Code: