Telegram Web Link
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

🗓 2025-yil 16-oktabr kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning barcha hududlarida tashkil etildi.

💻 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

ℹ️ Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga murojaat qilish uchun:

🤖 @NostrifikatsiyaBBA_bot
https://www.tg-me.com/NostrifikatsiyaBBA

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Diktant tanlovi o’tkazildi


😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi tizimida 2025-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Agentlikda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida 2025-yil 16-oktabr kuni diktant tanlovi o‘tkazildi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarining yozma ish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha ovozli chat

📆 Bugun 16:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (https://www.tg-me.com/BaholashUz) (@BaholashUz)da ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarining yozma ish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo'yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
yozma ish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarining yozma ish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha ovozli chat

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maxsus_imtihon

⚡️ Ko‘zi ojiz shaxslar uchun o‘tkazilgan chet tilidan maxsus imtihon natijalari e’lon qilindi

2025-yil 10-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan ko‘zi ojiz shaxslar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus imtihon natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Maxsus imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Maxsus imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga sertifikat berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (652-son, 17.10.2025-y.) bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.


Nizom musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibini belgilaydi.

Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3 yil muddatga elektron shaklda beriladi.

Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.

Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining o‘rtacha natijasiga ko‘ra:

70 va undan yuqori ball olgan talabgorga – A+ darajali;
65 – 69,9 ballga – A darajali;
60 – 64,9 ballga – B+ darajali;
55 – 59,9 ballga – B darajali;
50 – 54,9 ballga – C+ darajali;
46 – 49,9 ball olgan talabgorga – C darajali sertifikat beriladi.

B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🇺🇸🇺🇸🇺🇸

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2025-yil 18-19-oktabr kunlari chet tillarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Malaka imtihoni talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 26 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 18 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun malaka imtihonidan chetlatildi.

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20 oktabrdan 6-noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 2025-yil 13-noyabrda e’lon qilinadi. 

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/25 17:11:50
Back to Top
HTML Embed Code: