👍👍👍

Online toʻgaraklar
⚡️

📌Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan, bugun 🕐1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣da, respublikamizdagi barcha "Barkamol avlod" bolalar maktablari uchun Facebookdagi rasmiy sahifamizda online toʻgarak tashkil etilmoqda.

Yo‘nalish: "Xorijiy tillar"
Mavzu: "Rus tili"

🔊Diqqat!🔊
📝Mavzuga oid bo'lgan savollarni trening tashkil etilayotgan vaqt izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

✔️Savollarga Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining ilg'or ish tajribaga ega bo'lgan mutaxassislari tomonidan javob olishingiz mumkin.

Mazkur online toʻgaraklardan maqsad, to'garak mashg'ulotlarining samaradorligini yanada oshirish va mavzu bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar berishdan iborat.

Bizning internet sahifalarimizga obuna bo'ling! Bizni kuzatishda davom eting!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍👍👍

Navbatdagi XALQARO GʻALABA

🫧 Dubay shahrida 20 dan ortiq davlatlar o'rtasida “WAMAS-2024” Xalqaro Mental arifmetika olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

➡️Bunda, Mirishkor tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining Mental arfmetika to‘garak a'zolari ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etishdi;

Afzalbek Amrullayev - Oliy o'rin 🏆
Avazbek Amrullayev - Oliy o'rin 🏆
Humoyunmirzo Xoliqberdiyev - Oliy o'rin 🏆
Shahodat Bahriddinova
- 1-oʻrin 🥇
Jahongir Ziyodullayev - 2-oʻrin 🥈

🎉G'oliblikni qo'lga kiritgan to'garak a’zolarimizni erishgan yutugʻi va xalqaro musobaqada Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Barkamol avlod" bolalar maktablarida oʻquvchilar qamrovi boʻyicha hududlar va tuman/shaharlar kesimida REYTING tuzildi

📈 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod" bolalar maktablarida Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov yoʻnalishida tashkil etilgan to'garaklarga qamrab olingan oʻquvchi-yoshlar koʻrsatkichi boʻyicha joriy oʻquv yilining mart oyi holatiga koʻra REYTING belgilandi.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad:

☝️maktabdan tashqari ta'lim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish,
☝️toʻgaraklarda oʻquvchi-yoshlar qamrovini oshirish,
☝️hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini jonlantirish.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:👇
🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Bugun 15-may, Chorshanba.

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

🎊 BAYRAMLAR:🎊

🪩 Xalqaro oila kuni
🪩 Xalqaro astronomiya kuni
🪩 Xalqaro iqlim kuni
🪩 Hindistonda daraxtlar kuni

🌎 VOQEALAR:🌎

🌸 1618-yil — nemis astronomi Iogan Kepler sayyoralar harakati qonunlarini kashf etdi.
🌸 1836-yil — F. Baley “Beyli nuqtasi”ni kashf etdi.
🌸 1851-yil — Nyu-York va Buyuk ko‘lni bog‘laydigan birinchi temir yo‘l qurib bitkazildi.
🌸 1928-yil — “Plane Crazy” multfilmida ilk marotaba Mikki Mous obrazi paydo bo‘ldi.

TAVALLUDLAR:

🌹 1859-yil — Pyer Kyuri — fransiyalik fizik, “Nobel” mukofoti sovrindori.
🌹 1926-yil — Muxtor Sultonov — Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, birinchi oʻzbek generallaridan biri.
🌹 1932-yil — Jon Glen — ingliz kinorejissyori va montajchi, beshta “Jeyms Bond” filmining muallifi.
🌹 1989-yil — Syunnyove Sulemdal — norvegiyalik biatlonchi, estafetalarda 6 karra jahon chempioni.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍👩‍👧‍👦 “Xalqaro oila kuni” muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

🥳 1994-yildan buyon 15-may - “Xalqaro oila kuni” sifatida butun dunyoda nishonlab kelinmoqda. Ushbu kunning belgilanishidan maqsad oilaning ko‘plab muammolariga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishga qaratilgan.

🇺🇿 Yurtimizda, qolaversa, Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan.

Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

👏 Fursatdan foydalanib, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi barcha yurtdoshlarimizga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt va ulkan marralarni zabt etishlarini tilaydi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍

Online toʻgaraklar
⚡️

📌Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan, bugun 🕐1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣da, respublikamizdagi barcha "Barkamol avlod" bolalar maktablari uchun Facebookdagi rasmiy sahifamizda online toʻgarak tashkil etilmoqda.

Yo‘nalish: "Hunarmandchilik va qo'l mehnati"
Mavzu: "Mayda plastika"

🔊Diqqat!🔊
📝Mavzuga oid bo'lgan savollarni trening tashkil etilayotgan vaqt izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

✔️Savollarga Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining ilg'or ish tajribaga ega bo'lgan mutaxassislari tomonidan javob olishingiz mumkin.

Mazkur online toʻgaraklardan maqsad, to'garak mashg'ulotlarining samaradorligini yanada oshirish va mavzu bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar berishdan iborat.

Bizning internet sahifalarimizga obuna bo'ling! Bizni kuzatishda davom eting!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Malaka_oshirish

TO'GARAK RAHBARLARIMIZ XALQARO EKSPERTLARDAN MALAKA OSHIRDI

🌍Xabaringiz bor, Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda "Robototexnika va konstruktorlik" yo'nalishidagi toʻgarak rahbarlari malakasi oshirildi.

✔️Bugun mazkur malaka oshirish mashgʻulotlarining ishtirokchilariga sertifikat topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

▪️Tadbirni Respublika “Barkamol avlod bolalar maktabi” direktori D.Uralov ochib berdi.

📈Bunda jami 14 nafar toʻgarak rahbarlari ishtirok etib, mashgʻulotlarni muvaffaqiyatli tamomlashdi hamda sertifikatga ega boʻlishdi.

Marosim soʻngida malaka oshirgan toʻgarak rahbarlari madaniy hordiq olishi maqsadida I.Karimov nomidagi ilmiy-amaliy yodgorlik muzeyiga tashrif buyurishdi.

📌Ma’lumot uchun: malaka oshirish mashgʻulotlari davomida ishtirokchilarga IT yo'nalishi bo'yicha darslar bilan birgalikda pedagogik dasturiy ta'minot ta'limi chuqurlashtirib o'rgatildi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_efir

📣 Hurmatli pedagoglar!


Ertaga — 16-may kuni soat 12:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2023/2024-o‘quv yilida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi.

Xususan:

9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari uchun belgilangan fanlar va imtihonlarning bo‘lib o‘tish tartibi, sanalari,

Imtihonlar o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati, imtihon savollari spesifikatsiyasining ishlab chiqish jarayonlari,

Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga yakuniy attestatsiya imtihonlarida beriladigan imtiyozlar,

Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga taqdim etiladigan oltin va kumush medallarining berilish tartibi va shartlari haqida so'z yuritiladi.

❗️Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi.

🖥 Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/15 17:43:09
Back to Top
HTML Embed Code: