Telegram Web Link
💟Munajjimlar bashorati (10-iyul, payshanba)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Shaxsiy hayotda sizni syurprizlar, qiziqarli uchrashuvlar kutib turadi. Moliyaviy masalada tanaffuslar aytarli ko‘zga tashlanmaydi.

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Kunning birinchi yarmida o‘tmishdagi xatoliklar bilan yuzma-yuz bo‘lasiz. Kechki payt esa immunitetingizni ko‘tarish payida bo‘ling.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Moliyaviy sohada omadga erishish uchun tejamkor bo‘lishingiz lozim. Garchi kattaroq xaridlarni rejalashtirib qo‘ygan bo‘lsangiz-da, pulingizni tiyin-tiyinigacha hisob-kitobda ushlang.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Ish jarayonida ham, oilaviy hayotda ham faqat qalbingiz amriga quloq tutgan holda ish ko‘ring. Shunda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymaysiz.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Salomatligingiz haqida deyarli qayg‘urmay qo‘ygansiz. Shuning uchun tez-tez mazangiz qochishi kuzatilmoqda.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Shaxsiy hayotingizda favqulodda paydo bo‘ladigan ayrim vaziyatlar qarshisida bosh egishga majbur bo‘lasiz. Ular asabingizni buza boshlaydi. Ammo bu vaziyatlarni boshqachasiga aylanib o‘tishning imkoni yo‘q.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Kun davomida ko‘pchilik foydali tanishuvlarni boshdan kechiradi. Salomatligingiz yomonlashayotganini sezsangiz, vrachga uchrashing.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Kunning birinchi yarmidanoq ko‘nglingizga yoqib tushadigan ish topasiz va bu ish sizga kun davomida yoqimli lahzalarni hadya etadi.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kun bo‘yi nimaiki ishga qo‘l urmang, o‘zingizga nisbatan talabchan bo‘ling. Doimiy tarzda yangiliklar sari intiling. Muhabbatda sizni syurpriz kutadi.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bugungi moliyaviy muammolar juda murakkab. Shuning uchun ularni bir necha soatda bartaraf eta olmaysiz. Bu ishda huquqshunos ko‘magi ham zarur bo‘lishi mumkin.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Kuningiz turli qiziqarli, quvonchli hodisalarga boy bo‘ladi. Agar ishda o‘z vaqtida kerakli pozitsiyani egallay bilsangiz, g‘alaba sizniki bo‘ladi.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Bugun boshqa uyga ko‘chib o‘tish, yoqimli xaridlarni amalga oshirish va tabiat qo‘ynida dam olish ko‘ngildagidek kechadi.

💟@Burjlar_Haqida 💟
13👍2
💟 Munajjimlar bashorati (11-iyul, juma)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Pul orqasidan quvish haqida umuman o‘ylamang. Aks holda muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz.

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Yaqin o‘tmishdagi muhabbat xotiralaridan xalos bo‘lishda yaqin do‘stlardan biri yordam berishi mumkin.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘lishi kutiladi. Bunga atrofdagilarning xush muomalasi ham turtki bo‘ladi albatta. Kun davomida tanishlar yoki do‘stlardan biri sizga yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun yangi tanishuvlar kutadi. Ammo do‘st tanlashda, birovlar bilan tanishishda juda ehtiyot bo‘ling. Jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishdan saqlaning.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Ijodkorlar kun davomida internet orqali o‘zi uchun zarur axborotlarni topishlari kutiladi. Bular yangi asarlar yaratishingizda juda asqotishini unutmang.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Kunning ikkinchi yarmida olisda yashaydigan qarindoshlardan biri mehmon bo‘lib kelishi ehtimoli bor.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Sabzavot, mevalarni ko‘proq yeng. Mavsumda to‘yib yeyilgan mevalar yil bo‘yi sizga qo‘shimcha quvvat bag‘ishlab turadi.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Bugun birinchi navbatda bardosh va iroda kuchini mustahkamlash harakatida bo‘ling. Busiz qaysi jabhada bo‘lmang, ko‘ngilsizliklarga duch kelishdan tiyila olmasligingiz mumkin.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Ishlarni navbati bilan amalga oshiring. Kechqurun suygan insoningiz uchun alohida vaqt ajrating.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bo‘lar-bo‘lmas ishlarga kuch sarflab o‘zingizni qiynamang. Bugun moliyaviy va texnik ahamiyatga ega muammolar oldingizda ko‘ndalang turishi kutilmoqda. Kuchni ana o‘shalar uchun asrab qo‘ying.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Asab tizimlaringiz joyida emas. Ularni tartibga keltirish uchun to‘yib uxlashingiz va kam kaloriyaga ega taomlar iste’mol qilishingiz kerak.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Ishxonada ba’zi hamkasblar sizni tanqid qila boshlashi ham mumkin. Bunday vaziyatlarda sukut yordam beradi.

💟@Burjlar_Haqida 💟
14👍6🕊1
😍Hammaga rahmat yaqinlarim #2k bo‘ldik Yana ham aktiv bo‘laylik harakat
qilingiz🤗🤝👏
2025/07/11 22:25:41
Back to Top
HTML Embed Code: