Telegram Web Link
Forwarded from Burjlar Xarakteri va Mosligi🪐 Sevishganlar (Farrux))
♌️ Munajjimlar bashorati (26-iyun, payshanba)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Muhabbatda barcha niyatlarga erishgansiz. Faqat to‘y kunini belgilash qolgan xolos. Agar buni ham uddalagan bo‘lsangiz, muborak bo‘lsin!

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Bugun ham muhabbat, ham ishdagi munosabatlarga alohida e’tibor bilan yondashing. Birovlar munosabat yuritishni istamasa, majburlamang.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Kun bo‘yi ishxonangizda kimlar bilandir janjallashishingiz, rahbariyatning tanqidiga uchrashingiz ehtimoli bor. Shu bahonada salomatligingizni ham qat’iy nazorat ostiga oling.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Oilaviy hayotda juftingiz bilan bahslashib qolishingiz ehtimoli bor. Bunday vaziyatlarda sizdan xotirjamlik talab etiladi. Baxtingizga ko‘z tegmasin!

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Ayrimlarga yaqinlarining yordami zarur bo‘lishi mumkin. Qo‘ng‘iroqlashing, ishingizni bitirish payida bo‘ling. Muhabbatda ham muvaffaqiyatlar sizni tark etmaydi.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Hamkasblardan biri sizga qarshi yomon bir o‘yinni o‘ylab topgan bo‘lishi mumkin. Ochiqchasiga o‘sha kimsa bilan gaplashib olishingiz kerak.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Oson erishilgan muvaffaqiyatning toti bo‘lmaydi. Shu shiorga rioya qilsangiz, bugungi kuningiz albatta barakali bo‘ladi.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Shaxsiy hayotingizda xavotirlarga, asabiyliklarga sabab bo‘luvchi voqea sodir bo‘lmaydi. Ruhan xotirjam bo‘lasiz.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Qalbingizga quloq tuting. U sizga har jabhada to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Hatto, moliyaviy muammolarni bartaraf etishda ham qalbingizdan sadoqatli do‘st topa olmaysiz.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Kechqurun asosiy kuchingizni moliyaviy va ro‘zg‘ordagi muammolarni bartaraf etishga sarflang.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Yolg‘izlardan kimdir bugun bo‘lajak taqdirdoshini tasodifan uchratishi kutilmoqda. O‘sha inson ayni siz uchun yaralganini qalban his etasiz.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Hamkasblar bilan iliq munosabatda bo‘ling. Kechqurun toza havoda sayr qiling. To‘g‘ri ovqatlaning va rejimga amal qiling.

Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha...

@Burjlar_Haqida
10❤‍🔥2🤷‍♀1🔥1😱1🕊1🙉1
💟 Munajjimlar bashorati (27-iyun, juma)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Ro‘zg‘orda va pul masalasida muammolarga duch kelishingiz mumkin. Bugun bilim olish va ziyo tarqatish uchun qulay kechadi.

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Bugun yaqinlaringiz qaysidir sohada yordam taklif etishsa, rad etmang. Ularsiz o‘sha muammoni bartaraf eta olmaysiz.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugun tushga yaqin ommaviy tadbirda ishtirok etishingiz kutilmoqda. Bu tadbirning boshida o‘zingiz turishingiz ham mumkin.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Xususiy mulk oldi-sotdisi bugun omadsizlik hadya etadi. Bu ishni boshqa kunga qoldirganingiz durust. Kechqurun toza havoda ko‘proq sayr qiling.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Shaxsiy hayotda juftingiz bilan janjallashib qolishingiz mumkinligi kutiladi. Bunga har safargidek rashk sababchi bo‘ladi.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Iste’dodingiz sizga bir olam olqishlar, maqtovlar va moddiy manfaat taqdim etishi ehtimoldan xoli emas. Qolgan ishlarni aniq reja asosida bajarsangiz, moliyaviy ahvolingiz kunning birinchi yarmidayoq o‘zini tutib oladi.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Ishda bugun murakkablikdan qoching. Taqdir in’om etgan va etayotgan moddiy, ma’naviy boylikka shukr qiling-u, yashashda, ishlashda davom eting.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Hayotingizni bundan keyin ham jamiyat talablari va qoidalari asosida tashkil eting, shu tartib bo‘yicha yashang. O‘zingiz uchun qulay hayot qurishga intilsangiz, har qadamda noqulayliklar, ko‘ngilsizliklar ta’qibida qolishingiz mumkin.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Oilada juftingizni rashk qilish odatingiz nuqul sizga pand beradi. Uni haydab soling, bu qo‘lingizdan keladi.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Begonalarga kamroq ishonch bildiring, aks holda bugun ko‘p miqdorda pul yo‘qotishingiz hech gap emas.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Kredit olishni anchadan beri orzulab kelayotgan bo‘lsangiz, bugun omadingiz kuladi. Sog‘liqqa hushyor bo‘ling.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Shaxsiy hayotingizda ba’zi notekisliklar paydo bo‘lishi mumkin. Ularni bardosh va kuchli iroda yordamidagina yengib o‘ta olasiz.

💟
@Burjlar_Haqida 💟
9😱6🤷‍♀2💯2👍1
💟Munajjimlar bashorati (28-iyun, shanba)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Uzoq kelajak haqida rejalar tuzib ovora bo‘lmang, barchasi o‘z vaqti-soatida amalga oshaveradi. Birovni g‘iybat qilish, hasad ko‘zi bilan qarash sizga xos emas

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Bugun qalbingiz amriga bo‘ysunmang, aksincha, o‘zingizdan yoshi ulug‘, tajribasi ko‘p insonlardan maslahat so‘rang.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Qachonlardir birga o‘qigan yo ishlagan odamdan yoqimli xabar eshitasiz. Yolg‘onchi, ikkiyuzlamachilar chuv tushirib ketishini xohlamasangiz, juda sergak bo‘ling.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Yaqinlaringizga keragidan ortiqroq mehr ko‘rsating. Shu mehr ularingizga suv va havodek zarur.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Aql bilan ish tutsangiz, nochorlarga yordam qo‘lini cho‘zsangiz, bir kun kelib albatta mukofotini olasiz.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Agar yangi loyihalar miyangizda aylanib turgan bo‘lsa, zudlik bilan ularni hayotga tadbiq eting.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Kunning birinchi qismida atayindanmi, yo tasodif bo‘libmi, ko‘ngil dardi og‘ir insonlar yo‘lingizdan chiqa boshlaydi. Ular bilan baravar qayg‘uga botasiz.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Tushdan keyingi lahzalarda yangi tanishlar orttirasiz. Shoping, sportning yengil turlari va tabiat qo‘ynida dam olish bugun omadli o‘tadi.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Tushdan keyin kimdir sizni boshqa bir odam bilan janjallashtirib qo‘yishi mumkin. Bilib-bilmay hasadgo‘ylarning maslahatiga quloq tutib qo‘ymang.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Sog‘liq pand bera boshlaganini sezsangiz, albatta vrach ko‘rigiga choping.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishida do‘stlardan biri yordam berishi kutiladi.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Yaqin o‘tmishga aslo nazar tashlamang, faqat buguningiz haqida qayg‘uring.


💟
@Burjlar_haqida 💟
👍137😭4
💟Munajjimlar bashorati (29-iyun, yakshanba)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
23-iyun yangi kasb egallash istagidagilar uchun xayrli kechadi. Kun davomida varikoz ba’zilarni bezovta qilishi mumkin.

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Ba’zilar kechki paytga yaqin bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishi mumkin. Bu havoning isib ketishi tufayli sodir bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Oila qurmaganlarning ayrimlariga bir ko‘rishda muhabbat deb nomlangan tuyg‘uga oshno bo‘lishlari mumkin.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Faqat qalbingiz amriga itoat eting. Azartli o‘yinlarni o‘ynamang. Ko‘ngilsizlikka duch kelishingiz mumkin.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Muhabbatda bugun psixolog rolini ijro eting, juftingiz mamnun tortadi.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Dard dard bilan-u, ammo har birimiz tanadagi og‘riqlarni faqat o‘zimiz orqali o‘tkazamiz, o‘zimiz uchun o‘zlarimiz tashvish chekamiz. O‘zingizni, sog‘lig‘ingizni esdan chiqarib qo‘ymang.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Bugungi kuningiz avvalidanoq xayrli o‘tishi ma’lum bo‘ladi. Faqat ba’zilarning salomatligi kechqurunga borib pand bera boshlashi mumkin.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Bugun tabiat qo‘ynida dam olish, meditatsiya va sportning faol turlari bilan shug‘ullanish omad keltiradi.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Shaxsiy hayot va olis yo‘llar osha orttirgan baxtingizni asrang. Daromad keltirmaydigan ishlar uchun vaqt sarflamang.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
kunning birinchi yarmidanoq do‘stlar va qarindoshlar maslahatini yerda qoldirmang. Bu maslahatlar sizga faqat ezgulik baxsh etadi.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Tabiat qo‘ynida dam olish, olis safarga chiqish muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun salomatligingizga alohida e’tibor qarating.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Bugun ichki madaniyat, diplomatiyani taraqqiy toptirish harakatida bo‘ling.

💯
@Burjlar_haqida🫰
15👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oila qurgach, shu 6 qoidaga amal qiling... 🙏

💟@Burjlar_haqida 💟
11🫡7🤗31
💟 Munajjimlar bashorati (30-iyun, dushanba)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Siz uchun daromadlar kuni bo‘ladi. Bundan tashqari, sizni yangi-yangi joylarga ishga taklif etishlari kutiladi.

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Bugun hurmatli ayollarimiz, qizlarimizga uy yig‘ishtirish bilan shug‘ullanishni maslahat berishadi.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Kun davomida salomatligingizni nazoratda ushlahni maslahat beramiz. Ovqatlanish rejimiga amal qiling.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Xamirli taomlar, shirinliklar yeyishni keskin kamaytiring. Kechqurun uyingizga boshqa bir shahardan qarindoshlar mehmon bo‘lib kelishi mumkin.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
O‘zingiz uchun qulay hayot qurishga intilsangiz, har qadamda noqulayliklar, ko‘ngilsizliklar ta’qibida qolishingiz mumkin.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Kechqurun oiladagilar bilan shirin suhbatlar quring. Ko‘ngil chigallari yoziladi.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Ishlarni aniq reja asosida bajarsangiz, moliyaviy ahvolingiz kunning birinchi yarmidayoq o‘zini tutib oladi. Bugungi kun bor bo‘yi bilan sizniki. Omadingizni bersin!

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Xususiy mulk oldi-sotdisi bugun omadsizlik hadya etadi. Bu ishni boshqa kunga qoldirganingiz durust.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Oilasizlar bugun kechqurun romantik uchrashuvdan, ishqiy lahzalardan umid qilaversalar bo‘ladi.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Asabni asrang, shunda sog‘lig‘ingiz ham pand bermaydi. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga borib albatta ijobiy hal bo‘ladi.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Ro‘zg‘orda va pul masalasida muammolarga duch kelishingiz mumkin.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Ba’zilarga do‘stlari yangi ish taklif etishi mumkin. Bosh torting. Bu ishga sizga foyda ham, yaxshilik ham keltirmaydi.

💟@Burjlar_Haqida 💟
🤗149🤷‍♀3🤷‍♂2❤‍🔥1
💟Munajjimlar bashorati (1-iyul, seshanba)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kunning ikkinchi yarmida turmush o‘rtog‘ingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan bog‘liq yolg‘on va bo‘htondan iborat axborotni yetkazishlari mumkin.

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni ado etishda sezilarli mushkulotlarga yo‘liqishingiz mumkin. O‘zingizga nisbatan ko‘proq tajribaga ega hamkasblardan maslahat oling.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Ro‘zg‘oringizda muammolar yetarlicha topiladi. Ammo ulardan qochishni xayolingizga ham keltira ko‘rmang.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Buguningiz ishga to‘lib-toshadi. Ularni oxiriga yetkaza olmay xunob bo‘lishingiz tayin. Moliyaviy muammolar esa muvaffaqiyatli bartaraf etiladi.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Muvaffaqiyatlaringizga hatto Napoleon ham havas qilgan bo‘lardi. Ish jarayonida qiziqarli uchrashuvlar va yoqimli suhbatlar kutadi.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Bugun ishlaringiz shu qadar baroridan keladiki, sizni ko‘ra olmaydigan hasadgo‘y hamkasblar, tanishlar alamiga chiday olmaganidan tirsagini tishlashga majbur bo‘ladi.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Kun davomida hamkasblar, suygan insoningiz bilan bahslashishingiz ehtimolga yaqin. U shoxdan bu shoxga qo‘naverish yaxshilikka olib bormaydi.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Kunning ikkinchi yarmida yuragingiz faoliyatiga taalluqli jiddiy muammoga ro‘baro‘ kelishingiz xavfi bor. Oldini oling va vrachga uchrashib qo‘ying.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Anchagina odam sizdan pul qarz olgan bo‘lsa, bugun kechki payt albatta qarzini qaytaradi. Ko‘ribsizki, yana oilaviy g‘aznangiz pulga to‘ladi.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Nimaiki ishga qo‘l ursangiz, albatta daromadini olasiz. To‘g‘ri ovqatlaning. Rejimni buzmang. Kechqurun esa toza havoda sayr qiling.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Oilaviy hayotda hazil-mutoyibaga moyillik talab etiladi. Ayniqsa, turmush o‘rtog‘ingizning chehrasida xafaqonlik alomatlari ko‘zga tashlansa, hazil o‘sha bulutlarni tarqatib yubora oladi.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Tushga qadar sizni tantanali tadbirga taklif etishlari mumkin. Tadbirdan iliq taassurotlar bilan qaytasiz.

💟@Burjlar_Haqida 💟
19👍3
💟 Munajjimlar bashorati (2-iyul, chorshanba)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
His-tuyg‘ularni jilovlashga harakat qiling. Oilasiz bo‘lsangiz, o‘zingizga yoqqan insonga muhabbat izhor qilishga uyalmang.

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Zaharlanib qolishingiz ehtimoli bor. Moliyaviy ahvolingiz kechqurunga borib albatta yaxshilanadi.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Turishidan shubhali tuyila boshlagan odam bilan yaqin muloqotga kirishmang. Kechqurun yengil ovqatlanish bilan cheklaning.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Har bir ishni puxta reja asosida amalga oshiring. Yo‘llarda esaxavfsizlik qoidalariga amal qilish sira zarar keltirmaydi.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Bugun kunning birinchi yarmida oilalilarning ba’zilarinikida yangi mehmon dunyoga kelish ehtimoli bor. Ayollar tashqi ko‘rinishlariga alohida e’tibor qaratishlari talab qilinadi.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Atrofdagilar bilan munosabatlarda sergaklikni qo‘ldan bermang. Har bir gapingizni yaxshilab o‘ylab olgachgina tilingizga ko‘chiring.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Juftingiz bilan munosabatlarda yetakchi bo‘lishga urinmang. Tinglovchilikni tanlayvering. Shundan tinchi yo‘q.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Kun davomida ro‘zg‘orda paydo bo‘ladigan favqulodda muammolar sizni biroz toliqtirishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qilib, bir-ikki soat yolg‘iz qolsangiz, toliqishlar nari chekinadi.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Har bir ishni boshlashdan oldin yaxshilab tayyorgarlik ko‘rishga odatlansangiz, ishlaringiz o‘lda-jo‘lda qolib ketmaydi.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Sizni sevadigan, qadrlaydigan odamga qalbingiz eshiklarini kattaroq ochib qo‘ying. Sir saqlashingiz, sukutga tolishingiz yaxshilikka olib kelmaydi.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Tushdan keyin ba’zilar jufti bilan jiqqillashib qolishlari kutiladi. Sog‘liqni asrab, sifatsiz taomlarni bilib-bilmay tanovul qilib qo‘ymang.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Kun davomida qarindoshlardan biri bilan xafalashib olishingiz ham haqiqatdan uzoq emas. Moliyaviy jihatdan shikoyatingiz bo‘lmaydi.

💟
@Burjlar_Haqida 💟
19👍4😘2💯1👻1
♌️ Munajjimlar bashorati (3-iyul, payshanba)

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kun davomida qarindoshlardan biri bilan xafalashib olishingiz ham haqiqatdan uzoq emas. Moliyaviy jihatdan shikoyatingiz bo‘lmaydi.

Buzoq (21.04 — 21.05)
E’tiborsiz bo‘lsangiz, zahiradagi pullaringizni tiyin-tiyinigacha sarflab qo‘yishingiz hech gap emas. Shunday bo‘lib chiqsa, moddiy ahvolingiz ayanchli ko‘rinishga kelib qolishi tayin.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Ro‘zg‘oringizda yo biror jihoz buzilib qoladi, yoki aksincha yangi jihoz xarid qilishingiz kutiladi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun voqea-hodisalar bir maromda davom etmaydi. Shunga qaramasdan, kuningiz yoqimli kechadi.

Arslon (24.07 — 23.08)
Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, profilaktika boshlashingiz shart. Busiz organizmingiz yaqin orada pand bera boshlashi mumkin.

Parizod (24.08 — 23.09)
Ishxonadagi hamkasblardan biri anchadan beri sizga ko‘z tashlayverib zeriktirgan bo‘lsa, bugun fursat topib u odam bilan ochiqchasiga gaplashib oling.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Fitness klub, go‘zallik saloniga borgan va sportning faollik talab qiluvchi turlari bilan shug‘ullangan ayollar va qizlarimiz muvaffaqiyatga erishishadi.

Chayon (24.10 — 22.11)
Moliyaviy masalada katta pulga ega chiqmasangiz-da, pulsiz qolib ketmaysiz. Shaxsiy hayotda juftingiz bilan til topisha olmasligingiz tufayli asabbuzarliklar yuzaga kelishi mumkin.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kechki payt kimlarningdir xonadoniga mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi. Kimlardir esa yolg‘iz qolib ruhiy mukammallik sari intila boshlaydi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Muhabbatda faqat o‘ziga qattiq ishonganlargina muvaffaqiyatga erishadi. Bu masalada qo‘rqoqlik, hardamxayollik ketmaydi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda yolg‘iz o‘zingiz kutilgan natijaga erisha olmaysiz. Yo huquqshunos, yo badavlat tanishlardan biri zarur bo‘ladi.

Baliq (20.02 — 20.03)
Bugun ertalab uyqudan uyg‘ongach, jismoniy mashqlar bajarishni boshlashingiz tavsiya etiladi. Agar bel va oyoq qismlaringizda jiddiy og‘riqlar zohir bo‘lsa, mashqlar albatta foyda beradi.

💟@Burjlar_Haqida 💟
15😁3👍1🍓1
💟 Munajjimlar bashorati (4-iyul, juma)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Taqdirdan kutilmagan sovg‘alar olishni istasangiz, avvalo o‘zingiz saxovatpesha bo‘ling. Ayniqsa, yaqin insonlardan mehrni ham, pulni ham ayamang.

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Muhabbatda qalbingiz bayram talab qilmoqda. Bayramni tashkil etishga esa hech kim xalal bera olmaydi.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugungi kuningiz ertaklardagidek kechadi. Kutilmagan sovg‘alar, yangi tanishuvlar sehridan boshingiz aylansa, sarxushlansangiz ne ajab.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Muhabbatda, oilaviy hayotda janjalli vaziyatlarni qidirmang. Hatto, juftingiz janjalga sabab bo‘luvchi harakatlarni sodir eta boshlasa ham xotirjamlikni qo‘ldan bermang

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Bugun barcha ishlarni chetga surib qo‘yib dam olishingiz, do‘stlar bilan ko‘ngil yozishingiz tavsiya etiladi.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Do‘stlardan pul qarz bo‘lsangiz, darhol qaytarib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Aks holda orangizdagi munosabatlarga putur yetadi.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Ovqatlanish rejimi va me’yoriga qat’iy amal qiling. Oshqozoningizda muammo paydo bo‘lishi mumkin. Tunda ovqatlanmang.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
O‘zingizga tegishli yukni boshqaning yelkasiga ortmoqlab qo‘yishdan saqlaning. Garchi u odam qarindoshingiz bo‘lsa ham bunday harakatni sodir etmang.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Intiluvchanlik sizda yetarlicha. Ammo bor bilimingizni ishga bag‘ishlash imkoniyatidan sizga hasad qiladiganlar mahrum etishi mumkin.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Juftingiz bilan jiddiy gaplashib olishni xohlayotgan bo‘lsangiz, bu suhbatni boshqa kunga qoldiring. Hozir jiddiy suhbatlar salomatligingizga putur yetkazishi mumkin.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Uylanmagan yigitlar, qovg‘a burji ostida tug‘ilgan shunqorlar bugun ruhni baland-baland ko‘targan holda suyganiga muhabbat izhor qilishlari, to‘yni tezlatishlari lozim.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Joningizni asrang. Asabiylashmang. Kechqurun yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qiling.

💟@Burjlar_Haqida 💟
13👍9
💟Munajjimlar bashorati (5-iyul, shanba)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun ertalab uyqudan uyg‘ongach, jismoniy mashqlar bajarishni boshlashingiz tavsiya etiladi. Agar bel va oyoq qismlaringizda jiddiy og‘riqlar zohir bo‘lsa, mashqlar albatta foyda beradi.

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Bugun moliyaviy masalada juda ehtiyotkor bo‘ling. Duch kelgan narsani xarid qilaversangiz, kechga qadar pulsiz qolib ketishingiz hech gap emas.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Ertalabdanoq qo‘shimcha baxtli lahzalar va ilhom olishingiz kutilmoqda. Bunga a’lo kayfiyatingiz, martabangizning bir pog‘ona yuqorilashi sababchi bo‘ladi.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Agar o‘zingizni, mehnatingizni qadrlasangiz, kuch va imkoniyatlarni eng muhim ishlarga sarflang. Behuda yumushlarga o‘ralashib vaqt o‘tkazmang.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
O‘zingizni ehtiyot qiling. Ish ekan deb zo‘r beraversangiz, mehnat ta’tiligacha kasalxonabop bo‘lib qolishingiz hech gap emas.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Ayrimlar shunday zo‘r bir ish topadiki, bir necha soat ichida aytilgan yumushni qoyillatib, evaziga bir dunyo pul ishlab olishadi.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Agar uy ta’miri yoki yashash manzilingizni o‘zgartirish niyatida yurgan bo‘lsangiz, bugundan qulayini topa olmaysiz.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Bugun kechqurun to‘g‘ri ovqatlaning. Rejimni buzmang.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun har bir vaziyatni tashqaridan turib nazorat qilsangiz, faqat foyda qilasiz. O‘zgalarga nisbatan esa muloyim munosabat yuritishingiz tavsiya etiladi.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Shaxsiy hayotda o‘zingizga yoqqan mashg‘ulotlar bilangina band bo‘ling. Shunda rosmana lazzat olish baxtiga muyassar bo‘lasiz.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Kunning boshlanish qismida siz yangi va unutilmas tanishuvlarni boshdan o‘tkazasiz.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Moliyaviy masalada to‘siqlarga duch kelsangiz, joyida hal etishga harakat qiling. Achchiq taomlar, spirtli ichimliklar iste’molidan tiyiling.

💟@Burjlar_Haqida 💟
18
💟Munajjimlar bashorati (6-iyul, yakshanba)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kechqurun faqat oilangizdagilar bilan suhbatlashib, chaqchaqlashib vaqt o‘tkazishingiz tavsiya etiladi.

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Oldingizda qilinajak ishlar bir talay. Ularni chin ko‘ngil bilan ado etishga harakat qiling. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Do‘stlar bilan suhbatlashganda, sizdan oratorlik talab etiladi. Bu narsa sizga moddiy manfaat ko‘rishingizda ham asqotishi mumkin.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Mabodo ishtahangiz karnay bo‘lsa, zudlik bilan parhez boshlashingiz kerak bo‘ladi. Aks holda ortiqcha vazn orttirib olishingiz aniq.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Pulingiz esa o‘zingiz xohlagan kabi ko‘p bo‘lmaydi. Demak qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish topishingiz lozim.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Rejalar, maqsadlar, umidlar ko‘p. Ammo ularni haqiqatga aylantirish katta muammo. Chunki siz bugun asosan uydagi yumushlarni ado etishingiz, oilali bo‘lsangiz, oilangiz haqida qayg‘urishingiz kerak.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Bugun sport bilan shug‘ullanish, meditatsiya, moliyaviy yo‘nalishda qo‘shimcha bilimlarga ega bo‘lish amallari xayrli kechadi.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Shu kunga qadar sizga hamrohlik qilgan hayot qoliplaridan bo‘shang. Bu qoliplar eskirgan. Endi sizga tirgak bo‘la olishmaydi.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Moddiy ahvolingizdan nolimaysiz. Zahiradagi pullar hali ancha vaqtga yetadi. Muhabbatda juda ehtiyotkor bo‘ling.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bugungi kun sizning ziyoningizga ishlay boshlashi mumkin. Rejalar birin-ketin barbod bo‘la boshlaydi. Biroq ruhan tushkunlikka tushmang

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Yaxshisi, bugungi kuningizni madaniy dam olishga bag‘ishlang. Bundan tashqari, sog‘lig‘ingizni mustahkamlang, ajoyib insonlar bilan suhbatlar quring.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Bugun xotirjamlikka alohida e’tibor qaratishingiz tavsiya qilinadi. Shunday vaziyatlarga duch kelasizki, jahl va alam hissi zo‘r kela boshlaydi.

💟@Burjlar_Haqida 💟
14👍4
💟Munajjimlar bashorati (7-iyul, dushanba)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Muhabbatda ko‘zlangan maqsadga yetish uchun sizdan tashabbuskorlik talab etiladi. Suyganingizga yanada qattiqroq bog‘lanib qolish harakatida bo‘ling.

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Ishxonangizdagi ayrim ko‘ngilsizliklarga e’tibor qilmang. Muhabbatda bugun sizdan ehtiroslisi bo‘lmaydi. Kechqurun toza havo sayriga chiqing.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
O‘zingizni har qanday tur va ko‘rinishdagi ko‘ngilsizliklar, yoqimsiz lahzalardan bemalol himoya eta oladigan darajaga yetasiz.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Buguningiz unumli va yoqimli kechadi. Barcha muammolar ketma-ket o‘z yechimini topib, nihoyat yengil nafas ola boshlaysiz.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Arslon burji ostida tavallud topganlarning ayrimlari ish joyida rahbariyatdan hayfsan olishi mumkin. Atrofingizdagilar sizga dag‘al muomala qiladigan bo‘lsa, yuz buring-u, nari keting.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Siz kunning birinchi yarmida hamkasblar bilan munosabatlarni mustahkamlash payida bo‘ling. Bahslar, janjallardan tiyiling.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Kun davomida kimnidir nimanidir ado etishga ko‘ndirish, kimlar bilandir bahslashish, kimdandir shaxsiy buyumingizni tortib olish masalasida yelib-yugurasiz.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Shaxsiy hayotingizda qarindoshlar, yaqin insoningiz bilan orangizda anglashilmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Biroq barcha aybni sizning zimmangizga yuklab qo‘yishlariga nima deysiz?

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun shaxsiy hayotingizda vaziyatlar juda katta tezlikda o‘zgara boradi. Hali qarasa, quvonasiz, hali boqsa, qayg‘uga botasiz. Lekin ishxonadagi rahbarlar bilan muloqot chog‘ida emotsiyangizni jilovlab qo‘ying.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bugun professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda standartlardan qochgan holda harakatlar sodir eting.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Aql bilan ish tuta bilsangiz, daromadingiz yomon bo‘lmasdi. Olis safarga otlanish niyatida bo‘lsangiz, uni puxta reja asosida amalga oshirishingiz lozim.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Muhabbatda o‘zingiz uchun qimmatli bo‘lgan insonni avaylang, ehtiyotlang, uning qadriga yeta biling.

💟@Burjlar_Haqida 💟
12😘9🔥3😱3👍1😁1😭1
💟 Munajjimlar bashorati (9-iyul, chorshanba)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun bilim olish va professional kasblar bilan bog‘liq malakalarni oshirish uchun juda qulay keladi.

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Oila qurmaganlar muhabbatda, shaxsiy hayot qurish masalasida muvaffaqiyatsizlikka uchramaydi. Imkon bo‘lsa, bugun tomorqada ishlang, uydagi buzilgan jihozlarni ta’mirlang.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Agar kun davomida juftingiz yoki yaqin qavmlardan biri bilan orangizda muammo paydo bo‘lsa, siz yon bering. Muhabbatda sabrli bo‘ling.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Agar anchadan beri do‘stlar bilan uchrashib, muloqot qilishni orzulagan bo‘lsangiz, o‘sha kun keldi. Issiq havo organizmingizga salbiy ta’sir ko‘rsatgan holda tinkangiz quriy boshlaganini his etishingiz mumkin.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Do‘stlar va tanish-bilishlar shaxsiy hayotingizga aralashishlariga yo‘l qo‘ymang. Kechqurun plastik kartochkangizga mo‘maygina pul kelib tushishi kutiladi.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Moddiy jihatdan ahvolingizni yaxshilash uchun bugun faqat qarz ko‘tarishingiz mumkin. Salomatligingiz esa bugun bezovta qilmaydi.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Bugun jismoniy zo‘riqish, keragidan ortiq ovqat iste’mol qilish sizga faqat ko‘ngilsizlik hadya etadi.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Shaxsiy avtomobili borlar uchun kechqurun jarohat olish xavfi tug‘iladi, sergak bo‘ling!

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kechki payt oilasizlarning qaysidir biri yangi tanishuvni boshdan kechiradi va bu romantik uchrashuvga aylanib ketishi kutiladi.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Tijorat bilan shug‘ullansangiz, anchadan beri yovlashib kelgan raqobatchilar bilan bugun iliq munosabatlarga erishasiz.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bugun dam olishga vaqtingiz bo‘lmaydi. Qattiq ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Yaqinlaringiz bilan esa muloyim ohangda muloqot qiling.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Shaxsiy hayotingizda tanaffuslar yuzaga kelishi kutilmoqda. Shunga tayyor turing. Juftingiz bilan munosabatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘ymang.

💟@Burjlar_Haqida 💟
12👍5😭2🤗2🔥1🙉1
💟Munajjimlar bashorati (10-iyul, payshanba)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Shaxsiy hayotda sizni syurprizlar, qiziqarli uchrashuvlar kutib turadi. Moliyaviy masalada tanaffuslar aytarli ko‘zga tashlanmaydi.

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Kunning birinchi yarmida o‘tmishdagi xatoliklar bilan yuzma-yuz bo‘lasiz. Kechki payt esa immunitetingizni ko‘tarish payida bo‘ling.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Moliyaviy sohada omadga erishish uchun tejamkor bo‘lishingiz lozim. Garchi kattaroq xaridlarni rejalashtirib qo‘ygan bo‘lsangiz-da, pulingizni tiyin-tiyinigacha hisob-kitobda ushlang.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Ish jarayonida ham, oilaviy hayotda ham faqat qalbingiz amriga quloq tutgan holda ish ko‘ring. Shunda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymaysiz.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Salomatligingiz haqida deyarli qayg‘urmay qo‘ygansiz. Shuning uchun tez-tez mazangiz qochishi kuzatilmoqda.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Shaxsiy hayotingizda favqulodda paydo bo‘ladigan ayrim vaziyatlar qarshisida bosh egishga majbur bo‘lasiz. Ular asabingizni buza boshlaydi. Ammo bu vaziyatlarni boshqachasiga aylanib o‘tishning imkoni yo‘q.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Kun davomida ko‘pchilik foydali tanishuvlarni boshdan kechiradi. Salomatligingiz yomonlashayotganini sezsangiz, vrachga uchrashing.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Kunning birinchi yarmidanoq ko‘nglingizga yoqib tushadigan ish topasiz va bu ish sizga kun davomida yoqimli lahzalarni hadya etadi.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kun bo‘yi nimaiki ishga qo‘l urmang, o‘zingizga nisbatan talabchan bo‘ling. Doimiy tarzda yangiliklar sari intiling. Muhabbatda sizni syurpriz kutadi.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bugungi moliyaviy muammolar juda murakkab. Shuning uchun ularni bir necha soatda bartaraf eta olmaysiz. Bu ishda huquqshunos ko‘magi ham zarur bo‘lishi mumkin.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Kuningiz turli qiziqarli, quvonchli hodisalarga boy bo‘ladi. Agar ishda o‘z vaqtida kerakli pozitsiyani egallay bilsangiz, g‘alaba sizniki bo‘ladi.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Bugun boshqa uyga ko‘chib o‘tish, yoqimli xaridlarni amalga oshirish va tabiat qo‘ynida dam olish ko‘ngildagidek kechadi.

💟@Burjlar_Haqida 💟
13👍2
💟 Munajjimlar bashorati (11-iyul, juma)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Pul orqasidan quvish haqida umuman o‘ylamang. Aks holda muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz.

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Yaqin o‘tmishdagi muhabbat xotiralaridan xalos bo‘lishda yaqin do‘stlardan biri yordam berishi mumkin.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘lishi kutiladi. Bunga atrofdagilarning xush muomalasi ham turtki bo‘ladi albatta. Kun davomida tanishlar yoki do‘stlardan biri sizga yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun yangi tanishuvlar kutadi. Ammo do‘st tanlashda, birovlar bilan tanishishda juda ehtiyot bo‘ling. Jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishdan saqlaning.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Ijodkorlar kun davomida internet orqali o‘zi uchun zarur axborotlarni topishlari kutiladi. Bular yangi asarlar yaratishingizda juda asqotishini unutmang.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Kunning ikkinchi yarmida olisda yashaydigan qarindoshlardan biri mehmon bo‘lib kelishi ehtimoli bor.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Sabzavot, mevalarni ko‘proq yeng. Mavsumda to‘yib yeyilgan mevalar yil bo‘yi sizga qo‘shimcha quvvat bag‘ishlab turadi.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Bugun birinchi navbatda bardosh va iroda kuchini mustahkamlash harakatida bo‘ling. Busiz qaysi jabhada bo‘lmang, ko‘ngilsizliklarga duch kelishdan tiyila olmasligingiz mumkin.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Ishlarni navbati bilan amalga oshiring. Kechqurun suygan insoningiz uchun alohida vaqt ajrating.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bo‘lar-bo‘lmas ishlarga kuch sarflab o‘zingizni qiynamang. Bugun moliyaviy va texnik ahamiyatga ega muammolar oldingizda ko‘ndalang turishi kutilmoqda. Kuchni ana o‘shalar uchun asrab qo‘ying.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Asab tizimlaringiz joyida emas. Ularni tartibga keltirish uchun to‘yib uxlashingiz va kam kaloriyaga ega taomlar iste’mol qilishingiz kerak.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Ishxonada ba’zi hamkasblar sizni tanqid qila boshlashi ham mumkin. Bunday vaziyatlarda sukut yordam beradi.

💟@Burjlar_Haqida 💟
15👍6🕊1
😍Hammaga rahmat yaqinlarim #2k bo‘ldik Yana ham aktiv bo‘laylik harakat
qilingiz🤗🤝👏
👍3🔥1
💟 Munajjimlar bashorati (12-iyul, shanba)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kunning birinchi yarmida qisqa muddatli stress holatini boshdan kechirishingiz mumkin. Bu holatdan nari bo‘lish uchun mayda-chuyda muammolarni yurakka yaqin olmasligingiz lozim

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Juftingiz bilan shaxsiy tashvishlarni orangizga ko‘ndalang qo‘ymagan taqdirdagina iliq munosabatlar saqlanib qolishi mumkin. Undan hech shubhalanmang.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugun ertalabdan faqat aqlni ishlatgan holda ish ko‘ring. Emotsiya, tuyg‘ularga aslo bo‘ysuna ko‘rmang.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Ovqatlanish ratsioningizdan yog‘li, achchiq va sho‘r taomlarni chiqarib tashlang. Aks holda jigar va oshqozoningizda jiddiy muammolar yuzaga kelishi turgan gap.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Kuningiz o‘zingiz kutganingizdek yengil kechmaydi. Sababi, birinchi navbatda hanuz qarshingizda ko‘ndalang turgan moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishingiz zarur bo‘ladi.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Kechqurun oila qurishga ulgurmagan do‘stlarimiz romantik uchrashuvga otlanishlari kutiladi.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Nimaiki ishga qo‘l urmang, faqat o‘z kuchingizga tayanib harakatlar sodir eting. O‘zgalarga yordam so‘rab murojaat etishingiz foyda bermaydi.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Qachonlardir bajargan ishingiz evaziga bugun kunning ikkinchi yarmida moddiy manfaat olishingiz mumkin. Aniqrog‘i, plastik kartochkangizga pul kelib tushadi.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Atrofdagilar bilan munosabatlarda o‘zingizni zamonaviy, madaniyatli, tartibli inson sifatida tuting. Bahslarga, janjalli suhbatlarga aralashmaganingiz ma’qul.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Ishxonada ishlaringiz juda katta tezlik va bosimda ado etilishi kutilmoqda. Hamkasblarga ko‘mak berish, yo‘l-yo‘lakay rahbariyat topshiriqlarini bajarishga ham ulgurasiz.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Katta pulga ega bo‘lish haqidagi orzularingiz buguncha haqiqatdan uzoqroq bo‘lishi mumkin. Har ishning o‘z vaqt-soati bor-da, sabr qilsangiz, bir kun albatta bu orzu ham ushaladi.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish bugun samara bermaydi. Ijodiy ishlar esa baroridan keladi. Ayniqsa, ijod ahlining kuni tug‘adi.

💟@Burjlar_Haqida 💟
18👍5😁2😘1
💟Munajjimlar bashorati (13-iyul, yakshanba)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Ish masalasida tartib bilan harakatlar sodir eting. Hamma ishni birvarakayiga amalga oshira olmaysiz.

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Moliyaviy muammolaringiz kun oxiriga borib ijobiy hal bo‘ladi.

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Salomatlikni tiklash va uy uchun yirik xaridlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Kechqurun do‘stlardan biri bilan uchrashib suhbatlashishingiz ehtimoli ham bor.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Ishlaringiz baroridan keladi. Ayniqsa biznes, ijod kishilari bugun muvaffaqiyatlardan umid qilaversalar yarashadi.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Suygan insoningizga yanada ko‘proq yoqishni istasangiz, tashqi ko‘rinishingizga alohida e’tibor qarating.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Ayrimlarning plastik kartochkasiga kechqurun pul kelib tushish ehtimoli bor.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Bugun o‘zgalar hisobidan nimadir qilish, ovqatlanish yoki shu kabi amallarga qo‘l urishni xayolingizga ham keltirmang.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Bugun olam siz tomonga faqat yorug‘ tarafi bilan boqadi. Bu sizni ham moddiy yo‘qotishlar, ham kutilmagan ko‘ngilsizliklardan asraydi.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Iloji boricha o‘zingizni qo‘lga oling, yovvoyi istaklarni jilovlashga harakat qiling.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Turmush qurmaganlarni romantik uchrashuv kechqurun kutib turadi. Sog‘liqni asrashga alohida e’tibor qarating.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bugun birinchi navbatda immunitetingizni ko‘tarish va yaxshilab dam olishga harakat qiling.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Juftingizga yurak sirlaringizni ochishingiz mumkin. Albatta bu tasodifan yuz beradi. Lekin afsuslanmaysiz.

💟@Burjlar_Haqida 💟
14🤗7🤷‍♀2😁1👻1😘1
💟 Munajjimlar bashorati (14-iyul, dushanba)

♈️Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugungi kun eng yirik va muhim loyihalarni haqiqatga aylantirish uchun juda qulay va xayrli kechadi.

♉️Buzoq (21.04 — 21.05)
Ko‘pchilik do‘stlarimiz boyib ketish yo‘lida tavakkalchiliklarga qo‘l urishdan tiyila olishmaydi. Ammo pullaringizga nisbatan bu qadar loqayd munosabatda bo‘lmang

♊️Egizaklar (22.05 — 21.06)
Hamkasblarga arzimas sabablar bilan tanqidiy munosabatda bo‘lmasligingiz tavsiya etiladi. Kechqurun xaridlar uchun vaqt ajrating.

♋️Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Atrofdagilar bilan bugun fikrlaringiz bir joydan chiqadi. Demak, munosabatlar me’yorida bo‘ladi.

♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Bugun ishlab chiqarish bilan bog‘liq loyihalar xayrli yakun topadi. Kechki payt ayollar va qizlar garderobiga yangilik kiritish maqsadida do‘kon aylanishlari kutilmoqda.

♍️Parizod (24.08 — 23.09)
Kunning birinchi yarmida bolalikdagi yaqin do‘stlardan birini uchratib qolishingiz ehtimoli bor. Bundan tashqari, sizni yana bir yoqimli vaziyat kutadi.

♎️Tarozi (24.09 — 23.10)
Bugun salomatligingizni nazoratda ushlash, uydagi mayda-chuyda ishlarni ado etish va jamiyatdagi faol harakatlaringiz muvaffaqiyatli kechadi.

♏️Chayon (24.10 — 22.11)
Ish boshlash uchun ertalab xayolni bir joyga jamlay olmay bezovta bo‘lasiz. Agar bugunga eng muhim loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, harakatingizni qilishingiz kerak.

♐️O‘qotar (23.11 — 21.12)
Muhabbatda boshi berk ko‘chada qolib ketishingiz kuzatilishi mumkin. Bularning barchasiga o‘sha qo‘rquv va xavotirlar sababchi bo‘ladi.

♑️Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bugun muammolarni xamirdan qil sug‘urgan kabi oson bartaraf etasiz. Asosiysi, maqsad sari qat’iyat bilan olg‘a bora olsangiz bas. Qolganini omadning o‘ziga qo‘yib bering.

♒️Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Moliyaviy masalada ham kimgadir yaqin hamkorga aylaning. Shunda mo‘ljallagan daromadga ega bo‘lasiz.

♓️Baliq (20.02 — 20.03)
Agar depressiyaga tushib qolishni xohlamasangiz, ishda ham, shaxsiy hayotda ham eksperimentlardan voz keching.

💟@Burjlar_Haqida 💟
8🔥4🫡3❤‍🔥1🕊1😍1
2025/07/14 16:22:06
Back to Top
HTML Embed Code: