Telegram Web Link
Jondor tumanida adashib kelgan abobil qushi vaqtincha hayvonot bog‘iga topshirildi

💬Jondor tumani Maktab va maktabgacha ta’limi bo‘limiga noma’lum tarzda abobil qushi kelib qolgan. Bu holat yuzasidan Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasiga murojaat yuborilgan.

👮‍♂️Murojaatga asosan, viloyat Ekologiya boshqarmasining Jondor tuman bo‘limi inspektorlari zudlik bilan joyiga yetib borib, qushni olib ketishgan. Qushni tabiiy muhitga qo‘yib yuborish rejalashtirilgan edi. Biroq, qush juda kichkina va holsiz bo‘lganligi sababli, uni vaqtincha parvarish qilish va saqlash maqsadida Buxoro shahridagi hayvonot bog‘iga topshirildi.

🐦‍⬛️Qush parvarish qilingandan soʻng, tabiat qoʻyniga qoʻyib yuboriladi.

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘stonliq tumanida yoshlar ekologik oromgohi o‘z ishini boshladi

26-may kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan “Eko-oromgoh–2025” tadbirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/56993

В Бостанлыкском районе стартовал молодежный экологический лагерь

26 мая в «Молодежном лагере» Бостанлыкского района Ташкентской области состоялась церемония открытия мероприятия «Эко-лагерь–2025», посвящённого экологическим проблемам и их решениям.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/56993

Youth environmental camp kicks Off in Bostanlyk district

On May 26, the opening ceremony of "Yoshlar Oromgohi" (Eco-Camp 2025) took place at the Youth Camp in the Bostanlyk district of Tashkent region. The event is dedicated to environmental challenges and ways to address them.
https://gov.uz/en/eco/news/view/56993

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video murojaat Chor Minor hovuziga kanalizatsiya suvlari oqayapti deb tarqalgan murojaat yuzasidan xabar tarqaldi

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi tomonidan o’rganish ishlari olib borilmoqda

Qo’shimcha ma’lumot taqdim etamiz..

Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kogon shahridagi bir tup daraxtning qiyshayib qolgan holati bo‘yicha murojaat tarqaldi.

Mazkur murojaat Kogon shahar Ekologiya bo’limi tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. Holat bo‘yicha dastlabki tekshiruvlar o‘tkazildi va xavfsizlik nuqtai nazaridan muammoga zudlik bilan chora ko‘rish lozimligi aniqlanib, tegishli tashkilot va mutasaddi xodimlarga topshiriq berildi.

Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Buxoro viloyatida “Plogging tour” va “Piknik madaniyati” aksiyasi o‘tkazildi

🌳Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan “Chiqindisiz tabiat” shiori ostida Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnigida “Plogging tour” ekoharakati va “Piknik madaniyati” aksiyasi tashkil etildi.

🟢Mazkur tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari, volontyorlar hamda ekologiya sohasiga befarq bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etdi. Aksiya davomida ishtirokchilar Jayron pitomnigi atrofidagi hududni turli xil chiqindilardan tozalashdi. Bu orqali nafaqat hududni obodonlashtirishga, balki aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga ham hissa qo‘shildi.

➡️Tadbir doirasida “Piknik madaniyati” ham targ‘ib qilindi. Ishtirokchilar uchun atrof-muhitga zarar yetkazmasdan, toza va ekologik xavfsiz tarzda hordiq chiqarish madaniyati namoyish etildi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur aksiyalardan ko‘zlangan maqsad - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq yoshlar orasida ekologik madaniyatni, ekologik xabardorlikni,dam olish va piknik madaniyatini hamda aholi o‘rtasida ekoturizm tushunchasi targ’ibotini keng amalga oshirishdir.


Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏42
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ekooromgoh2025

"Ekooromgoh 2025" tadbirlari doirasida "Ekologik bilimdonlar" tanlovi bo'lib o'tmoqda.

Tanlovning "Tanishtiruv" sharti bo'yicha Buxoro viloyatining "Eko toʻlqin" jamoasi sahnada!
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💬Yoshlarning ekologik muammolarga qarshi kurash borasidagi takliflari tinglandi

28-may kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da ekologik madaniyatni shakllantirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/57724

💬Заслушаны предложения молодежи по борьбе с экологическими проблемами

28 мая в лагере «Ёшлар оромгохи» Бостанлыкского района Ташкентской области состоялся очередной семинар, посвящённый формированию экологической культуры.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/57724

💬Proposals from youth on combating environmental problems were discussed

On May 28, the “Yoshlar Oromgohi” youth camp in the Bostanlyk district of Tashkent region hosted another seminar focused on fostering environmental awareness and culture.
https://gov.uz/en/eco/news/view/57724

📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
📌Ishlatib bo‘lib, tashlab yuboradigan chiqindilarning qancha vaqtgacha saqlanib turishini bilasizmi ?

Oyna — 1000 yildan ortiq;
Alyumin banka — 500 yil;
Plastik baklashka — 450 yil;
Plastik taglik (podguznik, pampers) — 250 yildan 500 yilgacha;
Sellofan paket — 100 yil;
Folga qog‘oz — 100 yil;
Avtomobil akkumlyatori — 100 yil;
Batareyka — 100 yil;
G‘isht va beton bo‘laklari — 100 yil;
Konserva banka — 50 yil;
Plastik idish — 50 yil;
Charm oyoq kiyim — 40 yil;
Neylon mato — 40 yil;
Kartonli sut, sok idishlar — 5 yil;
Foner — 3 yil;
Gazeta va kitob qog‘oz — 2 yil;
Karton qog‘oz — 2 oy;
Oziq ovqat chiqindisi — 1 oy;
Hayvon chiqindisi — 1 oy

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Sohaga oid kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yig’ilish o’tkazildi

🌳Bugun, Buxoro viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi boshlig’i Jamol Nosirov tomonidan sohaga oid kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.

🟢Yig’ilishda, viloyat Ekologiya boshqarmasi bo‘lim boshliqlari va davlat inspektorlari ishtirok etib, inspektorlarning muammo va takliflari yuzasidan hisoboti tinglandi.

➡️Shuningdek, boshqarma boshlig’i tomonidan inspektorlarga topshiriqlar berilib, belgilangan muddatlarda sifatli ijro etilishi bo’yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

- Korrupsion holatlarni oldini olish.
- Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash.
- Joylarda somon va dala o‘tlarini yoqish holatlarini oldini olish va xuquqbuzarliklarni aniqlash.
- Jarimalar qarzdorligi bo‘yicha undiruvlar holati. Inspektorlar kesimida.
- Qarzdor tashkilot va korxonalarni to‘lovga jalb etish va undirish, xatlov, istiqbolli ko‘rsatkichlar tahlili.
- Ko‘p yillik daraxtlar xatlovi.
- Yashil makon bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi.
- Boshqa masalalar.
Yig‘ilish tahliliy va tanqidiy o‘tkazildi va barcha xodimlarning shaxsiy javobgarligi va mas’uliyati oshirildi.


Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍83🔥2
2025/07/09 22:03:18
Back to Top
HTML Embed Code: